
Farzandimizni maktabga tayyorlaymiz — cheklist
Yangi o‘quv yili yaqinlashgani sari yuz minglab oilalar maktabga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi, bu katta xarajatlar va puxta rejalashtirishni talab qiladi. Bitta farzandni maktabga tayyorlash uchun o‘rtacha bir necha million so‘m xarajat qilinishi mumkin. Bunga maktab formasi, o‘quv qurollari, sport anjomlari va boshqa zarur narsalarni sotib olish kiradi.
Maktabda bolaning bilim olishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga olgan batafsil ro‘yxat tuzish juda muhimdir. Ammo ko‘pincha ota-onalar o‘quvchiga kerak bo‘lmaydigan, chang bosib, shunchaki joy egallaydigan ortiqcha narsalarni ham sotib olishadi. Shu sabab, yangi o‘quv yiliga ortiqcha xarajat qilmasdan tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradigan batafsil chek-list tayyorladik.
O‘quv yili boshlanishidan oldin bolaga nimalarni sotib olish kerak
Quyida bolaga maktab uchun zarur bo‘lgan narsalarning ro‘yxati keltirilgan. Bu chek-list biron nima yodingizdan chiqmasligiga va o‘quv yilini muvaffaqiyatli boshlash uchun kerakli hamma narsani tayyorlashingizga yordam beradi.
Maktab formasi va kiyim-kechak
Maktab formasi:
- pidjak;
- shim yoki yubka;
- ko‘ylaklar yoki bluzkalar (bir nechta);
- galstuk yoki bant (agar kerak bo‘lsa).
Sport formasi:
- sport kostyumi;
- futbolka va shorti.
Qo‘shimcha kiyim:
- qo‘shimcha paypoq va ichki kiyim;
- sovuq mavsum uchun issiq kofta yoki sviter;
- kurtka yoki palto.
Poyabzal
- kundalik poyabzal: kundalik kiyish uchun qulay tufli yoki krossovkalar;
- sport poyabzali: jismoniy tarbiya darslari uchun krossovkalar (iloji bo‘lsa 2 juft);
- qo‘shimcha poyabzal: yomon ob-havoga mos poyabzal (etik yoki botinka).
O‘quv qurollari
Bolaga maktabda kerak bo‘ladigan birinchi va eng muhim narsa — bu sumka yoki ryukzak. Qulay va sig‘imli, orqasi ortopedik ryukzakni tanlang. Kamida bir yil xizmat qiladigan sifatli portfel sotib oling.
Penalning tarkibi bolaning yoshiga, muayyan ta'lim muassasasining talablariga qarab farq qiladi. Ammo maktab uchun standart xaridlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ruchkalar (ko‘k, qora, yashil, qizil);
- qalamlar (oddiy va rangli);
- o‘chirg‘ich;
- qalam ochichdigan;
- lineyka (30 sm);
- qaychilar (xavfsiz uchli);
- yelim (qalamli va suyuq).
Daftarlar va bloknotlar:
- chizg‘ich va katak daftarlar (10 donadan);
- qaydlar uchun bloknot;
- kundalik
Tasviriy san'at va ijodkorlik:
- rasm chizish uchun albom;
- rangli qalamlar to‘plami;
- bo‘yoqlar (akvarel va guash);
- mo‘yqalamlar (turli o‘lchamlarda);
- plastilin;
- ganchkorlik taxtasi;
- rangli qog‘oz va karton;
- flomasterlar to‘plami.
Boshqa anjomlar:
- qog‘ozlar uchun papka;
- stepler va skrepkalar;
- kalkulyator (agar maktab ruxsat bersa).
Boshqa aksessuarlar
- Lanch-boks va suv shishasi: yegulik va ichimliklar uchun qulay va germetik idishlar.
- Niqob va dezinfeksiyalash vositalari: Kasallik tarqalgan taqdirda niqob va antiseptiklar zaxirasiga ega bo‘lish muhimdir.
- Soat yoki budilnik, farzandingiz kun tartibiga rioya qilishi va darsga vaqtida kelishiga yordam beradi.
O‘quvchiga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha buyumlar
- Almashtiradigan kiyimi: sinfdan tashqari tadbirlar yoki zarur hollarda almashtirish uchun kiyim.
- Elektron qurilmalar: planshet yoki noutbuk (o‘qish uchun kerak bo‘lsa).
- Kerakli dori-darmonlar va birinchi yordam bilan jihozlangan kichik tibbiy aptechka.
Kanselyariya ashyolarini tanlash bo‘yicha maslahatlar
Bolani maktabga tayyorlashda faqat kerakli narsalarni sotib olishgina emas, balki kanselyariya ashyolarini to‘g‘ri tanlay bilish ham muhimdir. Ularning qancha muddat xizmat qilishi va ulardan foydalanish qanchalik qulay bo‘lishi shunga bog‘liq. Sifatsiz ruchkalar yoki qalamlar eng muhim vaqtda pand berishi mumkin, noto‘g‘ri tanlangan penal esa doimiy tartibsizlik manbai bo‘ladi. Quyida keraksiz sarf-xarajatlar va ko‘ngilsizliklarni oldini olish uchun asosiy kanselyariya ashyolarini tanlash bo‘yicha bir nechta maslahatlarni ko‘rib chiqamiz.
Penal
- Ruchkalar, qalamlar, o‘chirg‘ichlar va boshqa mayda buyumlarni qulay saqlash uchun bir nechta bo‘limli penalni tanlang.
- Uzoq muddat foydalanish uchun chidamli, mustahkam materialdan tayyorlanganlariga e'tibor bering.
- Penalni ozoda saqlash uchun oson yuviladigan bo‘lishi kerak.
Ruchkalar
- Ruchkani qo‘lda ushlash qulay ekanligiga ishonch hosil qiling, ayniqsa, farzandingiz ko‘p yozadigan bo‘lsa. Ergonomik ruchkalar qo‘lni u qadar toliqtirmaydi.
- Sifatli, surkalmaydigan va tez qurib qolmaydigan siyohli ruchkalarni tanlang. Gelli va sharikli ruchkalar yaxshi tanlovdir.
- Ruchka oqmasligini va qog‘ozda dog‘ qoldirmasligini tekshiring.
Qalamlar
- Grifelining qattiqligi HB bo‘lgan qalamlar odatda maktabda foydalanish uchun mos keladi. Ular yozish uchun yetarlicha yumshoq, chizish uchun esa yetarli darajada qattiq.
- O‘tkirlashda sinmaydigan mustahkam grifelli qalamlarni tanlang.
- Qalamlar oson ochilishiga va bu jarayonda sinmasligiga ishonch hosil qiling.
Bu oddiy tavsiyalarga amal qilib, foydalanish uchun qulay va ishonchli bo‘lgan, shuningdek, farzandingizga butun o‘quv yili davomida xizmat qiladigan sifatli kanselyariya tovarlarini tanlashingiz mumkin.
Maktab bozori xarajatlarini qanday qisqartirish mumkin
Bolani maktabga tayyorlash oilaga moliyaviy jihatdan qiyin bo‘lishi mumkin. Biroq, xarajatlarni qisqartirish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik qilishda yanada tejashga yordam beradigan bir nechta strategiyalar mavjud:
- Xarid qilishdan oldin kerakli narsalarning batafsil ro‘yxatini tuzing. Bu impulsiv xaridlar qilmaslikka va haqiqatan ham zarur bo‘lgan tovarlarga e'tibor qaratishingizga yordam beradi.
- Do‘konlardagi katta savdo va aksiyalarni kuzatib boring. Ko‘pincha maktab anjomlariga katta chegirmalar bo‘ladi. Eng arzon narxlarni topish uchun bir nechta do‘konlarga borib, narxlarni solishtiring.
- Kanselyariya tovarlari va boshqa anjomlarni ulgurji sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Boshqa ota-onalar bilan birgalikda daftar, ruchka, qalam va boshqa buyumlarning katta partiyalarini sotib oling.
- Ko‘pgina do‘konlar sodiqlik dasturlarini taklif qiladi, bu bonuslarni to‘plash yoki keyingi xaridlarda chegirmalar olish imkonini beradi. Bunday dasturlardan tejash uchun foydalaning.
- Ba'zida qimmatroq, ammo uzoqroq xizmat qiladigan sifatli buyumlarga pul sarflagan ma'qul. Bu ryukzak, poyabzal va maktab formalariga tegishli. Uzoq muddatli istiqbolda bunday xaridlar yanada foydali bo‘lishi mumkin.
- Internet o‘quv materiallari, kitoblar va qo‘llanmalar kabi ko‘plab bepul manbalarni taqdim etadi. Ulardan qo‘shimcha ta'lim va darslarga tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalaning.
- Ishlatilgan, ammo yaxshi holatda bo‘lgan buyumlarni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqing. Bu darsliklar, ryukzaklar va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik ota-onalar maktab anjomlarini arzon narxda sotishadi yoki bepul berishadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, savdo va aksiyalardan foydalanish xarajatlarni 20-30% ga kamaytirishi mumkin. Ulgurji va boshqa ota-onalar bilan birgalikda xarid qilib, umumiy xarajatlar summasidan 15-20% gacha tejash mumkin. O‘quv yiliga oldindan tayyorgarlik ko‘ring, xaridlarni ejalashtiring va tejash uchun barcha imkoniyatlardan foydalaning.
Izoh qo‘shish
Zor
Зор
ajoyib
Zor