
Bolalarni yozda qayerga yuborish mumkin: Toshkent va Toshkent viloyatidagi bolalar oromgohlari
Toshkent va Toshkent viloyatida qanday bolalar oromgohlari borligini aniqlaymiz va eng yaxshilarini tavsiya qilamiz.
O‘zbekistonda har yili iyun oyining oxiridan avgust oyining boshigacha chilla davri bo‘ladi. Bu yil harorat bir necha marta deyarli 40 darajaga yetdi. Bunday issiq kunlarda shaharliklar dim tosh o‘rmondan chiqib ketishni istaydilar. Bu haroratda faqat uyda o‘tiradigan bolajonlarga ayniqsa qiyin. Shuning uchun ko‘plab ota-onalar farzandlarini tabiatda qo‘ynidagi yozgi oromgohlarga yuborishga harakat qilishadi. U yerda bolalar nafaqat jaziramadan dam olishlari, balki yangi narsalarni o‘rganishlari va yangi do‘stlar orttirishlari mumkin. Bugun Toshkent va uning atrofidagi bolalar uchun eng yaxshi yozgi oromgohlar haqida aytib beramiz.
To‘laqonli oromgohlar
Tarbiyachi va yetakchilar bo‘lgan ortyadlar, uch va hatto besh mahalli ovqatlanish, konsertlar va sport musobaqalari — bularning bari smenali to‘laqonli yozgi oromgohlarga tegishli. Bunday joylarda bola nafaqat yaxshi dam oladi, balki yangi narsalarni ham o‘rganadi. Ota-onalarda esa o‘z ishlari va dam olishlari uchun bir necha haftani bag‘ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan eng yaxshi bolalar oromgohlarini tanlab oldik.
Anor
- Manzil: Bo‘stonliq tumani, Dumaloq qishlog‘i
- Bolalar yoshi: 7-14 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram
- Narxi*: bir smena uchun 3 200 000 so‘m
Anor bolalar oromgohi Toshkentdan 60 kilometr uzoqlikdagi Bo‘stonliq tumani Dumaloq qishlog‘ida joylashgan. Hudud tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, ekologiyasi bilan mashhurdir. Asriy daraxtlar ekilgan 10 gektar maydonda turar-joy binolari, sport va dam olish maydonchalari joylashgan.
12 kunlik smena davomida bolalar barcha qulayliklarga ega 8-12 kishilik xonalarda yashaydilar. Oromgoh mehmonlari uchun besh mahal ovqatlanish tashkil etilib, xavfsizlikka ichki ishlar xodimlari mas'uldir. Yetakchi va tarbiyachilar har kuni bolalar va o‘smirlar uchun turli xil mashg‘ulotlar — robototexnika va musiqa darslaridan tortib sport musobaqalarigacha tashkil etadilar. Kechqurun dam oluvchilar uchun diskotekalar, kino namoyishlari va bolalar ishtirokida konsertlar tashkil etiladi.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 08.06–19.06
- Ikkinchi — 21.06–01.07
- Uchinchi — 03.07–14.07
- To‘rtinchi — 16.07–27.07
- Beshinchi — 29.07–09.08
- Oltinchi — 11.08–22.08
Family Care
- Manzil: Yuqori Chirchiq tumani, Malika qishlog‘i, Shik Village mehmonxonasi
- Bolalar yoshi: 6-16 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram, Facebook
- Narxi*: bir smena uchun 3 000 000 so‘m
Family Care loyihasi bolalar rivojlanish markazlariga ixtisoslashgan bo‘lib, bir necha yil avval ushbu brend ostida yozgi oromgoh ishga tushirilgan. Kampus keng hududga ega bo‘lgan uch yulduzli Shik Village mehmonxonasida joylashgan. Oromgohda bolalar barcha sharoitlarga ega bo‘lgan xonalarda yashaydilar. Yo‘llanmaning narxiga ko‘p martalik ovqatlanish ham kiritilgan.
Oromgoh ijodiy va til smenalariga yo‘naltirilgan. Ularning har biri o‘ziga xos mavzuga bag‘ishlangan, masalan, bu yil bolalar kinematografiya olami bilan atroflicha tanishadilar. Bolalar bilan diplomli o‘qituvchilar va tajribali yetakchilar ishlaydi. Kun tartibidan rivojlantiruvchi mashg‘ulotlardan tashqari, sport musobaqalari, mahorat darslari, diskoteka va konsert kabi tadbirlar ham o‘rin olgan. Yetakchilar bolalar bilan birgalikda uyushtiradigan mavzuli kechalarni esa oromgohning o‘ziga xos xususiyati deb atash mumkin.
Smenalar jadvali:
- Broadway Camp — 15.06–25.06
- «Как приручить дракона» — 27.06–07.07
- Hollywood Camp — 09.07–19.07
- Family Care afsonalari — 21.07–31.07
- Mashhur teleko‘rsatuvlar uslubidagi “Chidamlilik sinovlari” — 02.08–12.08
Happy Summer
- Manzil: Bo‘stonliq tumani, Burchmulla qishlog‘i
- Bolalar yoshi: 6-16 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram, veb-sayt
- Narxi*: bir smena uchun 1 800 000, 2 490 000 yoki 3 490 000 so‘m
Happy Summer ingliz tili bilimlarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan bolalar uchun mos keladi. Sharhlarga ko‘ra, Toshkent aglomeratsiyasidagi eng yaxshi til oromgohlaridan biri hisoblanadi. 11 kunlik tematik smena davomida bolalar uning mavzusiga sho‘ng‘iydilar va har kuni til darslarida qatnashadilar. Oromgoh tilni har qanday darajada biladigan bolalar uchun mos keladi — guruhlar har bir o‘quvchining bilimini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Kunning birinchi yarmida bolalar ingliz tili bilan shug‘ullanadilar, tushlikdan keyin esa dam oladilar. Oromgoh hududida sport maydonchalari va dam olish maskanlari, shuningdek, keng konsert zali mavjud. Har bir smenaning oxirida bolalar uning mavzusiga bag‘ishlangan konsertda ishtirok etadilar, eng yaxshi o‘quvchilar esa darslardagi muvaffaqiyatlari uchun mukofotlar oladilar.
Smenalar taqvimi:
- Let's get it started — 01.06–12.06
- Universe Cup — 13.06–24.06
- School of Witchcraft and Wizardry — 25.06–06.07
- Around the World — 07.07–18.07
- Evolution of art — 19.07–30.07
- Cyber Kids — 31.07–11.08
- Hall of Fame — 12.08–23.08
Pro Camp
- Manzil: Yuqori Chirchiq tumani, Dala hovli aholi punkti
- Bolalar yoshi: 6-17 yosh
- Kontaktlar: Instagram
- Narxi*: bir smena uchun 2 990 000 so‘mdan 3 330 000 so‘mgacha
Pro Camp nafaqat Toshkent, balki butun O‘zbekiston uchun noyob formatdagi oromgohdir. Zero, bu yerda bolalar nafaqat maktab va ota-onalaridan dam olishadi, balki zamonaviy kasblar uchun zaruriy ko‘nikmalarni ham egallashlari mumkin. Masalan, moliyaviy savodxonlik kurslaridan o‘tish, marketing va menejment asoslarini o‘rganish. Malakali murabbiylar darslarni real vaziyatlar asosida olib boradilar.
Oromgohda klassik to‘garaklar ham mavjud. Bolalar gitara va boshqa musiqa asboblarini chalishni o‘rganishlari, boks yoki san'at bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bo‘sh vaqtlarida basseyn va o‘yin maydonchalarida, kechqurunlari esa diskotekada dam olishlari mumkin. O‘tgan yillarda oromgohda tematik smenalar ham o‘tkazilib, ularning aksariyati Amerika pop madaniyatiga bag‘ishlangan edi.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 10.06–21.06
- Ikkinchi — 23.06–04.07
- Uchinchi — 06.07–17.07
- To‘rtinchi — 19.07–30.07
- Beshinchi — 01.08–12.08
- Oltinchi — 14.08–25.08
Sokol
- Manzil: Bo‘stonliq tumani, Xoʻjakent qishlog‘i
- Bolalar yoshi: 7-15 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram, veb-sayt
- Narxi*: bir smena uchun 2 800 000 so‘mdan 2 900 000 so‘mgacha
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan yana bir oromgoh. Sokol — bu mashg‘ulotlar va sog‘lomlashtirish muolajalarini birlashtirgan klassik formatdagi yozgi oromgoh. Bolalar uch qavatli binolarda 4-6 kishilik xonalarda yashaydilar. Har kuni bolalar besh mahal ovqatlanadilar, ularning xavfsizligi va sog‘lig‘i malakali mutaxassislar tomonidan nazorat qilinadi.
Kun tartibida darslar va to‘garaklar bilan birga sport musobaqalari ham uyushtiriladi. Jazirama issiqda toza suvli ikkita hovuzda salqinlash mumkin. Bolalar o‘z xohishlariga ko‘ra mashg‘ulotlarni tanlashlari mumkin — hunarmandchilik to‘garaklaridan tortib kechki diskotekalargacha. Oromgohda kinoteatr va konsert majmuasi ham mavjud.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 06.06–17.06
- Ikkinchi — 17.06–28.06
- Uchinchi — 30.06–11.07
- To‘rtinchi — 11.07–22.07
- Beshinchi — 24.07–04.08
- Oltinchi — 10.08–21.08
“Высота”
- Manzil: Chimyon shahar posyolkasi
- Bolalar yoshi: 8-16 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram
- Narxi*: bir smena uchun 3 400 000 so‘m
Ro‘yxatimizdagi navbatdagi diqqatga sazovor oromgoh sportga yo‘naltirilgan. Loyiha Alpinizm va qoyaga chiqish federatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. “Yosh alpinist oromgohi”da bolalar tog‘larni zabt etish ko‘nikmalarini egallashlari va yaxshilashlari, ekstremal sharoitlarda yashash, chodirlar o‘rnatish va lager qurishni o‘rganishlari mumkin.
Tog‘ga safar paytida bolalarga tajribali instruktorlar va sayohatchilar hamrohlik qilishadi. Sayohatlar davomida mamlakatning Kichik Chimyon va Gulkam darasi kabi go‘zal joylariga tashrif buyurish mumkin. Eng asosiy kampusda esa ot minish kabi boshqa mashg‘ulotlar ham mavjud.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 10.06–22.06
- Ikkinchi — 24.06–06.07
- Uchinchi — 08.07–20.07
- To‘rtinchi — 22.07–03.08
- Beshinchi — 05.08–17.08
- Oltinchi — 19.08–30.08
West Camp
- Manzil: Bo‘stonliq tumani, Xoʻjakent qishlog‘i
- Bolalar yoshi: 6-16 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram
- Narxi*: bir smena uchun 2 790 000 so‘mdan 3 299 000 so‘mgacha
West Camp oromgohida bolalar ingliz tilini chuqur o‘rganadilar. West Camp yozda bolalar uchun eng sevimli dam olish yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Buni nafaqat bolalar va ota-onalarining ko‘plab ijobiy sharhlari, balki loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligi ham tasdiqlaydi. Kampus Bo‘stonliq tumanida joylashgan.
Kun davomida bolalar nafaqat til bilish darajasini oshiradilar. Dasturda zaryadka, hovuzda cho‘milish, qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar va albatta, tematik tadbirlar mavjud. Kechqurun esa animatorlar bolalar uchun diskoteka va konsertlar uyushtirishadi.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 01.06–12.06
- Ikkinchi — 13.06–24.06
- Uchinchi — 26.06–07.07
- To‘rtinchi — 09.07–20.07
- Beshinchi — 22.07–02.08
- Oltinchi — 04.08–15.08
- Yettinchi — 16.08–27.08
“Oqtosh”
- Manzil: Bo‘stonliq tumani, Oqtosh aholi punkti
- Bolalar yoshi: 7-14 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram
- Narxi*: bir smena uchun 3 500 000 so‘m
“Oqtosh” bolalar oromgohi Ichki ishlar vazirligi huzurida tashkil etilgan, shuning uchun ota-onalar bolalarning xavfsizligi haqida tashvishlanmasliklari mumkin. Yo‘llanmalar xodimlarning farzandlariga beriladi, shuningdek sotib olish ham mumkin. Bolalar uncha katta bo‘lmagan ikki qavatli uylarda yashaydilar. Oromgoh hududida konsert maydoni, sport maydonchalari va otryadlar faoliyati uchun joylar mavjud.
Dastur sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishida tuzilgan. Ertalab zaryadka bilan boshlanadi, keyin kun tartibida sport musobaqalari, to‘garaklar va pedagoglar bilan mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Kechqurun yosh mehmonlar uchun diskotekalar tashkil etiladi. Oromgoh ekologik toza hududda joylashgan.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 07.06–20.06
- Ikkinchi — 21.06–04.07
- Uchinchi — 05.07–18.07
- To‘rtinchi — 19.07–01.08
- Beshinchi — 02.08–15.08
“Konstruktor”
- Manzil: Bo‘stonliq tumani, Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i
- Bolalar yoshi: 6-16 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram
- Narxi*: bir smena uchun 1 995 000 so‘mdan 2 500 000 so‘mgacha
Mamlakatdagi eng birinchi bolalar oromgohlaridan bo‘lib, 1968 yilda yosh mehmonlar uchun o‘z eshiklarini ochgan. O‘shandan beri o‘n minglab bolalar oromgohga tashrif buyurishdi. 2021-yilda “Konstruktor” keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi, buning natijasida yangi turar-joy va jamoat binolari, kutubxona, oshxona va maydonchalar qurildi. Hozirda ular barcha zamonaviy standartlarga javob beradi.
Oromgoh to‘yimli va mazali ovqatlanishni yaxshi ko‘radigan bolalar uchun mos keladi — kun tartibiga olti mahal ovqatlanish kiritilgan. Qolgan mashg‘ulotlar ushbu formatdagi oromgohlar uchun an'anaviy hisoblanadi — sport musobaqalari, to‘garaklar, tanlovlar. Salqinlanishni xohlovchilar uchun jihozlangan hovuz ham mavjud. Kechqurun raqs jamoalari chiqish qiladi.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 12.06–23.06
- Ikkinchi — 23.06–04.07
- Uchinchi — 04.07–15.07
- To‘rtinchi — 15.07–26.07
- Beshinchi — 26.07–06.08
“Радуга”
- Manzil: Boʻstonliq tumani, Xondayliq qishlogʻi
- Bolalar yoshi: 7-14 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram
- Narxi*: bir smena uchun 2 850 000 so‘m
“Радуга” oromgohi Xondayliq qishlog‘i yaqinidagi xushmanzara hududda joylashgan. Oromgohning keng hududida turar-joylar, sport maydonchalari, tomoshalar uchun katta amfiteatr mavjud. Binolar orasida daraxt shoxlari shu qadar yoyilib ketganki, hatto jazirama choshgohda ham quyoshdan yashirinish mumkin.
“Радуга” tematik smenalari bilan mashhur. Misol uchun, bu yil yozda bolalar uchun sovrinli spartakiada o‘tkazildi. Smenaning ochilish va yopilishida yetakchi va murabbiylar keng ko‘lamli tomoshalar tashkil etadilar. Bolalarning o‘zlari ham ularda qatnashadilar — har bir otryad o‘z nomerlarini tayyorlaydi. Konsertlar va raqs kechalari bilan bir qatorda bolalar uchun lazer kechalari, iste'dodlar tanlovi va shou-dasturlar tashkil etiladi.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 10.06–23.06
- Ikkinchi — 25.06–08.07
- Uchinchi — 10.07–23.07
- To‘rtinchi — 25.07–07.08
- Beshinchi — 09.08–22.08
Shahar tipidagi oromgohlar
Farzandingizni uzoqdagi oromgohga to‘liq smenaga yuborish shart emas. Hamma bolalar ham ota-onalaridan uzoq vaqt ajralishga tayyor bo‘lmaydi va xohlamaydi. Bunday holatlar uchun shahar tipidagi oromgohlar mavjud — odatda bola u yerga kun bo‘yiga – xuddi maktabga borgandek qatnaydi. Ko‘pincha soat 9 dan 18 gacha. Bu vaqtda bolalar turli fanlarni o‘rganadilar. Bunday oromgohlarda ovqatlanish va yotib qolish ko‘zda tutilmagan. Dam olish kunlari bolajonlar uyda dam oladilar. Kunduzgi shahar oromgohlari farzandlari yonida qolishini xohlovchilar uchun qulay bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday oromgohga yo‘llanma to‘laqonli oromgohga qaraganda arzonroq turadi.
IT Step Academy
- Manzil: Toshkent shahri, Istiqbol ko‘chasi, 14-uy
- Bolalar yoshi: 8-15 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram, veb-sayt
- Narxi*: bir smena uchun 1 400 000 so‘m
- Ish vaqti: 10:00-13:00
Toshkent IT Step Academy'da bolalar dasturlashni o‘rganadilar. Akademiya qoshidagi kunduzgi bolalar oromgohi dasturida ham АyТi sohasiga e'tibor qaratilgan. Darslar soat 10 dan 13 gacha davom etadi. Fanlarni tanlash bolaning yoshiga bog‘liq. Jami uchta yosh guruhi mavjud — 8-9 yosh, 10-11 yosh va 12-15 yosh. Oromgohning eng yosh mehmonlari kompyuter bilan tanishadilar va fotoshopda ishlashni o‘rganadilar. O‘rta guruh bolalari 3D-modellashtirish va o‘yinlarni ishlab chiqish asoslarini o‘rganishlari mumkin. Katta yoshdagi bolalar esa Pythonda dasturlashni va veb-dizayn asoslarini o‘rganadilar.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 06.06–17.06
- Ikkinchi — 20.06–01.07
- Uchinchi — 04.07–16.07
- To‘rtinchi — 18.07–29.07
- Beshinchi — 01.08–12.08
- Oltinchi — 15.08–26.08
London School
- Manzil: Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 21-uy
- Bolalar yoshi: 6-13 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram
- Narxi*: bir smena uchun 2 200 000 so‘m
- Ish vaqti: 08:30-18:00
London School til maktabining shahar oromgohida til darslaridan tashqari bolalarni boshqa mashg‘ulotlar ham kutmoqda. Masalan, kvestlar, shaxmat musobaqalari, munchoq to‘qish, raqs va hovuz. Uch mahal ovqatlanish tashkil etilgan. Har bir smenaning o‘z mavzusi va o‘ziga xos mashg‘ulotlari bor. Misol uchun, bu yozda birinchi smena “Garri Potter”ga bag‘ishlangan edi. Mahorat darslari davomida bolalar yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari mumkin, shuningdek, ular bilan birga doimiy ravishda ingliz tilida so‘zlashuvchi yetakchi bo‘ladi.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 27.05–07.06
- Ikkinchi — 10.06–21.06
- Uchinchi — 24.06–05.07
- To‘rtinchi — 08.07–19.07
- Beshinchi — 22.07–02.08
- Oltinchi — 05.08–16.08
Sunny Baby Land
- Manzil: Toshkent shahri, Sergeli VI dahasi, Mehrigiyo ko‘chasi
- Bolalar yoshi: 5-12 yosh
- Kontaktlar: Instagram, Telegram
- Narxi*: bir smena uchun 1 200 000 so‘m
- Ish vaqti: 09:00-18:00
Sunny Baby Land ta'lim markazidaning o‘z bolalar oromgohi mavjud. Smena davomida bolalarni sermazmun dastur kutadi. Unda sayr qilish va ochiq havoda ko‘ngil ochish uchun ham, fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun ham vaqt ajratilgan. Jumladan, bolalarga xattotlik va tez o‘qish o‘rgatiladi, til va matematika darslari ham bor. Faol dam olishni yaxshi ko‘radigan bolalar uchun xoreografiya, karate va gimnastika bo‘yicha to‘garaklar o‘tkaziladi. Ijodiy shaxslar uchun rasm chizish va ganchkorlik darslari mavjud. Mashg‘ulotlar orasida yengil tamaddi ham tashkil etilgan.
Smenalar jadvali:
- Birinchi — 03.06–14.06
- Ikkinchi — 17.06–28.06
- Uchinchi — 01.07–12.07
- To‘rtinchi — 15.07–26.07
- Beshinchi — 29.07–09.08
*Narxlar material e'lon qilingan vaqt uchun amal qiladi.
Izoh qo‘shish