
Xiaomi Redmi Note 13 bilan kunni o’tkazish: ertalabki yugurishdan to kechki yoqimli ovqatgacha
Birgina Xiaomi Redmi Note 13 qurilmasi bilan - sog'lig'ingizni kuzatish, musiqa tinglash, maishiy texnikalarni va kun tartibingizni boshqarish imkonini qo’lga kiriting. U shunchaki smartfon emas, balki samaradorlikni oshirish va kundalik vazifalarni tezroq bajarishga yordam beradigan haqiqiy yordamchidir.
Tong
Kuningizni toza havoda yoki sport zalida yugurish bilan boshlang. Shu vaqtda musiqa, audiokitoblar yoki sevimli podkastlaringizni tinglashingiz mumkin, Xiaomi Redmi Note 13 esa Mi Fit yoki Xiaomi Health ilovalari yordamida sog‘ligingizni kuzatib boradi. Mashg'ulot davomida yurak urish tezligini, qadamlar sonini va sarflanayotgan kaloriyalarni kuzatishingiz mumkin. Shu bilan birga smartfon erishayotgan natijalarni ham kuzatib boradi va bu esa mashg'ulotni yanada samarali bo'lishiga olib chiqadi.
Yugurish vaqtida ortiqcha tashqi batareya kerak bo‘lmaydi: Xiaomi Redmi Note 13 ning batareyasining sig'imi - 5000 mA/s quvvatiga ega. Smartfon 12 soatgacha quvvatlanmasdan ishlay oladi va yuqori o‘tkazuvchan grafitning to‘rtta qatlami tufayli qizib ketmaydi. Takidlash joizki, qo'shimcha hech narsa sotib olishingiz shart emas - to'plam maxsus USB-C kabelini va 67 Vt adapterni o'z ichiga oladi.
Kun
Xiaomi ofisdagi ishda yoki uyda ham ishonchli yordamchi hisoblanadi. Turli formatdagi fayllarni tezda ochish, elektron pochta xabarlarini tekshirish, uchrashuvlar belgilash, hujjatlarni tahrirlash va videokonferensiyalarda qatnashish - smartfon o'zining MIUI 14 qobig'i va Qualcomm Snapdragon 685 chipi tufayli har qanday vazifani kechiktirmasdan bajara oladi.
Ilovalar qotib qolmaydi yoki chiqib ketmaydi, shuning uchun unumdorlikga hech narsa xalaqit bermaydi - hatto bir vaqtning o'zida bir nechta ilovalardan foydalanish ham mumkin. Smartfondan foydalanganda ko'zlar charchamasligi uchun sozlamalarda ko'k nurlanish darajasini pasaytirish yoki "O'qish" rejimiga o'tkazish imkoni mavjud.
Agar uyda Mi Home seriyali qurilmalar bo'lsa, ularni bevosita telefon orqali boshqarish imkoni yaratilgam. O'rindan turmasdan yoki ofisda bo'la turib - chiroqni yoqish, haroratni sozlash yoki changyutgichni ishga tushirish mumkin. Bu ish kuniga yanada qulayliklar yaratadi.
Kechqurun
Kechki tomon esa o'zingizni erkin tutib, onson va tez tayyorlanuvchi ovqat pishirishingiz mumkin. Murakkab retseptlarga ko'p vaqt sarflashni istamaydiganlar va aksincha, o'zgacha narsalarni topishni xohlaydiganlar video retseptlar as qotadi. Ularni 120 Gts chastotali 6,67 dyuymli ekranda tomosha qilish va bir vaqtning o‘zida kechki ovqat tayyorlash ucun juda ham qulay – Xiaomi Redmi Note 13 IP54 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan. Bundan tashqari, ekran shikastlanishi haqida tashvishlanish shart emas - gadjet beshinchi avlod Corning Gorilla oyna bilan jihozlangan bo'lib, u tirnalish va tushib ketishdan qo'rqmaydi. Retseptning nuanslarini yaxshi ko'rish va takrorlash oson bo'ladi, smartfonga esa ichimlik va oziq-ovqat tomchilari zarar etkazmaydi.
Taomni pishirgandan keyin, 108 MP kamera yordamida pazandachilik tajribalaringizni suratga olish va ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'rish mumkin. Keng burchakli ob'ektiv tufayli fotosuratlar va videolar yorqin va ravshan bo'lib chiqadi va agar biror narsa yoqmasa, o'rnatilgan vositalar yordamida fotosuratni tahrirlash mumkin: masalan, filtrlar, ramkalar yoki stikerlar. Shuningdek smartfon, fotosuratlar va videolar sifatini avtomatik ravishda yaxshilaydigan Xiaomi Image Brain sun'iy intellekt algoritmlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Izoh qo‘shish
30 vt adapter chiqdiki
REDMI NOT13 Zoʻr smartfon oʻzim shundan ishlataman
Narxi qancha
Men ham redmi note 13 ishlataman zoʻr telefon
33 w lik adapter
1 yilg mudatlik tolov qanchadan togri keladi fargonagayam dastavka bomi
Корасидан керак
Narxi qancha
Redmidi maqtab Samsung iwlatorilar qogani musr
Menga shu telefondan kerak
Zor
Redmi zoʻr