bosh sahifa / Sarflash va tejash / Davolanish soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi: yangi tibbiy sug‘urta tafsilotlari
Лечение будут финансировать за счёт налогов: всё о новой медстраховке
Yangilanish sanasi: 23.11.2024

Davolanish soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi: yangi tibbiy sug‘urta tafsilotlari

O‘zbekistonda bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paydo bo‘ladi — bu haqidagi qaror prezident tomonidan imzolandi. Yaqin vaqt ichida nimalar o‘zgarishini tushuntiramiz.

Mamlakat rahbariyati barcha fuqarolar uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkonini yanada kengaytirishga qaror qildi. Ayrim hollarda xizmatlar bepul bo‘ladi: Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 5-sentabr kuni davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yangi dasturni yo‘lga qo‘yish uchun ma'lum vaqt talab etiladi, hozircha esa uning tafsilotlarini o‘rganib chiqishni taklif qilamiz.

Bu dastur qanday afzalliklarga ega?

Avvallari har qanday tibbiy xizmatlar va dorilar uchun haq to‘lash shart edi. Endilikda fuqarolar bunday xizmatlar va dori vositalarining bir qismidan bepul foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Albatta, tibbiyot xodimlari va dori ishlab chiqaruvchilariga baribir to‘lov amalga oshiriladi, ammo mablag‘lar soliqlar hisobiga shakllantiriladigan davlat jamg‘armasidan yo‘naltiriladi.

Sug‘urta bo‘yicha xizmatlar ham munitsipal, ham xususiy shifoxonalarda taqdim etiladi. Tibbiy sug‘urta tizimiga kiritilgan barcha muassasalar “Elektron sog‘liqni saqlash” yagona manbasiga ulanadi.

Zarur hollarda statsionar xizmatlaridan ham bepul foydalanish mumkin bo‘ladi. Hozirda ushbu xizmatlarning ro‘yxati tuzilib, kelishilmoqda. Bepul davolanish uchun shifokor yo‘llanmasi talab etiladi.

Sug‘urtadan kim foydalanishi mumkin?

Dastur davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi sababli undagi afzalliklardan byudjetni to‘ldirib boruvchi shaxslar, ya'ni sodda qilib aytganda, oxirgi yil kamida 6 oy davomida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliqni to‘laganlar foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, dasturga bir qancha alohida toifaga mansub fuqarolar ham kiritilgan:

  • maktab yoki boshqa ta'lim muassasalarida o‘qiyotgan voyaga yetmaganlar;
  • homilador ayollar va 2 yoshgacha bolani parvarishlash bo‘yicha ta'tilda bo‘lgan shaxslar;
  • rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlar;
  • pensionerlar;
  • Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan kam ta'minlangan fuqarolar.

Dasturdan foydalanish uchun yana bir shart mavjud: davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tish talab etiladi.

Xizmat ko‘rsatish sifati o‘zgaradimi?

Chamasi, shunday — va, kutilishicha, yaxshi tomonga. Davlat davolash muassasalari avval ham byudjet hisobidan moliyalashtirilgan, lekin endilikda ular belgilangan tarzda emas, balki bajarilgan aniq xizmatlar uchun pul oladi. Shifoxona daromadi, jumladan, sug‘urtalash dasturi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan tashrif buyuruvchilar soniga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, imkon qadar ko‘proq bemorlarni jalb qilish uchun intilish paydo bo‘ladi va buni yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish yordamida amalga oshirish mumkin.

Tibbiyot muassasasi tomonidan olingan mablag‘lar xodimlarga to‘lovlar yoki yangi uskunalar xaridi uchun sarflanishi mumkin. Ikkala holat ham bemorlar uchun ijobiy samaraga ega.

Bepul davolanish katta navbatlarni yuzaga keltirishi mumkinmi?

Yo‘q, bu davlat manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Yangi dasturning ishida tor soha shifokorlarining yuklamasini kamaytirishni nazarda tutuvchi mexanizmlar mavjud. Masalan, kasallik alomatlari paydo bo‘lgan yoki o‘zini yomon his qilayotgan fuqaro oilaviy shifokorga murojaat qiladi, oilaviy shifokor esa zarur hollarda tor soha shifokoriga yo‘llanma beradi.

Shifoxonalarda “dijitallashtirish” — ya'ni bemorlarga doir jami axborotni raqamlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu shifokor tomonidan kerakli ma'lumot izlanishiga sarflanadigan vaqtni sezilarli qisqartiradi. Bundan tashqari, shifokordan oldin ko‘rikdan o‘tkazish kabinetlari paydo bo‘ladi va u yerda kichik xodimlar (tibbiy hamshiralar) eng oddiy tashxislash va o‘lchovlarni amalga oshiradilar. Barcha ma'lumotlar elektron kartaga tushadi va shifokor muammoning sababini maksimal darajada tez aniqlash, tashxis qo‘yish va davolashni tayinlash imkoniga ega bo‘ladi.

Dastur qachon ishga tushadi?

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida ushbu dastur 1-oktyabrdan ishga tushirilgan. Keyinroq, 2025-yilning boshida dastur Qoraqalpog‘istonda amalga oshirila boshlaydi, qolgan viloyatlar esa keyinchalik qo‘shiladi. Natijada, 2026-yil oxiriga borib yangi tibbiy sug‘urta tizimi mamlakatning butun hududida yo‘lga qo‘yilishi kerak.

 

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments