
O‘zbekistonda anomal issiq: qanday jon saqlash va iqlim texnikasidan foydalanishda tejash
To‘plamimizda — issiqda sovutish va xonadagi mikroiqlimni yaxshilash uchun foydali qurilmalar.
Uy yoki xonadoningizga ko‘chadan doim issiq havo doim urib turganda, ayniqsa jaziramada kecha-yu kunduz iqlim texnikasidan foydalansangiz, elektr energiyasi to‘lovlari sezilarli darajada oshishi mumkin. To‘g‘ri tanlov xarajatlarni optimallashtirishga yordam beradi — elektr energiyasini kam sarflovchi va yuqori darajada energiya samaradorligiga ega qurilmalar kerak.
Uy yoki xonadonni jazirama issiqda sovutish uchun qanday texnika tanlash kerak
Bularning barchasi hamyoningiz, istaklaringiz va nimani ma'qullashingiz bog‘liq. Uskunaning turli xil variantlarini ko‘rib chiqish mumkin.
- Kichik xonalar uchun ixcham ko‘chma konditsioner mos kelishi mumkin. Bunday qurilmalar arzonroq turadi, tez-tez ko‘chib o‘tadiganlar uchun mos keladi: axir uni olib ketish oson. Biroq, issiq havoni unchalik samarali sovutmaydi va kuchliroq statsionar konditsioner va split-tizimlarga qaraganda kamroq funksiyalarga ega.
- Havo namlagich va namlash funksiyasiga ega ventilyatorlar ham havoni biroz sovutishi mumkin — o‘rtacha 2-3°C ga. Ular juda ixcham va konditsionerga qaraganda ancha arzon. Bunday qurilmalarni elektr energiyasi to‘lovlarini tejash va kuchli konditsionerni doimo yoqib qo‘ymaslik uchun kechqurun juda issiq bo‘lmaganda ishlatish mumkin.
- Agar rejangizda statsionar texnika sotib olish bo‘lsa — sizga nima kerakligini aniqlab oling: konditsioner yoki split-tizim. Konditsionerlar — funksional jihatdan soddaroq qurilmalar bo‘lib, ular minimal — ko‘pincha faqat sovutish va isitish funksiyalariga ega. Split-tizimlar quvvati va samaradorligi bilan ajralib turadi, ular havoni quritishi, ozonlashi, namlashi, tozalashi mumkin. Ba'zilarida ionizatsiya kabi funksiyalar bor — bu rejimda ishlaganda manfiy zaryadlangan zarralar hosil bo‘lib, havo sifatini yaxshilaydi va uni yanada tozaroq qiladi. Shuningdek, ba'zi split-tizimlar nafaqat sovutadi, balki toza havo oqimini ham ta'minlaydi — agar xona kichik bo‘lsa, bu juda muhimlishi mumkin. Ikkita, tashqi va ichki blokdan iborat bo‘lgan devor konditsionerlarining aksariyatini to‘laligicha uy split-tizimlari sanaladi, shunchaki ishlab chiqaruvchilar qulaylik uchun konditsionerlar deb atashadi.
- Agar xonalar ko‘p bo‘lsa — bir vaqtning o‘zida bir nechta xonani iqlim nazorati qila oladigan multi zonali tizim variantini ham ko‘rib chiqish mumkin. Bunday holda, bir nechta konditsionerlarni o‘rnatish shart emas. Qanday bo‘lmasin, bunday texnikani xarid qilish barcha xonalarga bittadan tizim o‘rnatishdan ko‘ra qimmatroq bo‘ladi.
Xarid qilishda nimaga e'tibor berish kerak
Iqlim texnikasining bir qator muhim parametrlari mavjud — mos variantni tanlash va shu bilan birga elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tejash uchun buni hisobga olish kerak.
- Qurilma tavsiya etilgan xona maydoni. Xususiyatlarda yoki tavsifda ko‘rsatiladi. Agar siz konditsionerni 6-10 metr kvadrat bo‘lgan (m. kv.) kichik xonaga o‘rnatishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, qo‘shimcha pul sarflash va katta xona uchun mo‘ljallangan konditsioner xarid qilishdan ma'no yo‘q. Yoki aksincha: kichkina xona uchun mo‘ljallangan qurilma, agar maydon sezilarli darajada katta bo‘lsa, yetarli darajada sovutib berolmaydi.
- Konditsioner kuchi. Bu ham xususiyatlarda ko‘rsatilgan va muhim mezon hisoblanadi, chunki u elektr energiyasi narxi va iste'moliga katta ta'sir ko‘rsatadi. 20-25 metr kvadratgacha bo‘lgan xona uchun odatda 2,1–2,5 kVt quvvatga ega konditsioner yetarli. Maydoni 25-35 metr kvadrat bo‘lgan xonalarda 3,5-4 kVt tizimni tanlash mumkin. 35-50 metr kvadrat uchun — 5-6 kVt, 50 metr kvadratdan katta xonalar uchun kamida 7 kVt quvvatga ega kuchliroq qurilma kerak.
- Energiya iste'moli toifasi. Har doim kuchli konditsionerlar va split-tizimlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ko‘rsatiladi. Sovutish tizimini tanlashda bunga e'tibor bering. Asosan sotuvda A va B toifalarini topish mumkin. B toifasi eskirgan hisoblanadi, bunday qurilmalar juda ko‘p elektr energiyasini iste'mol qiladi. Energiya iste'moli A toifasida bo‘lgan texnikani tanlang. A harfi atrofida qancha ko‘p pluslar bo‘lsa — tejash nuqtai nazaridan shuncha ko‘p afzalliklar mavjud: elektr energiyasi uchun to‘lovlar kamroq bo‘ladi.
- Kamroq quvvatga ega va soddaroq qurilmalarda, masalan, mini-konditsionerlar va namlagichlarda qurilma bir soat ichida qancha vatt iste'mol qilishi ko‘rsatilishi mumkin (Vt/soat). Bunday holda, taxminiy elektr energiya to‘lovlarini hisoblash mumkin. Ushbu miqdorni bir oylik ish soatiga ko‘paytirish, soatiga kilovattga o‘tkazish, 1000 (kVt/soat) ga bo‘lish va kVt/soat narxiga ko‘paytirish kifoya.
- Invertor (kompressor dvigatelining aylanish tezligini o‘zgartirishga imkon beradigan qurilma) va turli xil energiya tejovchi va eko-rejimlarning mavjudligi elektr energiyasi to‘lovlarini kamaytirishi mumkin.
- Qulay shovqin darajasi. Agar bunday texnika tun bo‘yi ishlasa, bu juda muhim. Shovqin darajasi 20-25 dB dan oshmaydigan eng sokin variantlar maqbul.
- Tashqi harorat diapazoni: ba'zi konditsionerlar derazadan tashqarida +40°C havo haroratigacha ishlashga mo‘ljallangan, chillada esa yuqoriroq ko‘tarilishi ham mumkin.
- Brend obro‘si — taniqli brendlar texnikasi qimmatroq turadi, ammo u yuqori sifatli va noma'lum ishlab chiqaruvchilarning arzon qurilmalariga qaraganda uzoqroq xizmat qiladi. Biroq, ba'zi hamyonbop variantlar yaxshi ishlashi va uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin — shuning uchun xaridorlar fikr-mulohazalari bilan diqqat bilan tanishib chiqishingiz kerak.
Shuningdek quyidagilarga e'tibor berish kerak:
- boshqaruv tizimining ma'qulligi va foydalanish qulayligi — devorga o‘rnatilgan konditsionerlarni masofadan boshqarish pultisiz yoqish unchalik qulay emas, ilg‘or texnika Wi-Fi tarmog‘iga ulanishi, ovozli yordamchi bilan boshqarilishi mumkin;
- filtrlar turi va soni — agar oilada allergiklar bo‘lsa, nozik tozalash filtrlari bor qurilmani tanlagan ma'qul;
- ish rejimlari soni;
- kvartirada havo yo‘nalishini sozlash qobiliyati;
- elektr uzilishlaridan himoya qilish va elektr uzilishidan keyin avtomat tarzda yoqish qobiliyati — bunday modellar, ayniqsa, tarmoqdagi kuchlanish beqaror bo‘lgan aholi punktlarida dolzarb.
Ultratovushli namlagich
Bunday qurilmada ultratovushli purkagich mavjud — bu yuqori chastotali tebranish tufayli suvdan tuman hosil qiluvchi maxsus element. Namlagich havoni qattiq sovutmaydi, lekin agar xonada normal namlik darajasi bo‘lsa — hatto haddan tashqari issiqda ham nafas olish yengilroq bo‘ladi. Qulay ultratovushli namlagich past shovqin darajasi va uchta ish rejimiga ega — kichik bug‘ ta'minotidan maksimalgacha, 30 kv.m. gacha bo‘lgan xonada ishlash uchun mos keladi, unga suv quyish oson. Filtrlash tizimi tufayli u havo tozalagich rolini ham o‘ynaydi. Qurilmaning maksimal ish rejimidagi quvvat sarfi — 24 Vt/s. Agar kun bo‘yi ishlasa ham, bir oy ichida taxminan 17 kVt/soat sarflanadi. Shunga ko‘ra, 200 kVt/soat iste'molda va bazaviy tarifda ishlashi uchun 7 650 so‘m sarflanadi.
Narxi*: 587 ming so‘m.
Namlash funksiyasiga ega ventilyator
Chillada oddiy ventilyatorlar faqat issiq havoni haydaydi. Yechim sifatida — qurilma ro‘parasiga muz kubiklari bilan katta tog‘ora yoki idish qo‘yish mumkin. Ammo bu hamyonbop shamollatish moslamasi bir vaqtning o‘zida uchta funksiyani birlashtiradi: sovutish, namlash va havoni dezinfeksiya qilish. Sovutish effektiga muz orqali erishiladi. Buning uchun maxsus gelli idishlarni chiqarish, ularni 2-3 soat davomida muzlatkichga qo‘yish, keyin gel muzlagandan so‘ng, ularni qayta ventilyatorga joylash kerak. Model qulay masofadan boshqarish pultiga ega va havoni qo‘shimcha dezinfeksiya qilish uchun UVC-LED chiroq bilan jihozlangan. U shovqinsiz ishlaydi, soatiga 45-50 vatt iste'mol qiladi, 24 soatlik ishlashda oyiga 34-36 kVt s sarflanadi, xarajatlar esa 15 300-16 200 so‘mni tashkil etadi. Ammo muzni muzlatish uchun bir muncha vaqt ketishi sababli, u kun bo‘yi yoqilishi ehtimolidan yiroq. Shunga ko‘ra, agar real xarajatlar nazarda tutilsa — ular kamroq bo‘ladi.
Narxi*: 1,135 mln so‘m.
“Aqlli” havo oqimiga ega konditsioner
U yozda sovutish, qishda esa isitish uchun ishlashi mumkin. Haroratning ishlash diapazoni -15 dan +53°С gacha. Qurilma 35 m kv gacha bo‘lgan xonalarga mos keladi, ion generatori funksiyasi, invertor bilan jihozlangan, havoni tez sovutadi, deyarli shovqinsiz ishlaydi — shovqin darajasi atigi 19 Db, bu deraza ortidagi barglar shovqinidan biroz balandroq. Havoni konditsionerlash tizimi xonani tez sovutadi, salqin havoni yuqoriga qarab harakatlantiradi va to‘rt yo‘nalishda havo oqimini ta'minlaydi, havo yetkazib berish beshta tezligidan birini tanlash mumkin. Konditsioner A++ energiya samaradorligi sinfiga ega, u o‘zini o‘zi tozalash rejimiga ega. Sovutish rejimida maksimal quvvat sarfi 1.13 kVt. Shunga ko‘ra, bir soat ishlash uchun energiya sarfi 1,13 kVt/s tashkil qiladi (quvvat vaqtga ko‘paytiriladi). Agar konditsioner kuniga shartli 10 soat yoqilsa, unda energiya sarfi 11,3 kVt/s tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, asosiy tarifda bunday ishlatish kuniga 5 085 so‘mni tashkil qiladi. Shuningdek, u elektr energiyasi uchun sarflar nuqtai nazaridan tungi va eko-rejimlarda ishlashi mumkin.
Narxi*: 5,499 mln so‘m.
Harorat intellektual boshqariladigan konditsioner
Ushbu konditsioner A+ energiya samaradorligi sinfiga ega va ekstremal iqlim sharoitlariga ham bardosh bera oladi: uni -15 dan +50...+ 52°C gacha bo‘lgan haroratda yoqish, isitish yoki sovutish uchun yoki havo ventilyatsiyasi rejimida ishlashi uchun qoldirish mumkin. U 20 dan 40 m. kv. gacha bo‘lgan xonaga mos keladi. Innovatsion invertor texnologiyasi tufayli u kerakli haroratga yetganda kompressor tezligini pasaytiradi. Shu sababli, konditsioner ishlashi paytida elektr energiyasini iste'mol qilish darajasi inventorsiz qurilmaga qaraganda 41% gacha kam. Xonada havo harorati va namligini intellektual boshqarish tizimi, shuningdek o‘z-o‘zini diagnostika qilish funksiyasi uni ishlatishni oson va qulay qiladi. Sovutish rejimida quvvat sarfi 1.18 kVt. Bir soatlik ishlashda energiya sarfi 1.18 kVt s, kuniga 10 soat uchun — 11.8 kVt/s tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, bazaviy tarifda ishlashi kuniga 5 310 so‘mni tashkil etadi.
Narxi*: 4,740 mln so‘m.
Ko‘chma mini-konditsioner
Bu kichik xonaga mos keladi, uni bir xonadan boshqasiga ko‘chirish, dala hovli, xususiy uy yoki kvartira, ish joyida ishlatish, stol ustiga yoki krovat tumbasi ustiga qo‘yish, zajigalka adapteri orqali mashinaga ulash mumkin. USB-kabeli yordamida pauerbank, noutbuk yoki kompyuterga ulash mumkin. Konditsioner uchta ventilyator tezligiga ega va bir vaqtning o‘zida namlagich sifatida ishlaydi. Ichiga quyilgan sovuq suv tufayli havoni sovutadi, maksimal samara uchun bilan idishga muz kubiklarini solish mumkin. To‘ldirilgan rezervuar 12 soatgacha ishlash uchun yetarli (ishlash rejimiga qarab). Filtrlar esa qo‘shimcha ravishda havoni tozalaydi. Yoritish rejimi tufayli uni tungi yoritkich sifatida ham ishlatish mumkin. Ishlab chiqaruvchi energiya samaradorligi toifasi va quvvat sarfini ko‘rsatmaydi, ammo aqlli energiya tejash tizimi elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tejashga imkon beradi.
Narxi*: 119 ming so‘m.
Konditsioner-ustun
Agar biron sababga ko‘ra shift ostidagi devorga konditsionerning ichki blokini o‘rnatish mumkin bo‘lmasa, polga qo‘yiladigan varianti mos keladi. Ustunli konditsionerlar polga o‘rnatiladi va minimal joy egallaydi. U 40 dan 80 m. kv.gacha bo‘lgan xonaga mos keladi (model kuchiga qarab), masofadan boshqarish pultidan ishlaydi, sovutish rejimida ishlaganda A++ energiya samaradorligi toifasiga va isitish rejimida A+ toifasiga ega, yomg‘irli ob-havo sharoitida esa quritish rejimini ham yoqish mumkin. Deraza tashqarisidagi havo haroratining ishlash diapazoni -15 dan +50°C gacha. Sovutish rejimida quvvat sarfi 1.58 kVt. Bir soatlik ishlash uchun energiya sarfi 1.58 kVt/s, kuniga 10 soat uchun — 15.8 kVt/s tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, bazaviy tarifda ishlash kuniga 7 110 so‘mni tashkil etadi.
Narxi*: 10,999 mln so‘mdan.
Konditsioner — tejamkor sovutish texnologiyasiga ega split-tizim
U 35 m kv gacha bo‘lgan xonalar uchun mo‘ljallangan va A energiya samaradorligi toifasiga ega. Invertor tufayli u havoni tezda isitadi yoki sovitadi, WindFree tejamkor sovutish texnologiyasi rejimida ishlaganda, tashqi blok minimal elektr energiyasi iste'mol qiladi — quvvat sarfi odatdagi rejimga nisbatan 77% ga kamayadi. Konditsioner tashqaridagi havo harorati -10 dan +46°C gacha bo‘lgan diapazonda ishlaydi. Keng havo oqimi va ko‘plab mikro teshiklar tufayli u xonani bir tekis va yelvizaklarsiz sovutadi. Shuningdek, split-tizim havoni quritishi, ventilyatsiya rejimida ishlashi mumkin. Havo oqimiga yo‘nalishni qo‘lda o‘rnatish, konditsionerni esa masofadan — pult orqali, Wi-Fi'dan mobil ilova yoki ovozli yordamchi yordamida boshqarish mumkin. Sovutish rejimida quvvat sarfi 1.025 kVt. Bir soatlik ishlash uchun energiya sarfi 1.025 kVt/s, kuniga 10 soat ishlash uchun — 10.25 kVt/s tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, bazaviy tarifda ishlash kuniga 4 612,5 so‘mni tashkil etadi.
Narxi*: 6,779 mln so‘m.
Uch invertor texnologiyasi bilan konditsioner
U tashqi blok invertor kompressori va ikkala blok ventilyator motorlarining invertor dvigatellariga ega. Bunday texnologiya haroratni aniq saqlaydi, energiya samaradorligini (sovutish rejimida A++ energiya samaradorligi toifasi) va shovqinsiz ishlashni ta'minlaydi — tanlangan rejimga qarab, ichki blokning shovqin darajasi 20-23 dB ni tashkil qiladi. Konditsioner changga qarshi qo‘shimcha filtr bilan jihozlangan, tashqaridagi havo harorati -15 dan +55°C gacha bo‘lganda ishlashi mumkin, masofadan boshqarishga va o‘z-o‘zini tozalash funksiyasiga ega.
Sovutish rejimida nominal quvvat sarfi 0.9 kVt. Bir soatlik ishlash uchun energiya sarfi 0.9 kVt/s, kuniga 10 soat ishlash uchun — 9 kVt/s tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, bazaviy tarifda ishlash kuniga 4 050 so‘mni tashkil etadi.
Narxi*: 6,399 mln so‘m.
*Narxlar material nashr etilgan paytda ko‘rsatilgan
Izoh qo‘shish
Koproq fontanlar qilish kerak komditsanerlarni kopaytirish kerak
Ajoyib
Ajoyib