
Samarali o‘qish uchun Uzum Marketdan nimalar sotib olish mumkin?
Maktabga tayyorgarlik ko‘rish har bir o‘quvchi va uning ota-onasi uchun muhim bosqichdir. O‘quv qurollari va aksessuarlarni to‘g‘ri tanlash o‘qish uchun qulay sharoit yaratish va maktabda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Uzum Market farzandingizga yanada tartibli va sermahsul bo‘lishiga yordam beradigan tovarlarning keng assortimentini taklif etadi. Har tomonlama tayyor bo‘lish va bilim olish uchun maktabga nima sotib olish kerak? Samarali o‘qish uchun marketpleysda sotib olish mumkin bo‘lgan asosiy tovarlarni ko‘rib chiqamiz.
Maktab ryukzagi va sumkasi
Maktab uchun eng avvalo qulay, zamonaviy va sig‘imli ryukzak kerak. Uzum Marketda turli yosh va didga mos keladigan ko‘plab portfel modellarini topishingiz mumkin.
To‘g‘ri ryukzakni tanlash juda muhim, chunki undan har kuni foydalanasiz. Portfelni sotib olishda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
- qomatni to‘g‘ri ushlab turish va belga tushadigan og‘irlikni teng taqsimlash uchun orqasi anatomik bo‘lishi;
- bolaning bo‘yiga moslash uchun sozlanadigan tasmalar;
- darsliklar, daftarlar, kanselyariya ashyolari va suv shishalari uchun alohida bo‘limlari bo‘lishi kerak.
Farzandimizni maktabga tayyorlaymiz — cheklist
Kanselyariya ashyolari
Kundalik o‘qish vazifalarini bajarish uchun kerak bo‘ladigan qurollar. Ularga quyidagilar kiradi:
- Daftarlar. Konspektlar yozish uchun bir chiziq daftarlar, matematika darslari uchun katak daftarlar kerak bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflar uchun keng hoshiyali, yuqori sinflar uchun esa tor hoshiyali daftarlar mos keladi.
- Ruchka va qalamlar. Yozuv uchun asosiy bo‘lgan ko‘k va qora siyohli ruchkalar kiradi. Shuningdek, rasm chizish, ijodiy topshiriqlarni bajarish uchun oddiy qalamlar va rangli qalamlar to‘plami kerak bo‘ladi.
- Qalam chiziqlarini o‘chirish uchun o‘chirg‘ichlar va qulay foydalanish uchun konteynerli qalam ochgich.
- Turli o‘lchamdagi (15 sm va 30 sm) lineykalar va geometrik masalalar uchun sirkullar.
- Chizmachilik uchun oq qog‘oz, rasm chizish uchun albomlar va qaydlar uchun bloknotlar.
Maktab o‘quvchisiga albatta penal kerak. U kichik o‘quv qurollarini tartibli saqlashga yordam beradi. Har bir buyum o‘z joyida bo‘lishi uchun bir nechta bo‘lmali penallarni tanlagan ma'qul. Penal ruchkalar, qalamlar, o‘chirg‘ich, qalam ochgich va boshqa narsalar uchun yetarli darajada sig‘imli bo‘lishi kerak.
Forma va kiyim-kechak
Maktab formasi aksariyat o‘quvchilar garderobining asosiy elementi hisoblanadi. Har tomonlama mos formani tanlash bolaga o‘quv kuni davomida o‘zini qulay va dadil his qilishga yordam beradi.
Maktab uchun quyidagilarni sotib olish kerak:
- ko‘ylaklar va bluzkalar;
- shim va yubkalar;
- pidjak, jilet;
- sviter, kardigan.
Poyabzalni to‘g‘ri tanlash ham muhim, o‘quvchi kun davomida o‘zini qanday his qilishi bevosita shunga bog‘liq. Kundalik poyabzal ham, almashtiradigan poyabzal ham havo o‘tkazadigan yengil, nafas oladigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Tag qismi mustahkam va oyoq kaftini yaxshi tutib turadigan tufli yoki botinka eng maqbul fason hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yopishqoq tasmali modellarni tanlagan ma'qul.
Jismoniy tarbiya darslari uchun jismoniy mashqlar vaqtida qulaylik va xavfsizlikni ta'minlaydigan sport formasi zarur. Quyidagilarni sotib olish kerak:
- sport kostyumi;
- bir nechta futbolka va shortilar;
- sport poyabzali
Darsliklar va qo‘llanmalar
Ba'zi maktablarda qo‘shimcha o‘quv materiallarini sotib olish talab qilinadi. Jumladan, darsliklar, ish daftarlari, yozuvsiz xaritalar, test va topshiriqlar to‘plamlari va boshqalar. Kerakli narsalarning aniq ro‘yxatini o‘quv yili boshlanishidan oldin sinf rahbaridan aniqlashtirib oling.
Ijodkorlik uchun materiallar
Tasviriy san'at, mehnat darslari, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va boshqa faoliyatlar uchun turli materiallar — mo‘yqalamlar, bo‘yoqlar, rangli qog‘oz va boshqalar kerak bo‘ladi. O‘quv yili boshlanishidan oldin sotib olinishi kerak bo‘lgan standart to‘plam:
- akvarel bo‘yoqlar (odatda to‘plamga 12-24 ta rang kiradi);
- guash (to‘plamda 6 tadan 24 tagacha rang bo‘ladi);
- mo‘yqalamlar (tabiiy yungdan tayyorlangan, turli shakldagilarni olgan ma'qul);
- plastilin, ganchkorlik asboblari (stek, taxta);
- rangli qog‘oz, karton;
- qaychi,stik-yelim va PVA yelimi;
- markerlar, flomasterlar (12-24 ta rangli to‘plamni olgan ma'qul).
Elektron qurilmalar
Zamonaviy texnologiyalar ta'lim jarayonining ajralmas qismidir. Elektron qurilmalar o‘quvchilarga uy vazifalarini bajarish, onlayn manbalardan foydalanish va o‘qituvchilar hamda sinfdoshlari bilan aloqada bo‘lishga yordam beradi.
Maktab o‘quvchisiga quyidagilar kerak bo‘lishi mumkin:
- Planshet. Elektron kitoblarni o‘qish, onlayn vazifalarni bajarish, videokonferensiyalarda ishtirok etish va ta'lim ilovalaridan foydalanish uchun mos keladi. Tanlayotganda ekran o‘lchami, batareya sig‘imi (kamida 5000 mA/soat), operatsion tizim (iOS, Android yoki Windows) va o‘rnatilgan xotira hajmiga (32 GB dan) e'tibor berish muhim.
- Noutbuk. Referatlar yozish va taqdimotlar yaratishdan tortib dasturlash va ma'lumotlarni tahlil qilishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli vazifalarni bajarish uchun mos keladigan universal qurilma. Ekran diagonali 13 dyuymdan 15 dyuymgacha, Intel Core i3 yoki uning analogidan past bo‘lmagan protsessor, 8 GB operativ xotira va 256 GB sig‘imli SSD to‘plagichi bo‘lgan modelni tanlash tavsiya etiladi.
- Printer. O‘quv materiallari, referatlar, loyihalar va uy vazifalarini chop etish uchun kerak.
- Skaner. Hujjatlar, rasmlar va fotosuratlarni raqamlashtirish uchun ishlatilib, elektron shaklda saqlash va elektron pochta orqali yuborish imkonini beradi.
- Smartfon.O‘quvchilarga ota-onalari, o‘qituvchilari va sinfdoshlari bilan aloqada bo‘lishga, shuningdek, istalgan vaqtda ta'lim manbalaridan foydalanishga imkon beradi.
Organayzerlar, rejalashtiruvchi ashyolar va qo‘shimcha aksessuarlar
Maktabda nafaqat o‘quv va ijodiy materiallar, balki turli tashkiliy ashyolar ham kerak bo‘ladi. Ular o‘quv jarayonini tizimlashtirish va tartibni saqlashga yordam beradi, bu ayniqsa samarali o‘qish uchun muhimdir. Bunday ashyolarning asosiy toifalarini ko‘rib chiqamiz.
- Papkalar. Hujjatlar, daftarlar va vazifalar yozilgan varaqlarni saqlash uchun ishlatiladi. O‘quv materiallarini tartibga solishga va g‘ijimlanmasligiga yordam beradi. Xalqasimon mexanizmli, rezinkali, tugmachali yoki zanjirli papkalar mavjud. Ular plastik, karton yoki matodan tayyorlangan bo‘lishi mumkin.
- Fayllar. Ayrim qog‘oz varaqlarini saqlash va himoya qilish uchun ishlatiladi. Hujjatlarning g‘ijimlanishi va ifloslanishining oldini oladi. Papkalarga solish uchun teshikli fayllar, shuningdek, muhim qog‘ozlarni xavfsiz saqlash uchun o‘zi yopishadigan fayllar mavjud.
- Stol uchun organayzerlar. Kanselyariya ashyolarini tartibda saqlashga yordam beradi. Organayzer ruchkalar, qalamlar, o‘chirg‘ichlar va boshqa mayda narsalar uchun alohida bo‘limlarga ega bo‘lishi mumkin. Plastik modellari yengil bo‘lib, dizayni bo‘yicha xilma-xil, yog‘och modellari — ekologik jihatdan toza, metall modellari esa chidamli bo‘ladi.
- Konteynerlar. O‘quv materiallari, o‘yinchoqlar, ijod ashyolari va boshqa narsalarni saqlash uchun mos keladi. Qopqoqli plastik konteynerlar, g‘ildirakli qutilar, savatlar va korobkalar mavjud.
- Stol lampasi. Ish joyini yorug‘lik bilan ta'minlaydi, bu uy vazifalarini bajarishda ko‘z salomatligi uchun ayniqsa muhimdir. Sozlanuvchi yorug‘lik va egiluvchan tutqichli modellar yorug‘lik oqimini kerakli tomonga yo‘naltirish imkonini beradi. Svetodiod lampalar tejamkor va uzoq xizmat qiladi.
- Soat va budilnik. Farzandingizga kun tartibiga rioya qilish, o‘z vaqtida uyqudan turish va darsga kelishga yordam beradi.
- Suv shishasi. Bolada doimo shaxsiy idishida toza suv bo‘lishi kerak. Sotuvda plastik, shisha yoki metall butilkalar taqdim etilgan. Plastik idishlar yengil, biroq tarkibida zararli moddalar bo‘lmagan sifatli materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Shisha va metall butilkalar ekologik toza bo‘lib, uzoq xizmat qiladi.
- Tushlik va tamaddilarni saqlash uchun lanch-boks. Lanch-bokslar farzandingiz sog‘lom uy taomlari bilan ovqatlanishini nazorat qilishga yordam beradi. Turli mahsulotlar uchun bir nechta bo‘limlarga va yaxshi germetiklikka ega modellarni tanlang.
Maktab uchun hamyonbop xaridlar qilish bo‘yicha tavsiyalar
O‘quv yili boshlanishidan oldin maktabga barcha kerakli anjomlarni sotib olish oilaga moliyaviy jihatdan qiyin bo‘lishi mumkin. Ammo ota-onalarga pul tejashga yordam beradigan bir nechta samarali tavsiyalar bor:
- Xarid qilishdan oldin kerakli narsalarning batafsil ro‘yxatini tuzing. Bu impulsiv xaridlar qilmaslikka va haqiqatan ham zarur bo‘lgan tovarlarga e'tibor qaratishga yordam beradi.
- Odatda o‘quv yili boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan mavsumiy savdolar va aksiyalarni kuzatib boring. Aksariyat yirik do‘konlar bu davrda maktab tovarlariga katta chegirmalar taqdim etadi.
- Ba'zi narsalarni o‘quv yili boshlanishidan ancha oldin, ularga talab yuqori bo‘lmaganida va narxlari past bo‘lganda sotib olish mumkin. Masalan, kanselyariya tovarlari yil davomida vaqti-vaqti bilan chegirma bilan sotiladi.
- Boshqa ota-onalar bilan buyumlar almashinuvini tashkil qiling. Masalan, farzandingizga kerak bo‘lmay qolgan darsliklarni yangi o‘quv yili uchun kerak bo‘ladiganlari yoki boshqa o‘quv qurollariga almashtiring. Bu pulni tejash va boshqa oilalarga yordam berish uchun ajoyib imkoniyat.
- Ba'zi narsalarni, masalan, darsliklar va maktab formasini ikkilamchi bozordan arzonroq narxda sotib olish mumkin. Avval ishlatilgan tovarlarni xarid qilish uchun komission do‘konlarga boring yoki onlayn platformalardan foydalaning.
- Uzoq vaqt va turli vaziyatlarda foydalanish mumkin bo‘lgan buyumlarni tanlang. Masalan, ham maktab, ham maktabdan tashqari mashg‘ulotlar uchun mos keladigan universal ryukzaklar va penallar.
- Sifatli tovarlarni xarid qiling. Bir necha oyda yangisini sotib olgandan ko‘ra, bir marta qimmatroq, ammo uzoqroq xizmat qiladigan buyumlarga pul sarflagan ma'qul.
O‘quv yili uchun kerak bo‘ladigan barcha narsalarni sotib olish uchun Uzum Marketga kirib, har tomonlama qulay va xavfsiz ta'lim olish uchun ideal tovarlarni toping.
Izoh qo‘shish