
YTTga xizmat ko‘rsatish uchun bankni qanday tanlash mumkin
Yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) uchun bank hisob raqamini ochish — o‘z biznesini rivojlantirishning muhim bosqichlaridan biri. YTT rasmiylashtirish biznesni qonuniy yuritish va rasman tadbirkor maqomini olish uchun zarur, bank hisobi esa moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. O‘zbekistonda biznes hisobini ochishda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan asosiy jihatlarni ko‘rib chiqamiz.
Qonunchilik jihatlari
Sarmoyangiz xavfsiz bo‘lishi uchun qanday hollarda hamma narsani yo‘qotishingiz mumkinligini bilish muhim. Masalan, bank bankrot bo‘lgan taqdirda, ayrim tadbirkorlar mablag‘larini yo‘qotishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalashi kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunda tijorat banki litsenziyasi bekor qilingan va tugatilgan taqdirda Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan «yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga (agar bu hisobvaraqlar mazkur faoliyat munosabati bilan ochilgan bo‘lsa) qo‘yilgan» mablag‘lar qoplanmasligi belgilangan (3-modda).
Ya'ni, avval yuridik shaxs ro‘yxatga olinadi, so‘ngra YTT uchun bank hisob raqami ochilib, undan barcha pul operatsiyalari va hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Jismoniy shaxs (kompaniya egasi) uchun ochilgan hisob rekvizitlari bo‘yicha YTT faoliyati bilan bog‘liq hech qanday harakatlar amalga oshirilmasligi kerak.
Hisobni ochish xarajatlari
Tadbirkorning xarajatlari juda ko‘p bo‘lishi mumkin:
- bank hisobini yuritish,
- debet aylanmasi summasidan ushlab qolishlar (0,1 dan 1% gacha),
- hisob operatsiyalari,
- to‘lov topshiriqlarini bankka o‘tkazish dasturlari (Bank-mijoz va boshqalar),
- ERI kaliti + dasturiy ta'minot,
- SMS-banking,
- chek daftarchasini ochish narxi,
- hisobdan naqd pul yechib olish uchun foizlar,
- jismoniy shaxslarning kartalariga ish haqini o‘tkazish uchun komissiya.
Shuning uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun maxsus takliflarga ega bo‘lgan banklarni tanlagan ma'qul.
Maxsus takliflarni tanlashda nimani e'tiborga olish kerak
- Shaxsiy ehtiyojlar uchun komissiyasiz pul o‘tkazish imkoniyati (odatda tadbirkorga shu bankda jismoniy shaxs sifatida karta ochish kifoya);
- To‘lovlar soni yoki aylanma summasi bo‘yicha cheklovlar mavjudligi;
- Bank barcha operatsiyalarni uydan chiqmasdan amalga oshirish uchun qulay shaxsiy kabinet tashkil etganligi;
- Ushbu bankning mamlakatdagi filiallar soni;
- To‘lovlarning amalga oshirilish tezligi.
Masalan, Uzum Business Kapitalbank bilan birgalikda 2024-yil 30-iyunga qadar YTT uchun “Hammasi 0 evaziga” aksiyasini boshladi. Hisobni ortiqcha xarajatsiz yuritish mumkin: pul o‘tkazmalari va naqd pul yechib olish uchun komissiya olinmaydi, barcha asosiy operatsiyalar, jumladan, korporativ kartalarga, boshqa banklarga o‘tkazmalar va yuridik shaxslar uchun keng funksiyalarga ega masofaviy bank xizmatlari platformasi.— Uzum Businessdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
Yana nimaga e'tibor berish kerak
- Bank obro‘si: mijozlarning sharhlari, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash sifati haqidagi fikrlar, OAV nashrlari, shov-shuvli hodisalar – bularning barchasi umumiy fikrni shakllantirishga yordam beradi. Ba'zan tanish tadbirkordan ushbu bankdagi xizmat haqida so‘rashning o‘zi kifoya.
- Moliyaviy tashkilotning ishonchliligi: OAV, tahliliy agentliklar va Markaziy bank tomonidan tuzilgan bankning moliyaviy barqarorligi ko‘rsatkichlari yordam beradi.
- Bank tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xizmatlar taqdim etishi: imtiyozli shartlarda kredit olish imkoniyati, YTT uchun muddatli to‘lovga sotib olish opsiyasi, chakana savdo nuqtalari va onlayn toʻlovlar uchun ekvayring, korporativ karta ochish narxi, chet eldan toʻlovlarni qabul qilish mumkinligi va hokazo.
- Filiallar geografiyasi va onlayn-banking xizmatlarining mavjudligi: bu tadbirkorning o'ziga qulaylik yaratish uchun ham, xodimlari uchun ham muhimdir. Ba'zi hollarda bankka bormaslikning iloji bo‘lmaydi, shuning uchun ofisingiz yoki uyingiz yaqinidagi filiallarni qidiring. Onlayn bank xizmatlarining mavjudligi moliyaviy operatsiyalarni, jumladan pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisob-kitoblar monitoringini masofadan turib samarali boshqarish imkonini beradi, bu esa vaqtni sezilarli darajada tejaydi va biznes yuritishni osonlashtiradi.
Xususiyat va xatarlarni yodda tuting
Tadbirkorlik faoliyatining har bir turi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, onlayn kosmetika doʻkoni bor shaxs uchun onlayn toʻlovlar ekvayringi va muddatli toʻlovga sotib olish opsiyasi muhimroq. Bozorda kichik savdo nuqtasini yuritadiganlar uchun esa hisob raqamiga naqd pul oʻtkazish komissiyalarini hisobga olishlari kerak, chunki mijozlar ushbu toʻlov variantini afzal koʻradilar.
Shuningdek, biznesingiz bilan bogʻliq xatarlarni hisobga olish va ularni yumshatish yoki biznesni himoya qilishga yordam beradigan bank mahsuloti va xizmatlarini tanlash kerak. Masalan, bank hisob raqamingizdan firibgarlar pul oʻgʻirlagan taqdirda bank mablagʻlarni sugʻurtalashni taklif qiladimi-yo‘qmi?
Misol uchun, “Lozim darajadagi ehtiyotkorlik” xizmati kontragentlarni tekshirishga yordam beradi. Ba'zi banklar, shuningdek, hisob raqam boʻyicha shubhali operatsiyalarni amalga oshiradigan tadbirkorlar bazasini yuritadilar. Moliyaviy xatarlarini oldini olish uchun har bir yangi kontragentning ishonchliligi tekshirilishi kerak. Shuningdek, barcha kontragentlar soliqlarni muntazam ravishda toʻlashlari muhim (Davlat soliq qoʻmitasi sanksiyalarni oldini olish uchun).
Izoh qo‘shish