
Har qanday vazifa uchun ishonchli hamroh: Honor X7c smartfoni bilan bir kun
Honor kompaniyasi tanishib chiqish uchun "o‘rmon yashili" rangidagi smartfonni taqdim etdi va men uning kundalik hayotda qanchalik qulay ekanini bilish maqsadida butun dam olish kunini u bilan o‘tkazishga qaror qildim.
Tong: o'qish uchun katta ekran
Ajablanarlisi, kunim qahva bilan emas, balki komikslar bilan boshlandi. Elektron pochtamni sinxronlashtirayotganimda, yangi bob chiqqanligi haqida xabar keldi va men uni darhol yangi smartfonimdan ochdim. Honor X7c'ning katta 6,77 dyuymli ekrani ingichka ramkalari tufayli kitob o‘qish jarayoniga sho‘ng‘ishni yanada qulay qiladi. Eye Comfort funksiyasi tufayli hatto yorqin tong yorug‘ligida ham matn yaxshi ajralib turadi. O‘qishdan taassurotim a'lo — siz komiks o‘qiysiz, qo‘lingiz esa 198 gr og‘irlikdagi yengil smartfonni ushlab turishdan charchamaydi. Displey butun old panelni egallaydi va matnni o'qish va tasvirlarni ko'rishni juda maroqli qiladi. Freymlar va komiks panellari aniq va yetarlicha yorqin ko‘rinadi, interfeys esa sahifalarni osonlik bilan o‘tkazib, o‘qish jarayonini ravon qiladi.
Kun: kamera bilan sayr qilish
Tushlikka yaqin shahar bo‘ylab sayrga chiqdim. Honor X7c kameralarini turli sharoitlarda sinab ko‘rgim keldi va buning uchun Toshkent — ideal joy: rang-barang bozorlar, diqqatga sazovor me'moriy obidalar va shinam kafelar juda ko‘p. 108 megapikselli va f/1.75 diafragmali asosiy kamera yaxshi yoritilgan sharoitda o‘zini chindan ham munosib ko‘rsatadi. Men ziravorlar va quritilgan mevalar bozorining yorqin ranglari va tuzilishini aks ettirgan suratlar oldim. “O‘zbekiston” mehmonxonasiga yetib borganimda esa, uni ham suratga olishga qaror qildim – kamera to‘liq ekran rejimiga o‘tganda, deyarli butun binoni kadrga sig‘dira oldim.
Uyga qaytgach, o‘zimni tuta olmadim va mushuklarimni suratga olishga ahd qildim. Kamera bu yerda ham ajoyib natija ko‘rsatdi — mo‘ynaning tiniq ko‘rinishi va yorqin ranglarga boy yoqimli kadrlar oldim. 4 tasi 1 da texnologiyasi va 2 megapikselli chuqurlik sensorining uyg‘unlashuvi fon chiroyli xiralangan professional portret suratlarini yaratish imkonini beradi. 78° ko‘rish burchagiga ega 8 megapikselli old kamera ham yoqimli taassurot qoldirdi: u yuzni avtomatik tarzda retushlab, terini tekis tasvirlaydi, tabiiy chiziqlarni saqlab qolib, "niqob" effektini hosil qilmaydi.
Honor X7c'ni sotib olish
Oqshom: videoaloqa, sevimli o‘yin va yana surat
Kechqurun men do'stimga video qo'ng'iroq qildim va buyerda ham Honor X7c meni yana xursand qildi – aloqa barqaror, video esa qotib qolishlarsiz uzatildi. Bu kuchli 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 685 protsessori tufayli amalga oshirildi, u birvarakayiga ko'p vazifalarni juda yaxshi bajaradi.
Suhbatdan so'ng telefonni o'yin rejimida sinab ko'rmoqchi bo‘ldim va o'zimning sevimli o'yinim – Love and Deepspace'ni yuklab oldim. Smartfon avtomatik ravishda sozlamalarni o'rtacha darajaga o'rnatdi va tasvir biroz xiralashgan bo'lsa-da, o'yin qotib qolishlarsiz davom etdi. Jangning har bir lahzasi muhim bo'lgan o'yinda, 120 Gs yangilanish tezligiga ega 1610x720 pikselli ekran tufayli, men biror tafsilotni o'tkazib yubormasdan bir yo‘la bir nechta darajadan o‘tib oldim. Aytishim joizki, boshqa ilovalarga o‘tganimda ham o‘yin hech qanday muammosiz fonda ishlashda davom etdi. Honor X7c akkumulyatorining sig‘imi 5200 mA/soat bo‘lib, butun kun davomida, jumladan, suratga olish, internetda o‘tirish va hatto o‘yin o‘ynashda ham zaryad barqaror bo‘lib turdi. Kechqurun ham hali kamaymagan edi, bu esa meni ajablantirdi.
Tashkent City Mall'ga xarid qilgani borganimda, tungi Tashkent City'da kameramni sinab ko‘rmaslikning iloji yo‘q edi va u yerda turli xil fotosuratlar bilan tajriba o‘tkazdim. Kam yorug'likda suratga olish biroz ko'proq sabr-toqatni talab qiladi: smartfonni harakatsiz ushlab turish kerak, aks holda fotosuratlar biroz xira bo'lib chiqishi mumkin. Aniq suratga olish uchun shtativdan foydalanish tavsiya etiladi. Uyga qaytayotganimda, qahvaxonaga kirib o‘tdim va u yerda ham o‘zimni tutolmadim: kechki ovqatning bir nechta rasmini oldim. Kamera tasvirga ishlov berish algoritmlarini qo‘llab-quvvatlaydiki, ular ranglar va kontrastni avtomatik tarzda to‘g‘rilaydi, bu esa fotosuratlarni yanada to‘yingan va yorqin qilib ko‘rsatadi.
Smartfon bilan, shuningdek, sayohatga borish, toqqa chiqish yoki faol hordiqning boshqa turini tanlash mumkin. Honor X7c'ning zarbalarga chidamliligiga 5 yulduz berish mumkin — Toblangan shisha ekranni ishonchli himoya qiladi, yangi amortizatsiya tizimi esa uning umumiy zarbaga chidamliligini oshiradi. Suv va changdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi — gadjetning himoya darajasi IP64 ga teng. U yomg‘ir tomchilariga va suvga tushishga osonlik bilan bardosh bera oladi.
Organayzer va jadvallar: hammasi o‘z o‘rnida
Kun oxirida men tizim taqvimiga ko'z tashladim va juda hayron qoldim: elektron pochtamdan kirganim uchun jadvalim avtomatik ravishda shu yerda paydo bo'ldi. Boshqa smartfonlarda hamma narsani qo'lda qo'shishingiz kerak, lekin bu yerda hech qanday qiyinchiliksiz o'tdi. Foydalanuvchi uchun qulay interfeys sizga uchrashuvlarni o‘zgartirish, oʻchirish yoki qoʻshish imkonini beradi. Bu funksionallik Honor X7c'ni ish rejalashtirish uchun ajoyib yordamchiga aylantiradi.
Xulosa
Honor X7c kundalik foydalanish uchun juda qulay. Uturli vazifalarni uddalay oladi – o'yinlar va o'qishdan tortib kunni tashkil qilish va suratga olishgacha. Kamera aniq suratlar oladi, katta ekranning rang uzatishi yoqimli hayratga soladi, batareya esa kun bo‘yiga yetib, kutilmagan tarzda o‘chib qolmaydi.
Izoh qo‘shish