bosh sahifa / Xaridlar / Onlayn-shoping: Uzum xodimlari marketpleysda yirik xaridlar tajribasi bilan bo‘lishadi
Yangilanish sanasi: 07.10.2024

Onlayn-shoping: Uzum xodimlari marketpleysda yirik xaridlar tajribasi bilan bo‘lishadi

Biron-bir qimmat narsani xarid qilishdan oldin, har bir qadamni o‘ylab ko‘ramiz: narxlarni taqqoslaymiz, tovar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar va obzorlarni ko‘rib chiqamiz, talablarimizga mos keladigan modelni tanlaymiz va, albatta, istayotgan narsamizga pul yig‘amiz. Biroq bu ham yakuniy bosqich emas: qayerdan — oflayn-do‘kon yoki marketpleysda xarid qilishni hal qilish qoldi.

Materialimizda Uzum xodimlari nimaga yirik xaridlar uchun aynan marketpleysni tanlaganliklari to‘g‘risida so‘zlab berishdi.

Amir Latipov, Uzum Market oflayn-targ‘ibot bo‘limi rahbari

— Odatda kamdan-kam narsa sotib olaman: yo kompleks xarid qilaman, yoki birorta yirik narsa olaman. Oxirgi marta bu LG brendi kir yuvish mashinasi bo‘ldi.

Tanlov marketpleysga tushdi, chunki jaziramada texnobozorga borgim kelmadi. Ilgari, u yerda shunchaki texnika qarab yurganimda, sotuvchilarga xaridor va sotuvlar baribir edi — ularga kelgan mijoz bilan emas, balki “qo‘shnilar” bilan muloqot qilish qiziqroq edi.

Kir yuvish mashinasini tanlashda uning xususiyatlariga qaraganmiz: necha kilogramm kir sig‘adi, o‘lchamlari qanaqa. Turmush o‘rtog‘im, albatta sensorli tugmalari va qora korpus bo‘lishini xohlardi, men uchun esa brend, muddatli to‘lov va eshikgacha yetkazib berish muhim edi. Buyurtma rasmiylashtirilganidan ikki kun o‘tib yetkazib berildi, bu ilovada ko‘rsatilgandi. Kuryerlar kelishidan bir necha soat oldin qo‘ng‘iroq qilishdi va o‘zlari ortiqcha gap-so‘zsiz kir yuvish mashinasini bizning qavatga ko‘tarib chiqishdi. Xariddan mamnunman.

Mushuk uchun cho‘tka, pufakchalar generatori va patchlar: Uzum Market xodimlari savatida nimalar bor

Ma'lumot olish

Dilnoza Nasriyeva, Uzum Market logistika bo‘limi mahsulot-menejeri

— Uzum Marketdan tez-tez xarid qilaman, chunki bozor va do‘konlarda biror narsa izlab yurishni yoqtirmayman. Qolaversa, buyurtma topshirish punkti shundoqqina uy oldida joylashgan. Hatto zerikib qolganimda ham marketpleysga kiraman va har doim o‘zim uchun qiziqarli narsa topaman.

Uzum Marketda yugurish yo‘lakchasini buyurtma qildim, chunki nasiyaga rasmiylashtirish mumkin va tovarni uygacha o‘zingiz olib ketmaysiz. Oldindan qaysi modelni xarid qilishni xohlayotganimni bilmasdim, chunki tushunmayman. Yoqqanini olaman, deb o‘ylovdim. Tovar tanlashda barcha parametrlarga e'tibor berdim — men uchun yugurish yo‘lakchasining ixchamligi, narxi va albatta, fikr-mulohazalar muhim edi — ular unchalik ko‘p emas edi, lekin baribir sotib olishga qaror qildim.

Buyurtmani kuryer xizmati orqali yetkazib berishdi, uy eshigigacha olib chiqishdi — bu juda qulay. Agar bozordan nimadir sotib olsam, yetkazib beradigan odam qidirishni yoqtirmayman — bularning barchasi men uchun ortiqcha tashvish bo‘lardi.

Yo‘lakcha juda yaxshi keldi. Ixcham va yig‘ish oson, shu bilan birga funksional: 8 ta tezlik, boshqaruv pulti, displey va masofa, vaqt va kaloriya ko‘rsatkichlari bilan.


Nasiyaga xarid qilish juda oson — bir marta o‘z limitimni belgiladim va Uzum Nasiya ilovasini yuklab oldim, u yog‘i juda oson, to‘lov nasiyaga tanlanganda, avtomat tarzda amalga oshiriladi. Kelajakda uning yordamida yirik hajmli va qimmat tovarlar xarid qilishni rejalashtiryapman.

Timur Rasilov, Uzum Nasiya brend menejeri

— Ko‘pincha kundalik iste’mol mahsulotlari — oziq-ovqat va kosmetika vositalarini sotib olaman, chunki ularga ehtiyoj doimiy. Yirik va qimmatlaridan Uzum Marketda Xiaomi TV-pristavkasi, Welkin havo tozalagichi va Logitech simsiz sichqonchasini sotib oldim.

Xarid qilish uchun marketpleysni tanladim, bu juda qulay — do‘konga borish va vaqt sarflash kerak emas. Shunchaki onlayn-marketga kirdim, xarid qildim, keyin esa ishdan qaytayotganimda uyim oldidagi BTPdan olib ketdim. Uzum Marketda xarid qilishimning ikkinchi sababi, biron noma'lum do‘konidan, masalan, texnobozordan ko‘ra olish osonroq bo‘lgan kafolatdir. Asosiysi — nimani sotib olishni oldindan bilish.

Internetdagi ma'lumotlar asosida tovar tanladim, odamlarning fikr-mulohazalari, video obzorlarni ko‘rdim — shunday qilsa, oflayn do‘konda qurilmani ko‘rib chiqqandan ko‘ra, tovar haqida yanada batafsilroq ma'lumot olish mumkin. Havo tozalagichning qaysi modelini sotib olmoqchiligimni tushunganimdan keyin, Uzum Marketga kirdim. Tovarni topshirish punktidan olib ketdim, chunki u yerda tovarni joyida tekshirib olish uchun qulay stoyka bor, punktning o‘zi esa uyimning birinchi qavatida joylashgan.

Xaridimdan mamnunman — barcha xarid qilingan tovarlar hech qanday muammosiz ishlayapti, buyurtma qilganimdan keyin ertasi kuni olishga muvaffaq bo‘ldim. Kunduzi oflayn-do‘konga borish uchun dam olish kunlarini kutish shart bo‘lmadi.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
7 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Rahmatulloh
Rahmatulloh
8 months ago

Uzumda sarmoya kiritmasda ishlasa boʻladimi

TM
TM
8 months ago

Zor

Zilola
Zilola
8 months ago

Konditsaner eng yirigi ☺️

Shohrux
Shohrux
8 months ago

Yaxshi

Ruxshona
Ruxshona
8 months ago

Harid qilish zor va oson

Мадина
Мадина
8 months ago

зор

Valinon
Valinon
8 months ago

Nasib endi