
Uzum xodimlarining savatida nima bor: kuz uchun yomg'ir o'tkazmaydigan ust kiyim, avtokimyo va "bolalar uchun turli narsalar"
"Oy xaridi" ruknimizda Uzum xodimlari yaqinda Uzum Market'da foydali, yoqimli va ba'zan kutilmagan narsalarni sotib olganliklari haqida gapirib berishadi. Bugun biz kuzgi ob-havo uchun tegishli narsalar, go'zallik mahsulotlari va avtomobillar uchun to'plamdan tashkil topgan savatni ko'rib chiqamiz.
Andrey Surgutanov, Uzum Bankning marketing bo'limi rahbari:
— Kecha men olgan so'nggi buyurtmam quyidagilardan iborat edi: yomg'ir o'tkazmaydigan ust kiyim, smartfon kabelini himoya qilish uchun g'ilof va protektorlar, issiqlik to'siqlari to'plami, soch uchun bigudi, pardoz uchun kosmetik cho'tkalar va broshka — rafiqam va men birgalikda shunday savatni yig'dik.
Hammasi kabel uchun — menda shunday muammo paydo bo'ldi, iPhone simi uzila boshladi. Men asl simni asrashni o'yladim va issiqlik to'siqlari bilan tajriba o'tkazishga qaror qildim. Yomg'ir o'tkazmaydigan ust kiyim esa — kuzda bola bilan yomg'irda sayr qilish paytida soyabon bilan azoblanmaslik uchun kerak. Bolalik — faqat bir marta bo'ladi, bolani xursand qilish uchun sabablar yaratgim keladi, unga ko'lmaklarga quvnoq sakrashga ruxsat bermoqchiman. Bundan tashqari, endi buning uchun hamma narsa bor — yomg'ir o'tkazmaydigan ust kiyim va rezina etiklar. Afsuski, faqatgina bitta yetkazib beruvchi bor edi va biz diqqat bilan tanlamadik — borini sotib oldik. Ammo mahsulot ertaga yetib kelishini bilardik.
Uzum Market'da turli vaziyatlar uchun narsalarni topganman— masalan, shurupovyort sotib olganman. Mening xaridlarim tarixida bolalar uchun mahsulotlarning butun savati bor: suv va klassik rang berish sahifalari, stikerlar to'plami, ayiqlar, boshqotirmalar, mashinalar. Hatto bolalar uchun mo'ljallangan tuvak va burun aspiratori ham. O'zimga esa avtomobil uchun avtokimyo to'plamini olib, salondagi gilamchani yig'gandim. Men mashinani o'zim yuvishni yaxshi ko'raman va dam olish kunida bunga to'rt soat sarflashga umuman qarshi emasman. Ammo keyin toza mashinada yuraman va o'zimdan to'liq mamnun bo'laman.
Mening xaridlarim orasida eng qimmati — bu New Balance krossovkalari: kundalik, sokin ranglarda, mana besh oydan beri kiyib yuribman. Men marketda asl New Balance krossovkalari paydo bo'lganligini bilib qoldim va darhol xarid qildim. Modelni ko'rib, ikkilanmasdan oldim, o'lchami mos kelishini bilardim.
Istaklarim ro'yxatida sotib olish uchun juda ko'p narsa bor. Har xil mayda-chuyda narsalar, kattalaridan — avtomobil o'rindig'i. Yana saundbarga, turli xil avtomobil gadjetlariga, magnitafonga, radar-detektoriga ham qiziqqan edim. Oh, hatto o'yinchoq poezd ham topildi! Hammasi hozircha istaklar ro'yxatida qolsa-da, bu ko'proq hissiy voqea, hozida ushbu mahsulotlarga hayotiy ehtiyoj yo'q.
Uzum Market'da, ehtimol oyiga 3–4 marta buyurtma qilaman. Men asosan maishiy xaridlarni amalga oshiraman, ba'zida qayerdan qidirishni ham bilmaydigan narsalarni olaman. Uzum'ga esa kirasiz, topasiz, darhol sotib olasiz — va buyurtma tarqatish punktidan olib ketasiz. Ofisning birinchi qavatida va uyimning yonida bor: pastga tushaman, olaman va ketaman — qulay.
Izoh qo‘shish