bosh sahifa / Xaridlar / Mushuk uchun cho‘tka, pufakchalar generatori va patchlar: Uzum Market xodimlari savatida nimalar bor
что покупают сотрудники uzum
Yangilanish sanasi: 30.09.2024

Mushuk uchun cho‘tka, pufakchalar generatori va patchlar: Uzum Market xodimlari savatida nimalar bor

Marketpleyslar xaridorlarga ko‘plab qulayliklarni taqdim etadi: keng turdagi tovarlar, aksiyalar va sotuvlar, narxlarni taqqoslash imkoniyati, qulay qidiruv va filtrlash vositalari, shuningdek, xavfsiz to‘lov usullari va tezkor yetkazib berish. Bularning barchasi marketpleys xodimlarining keng ko‘lamli vazifalari bo‘lib, ularning o‘zlari ham onlayn savdo maydonida barcha zarur narsalarni xarid qilishadi.

Ushbu maqolada biz Uzum Market xodimlari o‘zlari uchun qanday mahsulotlarni tanlashlari, qaysi toifalar ular orasida, ayniqsa mashhurligi va siz uchun foydadan holi bo‘lmaydigan kutilmagan topilmalarni aytib beramiz.

Yuliya Jukova
bosh PR-menejer

— Men ham oflayn, ham onlayn xaridlar qilaman. Onlayn xaridlarda menga odamlar bilan gaplashish, uzun yozishmalar orqali yetkazib berishni rasmiylashtirish, qo‘ng‘iroqlarga javob berish, savdolashish shart emasligi yoqadi. Do‘konga borishga vaqt bo‘lmaganda yoki birgina mahsulot uchun uzoq yo‘l yurishni xohlamasam, marketpleysni tanlay qolaman, ofis binosidagi topshirish punkti ayni muddao. U yerda ko‘pincha shahardagi eng arzon patchlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va bolalar buyumlarini sotib olaman.

Ba'zida men kerakli buyumlarni saralab olaman, chegirmalar boshlanishini kutaman va keyin buyurtmalarni rasmiylashtiraman. Odatda, men savatni tunda to‘ldiraman, kartadan to‘layman va ertasi kuni buyurtmamni olib ketaman. Shunday qilib, men kerakli buyumlarni iloji boricha qisqa muddatda olaman.

Oxirgi buyurtmamda: patchlar, mushuk junini tozalaydigan cho‘tka, avtomobil uchun telefon tutqichi bor edi. Buyurtmalar soni bo‘yicha eng ko‘p xaridlarim patchlar bo‘libdi — ular deyarli har bir buyurtmamda mavjud va sovun pufaklari generatori— ularni barcha tanish bolakaylarga sovg‘a qilaman. Darvoqe, yaqinda yangi model paydo bo‘lganini ko‘rdim. Xaridlarim ichida eng kattasi — vertikal changyutgich. U unchalik qimmat bo‘lmasa ham.

Uy-ro‘zg‘or buyumlari toifasidan cho‘tka, kurakcha, ilgak, sham, organayzer, yog‘ idishi, ayiq tumshug‘i shaklidagi kichik tovacha, vakuumli paket kabi mahsulotlarni xarid qilaman. Sharhlarni o‘qiyman, marketpleysning tavsiyasini ko‘rib chiqaman — reklama mexanizmlari men uchun ajoyib to‘plamlarni yig‘ib beradi.

Hozir mening savatimda displeylarni tozalash uchun sprey, tish pastasi va quloqchinlarni tozalash uchun cho‘tka turibdi. Hamkasblarim sprey va cho‘tkani tavsiya qilishdi — men ham olishga qaror qildim. Bu tish pastasiga gap bo‘lishi mumkin emas. Uzum Marketda paydo bo‘lganini bilmagan ekanman, nihoyat uni butun shahar bo‘ylab izlashning hojati yo‘q endi. Tavsiyanomalarda ko‘rdim — darhol savatimga qo‘shib qo‘ydim!

Gala Shkolnikova
blogerlar bilan aloqa yuritish bo‘limi rahbari

— Men uchun onlayn xaridlar qilish juda qulay: hammasi bir joyda, bir nechta do‘konga borib yurish shart emas. Ayniqsa, yozda jazirama issiqda yurging kelmaydi. Tarqatish punkti ofisimiz joylashgan binoda joylashgan. Ishdan keyin uyga qaytayotganda, buyurtmani olib ketishga juda qulay.

Odatda uyda qulaylik yaratish uchun uy buyumlari yoki kiyim va turli aksessuarlar xarid qilaman. Masalan, yaqinda noutbuk uchun ajoyib adapter, HDMI rozetkali qurilma, Xiaomi oshxona tarozisi va Trendyol brendidan yozgi kombinezon buyurtma berdim.

Ba'zida 15 daqiqada savatni to‘ldirib, darhol buyurtma berishim mumkin, ba'zida esa u haftalab turadi. Odatda, kiyimlarni darhol sotib olaman. Uzum Marketda mushuklar uchun bug‘ cho‘tkasi paydo bo‘lganida, uni darhol sotib oldim — mushuklar yozda ko‘p tullaydi, shuning uchun ham uydagi jundan xalos bo‘lish uchun tezroq uni sinab ko‘rishni xohladim.

Mahsulotni tanlashda men birinchi navbatda nazar tashlaydigan narsa – mahsulot bo‘yicha fikr-mulohazalardir. Ularni diqqat bilan o‘qiyman, chunki mahsulot rasmlari bir tekis bo‘lsa, uning aslida qanday ko‘rinishini bilish qiyin. Lekin u qanday brendga mansub ekanligini bilsam, izohlarni o‘qimasdan ham sotib olishim mumkin.

Ikkinchisi — mahsulotning narxi. Bu juda muhim, lekin yetkazib berish tezligi va qulayligi tufayli narx biroz yuqori bo‘lishi mumkinligini tushunaman. Agar bir nechta do‘konlarga borib, mahsulotni qidirsangiz, taksiga ko‘proq pul sarflaysiz. Tejalgan vaqtni boshqa foydali mashg‘ulotlarga sarflash mumkin.

Hozir savatimda ikkita yozgi shopper bor, ularga ish noutbuki, stik-rumyana va bir necha juft telefon g‘ilofi sig‘adi.

Uzum Market xodimlaridan layf-xaklar va maslahatlar

  • Xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsulotingiz haqidagi fikr-mulohazalarni sinchkovlik bilan o‘qib chiqing.
  • "Mening sevimlilarim" bo‘limiga o‘zingizga yoqqan mahsulotlarni qo‘shing va arzonroq xarid qilish uchun chegirmalar boshlanishini kuting.
  • Kerakli mahsulotni topish uchun shahar bo‘ylab yurgandan ko‘ra, bepul yetkazib berish bilan onlayn buyurtmani amalga oshirgan foydaliroq.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
9 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Rahmatulloh
Rahmatulloh
8 months ago

Mushuk uchun bugʻli taroqlarni arginal8ni olib kelilar

Shahlo
Shahlo
8 months ago

Qisqa va lunda bulsa yanayam yaxshi bulardi

Zilola
Zilola
8 months ago

Mushuklar uchun ozuqalarni ko’paytiringlar iltimos

Madina
Madina
6 months ago

Manga uzum market juda yoqadi pulim kam paytida xam nasiyaga zarur narsami olvolaman uzumga kotta kon raxmat

Sarvinoz Boltaboyeva
Sarvinoz Boltaboyeva
6 months ago

Uzumga katta rahmat ancha narsamni uzumdan olaman bozordan kòra arzonroq

Дилдора
Дилдора
6 months ago

Салом, узум жуда яхши , куп нарсани узумдан олишни ургандик, кайнонам хам урганиб оганла , ишилага омад.

mohirajahongirova026@gmail.com
mohirajahongirova026@gmail.com
6 months ago

Uzum market juda ajoyib bazida topolmagan narsalarimni shu yerdan arzon narxda topaman

Gulzoda
Gulzoda
6 months ago

Doyimiy narsa xarid qilivchilar uchun yani uzoq yilardan beri sizlardan narsa xarid qiladigonlarlarga proma kodlar berilar nasiyaga olsa xam men 2 yildan beri uzum market bilanman lekin xech qanday proma dok yoq menda

Гулноза Номозбоевна
Гулноза Номозбоевна
5 months ago

Узум маркетга гап йук. Хали ку́п нарса харид килганим йу́к, лекин менга ëкди