bosh sahifa / Sarflash va tejash / O‘zbekistondan qancha valyuta olib chiqish va olib kirish mumkin
Сколько денег можно вывозить из Узбекистана: какая сумма валюты не подлежит декларации и сколько разрешено ввозить в странуСколько денег можно вывозить из Узбекистана: какая сумма валюты не подлежит декларации и сколько разрешено ввозить в страну

O‘zbekistondan qancha valyuta olib chiqish va olib kirish mumkin

2023-yil dekabr oyidan boshlab milliy valyutada ham, xorijiy valyutada ham naqd pullarni olib kirish va olib chiqish uchun yangi qoidalar amal qiladi. Limitlar qanday, mablag‘larni kim olib kirishi va olib chiqishi mumkinligini maqolamizda o‘qing.

O‘zbekistonga naqd pullarni qanday olib kirish mumkin

Qonun O‘zbekiston fuqarolari va chet elliklarga mamlakat hududiga istalgan miqdorda naqd pul olib kirishga ruxsat beradi. Ammo bojxona qoidalariga rioya qilish —  mablag‘larni deklaratsiyalash kerak bo‘ladi:

  • 70 mln so‘mgacha bo‘lgan O‘zR milliy pullari yoki xorijiy valyutani deklaratsiyalash shart emas, buni og‘zaki qilish mumkin;
  • 70 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan summani albatta deklaratsiyalash — bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish kerak. Bojxona xodimi hujjatni qanday qilib to‘g‘ri rasmiylashtirishni tushuntirishi shart. Ammo bunda O‘zR qonunchiligiga muvofiq, deklaratsiya  to‘g‘riligi va to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun jismoniy shaxslarning o‘zlari javobgardir.

Masalan, Muhammad Rossiyadan 110 million so‘m naqd pul bilan uchib keldi. U butun summani deklaratsiya qilishi shart, chunki 70 million so‘mdan ko‘p. Agar u buni qilmasa yoki hujjat to‘ldirishda xatoga yo‘l qo‘ysa, pullar olib qo‘yiladi va ma'muriy yoki jinoiy ish ochiladi. Muhammadga nima bo‘lishini — sud qaror qiladi. Pullar bilan muomalani soddalashtirish uchun Muhammad mablag‘larni kartaga tashlashi va deklaratsiyalarni to‘ldirish va naqd pul qoidalariga rioya qilish uchun vaqt sarflamasligi mumkin.

Chet elga sayohat: bank xizmatlari va kartalarini qo‘llashda qanday qilib foyda olish mumkin

Ma'lumot olish

O‘zbekistondan naqd pullarni qanday olib chiqish mumkin

Jismoniy shaxs bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda 100 mln so‘mgacha miqdorda naqd pul olib chiqishi mumkin: 70 mln so‘mgacha deklaratsiya qilinishi shart emas yoki o‘z xohishiga qaraydi, 70-100 mln so‘m deklaratsiya qilinishi shart. Masalan, Muhammad Rossiyaga 80 million so‘m naqd pul bilan bormoqchi. U butun summani deklaratsiya qilishi shart, shundan keyingina bojxona uchishga ruxsat beradi. Agar Muhammadda 40 million so‘m va uning xotinida ham xuddi shu miqdorda pul bo‘lsa, unda hech narsani deklaratsiya qilish shart emas.

100 mln so‘mdan ortiq summani faqatgina quyidagilar olib chiqishi mumkin:

  • rezidentlar — chet el xizmat safariga boradigan hukumat a'zolari;
  • norezidentlar — sportchi-sovrindorlar yoki sportga oid bo‘lmagan xalqaro musobaqa ishtirokchilari, agar ularda pullarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lsa;
  • ushbu pul summasini o‘sha bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zR hududiga olib kirgan chet elliklar. Masalan, chet ellik deklaratsiya bo‘yicha O‘zbekistonga 20 ming AQSh dollari olib kirdi, pulning bir qismini O‘zR hududida sarfladi, ammo 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ qoldi. Qoldiqni faqat shu summa olib kirilgan deklaratsiya asosidagina olib chiqish mumkin. Agarda O‘zR fuqarosi deklaratsiya bo‘yicha 20 ming AQSh dollari olib kirgan bo‘lsa, bir qismini ishlatib, qolgan 100 million so‘mdan ortiq bo‘lgan summani xuddi shu deklaratsiya bo‘yicha olib chiqishga — bojxona ruxsat bermaydi;

Limitdan yuqori bo‘lgan pul mablag‘larini olib chiqish hujjati faqatgina bir marotaba va uning nomiga berilgan shaxs tomonidan ishlatilishi mumkin.

Naqd pul mablag‘larini olib kirish va olib chiqish kimlarga taqiqlanadi

Yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududidan milliy yoki xorijiy valyutada naqd pul olib kirishi va olib chiqishi mumkin emas. Istisno — mamlakat banklari.

O‘zbekistonga pul olib kirish va olib chiqish haqida qisqacha

  • Istagancha so‘m yoki xorijiy valyutadagi pullarni olib kirish mumkin, biroq 70 milliondan ortiq mablag‘ni deklaratsiya qilish kerak bo‘ladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi mamlakat hududidan faqatgina 100 million so‘mgacha olib chiqishi mumkin. Bunda, 70 milliongacha bo‘lgan mablag‘ni deklaratsiya qilish shart emas, 70-100 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ esa deklaratsiya qilinishi shart.
  • Chet elliklar uchun imtiyozlar mavjud. Ular deklaratsiya bo‘yicha xohlagancha pul olib kirishlari va shuncha miqdorda yoki qoldiqni olib chiqishlari mumkin, hatto bu pullar miqdori olib kirilgan deklaratsiya bo‘yicha 100 million so‘mdan ortiq bo‘lsa ham.
  • Ishbilarmonlar o‘z kompaniyalari nomidan naqd pul olib kirish yoki olib chiqish huquqiga ega emas, istisno — O‘zbekiston banklari.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
1 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Feruza Rixsiyeva
Feruza Rixsiyeva
6 months ago

Vabshm zur alo