bosh sahifa / Sarflash va tejash / Moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi: nima uchun kerak va uni qanday yaratish kerak
M:\2013 RABOTA\Uzum media\Проба\_Замены фото\274
Yangilanish sanasi: 31.05.2024

Moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi: nima uchun kerak va uni qanday yaratish kerak

Sizga har bir oila duch kelishi mumkin bo'lgan kutilmagan xarajatlar va moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganda o'zingiz va yaqinlaringizni qanday himoya qilishni aytib beramiz.

Har bir inson qiyin moliyaviy vaziyatga tushib qolishi mumkin. Masalan, ishsiz qolib, yaqin tezda yangi ish topa olmasligi, shoshilinch ravishda davolanish yoki buzilib qolgan qimmat uskunani ta'mirlash uchun pul kerak bo'lib qolishi mumkin. Bunday holatlarda moliyaviy xavfsizlik yostiqchangiz bo'lgani yaxshi.

Qanday qilib Karimni yig‘ib qo‘ygan mablag‘i qutqarib qoldi

To'satdan Karim bir nechta katta xarajat qilishiga to‘g‘ri keldi. Yana hammasi bir oy ichida. Mashina buzildi – uni ta'mirlatishga ish haqining deyarli yarmi ketdi. Oilaning sevimli mushugi Baddi kasal bo'lib qoldi — uzoq muddat davolanish kerak bo‘ldi, haftasiga bir necha marta inyeksiya va boshqa protseduralar uchun veterinariya shifoxonasiga olib borish, dori sotib olishga to‘g‘ri keldi — bular ham arzon turmasdi.

Buning ustiga, Karimning old tishi sinib ketdi. Yana shunaqa sinibdiki, shifokor faqatgina qoplama qo'yish kerak, deb aytdi —  bu ham  kamida 1,5 million so'm degani. Agar oila ipoteka to'layotganini, ayoli esa 3 ta bola bilan tug'ruq ta'tilida o'tirganini hisobga olsangiz, unda ancha og‘ir ahvolga tushib qolishlari mumkin edi. Yaxshiyamki, Karim "qora kunim"ga deb, qo‘shimcha ishidan biroz jamg‘arma qilib qo‘ygandi. Bu Baddini davolatish uchun ham, qoplama uchun ham yetdi. To'g'ri, maosh tushishidan bir necha kun oldin, baribir hamkasbidan ozgina bo'lsa ham, qarz so'rashga to‘g‘ri keldi.

Bu voqeadan so'ng, Karim shunaqa kutilmagan vaziyatlar uchun har doim ozgina yig‘ib qo‘yish kerakligi haqida jiddiy o'ylanib qoldi. Agar qo'lidan boridan ko'proq bo'lsa, unda undanam yaxshi, shunda birozdan qarz olib o‘tirmaysiz va favqulodda xarajatlar bo‘lib qolishidan qo'rqmaysiz. Karim moliyaviy xavfsizlik yostiqchasini yaratish haqida o'ylay boshladi. Keling, unga bu jarayonda yordam beramiz va ishonchli moliyaviy zaxirani qanday to'g'ri shakllantirishni tushunib olamiz.

Moliyaviy zaxira: bu nima

Moliyaviy zaxira yoki “moliyaviy yostiq”– bu oilaning to'plab qo‘ygan mablag‘i bo‘lib,  mabodo zarur bo‘lib qolsa, kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun ishlatasiz, shu bilan birga odatiy turmush darajangizni yo'qotmaysiz. Bunday yostiq sizga o'zingizni xotirjam va moliyaviy jihatdan xavfsizroq his qilishingizga imkon beradi. Lekin gap maoshgacha yetib olish uchun 15-20 ming so‘m haqida emas, balki jiddiyroq moliyaviy zaxira haqida ketmoqda. Aslini olganda, bu Karim "qora kunim"ga deb yig‘ib qo‘ygan ishlatilmaydigan mablag‘larning ancha puxta o'ylangan bir turi.

U nima uchun kerak

Agar siz to'satdan asosiy daromadingizni yo'qotsangiz yoki katta miqdorda kutilmagan  xarajatlar yuzaga kelsa, moliyaviy zaxira foydali bo'lishi mumkin. Masalan, siz ishdan ketishingiz kerak (yoki sizni ishdan bo'shatishsa) va yaqin orada yangi ish topa olmaysiz, oila a'zolaridan birining davolanishi uchun pul to'lash kerak, ta'mirlatish arzon bo'lmagan mashina yoki katta maishiy texnika buziladi va hokazo.

Moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi qancha hajmda bo'lgani ma'qul

Barchasi oilaning daromadiga bog'liq. Moliyaviy yostiqning hajmini aniqlash uchun oyiga qancha pul sarflanishini tushunib olish kerak, (agar buni hali qilmagan bo‘lsangiz) buning uchun bir necha oy davomida sarf-xarajatlar jurnalini yuritish foydali bo‘ladi. Bundan tashqari, parallel ravishda pul tejashni boshlashingiz mumkin — vaqtni yo'qotmaslik uchun. Moliyaviy yostiq uchun minimum — bu oila kamida bir oy ortiqcha xarajat qilmasdan, ammo odatiy turmush tarzidan ham voz kechmay yashashi mumkin bo'lgan miqdor. Yig‘ib qo‘yilgan pul 3-6 oyga yetsa yaxshi bo‘ladi.  Moliyaviy zaxirani yanada ko‘paytirish ishtiyoqi  tug'ilib qolishi mumkin. Biroq, odatda 12 oydan ko'proqqa yetadigan zaxira qilishdan ma'ni yo‘q.  "Qora kuningiz" uchun jamg'arma qilib bo‘lganingizda, investitsiya uchun pul yig'ishni boshlashingiz mumkin – masalan, jamg‘armangiz iloji boricha koʻproq bo‘lishi uchun uchun yaxshiroq foizga uzoq muddatli depozit oching.

Bunday zaxirani qanday yaratish mumkin

Moliyaviy yostiqchani hamma ham tezda yarata olmaydi – ehtimol bunga bir necha oy, bir yil yoki undan ham ko'proq vaqt ketar. Har bir maoshdan pul ajratishni qoidaga aylantiring. Daromad va xarajatlarga qarab, o'zingizga minimal miqdorni belgilang — masalan, maoshning 5, 10 yoki 15%. Agar sizda qo'shimcha ish yoki mukofotlar bo'lsa, ularning 50% yoki hatto 100% ini ajratib qo‘yish mumkin. Agar hamma pulingiz "yeb-icharga" ketayotgan bo‘lsa, sarf-xarajatlar kundaligini tahlil qiling va nimalardan voz kechsangiz, zarar bo‘lmasligini o'ylab ko‘ring.

Masalan, ishxonada tushlik qilmang, balki uydan ovqat olib keling va hokazo — ehtimol bir oy ichida xuddi shu 5-10% ni shu tarzda tejab qolarsiz. Yoki bir xiyla qiling: agar chegirmada biror narsa sotib olgan bo‘lsangiz, tejalgan miqdorni darhol ajratib  qo‘ying, hattoki juda kam miqdorda bo'lsa ham. Bu pullar 2-3 oy ichida to'planib, anchagina bo‘lib qoladi. Shuningdek, barcha soliq imtiyozlarini, kartaga qaytarilgan keshbeklarni va boshqa qo'shimcha daromadlarni tejab qo‘yishingiz mumkin.

Moliyaviy xavfsizlik yostiqchasini qanday to'ldirish mumkin

Dastlab, daxlsiz moliyaviy zaxirangizni xarajat qiladigan valyutangizda saqlagan qulay bo‘ladi. Demak, so‘mda. Shunday qilib, konversiyada ham yo'qotmaysiz. Ammo shuni yodda tutish kerakki, so'mning narxi, masalan, dollarga qaraganda tezroq arzonlashadi. Shuning uchun, xavfsizlik zaxirasining yarmini (masalan, rejalashtirilgan 6 oydan 3 oyga yetadiganini) so‘mda yig'ib, qolgan yarmini dollar bilan yig‘ish mumkin.

Pulni qayerda va qanday saqlash kerak

Karim pulni uyda saqlagan. Moliyaviy yostiq yaratishning dastlabki bosqichida bunday yondashuv ko'pchilik uchun mos ko'rinadi. Naqd puldan istalgan vaqtda foydalanish mumkin. Ammo ko'plab kamchiliklar ham bor. Ularni sarflash qo‘yishingiz xavfi yuqori. Uyda pulni tom ma'noda ko‘rpa tagida ushlab turish ham xavfli. Ularni saqlash uchun har doim ham xavfsiz joy topa olmasligingizdan tashqari, yong'in yoki o'g'irlik kabi noxush holatlarni ham unutmaslik kerak.

Yig‘ib qo‘yilgan pulni kartada ushlab turish xavfsizroq va qulayroqdir —  alohida hisob ochib, asosiy kartadan pulni unga o'tkazish yoki mabodo naqd pul olgan bo'lsangiz,  bankomatdan tashlab qo‘yish mumkin. Yoki talab qilib olinadigan depozit uchun bankka qo'ying. Garchi bunday depozitlar bo'yicha foizlar to'lanmasa yoki ular kam bo'lsa-da (masalan, yillik 0,01%), pulingiz xatardan xoli bo'ladi. Kerak bo'lganda ularni yechib olishingiz mumkin.

Oila byudjetida 2-3 oy davomida mablag' to'planganda, pulning bir qismini bankdagi qisqa muddatli (ya'ni muddati bor) omonatga qo'yish mumkin — masalan, bir oy. Bunday holda, foiz talab qilib olinadigan depozitga nisbatan ancha yuqori bo'ladi. Avtomatik tarzda uzaytiriladigan omonatni tanlash yoki uni har oy uzaytirib turish kerak.

Shuningdek, ko'plab banklarda pulni ham to'ldirish, ham yechib olishni ta'minlaydigan uzoq muddatli depozitlar mavjud. Ulardan moliyaviy zaxira anchagina katta bo'lganda foydalansangiz bo‘ladi. Masalan, "Kapitalbank"da yillik foiz stavkasi 20-22% bo'lgan "Kunlik foizlar" va "oylik foizlar" depozitlari mavjud. Ularni to'ldirish mumkin. Agar kerak bo'lsa, pulning bir qismini yechib olishingiz ham mumkin, asosiysi depozitda kamaymaydigan qoldiq — 10 million so'm qolishi kerak.

Agar kerak bo'lsa, O'zbekistonning istalgan bankidagi har qanday omonatni muddatidan oldin yopish mumkin — omonatga qo'ygan mablag'ingiz sizga to'liq qaytariladi. Unga to'langan foizlar muddatidan oldin yopilish shartlariga bog'liq bo'ladi (masalan, pasaytirilgan foiz stavkasi yoki pul depozitda bo'lgan haqiqiy vaqt uchun).

Moliyaviy yostiqchani yaratish va undan foydalanishning asosiy qoidalari

  • Darhol oilangiz bilan kelishib oling: moliyaviy zaxira — bu daxlsiz ta'minot. Uning bir qismini ta'tilga, o'yin-kulgiga, tug'ilgan kunni nishonlashga va favqulodda bo'lmagan boshqa ehtiyojlarga sarflash ishtiyoqi bo‘lmasligi kerak.
  • Kerakli hajmdagi moliyaviy zaxira tez paydo bo'lmasligiga tayyor turing. Sabr-toqatli bo'ling va pulni tejashda davom eting — vaqt o'tishi bilan kerakli miqdorni yig‘ib olasiz.
  • Agar to'satdan favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, sarflangan pulni "yostiqqa" qaytarib qo‘yishni unutmang.
  • Vaqti-vaqti bilan xarajatlarni tahlil qiling va moliyaviy zaxirangiz hajmini qayta ko'rib chiqing. Inflyatsiya yoki oilaning xarajatlari oshishi ehtimoli sababli, u ham o'sadi. Shuning uchun, masalan, olti oy yoki bir yilga yetadigan kerakli miqdorni ajratgan bo'lsangiz, ehtimol oilaviy byudjetga ko'proq pul qo'shishingiz kerak bo'ladi.

Asosiy xulosalar

  1. Moliyaviy zaxira har bir oila uchun zarurdir. Bu favqulodda vaziyatlarda, rejalashtirilmagan sarf-xarajatlar yoki oila daromadining katta qismini (ba'zan hatto barchasini) tejash uchun foydali bo'ladigan pul. Bunday xazina sizga qarz olmaslik va qarzga botmaslik imkonini beradi.
  2. Uning hajmini aniqlash uchun oilaning oylik xarajatlarini tahlil qiling.
  3. Uni yaratish uchun har oy olingan daromadning bir qismini tejang.
  4. Bunday xavfsizlik yostig'i 3-6 oyga yetadigan bo‘lgani ma'qul.
  5. Naqd pulni yig‘ish eng yaxshi variant emas. Ularni bank hisobvarag'ida saqlash yoki omonat ochgan yaxshiroqdir.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
1 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Zinnira Bekmuratova
Zinnira Bekmuratova
8 months ago

👍🏻👍🏻👍🏻