
Maslou ehtiyojlar piramidasi: bu nima va biznesda qanday qo‘llaniladi
Maslouning ehtiyojlar piramidasi nima ekanligini va tijoratda qanday qo‘llanilishi mumkinligini aytib beramiz.
XX asrda amerikalik psixolog Avraam Maslou tomonidan ishlab chiqilgan inson ehtiyojlari ierarxiyasi nazariyasi bugungi kunda ham aktual bo‘lib qolmoqda. U inson ehtiyojlarini ahamiyatiga qarab yetti darajaga ajratadi. Aniqlik uchun ehtiyojlarning gradatsiyasi odatda piramida ko‘rinishida taqdim etiladi. Bu nazariya nafaqat psixologlar va olimlar, balki tadbirkorlar tomonidan ham qo‘llaniladi. Maslou inson ehtiyojlarining qanday bosqichlarini aniqlaganligini va uning nazariyasi biznesda qanday yordam berishi mumkinligini aniqlaymiz.
Maslou kim
Ehtiyojlar piramidasini tahlil qilishga o‘tishdan oldin, uning muallifi — Avraam Maslou kimligini bilib olish kerak. Maslou 1908 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Uning ota-onasi XX asrning boshlarida Kiyevdan AQShga ko‘chib o‘tishgan. Maktabda Avraam eng yaxshi o‘quvchilardan biri bo‘lib, o‘qishni tugatgach, Kornel universitetiga o‘qishga kiradi va u yerda birinchi marta psixologiya bilan tanishadi. Keyinchalik Viskonsin-Madison universitetiga o‘tib, u yerda an doktori darajasini oladi.
Maslou ilmiy xodim sifatida ish boshlaydi va yillar davomida AQShdagi bir nechta ta'lim muassasalarini o‘zgartirdi. Olim eng katta shuhratiga 1960-yillarda erishgan. 1967-yilda Maslou Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasi prezidenti etib saylanadi. Tadqiqotchi 1970-yilda 62 yoshida miokard infarktidan vafot etadi.
Avraam Maslou gumanistik psixologiya yo‘nalishining asoschisi hisoblanadi. Uning eng mashhur nazariyasi aynan ehtiyojlar piramidasi bo‘lib, bu haqida maqolamiz davomida aytib beramiz.
Ehtiyojlar piramidasi nima
Inson ehtiyojlari ierarxiyasi kontseptsiyasi dastlab Maslou tomonidan 1943-yilda “Inson motivatsiyasi nazariyasi” asarida bayon etilgan. Batafsil tavsif va bayon 1954-yilda “Motivatsiya va shaxsiyat” asarida taqdim etilgan.
Maslou har bir insonning ehtiyojlarini muhimlik darajasi va ahamiyatiga qarab tartiblash mumkin deb hisoblagan. Bunday gradatsiya insonga o‘z kuchlarini to‘g‘ri taqsimlash hamda maqsad va vazifalariga erishish imkonini beradi. Biznesda ehtiyojlar ierarxiyasi xodimlarni to‘g‘ri rag‘batlantirishga va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi.
Aniqlik uchun Maslou insonning asosiy ehtiyojlarini 7 bosqichga ajratdi va ularni piramida ko‘rinishida taqdim etdi — pastki qismdagi asosiydan yuqoridagi shaxsiygacha. Psixologning fikricha, har bir inson ehtiyojlar piramidasining keyingi bosqichiga oldingi darajadagi ehtiyojni qondirgandan keyingina o‘tishi mumkin. Shu bilan birga, Maslou eng yuqori ehtiyojlarni o‘zlashtirish uchun asosiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish shart emas deb hisoblagan.
Shoshilinch moliyaviy zaxira: u nimaga kerak va pulni qanday yig‘ish mumkin
Ehtiyojlar piramidasining mohiyati nimada
Ehtiyojlar piramidasi ehtiyojlarning inson hayotidagi muhimlik darajasiga qarab bosqichlarga bo‘linadi. Maslou insonning asosiy ehtiyojlari — oziq-ovqat, uyqu, xavfsizlik zarurati — ajralmas va istaklarning asosini tashkil etishini tan oladi. Psixologning fikriga ko‘ra, mamnun jamiyatning eng yaxshi namunasi uning barcha a'zolari o‘zlari xohlagan hamma narsani asosiy darajada olishlari va omon qolish haqida o‘ylamasliklaridir. Bunday jamiyatda ma'naviy rivojlanish, ya'ni yuksalish va farovonlik mumkin.
Shu bilan birga, nazariya muallifi ehtiyojlar, ularning tabiati, hajmi va shakli turli odamlar va jamoalar uchun har xil bo‘lishi mumkinligini tan oladi. Bir inson uchun o‘z ehtiyojlarini minimal darajada qondirish yetarli bo‘lsa, o‘zidan va boshqalardan maksimal darajada talab qiladiganlar ham bor. Shuningdek, turli odamlar ruhiy va fiziologik ehtiyojlar nisbati bo‘yicha turli xil so‘rovlarga ega bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, ba'zi odamlar uchun birinchi navbatda o‘z-o‘zini rivojlantirish va tan olish muhim bo‘lishi mumkin, boshqalari uchun esa oziq-ovqat
Ehtiyojlar piramidasi odamlarning barcha intensiyalarini aks ettira oladigan ideal diagramma emas. Maslou tanqidchilari ko‘pincha nazariyotchi ehtiyojlarni o‘lchashning ishonchli usulini taklif qilmaganligini ta'kidlaydilar. Shuning uchun har bir bosqichning chegaralari noaqniqdir. Ehtiyojlar ierarxiyasining o‘zi — tartibi va joylashuvi ham tanqid qilinadi. Biroq, Maslouning o‘zi bir necha bor piramidaning ba'zi bosqichlarning tartibi o‘zgarishi mumkinligini ta'kidlaydi.
Maslouning ehtiyojlar piramidasi bosqichlari
Maslou piramidasining tavsifini ko‘rib chiqaylik. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, u yetti darajadan iborat:
- Fiziologik ehtiyojlar — uyqu, oziq-ovqat, suv, boshpana, jismoniy yaqinlik;
- Xavfsizlik — himoya, qulaylik, barqarorlik, ishonch hissi;
- Mansublik va muhabbat — e'tibor, g‘amxo‘rlik, qo‘llab-quvvatlash;
- Hurmat — tahsin, e'tirof, muvaffaqiyat;
- Bilim — bilim olish, taqdiqotlar, kashfiyotlar;
- Estetika — uyg‘unlik, tartib, go‘zallik;
- O‘z-o‘zini namoyon etish — shaxsni rivojlantirish, maqsadlarni amalga oshirish.
Piramidaning pastki darajalari istisnosiz barcha odamlarning ehtiyojlarini aks ettiradi. Va faqat fiziologik ehtiyojlarni qondirish yuqori darajadagi ehtiyojlarga yo‘l ochadi.
Piramidaning yuqori darajalarida shaxsning rivojlanishi va o‘z-o‘zini namoyon qilishga yordam beradigan ehtiyojlar joylashgan. Ular nafaqat ma'lum bir shaxsning o‘z-o‘zini namoyon etishiga, balki jamiyat rivojiga hissa qo‘shishga ham yordam beradi. Har bir inson xohish va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zining asosiy ehtiyojlarini tanlaydi. Piramida har bir inson barcha bosqichlardan o‘tib, oxirgi bosqichga yetishi shart degani emas.
Maslou piramidasi biznesda qanday qo‘llaniladi
Maslou piramidasi inson ehtiyojlarining gradatsiyasini yaqqol ko‘rsatganligi sababli, u biznesda juda faol qo‘llaniladi. Bir tomondan, tijoratda inson ehtiyojlari to‘g‘risidagi bilimlardan reklama kampaniyalarida foydalanish mumkin, masalan, mahsulotning xaridorlar uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan tomonlarini ajratib ko‘rsatish uchun. Bu mahsulotning xavfsizligi, noyobligi va normal hayot uchun kerakligi bo‘lishi mumkin. Fiziologik ehtiyojlar inson uchun eng muhim ekanligi haqidagi bilimlardan oziq-ovqat korxonalari, do‘konlar va turli xizmatlar foydalanadi. Ular o‘z mahsulotlarini hamyonbop va hamma uchun zarur deb reklama qiladilar.
Ish beruvchilar, o‘z navbatida, inson ehtiyojlari ierarxiyasi haqidagi bilimlardan xodimlarni rag‘batlantirish uchun foydalanadilar. Har qanday xodim uchun asosiy motivatsiya — asosiy ehtiyoj sifatida — ish haqi bo‘lganligi sababli, kompaniya raqobatchilardan ko‘ra ustunroq ko‘rinish uchun xodimga turli xil bonuslarni taklif qilishi mumkin. Masalan, pullik sug‘urta (xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj) yoki malaka oshirish kurslarida bepul o‘qish imkoniyati (o‘z-o‘zini namoyon qilish).
Agar xodimga barqaror, munosib va raqobatbardosh ish haqini kafolatlanmasa, xodimning rivojlanmasligi xavfi yuqori. Va uning ishlash sifati yomonlashadi. Bu butun kompaniyaning o‘sish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatini yo‘qotishiga olib keladi.
Ehtiyojlar ierarxiyasini kompaniyaga organizm sifatida ham aks ettirish mumkin. Har qanday kompaniya, birinchi navbatda, omon qolish va zarar ko‘rmaslikka intiladi. Agar daromad ko‘rsatkichiga erishilsa, kompaniya reklama va rivojlanishga o‘tadi. O‘z navbatida, agar o‘zini o‘zi ta'minlay olmasa va foyda keltirmasa, kompaniyaning rivojlanishi imkonsiz bo‘ladi.
Izoh qo‘shish