bosh sahifa / Xaridlar / O‘qish uchun tavsiyalar: bolajonlar va o‘smirlarga yozda o‘qish uchun 12ta kitob
Что почитать детям летом: книги на каникулы с интересным сюжетом

O‘qish uchun tavsiyalar: bolajonlar va o‘smirlarga yozda o‘qish uchun 12ta kitob

Yozgi ta’tilda bolalar bo‘sh vaqtlarini uzoq kutilgan dam olishga to‘liq bag‘ishlaydilar. Gadjetlarda o‘ynash va do‘stlar bilan sayr qilishdan tashqari, kitoblardagi olamlar bilan bo‘sh vaqtingiz yanada mazmunli o‘tishi mumkin.

Yozgi kitobxonlik nafaqat bolaning tasavvurini rivojlantirish va dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi, balki ta'til paytida aqliy faollikni ham saqlaydi. Maqolamizda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Mehribon Matrasulovaning farzandlaringiz nafaqat o‘qishdan zavq, balki maksimal foyda olishlari uchun yozda qanday kitoblarni taklif qilish bo‘yicha tavsiyalari bilan bo‘lishamiz.

“Yozgi kitobxonlik bolalar uchun qiziqarli hikoyalarga sho‘ng‘ish, tasavvurlarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu roʻyxatdagi kitoblar sarguzasht, doʻstlik va yoz mavzularini qamrab olgan va har biri o‘quvchilarga oʻziga xos tarzda qiziqarli bo‘ladi”.

Mehribon Matrasulova
Rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, maxsus pedagog va logoped

4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kitoblar

“Mumu”, Ivan Turgenev

Bu klassik ertak bo‘lib, mehribon va sadoqatli it Mumu va yovuz xonimning qo‘rg‘onida yashovchi kar hovlibon Gerasim haqida hikoya qiladi. Hikoya do‘stlik va sadoqatning muhim mavzulariga bag‘ishlangan.

Nimasi bilan qiziq

Bolalarga hamdardlik va tushunishni o‘rgatadigan sodda va ta'sirli hikoya. Illyustratsiyalari va tushunarli tili tufayli kitob kichkintoylar e'tiborini jalb qiladi va qiziqarli bo‘ladi.

“Zumrad shahar afsungari”, Aleksandr Volkov

Tovar Uzum Marketda

Sehrli mamlakakatga tushib qolib, yangi do‘stlar — Alvasti, Temir oʻtinchi va Dovyurak sherni uchratgan qizaloq Elli va iti Totoshkaning sarguzashtlari haqidagi kitoblar seriyasining birinchi asari.

Nimasi bilan qiziq

Qiziqarli sarguzashtlar, sehrli mavjudotlar va do‘stlik, jasorat hamda mehribonlik haqida muhim saboqlar. Kitob illyustratsiyalarga boy bo‘lib, bolalarga ertak olamini yorqinroq tasavvur qilishga yordam beradi.

“Tomda yashovchi Karlson”, Astrid Lindgren

Тovar Uzum Marketda

Hikoya Mittivoy ismli kichkintoy va uning ajoyib do‘sti — tomda yashovchi quvnoq va sho‘x Karlson haqida. Birgalikda ko‘plab kulguli va qiziqarli sarguzashtlarni boshdan kechiradilar.

Nimasi bilan qiziq

Karlson va Mittivoyning qiziqarli va quvnoq sarguzashtlari bolalarga albatta yoqadi. Yorqin va esda qolarli qahramonlar kitobni chinakamiga sehrli qiladi.

“Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yorqin illyustratsiyalar, sodda va tushunarli til, shuningdek, qiziqarli va ibratli syujetga ega kitoblarni tanlash muhimdir. Sarguzasht, yoz va do‘stlar haqidagi kitoblar bolajonlarning tasavvurini rivojlantirish imkonini beradi, ularga asosiy axloqiy qadriyatlarni o‘rgatadi va o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi”.

Mehribon Matrasulova
Rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, maxsus pedagog va logoped

1-4 sinf o‘quvchilari uchun kitoblar

“Uzunpaypoq Peppi”, Astrid Lindgren

Hikoya katta uyda ot va maymun bilan yolg‘iz yashaydigan dunyodagi eng kuchli qiz Uzunpaypoq Peppi haqida. Peppi qo‘shni bolalar Tommi va Annika bilan do‘st bo‘lib, birgalikda turli xil qiziqarli va ba'zan xavfli sarguzashtlarga duch kelishadi.

Nimasi bilan qiziq

Peppi ajoyib qahramon bo‘lib, noodatiy harakatlari va o‘ziga xos g‘oyalari bilan bolalarning e'tiborini tortadi. U haqidagi hikoyalar hazil va kutilmagan voqealarga to‘la. Asar bolalarga jasorat, mustaqillik, mehr-oqibat va do‘stlik muhimligini o‘rgatadi. Peppi inson o‘zini borligicha qabul qilishi va hayotdan zavqlanish qanchalik muhimligini o‘rgatadi.

“Bilmasvoy va doʻstlarining sarguzashtlari”, Nikolay Nosov

Тovar Uzum Marketda

Hikoya Gullar shahrining quvnoq va sho‘x kichkintoylari haqida bo‘lib, bosh qahramoni Bilmasvoy — qiziquvchan va beso‘naqay bolakay doimo turli xil kulgili vaziyatlarga tushib qoladi.

Nimasi bilan qiziq

Osongina esda qoladigan va tabassum ulashadigan qiziqarli va ibratli hikoyalar. Bilmasvoy  va uning do‘stlari bolalarga do‘stlik, o‘zaro yordam va halollik muhimligini o‘rgatadi. Kitob bolajonlarda hazil tuyg‘usi va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi, shu bilan birga muhim ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatadi.

“Vinni-Pux va uning do‘stlari”, Alan Miln

Momiqvoy Vinni-Pux va uning do‘stlari — Puchuqvoy, Yoʻlbarsvoy, Xoʻtikvoy va Kristofer Robin haqidagi klassik hikoya. Ular birgalikda Sehrlangan o‘rmonda yashaydilar va ko‘plab kulgili va ta'sirli sarguzashtlarni boshdan kechiradilar.

Nimasi bilan qiziq

Uyquga ketishdan oldin o‘qish uchun mos bo‘lgan oddiy va mehribon hikoyalar. Vinni-Pux va uning do‘stlari bolajonlarga do‘stlik, boshqalarga e'tibor berish va oddiy narsalarga ham quvonishni o‘rgatadi. Kitob empatiya, muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga va kundalik hayotda quvonchni ko‘rishga yordam beradi.

5-8 sinf o‘quvchilari uchun kitoblar

“Piter Pen”, Jeyms Metyu Barri

Тovar Uzum Marketda

Ulg‘ayishni istamaydigan qahramon va Vendi, uning ukalari hamda yo‘qolgan bolalarning Netlandiyadagi sarguzashtlari haqidagi klassik hikoya.

Nimasi bilan qiziq

Sarguzashtlar va g‘aroyib mavjudotlar, qaroqchilar, parilar va hindularga to‘la sehrli dunyo. Bu kitob do‘stlik, jasorat va mo‘jizalarga ishonish muhimligini o‘rgatadi.

“Xazinalar oroli”, Robert Lyuis Stivenson

Тоvar Uzum Marketda

Hikoyada xazina xaritasini topib, qaroqchilar boyliklarini izlashga yo‘l olgan yosh Jim Xokins haqida soʻz yuritiladi.

Nimasi bilan qiziq

Asar dengizdagi sarguzashtlar, xazina ovlari, qaroqchilar bilan janglar va ko‘plab xavf-xatarlarga to‘la bo‘lib, sarguzasht ishqibozlari uchun sevimli kitoblardan biriga aylanadi.

“Narniya solnomasi”, Klayv Steyplz Luis

Тovar Uzum Marketda

Bolalarning Narniya nomli sehrli mamlakatdagi sarguzashtlari haqidagi kitoblar turkumi bo‘lib, sayohat davomida so‘zlasha oladigan hayvonlar, sehrgarlar va yovuz kuchlarga duch keladilar.

Nimasi bilan qiziq

Sehrli dunyo, murakkab qahramonlar va epik janglar. Kitoblar sadoqat, jasorat va ezgulik muhimligini o‘rgatadi. Seriyadagi yettita kitobning har biri o‘ziga xos voqeani hikoya qiladi, biroq ularning barchasi bir-biri bilan bog‘liq. Bu butun seriya davomida qahramonlar va voqealar rivojini ko‘rish imkonini beradi.

“Polianna”, Elinor Porter

Bosh qahramon,  Polianna ismli yetim qizaloq hayotga o‘ziga xos yondashuvi bilan quvonch va ijobiylik taratadi. U har bir vaziyatda yaxshilik topib, “quvonch o‘yinini” o‘ynaydi, bu o‘quvchilarga ijobiy fikrlash va minnatdorlik muhimligini o‘rgatadi.

Nimasi bilan qiziq

Optimistlik va ezgulik dunyoni qanday o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatadigan ta'sirli va ilhomlantiruvchi hikoya. Kitob bag‘rikenglik, mehribonlik, rahmdillik, oila va do‘stlikning ahamiyati kabi muhim hayotiy saboqlarni o‘rgatadi. Bu darslar kitobni barcha yoshdagi kitobxonlar uchun mazmunli va foydali qiladi.

“Qishloqdagi yoz”, Zina Suvorova

Yozgi ta'tilni qishloqda o‘tkazayotgan bolalarning sarguzashtlari va hayoti haqidagi hikoya. Kitobning bosh qahramonlari — qishloqdagi bobosi va buvisinikiga kelgan shaharlik bolakaylar.

Nimasi bilan qiziq

Beg‘am yoz atmosferasi, do‘stlik, oddiy quvonchlar va tabiatdagi ajoyib kashfiyotlar. Kitob qishloq hayoti muhitini juda yaxshi aks ettiradi,o‘quvchilarga tabiat, soddalik va osoyishtalik olamiga kirish imkonini beradi. Qishloq hayoti, turmush tarzi va tabiat tasvirlari shinam va unutilmas kayfiyatni yaratadi.

“Chasodei” (“Soatsozlar”), Natalya Sherba

Тovar Uzum Marketda

Natalya Sherbaning “Chasodei” asari alohida e'tiborga loyiqdir — bu o‘smirlar uchun mashhur kitoblar seriyasi bo‘lib, u olti jilddan iborat: “Soat kaliti”, “Soat yuragi”, “Soat minorasi”, “Soat qirollari”, “Chasogram” va “Chasodom”. Bu kitoblar 12-15 yoshdagi bolalar uchun, ayniqsa afsona, sehr va sarguzashtlarni yaxshi ko‘radiganlar uchun mos keladi.

Bosh qahramon Vasilisa Ogneva kutilmaganda soatsozlar — vaqtni boshqara oladigan odamlarning avlodi ekanligini bilib qoladi. Eflara dunyosiga tushib qolganida hayoti keskin o‘zgaradi, u yerda vaqt sehrini o‘rganib, o‘zining kelib chiqishi sirlarini ochishga harakat qiladi. Yangi do‘stlari bilan birgalikda Vasilisa ko‘plab sinovlardan o‘tishi, dushmanlarga qarshi kurashishi va ikki dunyoni halokatdan qutqarishi kerak.

Nimasi bilan qiziq

  • Noyob konsepsiya. Vaqt sehri — yangi va o‘ziga xos g‘oya bo‘lib, “Chasodei” kitoblarini boshqa fentezi seriyalaridan ajratib turadi. Soatsozlar maxsus artefaktlar va marosimlar yordamida vaqtni boshqarishi mumkin, bu syujetga o‘ziga xos dinamika va sinoat qo‘shadi.
  • Yaxshi o‘ylab chiqilgan dunyo. Eflara o‘z qonunlari, an'analari va sehriga ega batafsil o‘ylab chiqilgan dunyo. Olti jildning har biri bu dunyoning yangi jihatlarini ochib beradi, bu o‘qishni qiziqarli va maroqli qiladi.
  • Murakkab qahramonlar. “Chasodei” qahramonlari chuqur va yaxshi o‘ylangan xarakterga ega. Vasilisa, do‘stlari va dushmanlari — ularning barchasi ichki mojarolarni boshdan kechiradi, rivojlanadi va o‘zgaradi. Bu ularni jonliroq va o‘quvchiga yaqinroq qiladi.
  • Sarguzashtlar va sirlar. Kitoblar dinamik voqealar, xavfli sarguzashtlar va qiziqarli sirlarga boy. Vasilisa va uning do‘stlari doimo jasorat, topqirlik va sadoqatni talab qiladigan qiyinchiliklarga duch keladilar.
  • Do‘stlik va oila mavzusi. Sehr va sarguzashtlardan tashqari, “Chasodei” qahramonlar o‘rtasidagi munosabatlarga katta e'tibor beradi. Do‘stlik, sevgi, oilaviy rishtalar va xiyonat — bu mavzularning barchasi kitoblarni hissiy jihatdan boy va o‘smirlar uchun qiziqarli qiladi.

Bu kitoblarning har biri bolalarni o‘ziga jalb qiladigan va o‘qish jarayonida unutilmas taassurot beradigan noyob hikoyalarni taqdim etadi. Yozgi ta'til kitoblarga sho‘ng‘ish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib, bu asarlar bolalarga vaqtni foydali va maroqli o‘tkazishga yordam beradi.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments