
Toshkentda qayerda cho‘milish mumkin: shaharning plyaj, akvapark va suv havzalari
Issiq yoz mavsumiga tayyorgarlik ko'rish uchun shahardan chiqmagan holda suv bo‘yida dam olish va cho‘milish mumkin bo‘lgan joylarni saralab chiqdik. Shahar plyajlari, attraksionli akvaparklar, ko‘ngilochar va sport tadbirlari o‘tkaziladigan suv majmualari – 8 ta qiziqarli va mashhur joy haqida ma’lumot beramiz.
Shahar plyajlari
Toshkentdagi istirohat bog‘larida yangi ochilgan ikkita joy - qumda yotib, quyoshda toblanishni va shunchaki tabiat qo‘ynida dam olishni xohlovchilar uchun mo‘ljallangan.
«Yangi O'zbekiston» bog'idagi plyaj
- Telegram
- 3 soat uchun narxlar: 4 yoshgacha bolalar - bepul; 10 yoshgacha bolalar - 60/90 ming (begim/dam olish kunlari); kattalar - 90/120 ming; nafaqaxo‘rlar - 45/60 ming so'm
- Mavsum ochilishi: may oyining boshidan
O‘tgan yili yangi ishga tushirilgan maskan 2024-yildan boshlab Toshkentda cho‘milishni xohlovchilarni qabul qila boshladi. “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi plyaj koʻl havzasi boʻlib, maksimal chuqurligi taxminan 1,7 metr va atrofi yumshoq qum bilan o‘ralgan. Tashrif buyuruvchilar uchun quyoshda toblanish uchun shezlonglar, soyabonlar, dush va kiyim almashtirish kabinalari, hojatxona va saqlash xonalari mavjud. Bu yerda tibbiy yordam punkti, qutqaruvchilar, suzish vositalarini ijaraga olish yoki sotib olish punktlari, shuningdek, “Ramiz ko‘fte” va “Qanotchi baliq” restoranlari faoliyat yuritmoqda. Antiqa hijati – bolalar va kattalarga birday yoqadigan suvdagi puflama to‘siqlar.
Toshkentliklar va shahar mehmonlari o‘z sharhlarida quyidagilarni e'tiborga olishni tavsiya etmoqdalar: ko‘lning tubiga rezina yotqizilgani sababli, cho‘miluvchi sirpanishi mumkin, suvga tushish joyi esa tikka. Shuni ham ta'kidlash joizki, bu yil plyajga kirish chiptasi avvalgidek plyajda kuni bo‘yi emas, balki cheklangan vaqt – 3 soat mobayniida bo‘lish huquqini beradi. Qo‘shimcha vaqt uchun to‘lov mavjud - bolalar va nafaqaxo‘rlar uchun soatiga 30 ming, kattalar uchun 60 ming.
Milliy bog‘dagi «Qumlik» plyaji
- Narxlar: 3 yoshgacha bolalar - bepul; 16 yoshgacha bolalar - 2 soat uchun 40/60 ming, kun bo‘yi 140/160 ming; kattalar - 2 soatga 80/120 ming, kun bo‘yi - 200/250 ming; qo'shimcha soatlar – bolalarga 15/25 ming, kattalarga 30/40 ming;
- Mavsum ochilishi: 25 may
«Yangi Oʻzbekiston» bog‘idagi yozgi dam olish maskanining muqobili shahar markazida joylashgan Milliy bogʻdagi «Qumlik» plyaji sanaladi. Bu plyaj sobiq Komsomol ko‘li o‘rnida barpo etilgan: atrofida qum qolgan, ko‘l tubi basseynlarga mo‘ljallangan maxsus membrana bilan qoplangan. Maksimal chuqurligi 2 metrgacha, suvning harorati 25-32 daraja, quyoshda toblanish uchun shezlonglar, soyabonlar, arg‘imchoqlar, ovqatlanish va ichimlik ichish uchun fastfudlar va boshqa bir qancha qulayliklar mavjud.
Bog‘ ma'muriyati bu yilgi mavsumda dam oluvchilar uchun qator qulayliklarni i va'da qilmoqda: masalan, plyajda hojatxonalar barpo etildi (ilgari ular hovuz hududidan tashqarida joylashgan edi, bu haqda mehmonlar o‘z shikoyatlarida yozib qoldirganlar).
May oyining oxirlarida“Qumlik” plyaji ushbu o‘zgarishlarni baholash uchun mehmonlarni taklif qiladi – ochilish marosimida kvestlar bo‘ladi, DJlar ishtirokida Gavayacha bayram tashkil qilinadi. Ochilish kunidagi narxlar: 2 soatga kattalar uchun 120 ming, bolalar uchun 60 ming.
Akvaparklar
Suvda mazza qilib dam olish imkoniyati – sirpanchiq qiyaliklar va attraksionlar bor.
Oasis
- Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 4А
- Narxlar: 3 yoshgacha bolalar – bepul; 12 yoshgacha bolalar – 3 soatga 100/120 ming; erkaklar – 3 soatga 120/150 ming; kun bo‘yi VIP tarif: kattalarga 200/250 ming; 3 yoshdan oshgan bolalar – 160/200 ming.
- Mavsum ochilishi: 14 maydan
Taxminan 1500 kishiga mo'ljallangan oilaviy akvapark. Turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun uchta sirpanchiq qiyalik majmuasi bor. Kichkintoylar uchun – dengiz ko‘rinishidagi sayoz hovuz, 6-12 yoshli bolalar uchun – to‘rt xil attraksion, shu jumladan, yopiq quvur ham ishlamoqda. Kattalar uchun – o'ziga xos talkiflar: sokin aylanma qiyalikdan tortib 22 metrli «kamikadze» qiyaligigacha. Ajoyib jihatlaridan yana biri "dangasa daryo" bo‘lib, unda shoshmasdan "vatrushka" balonida suzishingiz mumkin, yopiq launj-hududi ham xizmatingizga tayyor.
Aqualand
- Manzil: Yunusabod tumani, Chinobod ko'chasi, 61А
- Narxlar*: 11 yoshgacha bolalar – 3 soatga 50 ming, kun bo‘yi 70 ming; kattalar – 3 soatga 85 ming, kun bo‘yi - 120 ming ;
- Mavsum ochilishi: 25 may
Yangi mavsum uchun akvapark foydalanuvchilar sharhlarini inobatga olgan holda biroz “yangilandi": ijtimoiy tarmoqlarda Aqualand yangi shezlonglar, yangilangan mayolika, bar maydoni va kiyim almashtirish joylarini namoyish etdi. Hovuzlarning xilma-xilligi saqlanib qolingan: kattalar, bolalar, o‘smirlar uchun alohida hovuzlar hamda to‘lqinli va issiq suvli basseynlar mavjud. Adrenalin ishqibozlari uchun ikkita tik qiyalik, shuningdek, sokinroq attraksionlar ham bor. Dam olish kunlarida akvaparkda shoular o‘tkaziladi – anonslar Instagramda e'lon qilib boriladi.
Atlantis
- Manzil: Sirg'‘ali tumani, Shokirariq ko‘chasi, 18
- Narxlar*: 3 yoshgacha bolalar – bepul; bolalar – 50/60 ming; kattalar – 100/120 ming, qo'shimcha depozit yoki joy ijarasi to'lanadi
- Mavsum ochilishi: may oyining oxiri - iyun oyining boshi (2023 yilda 4 iyunda ochilgan)
“Atlantis”da ham baland va ekstremal qiyaliklar bisyor: bir nechta uzun spiral, qisqa qiyaliklar, bolalar uchun maydonchalar, alohida hovuzlar mavjud. Akvaparkda mehmonlarni jalb qiladigan o‘ziga xos jihatlar ko‘p. Birinchidan, hududda sakrash uchun tramplin, ko‘priklar, rotonda(aylana shiypon), va asosiysi, katta hovuz markazida musobaqa va shoular o‘tkaziladigan kema bor. Ikkinchidan, har kuni – nafaqat dam olish kunlari – musiqiy dasturlar, boshqa ko‘plab mavzuli kunlar, bolalar uchun qaroqchilar o‘yinlari, konsertlar va animatsiyalar tashkil qilinadi. Uchinchidan, “Ayollar kuni” aksiyasi o‘tkaziladi. 3 kishidan iborat qizlar guruhi hududga bepul kiritiladi.
Shunga alohida ahamiyat berishingiz joizki, pulni nafaqat kirish uchun to‘laysiz, balki depozit ham qo‘yasiz (250 mingdan boshlab, bu pulni oziq-ovqatga sarflash mumkin) yoki dam olish uchun joy, masalan, tapchan yoki kabinani ijaraga olishingiz uchun (300 mingdan boshlab).
Limpopo
- Manzil: Furqat nomidagi istirohat bog‘i, Tolimarjon ko‘chasi, 135
- Narxlari*: 3 yoshgacha bolalar – bepul; 12 yoshgacha bolalar – 2 soatga 40 ming, 3 soatga 50 ming, kun bo‘yi 60 ming; kattalar – 2 soatga 60 ming, 3 soatga 85 ming, kun bo‘yi 120 ming
- Mavsum ochilishi: taxminan - 1 iyun
Toshkentda birinchilar qatorida bo‘lgan ushbu kichik akvapark 2011 yilda ochilgan. Cho‘milish uchun “Limpopo” ikkita suzish havzasini taklif qiladi, kattalar uchun ikkita sirpanchiq qiyalik – tikka "kamikadze" va sokinroq spiral; bolalar uchun kichik qiyaliklar ishlab turibdi. Yonida bolalar maydonchasi, kafe, shiypon ostida stollar qo‘yilgan bo‘lib, bemalol o‘tirib soyada tushlik qilish mumkin. Tashrif buyurgan mehmonlar oromgohning asosiy afzalligi deb bog‘ning joylashuvi va tuzilishini e'tirof etishgan, chunki atrofdagi o‘t-o‘lanlar musaffolik hissini oshiradi.
Suv majmualari
Tanlovimiz oxirida – bir juft ochiq basseyn majmuasi. Bu erda sirpanchiqlar yo‘q, lekin zerikmasligingiz aniq!
«Dengiz»
- Veb-sayt
- Manzil: Movarounnahr ko‘chasi, 21 (sobiq Telman bog‘i)
- Narxlari*: 3 yoshgacha bolalar - bepul; 3 yoshdan 12 yoshgacha bolalar - 100/150 ming; kattalar - 200/300 ming so'm
- Mavsum ochilishi: 25 may
2021-yilda ochilgan majmuaning shiori - “Dengiz siz o‘ylagandan ancha yaqin”. Majmua Markaziy bog'da qulay joylashgan - suv bo‘yida dam olish uchun poytaxt chekkasiga chiqish shart emas. "Dengiz" markaziy basseyn, sport va bolalar basseynlari, jakuzi hududi va suv barida dam olishni taklif qiladi. Kafeda tanovul qilishingiz mumkin. Lekin o‘zingiz bilan pul olib yurishingiz shartmas, barcha xarajatlar kirishda beriladigan bilaguzukka "yoziladi" va ovqat haqi chiqishda to‘lanadi.
Hududda shezlonglar bor. “Tanho” dam olish uchun VIP-chodirlar va suhbatlashish joylari mavjud. Bolalar uchun bir nechta yangi sirpanchiq qurilgan, o‘tgan yili kattalar uchun attraksionlar demontaj qilingan. Xullas, hursandchilik qilib bemalol dam olishingiz mumkin - bu yerda DJlar chiqishi hamda tematik dasturlar o‘tkaziladi, 90-yillar diskotekalari va Gavaya bayramlaridan tortib, bolalar uchun animator shoulari va kvestlargacha tashkillashtilgan.
Sinbad
- Manzil: Uchtepa "Seul" ekoparki, Foziltepa ko‘chasi, 12B
- Narxlari*: 3 yoshgacha bolalar - bepul; 12 yoshgacha bolalar - kechqurun 40/50 ming (17:00 dan 22:00 gacha), kuni bo‘yi - 50/60 ming; kattalar - kechqurun 60/80 ming, kuni bo‘yi - 80/110 ming
- Mavsum ochilishi: 1 iyun
Majmua 2022 yilda ishga tushgan. Bu erda o‘yin-kulgi faqat katta hovuz va uchta kichkintoylar havzasida cho‘milish bilan cheklanmaydi: kundalik animatsiyalar o‘tkaziladigan bolalar maydonchasi, batut, kafe va barlar, voleybol va qum ustida turli mashg‘ulotlar uchun sport maydonchasi mavjud.
Shu bilan birga, “Sinbad” - Toshkentdagi eng katta kontsert sahnasiga ega bo‘lgan suv havzasi hisoblanadi, u yerda musiqachilar chiqishlari va shoular o‘tkaziladi. Majmuaning diqqatga sazovor jihati, ya'ni fishkasi - muntazam o'tkaziladigan “ko‘pik” tadbirlari hamda karaoke xonalari. Tashrif buyuruvchilar bu xonalarni bemalol ijaraga olinishi mumkin.
Ish kunlarida “Sinbad”ga faqat kirish haqini to‘lab kirishingiz, so‘ng maxsus yotqichlarda yoki terrasada dam olishingiz mumkin. Dam olish kunlari va bayramlarda har bir o‘rindiq uchun qo‘shimcha depozit (to‘rt kishilik stol uchun 200 mingdan boshlab) to‘lanadi, lekin shu pulni tushlik yoki ichimliklarga sarflash ham mumkin.
*2023 yil uchun narxlar. Tashrifning yangilangan narxi hali joylarning veb-saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilinmagan - o‘zgarishlar bo ‘lishi mumkin.
Izoh qo‘shish