
Chilla jaziramasidan qayerga ketish mumkin: Dam olish kunlarida hordiq chiqarish bo‘yicha tavsiyalar
Shahardagi jazirama issiqda diqqinafas bo‘lmaslik uchun dam olish kunlari Toshkentdan tashqarida borish mumkin bo‘lgan maskanlar
Chillada hamma ham boshqa davlatga dam olish uhun bora olmaydi, har bir oilada dala hovli yoki shahar tashqarisidagi uy ham bo‘lavermaydi. Biroq, dam olish kunlarida qisqa hordiq safariga hamma ham chiqishi mumkin. Hattoki shaxsiy mashinasi bo'lmasa ham, uni ijaraga olishingiz, taksi yoki jamoat transportidan foydalanishingiz mumkin. Mehmonxona, dam olish markazi yoki mehmon uyida xonani ijaraga olib, bir kunga yoki butun dam olish kunlarini u yerda o'tkazishingiz mumkin. Suv, salqin va musaffo havodan nafas olib, mazza qilib dam olishga qayerga borish mumkin?
Chimyon
Qishda Chimyon chang'ichilarni o'ziga jalb qilsa, yozda u yerda yon bag'irlarda sayr qilish, sharsharalar va tog' soylarini tomosha qilish, tog' havosidan nafas olish, dor yo‘lidan tepaga ko‘tarilib, yon-atrof go'zallikdan bahramand bo‘lish mumkin. Yozda bu yerda issiq Toshkentga qaraganda ancha salqinroq bo‘ladi — havo harorati hatto kunduzi ham kamdan-kam hollarda +30°C dan yuqoriga ko‘tariladi. Chimyon tog'larida ko‘rish mumkin bo‘lgan ko'plab manzillar bor, shuning uchun bir necha dam olish kunlarini bunga bag'ishlashingiz va salqin havo va yangi taassurotlardan bahramand bo'lishingiz mumkin. Kunning o'rtasida, albatta eng go'zal joylardan birida oilaviy piknik tashkillashtiring — issiqda buzilmaydigan mevalar va boshqa oziq-ovqatlarni olishni unutmang.
- Toshkent bilan oralig‘i: taxminan 80 km.
- Qanday borish mumkin: mashinada; taksida; Toshkentdan Xojikentga yoki G'azalkentga elektr poezdda yoki mikroavtobusda, keyin esa manzilga taksida yetib olish mumkin.
Chorvoq suv ombori
Toshkentdan Chorvoq ko‘liga (suv ombori) mashinada taxminan 1,5 soatda yetib borishingiz mumkin. Agar shanba va yakshanba kunlari boradigan bo'lsangiz, Chimyonga sayohatni Chorvoq suv omboriga borish bilan birlashtirishingiz mumkin (dam olish kunlari uchun uy ijaraga olish, ko'plab sayyohlik markazlaridan birida, mehmonxonada yoki dam olish maskanida qolish mumkin). Yoki marshrutni bir nechta manzillarga bo‘lib, ularning kamida bittasini Chimyonga, ikkinchisini esa Chorvoq suv omborida suzishga va uning atrofida sayr qilishga bag'ishlang. Togʻ suvlari irmoq bo‘lib suv omboriga quyilganligi sababli undagi suv issiqda ham unchalik qizib ketmaydi (yozda uning harorati oʻrtacha +24...+25°C gacha bo‘ladi). Suv omborida suvga tushish qulay bo'lgan ko'plab xususiy qumli plyajlar mavjud. Xarajatlar esa mavjud infratuzilmaga qarab farqlanadi. Masalan, 2023-yilda eng mashhur “Piramida” dam olish majmuasidagi plyajlarga kirish 150 ming so‘mni tashkil etgan, shu xarajat ichiga sizga soyabon, ikkita quyoshda toblanish kreslosining ijarasi va basseyndan foydalanish kiradi. Yana biri o‘zining oq qumlari bilan mashhur - "Oq qumlar" plyaji hisoblanadi. U yerda qayiq yoki katamaranda uchishingiz, skuter yoki sapboard ijaraga olishingiz mumkin.
Shu bilan birga qirg'oq bo‘yida piknik qilish uchun o'zingiz bilan ovqat olishingiz yoki atrofdagi ko'plab kafelardan birida ovqatlanishingiz mumkin. Shuni yodda tutingki, ko'plab plyajlarga tarvuz va qovun olib kelish taqiqlanadi. Ba'zi joylarga mashinada borish mumkin (to'xtash joyi pulli). Bir qancha yovvoyi plyajlarda suvga tushish biroz qiyinroq va suv ham biroz iflos.
- Toshkent bilan oralig‘i: taxminan 80 km.
- Qanday borish mumkin: mashinada; taksida; Toshkentdan Xojikentga yoki G'azalkentga elektr poezdda yoki mikroavtobusda, keyin esa manzilga taksida yetib olish mumkin. 2023-yilda Toshkentdan (“Mashinasozlar” metro bekatidan) Chorvoq qishlog‘iga (mavsumiy yo‘nalish, bahordan kuzgacha) avtobuslar qatnay boshladi. 2024 yilda mazkur yo‘nalish qayta tiklandi. Biroq, jadval bir kunlik sayohat va poytaxtga qaytish uchun unchalik qulay emas: Toshkentdan avtobus 8:00 va 18:00 da, Chorvoqdan esa soat 6:00 va 16:00 da jo‘naydi.
Urung‘och ko'li
Ugom-Chotqol milliy bog'ining yana bir diqqatga sazovor joyi — ko'pchilik bu yerning asosiy marvaridi deb hisoblaydigan yuqori va quyi Urung‘och ko'llari. Ularni suvining xos rangidan kelib chiqib, nefrit ko‘li deb ham atashadi. Bu, ayniqsa, quyi ko'lda yaqqol ko'rinadi, chunki uning suvi sovuqroq va tiniqroq. Ko'llarda suzish taqiqlanmagan, lekin u yerda cho‘milishni xohlovchilar kamchilikni tashkil qiladi. Sababi yozda uning harorati +8 ° C atrofida bo‘ladi - suv deyarli muzdek, shuning uchun hamma tez-tez sho'ng'ib chiqadi.
Quyi ko'l bilan yuqori ko'l oralig‘i taxminan 4 km ni tashkil etadi, bu masofada juda go'zal tabiatdan bahramand bo‘lish mumkin. Agar yosh bolalar bilan chiqqat bo'lsangiz, quyi ko'l bo‘yida piknik qilib, hordiq chiqarishingiz mumkin. Yo'lning bir qismi toshloqdan o'tadi – shippak va yozgi sandallarda yurish noqulay, sport poyafzallari yoki sayohatchi poyabzali kiygan ma'qul. Shu bilan birga, albatta pasport va farzandlarning tug'ilganlik haqidagi guvohnomalarini olvoling – ko'llar chegara hududida joylashganligi sababli, hujjatlar nazorat punktida tekshiriladi va pasport ma'lumotlari qayd etiladi. Mashinaga transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasi ham zarur.
- Toshkent bilan oralig‘i: taxminan 160 km.
- Qanday borish mumkin: taksi yoki mashinada (to'xtash joyigacha - keyin Quyi ko'lga taxminan 3 km yurish yoki Niva yoki UAZlarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy haydovchilarning xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin).
Lashkerek darasi
Toshkent viloyatining janubida, Qurama tizmasi etagida shu nomdagi daraning yon bagʻirlari va atrofini qoplagan mashhur Lashkerek (Lashkarak) archazor oʻrmonlari joylashgan. Archi - tog' daraxtiga o'xshash archalar – takrorlanmas mikroiqlim yaratadi va yoqimli hid taratadi. 1,7 ming metr balandlikda joylashgan Lashkarak darasi va tog'li qishlog'ining barcha mashhur sharsharalarini ja bo'lmaganda bir qismini ko'rish va bemalol sayr qilish uchun, erta tongda yo'lga tushish kerak. Biroq, yoz kunlari ularning ba'zilarida suv kamayishi yoki qurib qolishi mumkinligini inobatga olish kerak. Ayrim joylardagi tepaliklar tikka, yurish uchun qulay bo'lgan poyabzal kiyib olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ovqatlanish uchun ovqat va suv ovoling (uni buloqdan qayta to'ldirib olishingiz mumkin).
- Toshkent bilan oralig'i: taxminan 95 km.
- Qanday borish mumkin: mashinada; Angrengacha elektr poezdda, undan keyin esa manzilgacha taksida.
So‘qoq
Parkent tumanidagi Suko‘k qishlog‘i o‘zining o‘rmon xo‘jaligi bilan mashhur bo‘lib, uni “So'qoq” qo‘riqxonasi deb ham atashadi. 1940-yillarda bu yerda Chotqol kon-meliorativ tajriba stansiyasi tashkil etilgan. Uning xodimlari tog‘ yonbag‘irlarida qarag‘ay, olma, nok, olxo‘ri va o‘rik ko‘chatlarini ekishgan. Yillar davomida ayvonlar o‘t-o‘lan va butalar bilan qoplangan, qarag‘ay o‘rmonlari esa ko‘paygan - obodonlashtirilgan yo‘llariga e'tibor qaratmasangiz, bu yerda azaldan tabiiy o‘rmon bo‘lgandek tuyuladi. Ayni vaqtda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan yangi qarag‘ay va boshqa daraxtlar ekish ishlari davom etmoqda. Xo‘jaligka kirish pullik (2023 yilda 15 ming - 16,5 ming so‘m bo'lgan). Hududda yo'nalishlar batafsil ko'rsatilgan xaritalar, piknik qilish uchun stol va stullar, hojatxonalar, skameykalar o'rnatilgan, buloqdan suv ichishingiz va idishlarni to'ldirib olish mumkin. Ikkita asosiy yo'nalish mavjud, bular buloq va sharsharaga borish. Eng baland nuqtadan esa tog'larning go'zal manzaralarini tomosha qilish mumkin. Qo'riqxonaning diqqatga sazovor joylaridan biri bu "Kuylovchi g'orlari" hisoblanadi. Ular bu nomni buloq shovqinidan chiqqan aks-sado tufayli olgan.
Qishloqdagi kafelardan birida yoki qo'riqxonaga kirish yaqinida ovqatlanishingiz mumkin (eng yaxshisi oqim yaqinidagi tapchanlardan birida joylashishingiz yaxshiroq). Yoki bo'lmasa piknik qiling.
- Toshkent bilan oralig'i: 50 km.dan kamroq
- Qanday borish mumkin: mashinada (uni qishloqda qoldirganiz maqul, chunki o'rmon xo'jaligi yaqinidagi to'xtash joyi juda kichik); Parkentgacha elektr poezdda, undan keyin esa manzilgacha taksida.
Toshkent dengizi
Toshkent dengizi nomi bilan mashhur bo‘lgan Tuyabug‘uz suv omborida turli xil infratuzilmaga ega, har xil did va byudjet uchun ko‘plab tashkillashtirilgan dam olish maskanlari mavjud.
Alohida VIP zonalari mavjud, u erdagi plyajda suv havzalari, kunlik ijaraga bungalovni, qayiq yoki katamaranni ijaraga olishingiz mumkin. Mustaqillari ham mavjud - bu erda xizmatlar doirasi asosiy xizmatlar bilan cheklangan, masalan, soyabon va tapchanni ijaraga olish.
Bir kunlik tapchan ijaraga olish o'rtacha 100 ming so'mdan boshlanadi. Eng mashhur dam olish joylari orasida - "Sazan Tashmorsky", "Breez", "Foton", "Dengiz Club" ajralib turadi.
Maskanda bir nechta bepul plyajlar ham bor.
Issiq kunlarda Toshkent dengizi suvi +25...+26°C gacha isiydi, qirg‘oq yaqinidagi suvning sayoz joylarida undan ham balandroq bo'ladi, bu ayniqsa bolalarga hush yoqadi. Ko'pgina uyushgan dam olish maskanlarida kafelar, restoranlar va barbekyu zonalari mavjud. Shuningdek, Toshkent dengizi atrofida dam olish kunlari uchun xona yoki uy ijaraga oladigan ko'plab dam olish markazlari mavjud.
- Toshkent bilan oralig'i: taxminan 30 km.
- Qanday borish mumkin: taksida, mashinada, shuningdek Tuyabug‘uzga 617-sonli avtobus ham boradi.
Izoh qo‘shish