
Quyosh nuridan himoya qiluvchi krem: nima uchun kerak va ishonchlisini qanday tanlash mumkin
O‘zbekistonda quyosh tez qizita boshlaydi va mart oyidayoq quyosh faolligining UB-indeksi 6 ballgacha ko‘tarilishi mumkin, bu esa o‘rtacha xavf sinfiga to‘g‘ri keladi. Bu terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish va har kuni ko‘rinmas "soyabon" – quyoshdan himoyalovchi kremdan foydalanish kerakligini anglatadi. Harorat 40 darajadan oshadigan va iyundan avgustgacha quyosh faolligining UB indeksi ekstremal qiymatlarga (10 balldan yuqori) yetadigan mintaqada bunday kremlarni tanlashga jiddiy yondoshish kerak. Biz teriga yoqadigan hamda uni yosh va sog‘lom saqlaydigan quyoshdan himoyalovchi kremni qanday qilib to‘g‘ri tanlash usullarini aniqladik.
Nima uchun teringizni quyosh nurlaridan himoya qilishingiz kerak
Quyosh nuri, shubhasiz, inson salomatligini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi, chunki uning ta'siri ostida organizm uchun hayotiy muhim bo'lgan D vitamini ishlab chiqariladi. Bu vitamin kalsiyning so‘rilishiga yordam beradi, uning yetishmovchiligi esa suyaklarda mineral zichligining pasayishiga va depressiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Quyoshdan taraluvchi issiqlik va yorug'lik quyoshdagi termoyadroviy reaksiyalar natijasida ultrabinafsha nurlanishning ajralishi bilan paydo bo‘ladi. Ushbu nurlanishning katta qismi koinotga va yer atmosferasiga tarqalib ketsa-da, ultrabinafsha nurlarining yetarlicha miqdori yer yuzasiga baribir yetib keladi.
Yer yuzasiga tushadigan ultrabinafsha nurlanishning 95% ga yaqini UVA-nurlaridan tashkil topgan. Bu nurlar bulutlar va shishadan o‘tishga qodir va hattoki bulutli kunlarda ham teriga ta'sir qiladi. Aynan shular fotoqarish jarayonini yuzaga keltiradi: terini quritadi, elastikligi va tarangligini yo‘qotadi, ajinlar va pigment dog‘lar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday ta'sir darhol paydo bo‘lmaydi. Ammo yillar davomida tez-tez va ko‘p quyoshda yurgan kishilar o‘z terisini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilgan tengdoshlaridan ko‘ra qariroq ko‘rinadilar.
Quyosh nurlanishining qolgan 5% ni UVB nurlari tashkil etadi – ular terini kuydiradi, allergik reaksiyaga sabab bo‘ladi va teri hujayralarining DNKsini buzadi, bu esa xavfli teri o‘smalarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ikkala turdagi UB nurlari teri hujayralariga hujum qiladigan va erta qarishga olib keladigan erkin radikallarning shakllanishini rag‘batlantiradi.
Ultrabinafsha nurlanishning intensivligini biz yuqorida aytib o‘tgan UB indeksi ko‘rsatadi. Uning har kunlik yoki haftalik miqdorini ilovada yoki ob-havo ma'lumotini beruvchi veb-saytlarda ko‘rishingiz mumkin. JSST tavsiyalariga ko‘ra, agar ultrabinafsha nurlanish indeksi 3 ballga yetsa, quyoshdan himoya qiluvchi vositalardan foydalanish kerak.
Krem terini quyosh nurlaridan qanday himoya qiladi
Quyoshdan himoyalovchi krem ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan kosmetik mahsulotdir. Bu kuyish va teri hujayralari shikastlanishining oldini oladi. Quyoshdan himoyalovchi kremlar tarkibida UB filtrlari mavjud bo‘lib, ular nurlarni oyna kabi qaytaradi yoki ularni yutadi(singdiradi). Himoya darajasiga qarab, nurlanishning 90% dan 100% gacha qismini qaytarishi va o‘ziga yutishi mumkin. Ushbu filtrlarga qo‘shimcha ravishda, quyoshdan himoya qiluvchi kremlar tarkibida namlantiruvchi, davolovchi va terini tinchlantiruvchi ingredientlar — pantenol, aloe ekstrakti, sentella, gialuron kislotasi hamda antioksidantlar mavjud. Ba'zi mahsulotlar tarkibida terining tabiiy himoya qatlamini mustahkamlovchi moddalar va epidermis mikrobiomi uchun probiotiklar mavjud.
Quyoshdan himoyalovchi kremdan foydalanish uchun 3 asosiy sabab
Mana nima uchun quyoshdan himoyalovchi kremdan foydalanish muhim:
- Kuyish va teri shikastlanishidan himoya: Quyoshdan himoyalovchi krem quyosh nurlaridan kuyish va UB nurlari ta'siridan zararlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bunday zararlanishlar vaqt o‘tishi bilan teri saratoniga olib kelishi mumkin.
- Qarish belgilariga qarshi kurashadi: Quyoshdan himoyalovchi kremni muntazam ravishda ishlatish fotoqarish, ya'ni kollagen va elastin moddalarining parchalanishi natijasida ajinlar paydo bo‘lishi, teri quruqligi va tarangligi yo‘qolishining oldini oladi.
- Pigmentatsiya va to‘rsimon tomirlar paydo bo‘lishining oldini oladi: krem ayniqsa pigmentatsiya va kuperoz kasalligiga moyil bo‘lgan odamlarda terini quyosh ta'sirida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan pigment dog‘lari va tomirlarning kengayishidan himoya qiladi.
Quyoshdan himoya vositalarining turlari: farqlari, belgilangan maqsadi va xususiyatlari
Quyoshdan himoya qiluvchi vositalarni sanskrin va sanblok turlariga bo‘lish mumkin (inglizchadan "sun screen" - "quyosh ekrani", "sun block" - "quyosh blokatori"). Sanskrin vositalar kimyoviy UB filtrlaridan tashkil topgan bo‘lib, ultrabinafsha nurlanish bilan reaksiyaga kirishib, uni issiqlik energiyasiga aylantiradi. Shakli o‘zgargan energiya keyin to‘qimalar orqali chiqarib tashlanadi. Jismoniy UB filtrlari nurlarni qaytarib, uning ta'sirini bloklaydi. Bundan tashqari, jismoniy va kimyoviy UB filtrlarini birlashtiruvchi kombinatsiyalangan mahsulotlar mavjud – ular odatda sanprotektorlar deb ataladi (ingliz tilida “sun protection” – “quyoshdan himoya”).
Jismoniy filtrli quyoshdan himoyalovchi kremlar. Atigi ikkita jismoniy filtr bor – titan dioksidi va rux oksidi. Ular terini yallig‘lantirmaydi yoki allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun, jismoniy UB filtrlari asosida muammoli, toshmalarga moyil, yog‘li, sezgir va bolalar terisiga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Pigmentatsiya va qon tomirlari kengayishiga moyilligi bor insonlar ham jismoniy filtrli sanbloklardan foydalanishi kerak. Ilgari jismoniy filtrli quyosh kremlarini "surtish" uncha qulay bo‘lmagan bo‘lsa – ular notekis surtilib, terini oqartirib ko‘rsatardi, bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda bu kamchiliklar deyarli yo‘q. Zamonaviy sanbloklar yopishqoq emas, hatto pudra effektini ham berishi mumkin. Sanblok darhol ishlay boshlaydi. Har safar cho‘milgandan keyin yoki har bir yarim-ikki soatda yangilash tavsiya etiladi.
- Muammoli teri uchun quyosh kremi Dr.Ceuracle 5 Control No-Sebum Lotion SPF50+
- Ultra yengil quyoshdan himoyalovchi krem SKIN1004 Madagascar Air-Fit Suncream Light SPF, 50 ml
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem Blithe Honest SPF 50 + PA + ++ +
- Namlovchi quyoshdan himoylavochI krem Sun Cream SPF50+ PA+++ Spf krem
Kimyoviy filtrli quyoshdan himoyalovchi kremlar. Hozirgi vaqtda fotostabil kimyoviy UB filtrli sanskrinlarning yangi avlodi iste'molchilar mehrini qozongan desak mubolag'a bo‘lmaydi. Ular ultrabinafsha nurlanishiga chidamli va klassik kremlarga qaraganda uzoqroq xizmat qiladi. Agar an'anaviy kimyoviy filtrli krem atigi bir yarim soat terini himoya qilsa, fotostabil filtrli mahsulot 8 soatgacha himoya funksiyasi ko‘rsatishi mumkin. Biroq, shuni hisobga olish kerakki, bunday samaradorlik plyajda dam olish uchun emas, balki shahar uchun mo‘ljallangan. Misol uchun, agar siz ofisda ishlasangiz va deraza yonida o‘tirsangiz, u holda fotostabil kimyoviy filtrli krem butun ish kuni davomida teringizni himoya qiladi. Agar quyoshda toblanishga va cho‘milishga bormoqchi bo‘lsangiz, unda kremni kamida har 2-3 soatda yangilab turishingiz kerak. Fotostabil kimyoviy UB filtrli quyoshdan himoyalovchi kremlarning teksturasi yengil, teriga mayin surtiladi, terida deyarli sezilmaydi va kiyimlarga surtilmaydi. Shunga e'tibor beringki, sanskrinning ta'sir kuchi darhol boshlanmaydi, faqat so‘rilganidan va faollashganidan keyin ishlay boshlaydi. Mahsulotni massaj harakatlari bilan teriga surtish tavsiya etiladi, keyin 15-20 daqiqa kutiladi. Bu vaqt ichida krem terining gidro-lipid mantiyasi bilan yagona qatlam hosil qiladi va terini himoya qilish uchun "tayyorlanadi".
- Quyoshga qarshi krem Some By Mi Truecica Aqua Calming Sun Cream SPF50 tsentella kompleksli
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem Blithe Honest SPF 50 + PA + ++ +
SPF indeksi
SPF belgisi kremning quyosh nurlaridan himoya qilish darajasini ko‘rsatadi. SPF qisqartmasidan keyingi raqam quyosh nurlari ostida kuyish xavfisiz qancha vaqt yurish mumkinligini bildiradi. Aytaylik, kremsiz teringiz quyoshda 10 daqiqa yurgandan keyin qizarib ketadi. Agar siz SPF 10 faktoriga ega kremni surtsangiz, 100 daqiqadan so‘ng teri qizarishni boshlaydi deb hisoblashadi, ya'ni UB nurlaridan himoyalanish 10 barobarga ortadi. Ammo bunday ta'sirni faqat ideal sharoitlardagina kutish mumkin: ultrabinafsha nurlanish indeksining eng yuqori ko‘rsatkichlari paytida quyosh tig‘ida bo‘lmasligingiz, yetarli miqdorda krem surtgan bo‘lishingiz, u kiyim bilan chaplashib ketmagan hamda suv tegib yoki terlaganda oqib ketmagan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston iqlimi uchun bahor va yoz mavsumlarida SPF indeksi 30 va undan yuqori bo‘lgan quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.
- Quyoshdan himoyalovchi krem The Ordinary SPF 30 with Antioxidants
- Quyoshdan himoyalovchi krem Derma Factory Cica 66% Sun Cream SPF 40, PA +++, 30 g
- Muammoli teri uchun SPF krem Derma Factory Houttuynia Cordata 65% Sun Cream, 50 ml
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem Vokali SPF 45+, 50 ml
SPF indeksi ham individual xususiyatlardan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak. Quyidagi hollarda u yuqoriroq bo‘lishi kerak:
- teri rangi qizg‘ish yoki oppoq, quyoshda tez "kuyadigan";
- soch rangi och yoki qizil;
- ko‘k, yashil yoki kulrang ko‘zlar;
- terida 10 dan ortiq xol yoki boshqa o‘smalar;
- pigment dog‘lari va sepkillar bo‘lganda.
Bunday hollarda SPF indeksi 50 yoki undan yuqori bo‘lgan quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.
- Yuz uchun quyoshdan himoya qiluvchi krem Lirene SPF 50+ UVA Max, 40 ml
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem SPF50+, 70 ml
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem Dr. Heal, katta hajmli, SPF 80 PA+++, 150 ml
Yozda, quyosh faolligi kuchayganda, shuningdek, quyosh nurlari suv, qum, qor yuzalaridan aks etadigan joylarda SPF indeksi 70 va undan yuqori bo‘lgan quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.
- Quyoshdan saqlaydigan krem, suvga chidamli SPF 50+/ 70+/ 90+, 130 ml
- Krem quyoshga qarshi Dr Heal SPF 80 PA+++, kokos yog'i bilan va vitamin E, 150 ml
- Quyoshdan himoya krem E vitamini SPF 80 bo'lgan, 150 ml
- Quyoshdan himoyalovchi krem Valera Spf 90, 100 ml
- Namlovchi quyoshdan himoya qiluvchi krem,oqartiradi,tabiiy ingredientlar(Koreya), 50 ml
UVA nurlaridan himoya. UVA nurlariga qarshi quyoshdan samarali himoya qiluvchi vositalar yorliqlarida broad spectrum belgisi ( ingliz tilidan tarjima qilinganda - “keng spektrli”) ko‘rsatiladi. Turli mamlakat ishlab chiqaruvchilari uni turlicha belgilashlari mumkin:
- doira ichida UVA belgisi;
- PPD belgisi (ingliz tilida "persistent pigment darkening" - doimiy pigment qorayishdan himoya);
- PA+ — PA++++ belgisi. + qanchalik ko‘p bo‘lsa, UVA nurlaridan himoya darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Maksimal himoyaga ega mahsulotlar yorliqlarida to‘rtta belgi ko‘rsatiladi.
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem Foasu EX GREEN COLLAGEN SUNCREAM SPF 50+/ PA++++
- Namlantiruvchi quyoshdan himoya qiluvchi krem Prettyskin SPF50+ PA++++, 70 ml
- Yuz uchun quyoshdan himoya qiluvchi krem Hyaluronic Cooling Sun Gel, SPF 50++++
- Quyoshdan himoyalovchi SPF50+/PA+++ Jigott 4 tanlov 70 ml
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem Kaliya Beauty Sun cream, SPF 50+PA++++
SPF filtrli kremlarning suvga chidamliligi
Plyajda o‘zingizni qulay his qilishingiz uchun har gal cho‘milgandan keyin surtish kerak bo‘lmaydigan suvga chidamli krem tanlagan ma'qul. Suvga chidamli kremlar sport va jismoniy mehnat paytida faol terlaydigan kishilar uchun juda kerakli vosita hisoblanadi. Bunday mahsulotlar yorliqlarida "water resistant" yoki "waterproof" belgilari ko‘rsatiladi. Odatda, suvga chidamli krem 40-80 daqiqa davomida ta'sir qiladi, keyin uni yangilash kerak bo‘ladi.
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem, yuz va tana namlovchi, suvga chidamli, SPF 50 PA++
- Quyoshdan saqlaydigan krem Disaar SPF 90, uzoq muddatli UV himoyasi, terini namlovchi krem, 50 ml
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem yuz va tana uchun Spf 50 suvga chidamli 60 ml
- Tanalny krem va Quyoshdan himoya qiluvchi oqartiruvchi krem SPF 50BB, yuz uchun 6 tasi 1da
Agar plyajga farzandlaringiz bilan borlsangiz, bolalar terisini quyoshdan himoya qilishda suvga chidamli kremlardan foydalanish tavsiya etiladi (albatta, mahsulot bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak). Quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanishga qaramay, bolaning cho‘milish vaqti va quyosh tig‘ida bo‘lish vaqtini chegaralash kerak, ularning o‘ynashi uchun iloji boricha soya joy topishga harakat qiling. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga quyoshda toblanish ta'qiqlanadi, chunki bu kelajakda melanoma rivojlanishi xavfini sezilarli darajada oshiradi. Agar bola terisi sanprotektor va/yoki kiyim bilan himoyalanmagan bo‘lsa, yozda uni ko‘chaga chiqarmaslik kerak. SPF 30 va undan yuqori bo‘lgan bolalar quyoshdan himoyalovchi kremlari terisi nozik insonlarga ham mos keladi.
- Quyoshdan himoya qiluvchi kremi SPF30, SPF45, SPF 50+, SPF 80+, 100 ml, 130 ml
- Krem PureBorn Kids: Bolalar uchun Coco Sun quyoshdan himoyalovchi krem 50+ UVA/UVB, 100 ml
- Bolalar uchun quyoshdan himoya qiluvchi tana suti Lirene kids SPF 50, vanilli, 150 ml
- Bolalar uchun quyoshdan saqlovchi krem
Quyoshdan himoyalovchi vositalar shakllari: kremlar, spreylar va stiklar
Krem shaklidagi quyoshdan himoyalovchi vositalar dozalash uchun eng qulay hisoblanadi: terining ishonchli himoyalanishini ta'minlash uchun tanaga taxminan 2 osh qoshiq krem surtilishi kerak, yuz, bo‘yin va quloq sohalariga esa yarim choy qoshiq kifoya qiladi. Ammo ko‘pchilik odamlar sprey shaklida sanprotektorlardan foydalanishni afzal ko‘rishadi, chunki ulardan foydalanish juda qulay. Ammo sepish jarayonida tasodifan yutib yubormaslik va ko‘zga tushmasligi uchun quyoshdan himoya qiluvchi spreylarni yuzga purkash tavsiya etilmaydi. Spreyni qo‘lingizga purkang va keyin uni yuz, bo‘yin va quloqlaringizga surting.
- Quyoshdan himoya qiluvchi loson spreyi SPF 50+ ZIAJA, 170 ml
- Quyoshdan himoya spreyi Ever Rosa SPF90+++ 5 Turlari, 200 ml
- Quyoshdan himoya qiluvchi sprey Sun Screen V7 SPF50, 200 ml
- Quyoshdan himoya qiluvchi yuz spreyi JMsolution Glow Luminous Flower Sun Spray SPF50+ PA++++
Quyoshdan himoya qiluvchi stiklar quruq, normal va toshmalarga moyil bo‘lmagan, aralash teriga mos keladi. Quyuq konsistensiyasi tufayli terini quyosh va shamoldan mukammal himoya qiladigan qalin qatlam hosil qiladi. Biroq, teringiz juda nozik, sezgir bo‘lsa, stik uni cho‘zib yuborishi mumkin, ayniqsa ko‘z atrofidagi nozik terini. Bunday mahsulotni burunga surtish ham uncha qulay emas.
- Dumaloq lab qayin sharbati nemlendirici quyosh tayoqchasi SPF 50 + PA + +++
- Yuz uchun quyosh tayoqchasi Tocobo Cotton Soft Sun Stick SPF 50 + PA++++ /, 19 g
- Namlab quyoshdan himoyalovchi stik Round Lab Birch Juice Moisturizing Sun Stick, 19 gr
Quyoshdan himoyalovchi kremlarni qanday tanlash kerak: xulosa
- Jismoniy UB filtrlari nozik, muammoli va bolalar terisi uchun mos keladi.
- kimyoviy fotostabil UB filtrlarining yangi avlodi klassik kimyoviy filtrlarga qaraganda samaraliroq himoya qiladi.
- Quyosh faolligining UB indeksi qanchalik yuqori, teri va ko‘z rangi qanchalik och rangda bo‘lsa, SPF indeksi shunchalik yuqori bo‘lishi kerak.
- Krem fotoqarishdan himoya qilishi uchun uning tarkibida UVA nurlaridan himoya qiluvchi filtrlar bo‘lishi va tegishli belgilarga ega bo‘lishi kerak.
- Agar juda ko‘p cho‘milsangiz va quyosh tig‘ida ko‘p yursangiz, suvga chidamli quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.
- Krem - quyoshdan himoyalovchi vositalarning optimal shakli bo‘lib, mahsulotni yanada aniqroq dozalash imkonini beradi. Biroq, spreylar qo‘llash uchun qulayroq, stiklar esa qalinroq qatlam hosil qiladi, bu esa shamolli ob-havoda as qotadi.
Izoh qo‘shish
Зор