bosh sahifa / Sarflash va tejash / Oltin va standart kartalar: farqi nimada va qaysi birini tanlagan yaxshiroq
Yangilanish sanasi: 31.07.2024

Oltin va standart kartalar: farqi nimada va qaysi birini tanlagan yaxshiroq

Qanday darajadagi kartalar bo'lishini aytib beramiz va turli xil ehtiyojlar uchun qaysi kartani tanlash bo‘yicha maslahatlar bilan bo‘lishamiz — oltin yoki standart.

Kartalar bir-biridan to‘lov tizimlari, mavjud to‘lov usullari va himoya darajasi bilan farq qiladi. Shuningdek — xizmat ko‘rsatish darajasi bilan ham. Ko‘pgina xizmatlar singari, ba‘zi kartalar ham xizmatlarning asosiy darajasini taklif qiladi, boshqalari esa yanada rivojlangan va premium darajadagi xizmatlarni. Keling, oltin va standart kartalar qanday farq qilishini va qaysi kartalar sizga ko‘proq mos kelishini aniqlaylik.

Bank kartalari darajalari

Plastik kartalar ishlash jihatidan va ularni chiqargan bankka qarab bir-biridan juda farq qilishi mumkin. Bank karta egasiga taqdim etadigan xizmatlar hajmi uning darajasini belgilaydi. Odatda to‘lov tizimi belgisi ostida lotin harflari bilan belgilanadi.

O‘zbekiston bank xizmatlari bozorida mavjud bo‘lgan ikkita asosiy Global to‘lov tizimi — Visa va Mastercard kartalar darajasini baholashga ega. Boshqa mamlakatlarning to‘lov tizimlari, masalan, Xitoyning UnionPay va Rossiyaning "Mir" xizmatlari ham o‘z darajalariga ega. Ammo biz O‘zbekistonda va dunyoda eng keng tarqalgan Visa va Mastercard to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatish darajalariga to‘xtalamiz.

Shunday qilib, ushbu ikkita to‘lov tizimi to‘rtta darajadagi kartalarni chiqaradi. Birinchi, boshlang‘ich daraja Visa Electron va Mastercard Electronic kartalari bilan ifodalanadi. Bunday kartalar ko‘pincha shaxsiylashtirishni o‘z ichiga olmaydi, ularning xizmat muddati 3-5 yil bilan cheklangan va to‘lov usullari tizimi cheklangan (kontaktsiz to‘lov yo‘q). Boshlang'ich darajai kartasidagi har bir operatsiya tasdiqlashni talab qiladi, shuning uchun siz maxsus terminalsiz savdo nuqtasida pul to‘lay olmaysiz. Karta shaxsiylashtirilmaganligi sababli internetda ham xarid qilib bo‘lmaydi.

Ikkinchi daraja — Visa Classic va Mastercard Standard kabi standart kartalar. Bu dunyodagi plastik kartalarning eng keng tarqalgan darajasi, odatda  bank mijozlariga  standart bo‘yicha beriladi. Egasining ismi va familiyasi kartaning old tomoniga yoziladi, xizmat muddati 5-8 yilni tashkil etadi va kontaktsiz to‘lov tizimi egasi uchun ham mavjud bo‘lishi mumkin. Faqat katta miqdordagi operatsiyalarni tasdiqlash talab qilinadi. Karta egasi onlayn xarid qilish imkoniyatiga ega.

Uchinchi daraja — oltin kartalar. Bularga Visa Gold va Mastercard Gold kiradi. Ushbu kartalar allaqachon yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish darajasiga ega va egasiga yanada kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Barcha standart xizmatlardan tashqari, oltin karta egalari sug‘urta xizmatlari, qo‘shimcha chegirmalar va maxsus dasturlarga ega.

To‘rtinchi va eng yuqori daraja — platina kartalari. Bu, masalan, Visa Platinum, Visa Infinite, Mastercard World Elite. Bunday kartalar bo‘yicha naqd pul yechish va pul o‘tkazmalari bo‘yicha operatsiyalar uchun limitlar eng yuqori. Bunday karta egasiga odatda bankning shaxsiy menejeri tayinlanadi.

“Kapitalbank” qanday kartalarga ega

“Kapitalbank” o‘z mijozlariga o‘ndan ortiq kartalarni tanlash imkoniyatini beradi, ular orasida standart va premium va bolalar kartalari mavjud. Bankda turli xil to‘lov tizimlarining standart darajadagi kartalari mavjud bo‘lib, ularning asosiy valyutasi ham so‘mda, ham AQSh dollarida va Yevroda. Mijozlar HUMO, Uzcard, Visa va Mastercard to‘lov tizimlari kartalarini tanlashlari mumkin.

Shuningdek, "Kapitalbank"ning oltin kartalari, masalan, yevrolik Mastercard Gold, so‘mlik Visa Sum Gold yoki Visa Goldni rasmiylashtirishingiz mumkin. Shuningdek, eng yuqori darajadagi platina kartalari — dollarli Visa Infinite va Visa Platinumni. Premium kartalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bir necha kun davom etadi va platina karta egasiga Visadan shaxsiy konsyerj boriladi.

Standart va premium kartalar o‘rtasidagi farq

Keling, “Kapitalbank” mijozlari orasida eng mashhur plastik kartalar — standart va premium darajadagi kartalarning farqlarini batafsil tahlil qilaylik. Standart karta egasiga taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart bo‘yicha oltin karta egasiga ham taqdim etiladi. Bunday bank kartalari o‘rtasidagi farq — bu xizmatlar hajmi va bank karta egasiga taqdim etadigan xizmatlar sonida.

Shunday qilib, oltin va platina karta egasi xorijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirishi, hisobida yevro yoki AQSh dollarini saqlashi, shuningdek, hisobdagi barcha operatsiyalar to'g'risida SMS ma'lumotlarini olishi mumkin.

Standart kartaga bepul xizmat ko‘rsatishdan farqli o‘laroq, premium karta hisob raqamiga  xizmat ko‘rsatish uchun kartaning statusiga qarab muayyan to‘lov – Visa Platinum kartasi uchun oyiga 1 $ va Visa Infinite uchun oyiga 10$ miqdorida pul yechib olinadi. Visa Gold kartasiga bepul xizmat ko'rsatiladi. 

Barcha turdagi oltin karta kartalaridan naqd pulni bank bankomatlaridan bepul olish mumkin, ammo boshqa banklarning bankomatlaridan yechib olsangiz, pul to'lashingiz kerak bo'ladi: standart karta uchun summaning 3%, Visa Gold va Visa Platinum uchun 2% va Visa Infinite uchun summaning 1% undiriladi. 

Standart kartani olish narxi 25 000 so‘m, oltin karta 55 000 so‘m, Visa Platinum 100 000 so‘m va Visa Infinite 200 000 so‘mni tashkil qiladi.

Qanday kartani tanlagan ma'qul: oltin yoki standart 

Kartaga buyurtma berishdan oldin, unda qanday operatsiyalarni va qancha hajmda bajarishingizni hal qiling. Sizning vazifalaringizga mos keladigan karta darajasi ham shunga bog‘liq.

Agar  hisobingizda katta miqdordagi mablag‘ bo‘lmasa va katta miqdordagi xaridlarni amalga oshirmasangiz, standart kartani diqqat bilan ko‘rib chiqing. Bu pulni milliy valyutada saqlashni afzal ko‘rganlar va chet elda xarid qilish uchun to‘lovlarni talab qilmaydiganlar uchun ko‘proq mos keladi. 

Mabodo siz doimo bank xodimlari bilan aloqada bo‘lishingiz, katta xaridlarni amalga oshirishingiz va katta miqdordagi mablag‘ni, shu jumladan chet el valyutasida saqlashingiz kerak bo'lsa, oltin yoki platina kartani tanlaganingiz ma'qul. Bunday kartalar chet elda xaridlarni amalga oshirish, shuningdek, bankomatlardan oddiy kartaga qaraganda qulayroq tarifda pul yechib olish imkonini beradi. 

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
3 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
oybek
oybek
8 months ago

foydali maqola

Gavharoy Hamitova
Gavharoy Hamitova
7 months ago

Zor

Asadbek
Asadbek
7 months ago

Visa kartalarda harid uchun komissiya olinmaydi. Lekin Mastercard tizimida har bir xarid uchun malum miqdorda komissiya belgilangan