bosh sahifa / Sarflash va tejash / O‘rtacha ish haqini qanday hisoblash kerak: bosqichma-bosqich ko‘rsatma
Как рассчитать среднюю зарплату: пошаговая инструкция
Yangilanish sanasi: 01.08.2024

O‘rtacha ish haqini qanday hisoblash kerak: bosqichma-bosqich ko‘rsatma

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 4,92 mln so‘mni tashkil etdi. Mazkur maqolada o‘rtacha ish haqi nima uchun kerakligini, uni qanday hisoblash va hisob-kitoblar uchun qanday parametrlarni hisobga olish kerakligini aytib beramiz.

Anna Ufimseva
20 yillik tajribaga ega buxgalter

O‘rtacha ish haqi nima

O‘rtacha ish haqi (O‘IH) — bu xodimning muayyan hisobot davridagi mehnat faoliyatidan olgan o‘rtacha umumiy daromadi (O‘zR Soliq kodeksining 257-moddasi). Odatda u 12 oyni tashkil qiladi.

Bu ko‘rsatkich quyidagi hollarda to‘lov miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘ladi:

  • xizmat safari;
  • ish beruvchi tomonidan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish;
  • mehnat ta'tiliga chiqish;
  • kasallik;
  • ishdan ajralgan holda ta'lim olish;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
  • foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiya sifatida beriladigan dam olish nafaqasi;
  • jamoat ishlariga o‘tkazish.

O‘rtacha ish haqini hisoblash kerak bo‘lgan kam uchraydigan holatlar ham mavjud. Masalan, ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolish, kompaniya ishini to‘xtatib turish, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlash uchun qo‘shimcha dam olish kunlari.

Hisob-kitobga qanday to‘lovlar kiritiladi

O‘rtacha ish haqini hisoblashda mehnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi to‘lovlar hisobga olinadi.

Bularga quyidagilar kiradi:

  • maosh yoki tarif stavkasi;
  • alohida mehnat sharoitlari uchun, masalan, tungi vaqtda yoki xavfli va zararli ishlab chiqarishda ishlaganlik uchun, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash;
  • turli ustamalar, masalan, malaka darajasi, ish staji va boshqalar;
  • rag‘batlantiruvchi mukofotlar.

Hisob-kitobga qanday to‘lovlar kiritilmaydi

O‘rtacha ish haqini hisoblashda shaxsiy to‘lovlar hisobga olinmaydi. Masalan, xodimga bola tug‘ilishi, nikoh tuzilganligi yoki yubiley munosabati bilan moddiy yordam berilsa, u O‘IHni hisoblash uchun umumiy daromadga qo‘shilmaydi. Ya'ni faqat mehnat faoliyati bilan bog‘liq to‘lovlar hisobga olinadi.

Qaysi davrlar hisobga olinmaydi

O‘IHni hisoblashdan oldin xodim haqiqatda ishlamagan kunlarni chiqarib tashlash kerak.

Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • ish haqi saqlanmagan holda mehnat ta'tili;
  • turli sabablarga ko‘ra bekor turib qolish vaqti;
  • kasallik davri;
  • qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta'tillar;
  • homiladorlik, tug‘ish, bolani parvarishlash ta'tillari.

O‘rtacha ish haqini qanday hisoblash mumkin

Xodimning O‘IHni hisoblash uchun ko‘rsatmalarga amal qiling:

  1. Hisob-kitoblar davrini aniqlang. Umumiy qoidaga ko‘ra, u 12 oyni, bir yildagi o‘rtacha oylik kunlar soni esa 25,3 ni tashkil qiladi. E'tibor bering: xodim mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan kunlarni chiqarib tashlash zarur. Masalan, kasallik ta‘tiliga chiqqan, ta'til olgan, o‘qishga ketgan kunlar. Agar u 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, hisob-kitob davri rasmiy ishga qabul qilingan birinchi kundan boshlanadi.
  2. Umumiy daromadni jamlang. Hisob-kitob yili uchun hisoblangan to‘lovlarni qo‘shing. Bular maosh, ustamalar, mukofotlardir. Yodda tuting, umumiy summaga quyidagilar kirmaydi: bir martalik moddiy yordam, yo‘lkira xarajatlarini qoplash, kasallik varaqasi to‘lovi va boshqalar..
  3. Kunlik o‘rtacha ish haqini hisoblang. O‘tgan yil yoki boshqa davr uchun olingan jami daromadni oydagi o‘rtacha ish kunlari soniga bo‘lish kerak.

O‘rtacha kunlik ish haqini hisoblash formulasi

Masalan, xodimingiz 2024-yil 15-iyunda ta'tilga chiqmoqchi. O‘tgan yil uchun hisoblangan to‘lovlarni hisoblaymiz — 2023-yil 1-iyun oyidan 2024-yil 31-may oyigacha xodim oyiga 4,5 mln so‘mdan teng miqdorda maosh olgan. Kunlik o‘rtacha ish haqini hisoblaymiz: 4 500 000 / 25,3 = 177 866 so‘m. Aytaylik, ta'til 21 kun davom etadi. Natijada to‘lov quyidagicha bo‘ladi: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i chegirib tashlangunga qadar 177 866 x 21 = 3 735 186 so‘m.

Agar xodim hisob-kitob davrida hamma kunlarini ishlab bermagan bo‘lsa, O‘IH bir oz boshqacharoq hisoblanadi. Masalan, ish haqi saqlanmagan holda kasallik ta'tili yoki ta'til olgan va amalda 250 kun ishlab bergan. Aytaylik, jami daromad 50 mln so‘mni tashkil etadi. Bu holda O‘IH hisob-kitobi quyidagicha bo‘ladi: 50 000 000 / 250 = kuniga 200 000 so‘m. Bunday vaziyatda ta'til to‘lovlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini chegirib tashlangunga qadar 200 000 x 21 = 4,2 mln so‘mni tashkil etadi.

O‘rtacha ish haqini hisoblash haqida qisqacha

  • O‘rtacha ish haqini hisoblash turli to‘lovlar va nafaqalar miqdorini aniqlash uchun zarur. Masalan, mehnat ta'tillari, xizmat safarlari, kasallik varaqasi va boshqalar. Shuningdek, bu qiymatdan ko‘pincha turli tashkilot va hududlarda xodimlarning ish haqi miqdorini taqqoslash uchun foydalaniladi.
  • O‘rtacha ish haqini qanday hisoblash mumkin: muayyan vaqt oralig‘idagi jami daromadni amalda ishlagan kunlar soniga bo‘ling.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
4 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
UBAYDULLO Azizov Uzbekovich
UBAYDULLO Azizov Uzbekovich
8 months ago

Raxmat man Anhca tushundum

Nargiza Chorshanbiyeva
Nargiza Chorshanbiyeva
8 months ago

Juda ajoyib batafsil yoritilgan

Zarnigor Ibragimova
Zarnigor Ibragimova
8 months ago

Ajoyib. Foydali tavsiyalar ekan. Har bir davlat xizmatchisi uchun zarur ma'lumotlar. Maqola muallifiga rahmat kattakon.

Mansurbek
Mansurbek
8 months ago

To‘g‘ri