bosh sahifa / Sarflash va tejash / Yangi yilni qayerda nishonlash mumkin: har qanday byudjet uchun 7 ta mashhur yo‘nalish
Где встретить Новый год: 7 популярных направлений для любого бюджета

Yangi yilni qayerda nishonlash mumkin: har qanday byudjet uchun 7 ta mashhur yo‘nalish

Yangi yil bayramida ko‘pchilik dam olish va kuch to‘plash uchun boshqa shahar va mamlakatlarga sayohat qiladi. Qishki dam olish uchun eng ommabop yo‘nalishlarni to‘pladik — ularning qiziq jihatlari, u yerga qanday yetib borish mumkinligi, sizni qanday narxlar va madaniy dastur kutayotgani haqida gapirib beramiz.

Xorijiy yo‘nalishlar

Xorijda Yangi yil bayrami kunlarida dam olish uchun eng yaxshi yo‘nalishlarni tanladik.

Misr

  • Qayerga borish mumkin: Sharm ash-Shayx, Qohira, Luksor, Xurgada.
  • Qanday yetib borish mumkin: BAA yoki Turkiyada transfer bilan samolyotda
  • Viza: kerak. Charter reyslari yo‘lovchilari uni uchib kelganda olishlari mumkin. Viza to‘lovi 25 dollarni tashkil etadi, amal qilish muddati — 30 kun.
  • Narxi*: Toshkent-Qohira-Toshkent reysi bir kishi uchun bagajsiz taxminan 8 million 100 ming so‘mni tashkil qiladi.

Misr yozgi dam olish uchun mashhur yo‘nalish bo‘lsa-da, bu mamlakatda sayyohlar qishda ham qiziqarli vaqt o‘tkazishlari mumkin. Birinchidan, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish ancha yoqimli bo‘ladi: masalan, Luksorda kunduzi harorat kamdan-kam +20°C dan oshadi, bundan tashqari, boshqa sayyohlar kamroq bo‘ladi. Ikkinchidan, gidlar va savdogarlarning narxlari ham quvontiradi: qishda chegirmalar olish osonroq, turli tadbirlarga bo‘lgan talab esa yozga qaraganda pastroq. Shuning uchun turfirmalar sayohatlar uchun foydali takliflar taqdim etadilar. Luksor, Buyuk piramidalar va sfinkslar, Iskandariyaga tashrif buyurishni tavsiya qilamiz.

Mehmonxonada ham zerikib qolmaysiz: plyajdagi hordiqsiz butun tadbirlar bezatilgan jamoat zonalariga ko‘chadi, bu yerda har doim biror mashg‘ulot topish mumkin. Misrliklarning o‘zlari Yangi yilni sentyabr oyida nishonlashadi, ammo mehmonxonalarda bayram biz uchun an'anaviy sanada — 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi ham nishonlanadi.

Yangi yil bayramlarida Qohiradagi 3* mehmonxonada bir kecha uchun ikki kishilik xonaning minimal narxi 300-350 ming so‘m atrofida, Sharm ash-Shayxda esa 400-450 ming so‘mni tashkil etadi.

Turkiya

  • Qayerga borish mumkin: Istanbul, Alanya, Antaliya, Anqara, Side, Belek, Kemer.
  • Qanday yetib borish mumkin: Toshkentdan Istanbul va boshqa shaharlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali
  • Viza: Turkiyaga turistik maqsadlarda kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatda 90 kungacha vizasiz qolishlari mumkin.
  • Narxi*: Toshkent-Istanbul-Toshkent reysi bir kishi uchun bagaj bilan 5 million 325 ming so‘m atrofida turadi.

Yangi yilgi Istanbul va Turkiyaning boshqa shaharlarida ham sayyohlarni hayratda qoldiradigan jihatlar ko‘p. Turkiya shaharlarini qishda o‘rganish yozga qaraganda yoqimliroq. Muzeylar, qal'alar va galereyalarga ko‘pincha umuman navbatsiz kirish mumkin. Akvaparklar va attraksion parklarida esa kirish uchun katta chegirmalar olish mumkin. Isinib olishni istasangiz, ko‘p mehmonxonalarda isitiladigan basseynlar bor. Yangi yil bayrami termal buloqlarga borish uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Pamukkale, Kangal va Yalova eng mashhur termal buloqlardan biridir. Istanbulda bu faslda ob-havo juda injiq bo‘lishi mumkin, ammo O‘rta yer dengizi sohilidagi shaharlarda esa qishda harorat kamdan-kam hollarda +15°C dan pasayadi.

Yangi yil bayramida Istanbul va Alanyadagi 3* mehmonxonasida bir kecha uchun ikki kishilik xonaning minimal narxi 300-350 ming so‘mni tashkil etadi.

BAA

  • Qayerga borish mumkin: Dubay, Abu-Dabi, Sharja, Ajman, Fujayra.
  • Qanday yetib borish mumkin: Toshkentdan Dubay va boshqa shaharlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali
  • Viza: mamlakatda 30 kundan kam qolsangiz, kerak emas.
  • Narxi*: Toshkent-Dubay-Toshkent reysi bir kishi uchun bagaj bilan 7 million 100 ming so‘m atrofida turadi.

Birlashgan Arab Amirliklarining jaziramasida faqat Surxondaryo viloyatining chiniqqan aholisigina jon saqlashi mumkin, boshqalarga esa juda qiyin bo‘ladi. Ammo yanvar oyi bayramlarida hatto Dubayda ham o‘rtacha harorat +20°C gacha tushadi, Abu-Dabida esa +23-25°C darajasida saqlanib turadi. Buning hisobiga ko‘chalarda harakatlanish qulay bo‘ladi. Dubayda bo‘lsangiz, dunyodagi eng yirik savdo markazlaridan biri bo‘lmish Dubai Mall'ga va Burj-Xalifaning tomosha maydonchasiga tashrif buyuring. Abu-Dabida Luvr filialiga albatta borishingiz kerak, bolalarga esa Ferrari World'ga sayohat yoqishi aniq. Istasangiz, dengizda ham cho‘milishingiz mumkin, garchi suvning harorati yozdagidek yoqimli bo‘lmasa ham.

Yangi yil bayramlarida Dubaydagi 4* mehmonxonada bir kecha uchun ikki kishilik xonaning minimal narxi 800-900 ming so‘m atrofida, Abu-Dabida esa bir million so‘m atrofida.

Maldiv oroli

  • Qayerga borish mumkin: Miimu, Rasdu, Shaviani atollari.
  • Qanday yetib borish mumkin: BAA yoki Turkiyada transfer bilan Male va boshqa orollarga reyslar orqali.
  • Viza: mamlakatda 30 kundan kam qolsangiz, kerak emas.
  • Narxi*: Toshkent-Male-Toshkent reysi bir kishi uchun bagajsiz taxminan 12 million 950 ming so‘mni tashkil qiladi.

Va nihoyat, premium darajasida dam olishni afzal ko‘rganlar uchun eng qimmat variant. Maldiv orollarida qish fasli yuqori mavsum davri hisoblanadi. Shuning uchun chiptalar, mehmonxonalar va ko‘ngilochar tadbirlarning narxlari qimmat bo‘ladi. Shu bilan birga, aynan yanvar-aprel oylarida orollarda eng yoqimli ob-havo (kunduzi +28-30°C ) bo‘lib, okean suvi deyarli shaffof bo‘ladi. Maldiv orollari plyajda dam olishga mo‘ljallangan, shuning uchun bu yerdagi barcha mashg‘ulotlar ma'lumot olishga emas, balki ko‘ngilxushliklarga boy. Ochiq dengizda suv osti sayohatiga borishni, oq qum va moviy suvli plyajda dam olishni va, albatta, quyoshning yoqimli nurlaridan zavqlanishni tavsiya etamiz.

Yangi yil bayramida Maledagi 3* mehmonxonada bir kecha uchun ikki kishilik xonaning minimal narxi taxminan 800-900 ming so‘m, Maafurada taxminan 1 million 300 ming so‘mni tashkil etadi. Bu narxdagi mehmonxonalar okeandan uzoqda joylashganini va birinchi liniyadagi majmuada tunash uchun o‘n millionlab so‘m to‘lash kerakligini hisobga olish kerak.

Qanday qilib pulni tejash mumkin: Turkiyada dam olish

Ma'lumot olish

Ichki yo‘nalishlar

O‘zbekistonning o‘zida ham Yangi yil bayramlarida dam olish uchun ko‘plab joylar topiladi. Eng yaxshilarini tavsiya etamiz.

Amirsoy

  • Qayerda joylashgan: Toshkent viloyatida, Toshkent shahridan 65 km sharqda.
  • Qanday yetib borish mumkin: shaxsiy yoki ijaraga olingan avtomobilda, avtobusda yoki taksida.
  • Nimasi bilan qiziq: mamlakatimizning eng rivojlangan va mashhur chang‘i kurortlaridan biri.

Agar tog‘da sport bilan uyg‘unlashgan hordiqni yaxshi ko‘rsangiz, Amirsoy aynan siz uchun. 2019-yilda ochilgan tog‘-chang‘i majmuasi butun Yevrosiyodagi eng yuqori sifatli majmualardan biri sanaladi. 900 gektardan ortiq maydon, 10 ta trassa va zamonaviy texnika bilan jihozlangan ko‘plab lift qurilmalari yuqori darajadagi tushishni kafolatlaydi. Ekstremal bo‘lmagan sport turlarini afzal ko‘rganlar uchun qorda yuradigan mashinalar, tyubing, yaxmalak mavjud. Shuningdek, shunchaki tog‘larni o‘rganish bilan ham shug‘ullanish mumkin, ammo buni faqat professional gidlar hamrohligida qilish kerakligini unutmang.

Amirsoy daromadi yuqori sayyohlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yanvar bayramlarida narxlar odatdagidan ham qimmatroq bo‘ladi. O‘rta toifadagi mehmonxonada ikki kishi uchun bir kecha taxminan 1-2 million so‘mga tushishi mumkin.

Chimyon

  • Qayerda joylashgan: Toshkent viloyatida, Toshkent shahridan 90 km sharqda
  • Qanday yetib borish mumkin: shaxsiy yoki ijaraga olingan avtomobilda, avtobusda yoki taksida.
  • Nimasi bilan qiziq: kurort O‘zbekiston Shveysariyasi degan sharafli nomga ega.

Chimyon byudjeti cheklangan sayyohlar uchun Amirsoyga munosib muqobil bo‘ladi. Bu tog‘-chang‘i kurorti sovet davrida qurilgani uchun zamonaviy liftlar va sifatli trassalar bilan maqtana olmaydi. Biroq, yangi boshlovchi rayderlar va shunchaki chang‘ida xotirjam  uchishni xohlovchilar uchun optimal tanlov bo‘ladi. Chimyon atrofidagi tog‘ yonbag‘irlari archazor o‘rmonlar bilan o‘ralgan, bu yerning havosi doimo toza va kislorodga to‘yingan.

Mehmonxona yoki mexmon uyida joylashish narxi Amirsoydagiga nisbatan ancha qulay bo‘ladi:  bir kecha uchun ikki kishilik xonalarni 1 million so‘mdan arzonroq narxlarda topish mumkin.

Samarqand

  • Qayerda joylashgan: Toshkent shahridan 262 km janubi-g‘arbda.
  • Qanday yetib borish mumkin: shaxsiy yoki ijaraga olingan avtomobilda, samolyotda yoki poyezdda.
  • Nimasi bilan qiziq: dunyodagi eng qadimgi shaharlardan biri.

Yangi yil bayramlarini o‘z mamlakatingiz tarixini o‘rganishga bag‘ishlamoqchi bo‘lsangiz, Samarqanddan ko‘ra yaxshiroq joy topilmaydi. Shahar markazida Yangi yilni kutib olish esa, shubhasiz, hammaning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Uch hashamatli madrasadan iborat Registon me'moriy ansambli, Afrosiyob qadimiy shahri, Ulug‘bek rasadxonasi va ko‘plab kutubxonalar albatta  ziyorat qilinadigan joylar roʻyxatida boʻlishi kerak. Bunga yozga nisbatan qulay ob-havo va yuqori mavsumda odatiy bo‘lgan sayyohlar oqimining kamligi qo‘shilsa, ajoyib dam olish uchun mukammal imkoniyat yaratiladi.

Samarqandga Toshkentdan yetib olish oson, shaharning o‘zida esa har qanday byudjetga mos mehmonxona yoki mehmon uyini topish mumkin:  3* mehmonxonalar 300-350 ming so‘mdan, shahar markazidagi 4* mehmonxonalar esa 800-900 ming so‘mdan boshlanadi.

*Aviachiptalar va turar joy narxlari material e'lon qilingan vaqt uchun amal qiladi.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments