bosh sahifa / Sarflash va tejash / Rossiyadan O‘zbekistonga va qaytadan Rossiyaga pulni qanday qilib tez va komissiyasiz o‘tkazish mumkin: tez to‘lov tizimidan (SBP) foydalanamiz
Yangilanish sanasi: 19.08.2024

Rossiyadan O‘zbekistonga va qaytadan Rossiyaga pulni qanday qilib tez va komissiyasiz o‘tkazish mumkin: tez to‘lov tizimidan (SBP) foydalanamiz

Mamlakatdan mamlakatga o‘tkazmalar uzoq vaqt talab etishi mumkin. Rossiyadan O‘zbekistonga yoki qaytadan Rossiyaga yo‘nalishda tezkor pul o‘tkazish kerak bo‘lsa, Uzum Bankning Tez to‘lov tizimidan foydalanishingiz mumkin. Uning asosiy afzalliklari — foydali kurs va komissiyaning yo‘qligi, shuningdek, o‘tkazmalarning tezligi va foydalanish qulayligidir. Barchasi haqida batafsil aytib beramiz.

Uzum Bank: Rossiyadan O‘zbekistonga va qaytadan Rossiyaga pulni qanday qilib tez o‘tkazish mumkin

Tez to‘lov tizimi (SBP) — bu turli banklardagi kartalar o‘rtasida tezkor pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga imkon beradigan qulay xizmatdir. Demak, siz boshqa bankdagi kartangizga ham, boshqa shaxsga - masalan, qarindoshingiz yoki tanishingizga ham pul yuborishingiz mumkin.2024 yil yanvar oyidan boshlab ushbu xizmat Uzum Bank mijozlariga taqdim etildi. Bugungi kunda bu O‘zbekistonda Tez to‘lov tizimidan foydalanish imkonini beruvchi yagona bankdir.

Pullarni oqilona boshqarishni istaysizmi? Telegram kanalimizda — ish beradigan maslahatlar bor!

Qo‘shilish

Tez to‘lov tizimi (SBP) orqali pul o'tkazmalarining afzalliklari nimada

Tez to'lov tizimi orqali pul o'tkazmalari juda ko'p afzalliklarga ega. Asosiylari quyidagilar:

  • Uzum bank ilovasi orqali pul o‘tkazmasi uchun komissiya to‘lanmaydi.
  • Pul yuborish uchun hech qaerga borish shart emas. Buni har qanday joyda amalga oshirish mumkin — uyda divanda, ishda, ta‘tilda, hatto plyajda ham. Qo‘lingizda smartfon va internetga kirish bo‘lsa kifoya.
  • Uzum Bank mijozi bo‘lsangiz va uning ilovasi smartfon yoki planshetingizda o‘rnatilgan bo‘lsa, pul o‘tkazish uchun unga kirish kifoya. Butun operatsiya 5 daqiqadan kam vaqtni oladi.
  • Agar muntazam banklararo o‘tkazma bir necha soat, ba'zi hollarda esa bir kun yoki undan ko‘proq vaqtni talab etsa (ayniqsa, agar boshqa mamlakatga o‘tkazilsa), SBP orqali ular bir zumda yetib boradilar. Bu zudlik bilan kimgadir kerakli summani yuborish lozim b‘lganda juda qulaydir.
  • Xizmat kuniga 24 soat, haftada etti kun, shu jumladan dam olish kunlari va bayramlarda ishlaydi. Shunga ko‘ra, bank ish kuni tugaganligi yoki dam olish kuni kelganligi sababli pul o‘tkazmasi kechiktirilishi mumkin bo‘lgan holatlar yuz bermaydi.
  • Pul o‘tkazish uchun faqatgina pul o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxsning karta raqamini bilish kerak.
  • O‘tkazmani tasdiqlashdan oldin siz barcha ma'lumotlarni qayta tekshirishingiz mumkin: ular ilova menyusida ko‘rsatiladi.
  • Kichik va katta miqdordagi pullarni o‘tkazish qulay, kuniga bir nechta pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin, masalan, bir nechta qarindoshlaringizga pul yuborishingiz kerak bo‘lsa:
    • Uzum Bank ilovasida SBP orqali Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tkazish uchun minimal miqdor— 100 rubl;
    • bir foydalanuvchi kuniga 5 ta o‘tkazmani amalga oshirishi mumkin, oyiga maksimal o‘tkazmalar soni — 150;
    • kuniga 16 999 999 so‘m yoki 115 ming rublgacha pul o‘tkazish mumkin, oyiga maksimal pul o‘tkazmalari miqdori — 100 million so‘m yoki 600 ming rubl.

Rossiyadan O‘zbekistonga qanday qilib pul o‘tkazish kerak: bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar

Chet elga pul yuborishda ko‘pincha dilemmaga duch kelamiz: yuqori komissiya to‘lash yoki noqulay valyuta kursiga rozi bo‘lish. Bu yerda Uzum Bankdan SBP xizmati yordamga keladi va komissiyasiz pul o‘tkazishning tez va foydali usulini taklif qiladi.

Buni qanday amalga oshirishni aytib beramiz bosqichma-bosqich  va tushuntiramiz.

  • Uzum Bank ilovasiga kiring va menyudan “O‘tkazmalar”ni tanlang.
  • Ularda “Xalqaro” bandida “Rossiyadan SBP orqali” -ni tanlang.
  • Pul oʻtkazmasini kiritish uchun Uzcard/HUMO kartasini tanlang.
  • Yubormoqchi bo‘lgan summani rublda ko‘rsating. Tizim quyida konvertatsiyadan so‘ng valyuta kursi va summani so‘mda ko‘rsatadi.

  • Quyidagi “Keyingi” variantini tanlab, ushbu summani tasdiqlang.
  • Mavjud bo‘lganlar ro‘yxatidan kartasidan pul o‘tkazmoqchi bo‘lgan bankni tanlang. Muhim: faqat telefoningizda ilovalari o‘rnatilgan banklar mavjud.
  • "SBP orqali o‘tkazish"ni tanlang. Ekranning quyida summa rubl va so‘mda hamda konvertatsiya kursi ko‘rsatiladi.

  • Pul o‘tkazmasi siz tanlagan bank ilovasida yakunlanadi. U yerda siz Rossiya kartasi hisobidan pul yechilishini tasdiqlashingiz va pul o‘tkazayotgan karta raqamini kiritishingiz kerak bo‘ladi.
  • O‘tkazma amalga oshirilgandan so‘ng (bu bir necha soniya vaqt oladi) tizim Uzum Bank ilovasiga qaytadi, u yerda siz pul o‘tkazmasining muvaffaqiyatini tekshirishingiz mumkin bo‘ladi.

Ko‘rib turganingizdek, hammasi juda oson va bir necha daqiqa davom etadi.

O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazmalari

O‘zbekistondan Rossiyaga pulni kartadan kartaga o‘tkazish mumkin. Buning uchun Uzum Bank ilovasining "o‘tkazmalar" bo‘limida "Rossiyaga" bandini tanlab, ko‘rsatilgan maydonga o‘tkazma summasi va qabul qiluvchining ma'lumotlarini ( ismi va karta raqami) kiritish lozim.

Rossiyaga pul yuborish uchun avval siz identifikatsiya qilish tartibidan o‘tishingiz kerak. Rezidentlar uchun bu jarayon Uzum Bank ilovasi orqali onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin. Rezidentlardan farqli o‘laroq, norezidentlar "Kapitalbank" da plastik kartani ochishlari va identifikatsiyani yakunlash uchun uni Uzum Bank ilovasiga qo‘shishlari kerak.

Xulosa: Uzum Bank ilovasidagi pul o‘tkazmalari bilan siz vaqtingizni va pulingizni tejaysiz

  • Smartfon yoki planshetga mobil ilovasini o‘rnatgan Uzum Bank mijozlari foydalanishi mumkin bo‘lgan oddiy va qulay variant.
  • Pulni komissiyasiz o‘tkazish mumkin. O‘tkazma deyarli bir zumda amalga oshiriladi.
  • Ushbu usul, tez-tez uyga kichik miqdorni yuborish kerak bo‘lsa, ham, kattaroq miqdordagi pul o‘tkazmalari uchun ham juda mos keladi. Kuniga 5 martatagacha va oyiga 150 tagacha o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin.
  • Pul o‘tkazish juda oson, internetga kirish imkoni bo‘lgan har qanday joyda amalga oshirilishi mumkin.
  • Ko‘p ma'lumotlarni kiritish shart emas – pul o‘tkazayotgan shaxsning karta raqamini bilish kifoya.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments