bosh sahifa / Xaridlar / Kir yuvish geli kukunga qaraganda nimasi bilan yaxshiroq: 7 ta afzalliklari va uy bekalari uchun layfxaklar
Чем гель для стирки лучше порошка
Yangilanish sanasi: 19.08.2024

Kir yuvish geli kukunga qaraganda nimasi bilan yaxshiroq: 7 ta afzalliklari va uy bekalari uchun layfxaklar

Kir va kir yuvish mashinasining mukammal tozaligi va yangiligini saqlashga yordam beradigan sirlar bilan bo‘lishamiz.

Do‘konlarda ko‘plab kir yuvish vositalarini topish mumkin: turli xil matolar uchun, turli xil formulalar bilan, turli xil qadoqlarda. Bugungi kunga kelib, kir yuvish gellari tobora ommalashib bormoqda. Va bu tasodif emas. Ular kukunlarga nisbatan afzalliklarga ega va kamchiliklari yo‘q.

Kir yuvish geli vs kukuni: qaysi biri yaxshiroq?

Kir yuvish kukuni va gellarni taqqoslaymiz. Va oxirgisi yaxshiroq ekanligini aniqlaymiz. Nima uchunligini tushuntiramiz.

1. Gel — konsentrlangan kir yuvish vositasi. U tejamliroq ishlatilinadi. 4-5 kg ​​kirni kukun bilan toza yuvish uchun kamida 150 g kerak bo‘ladi, ya'ni 1,5 kg'lik o‘ram atigi 10 marta, 3 kg'lik o‘ram 20 marta yuvishga yetaid, 40 marta yuvish uchun esa 6 kg kir yuvish kukuni sotib olishingiz kerak bo'ladi. Gelda bo'lsa, yuvish uchun 65 ml ishlatilinadi. Ya'ni, 1,04 litrli paket 16 marta yuvish uchun yetarli.

2. Suyuq vositalar kiyimlarga xushbo‘ylik kerak bo‘lganda kundalik, qisqa sikllar uchun juda yaxshi mos keladi. Bunday hollarda kukunlar ko‘pincha hafa qiladi: ularning zarralari oxirigacha erishga ulgurmasligi mumkin.

3. Gel bilan yuvgandan so‘ng, buyumlar kukunni ishlatgandan ko‘ra yumshoqroq va yoqimli bo‘ladi. Ko‘pincha mato yumshatgichni ishlatmasa ham bo‘ladi — bu esa qo‘shimcha pulni tejashdir. Siri – mato tolalariga yumshoqroq ta'sir ko‘rsatadigan maxsus suyuq formulada.

4. Buyumlarda kukun izlari qolmasligi uchun, ko‘plab uy bekalari mashinada yuvishda qo‘shimcha yuvish siklini (yoki hatto ikkitasini) qo‘shishadi. Natijada, uskunalar tezroq eskiradi va elektr energiyasi uchun to‘lovlar oshadi. Gel bilan bunday ehtiyoj yo‘q. Kir yuvish kukunlaridan farqli o‘laroq, gellarda yuvish jarayonida mato tolalariga zarar yetkazilishi va to‘liq yuvilmasdan  ko‘rinadigan dog‘larga sabab bo‘ladigan qattiq noorganik tuzlar, murakkablashtiruvchi moddalar va suvda sekinroq eriydigan boshqa komponentlar mavjud emas.

5. Kukunni dozalash qiyin. Agar uni ko‘zingiz bilan chamalab solsangiz, kam yoki ortiqcha solib yuborish xavfi bora. Suyuq yuvish vositalarida qopqoqni o‘lchash idishchasi sifatida ishlatish mumkin. Persil gelining qopqog‘i hajmi 65 ml — bu juda qattiq bo‘lmagan suvda 4-5 kg kirni bir marta yuvish uchun yetarli.

6. Ilgari, kukunlar suyuq vositalarga qaraganda juda kuchli kirlarni yuvishda yaxshiroq ekanligiga ishonishgan, ammo aslida bu har doim ham unday emas. Yangi texnologiyalardan, masalan, zamonaviy enzimlar kompleksidan foydalangan holda, kir yuvish gellari nafaqat oziq-ovqat yoki ichimliklar izlari kabi eng keng tarqalgan dog‘lar va kundalik kirlar bilan, balki murakkab dog'lar bilan ham samarali kurashadi.

7. Gel allergiya va nafas olish tizimi kasalliklari bo‘lgan odamlar uchun kukunga qaraganda yaxshiroqdir.  Kir yuvish kukuni qutini ochganda yoki lotokga quyilganda "chang" chiqishi mumkin, ehtiyotsizlik bilan ishlatilganda uning zarralari uchib ketishi mumkin. Ular orqali nafas olish xavfi mavjud, bu esa aksirish, yo‘tal va boshqa alomatlarga olib kelishi mumkin. Agar kukun donalari to‘liq erimagan bo‘lsa va matoda qolsa, bu terida reaksiyasini keltirib chiqarishi ehtimoli bor. Gel bilan yuvganda bundan qo‘rqmasa bo‘ladi.

Yuvish uchun gelni qanday to‘g‘ri ishlatish kerak: layfxak va maslahatlar

Kir yuvish natijasi har doim zo‘r bo‘lishi va buyumlar uzoq vaqt davomida yangi bo‘lib ko‘rinishi uchun yuvish gelini to‘g‘ri ishlatish muhim.

  • Oldindan gelni suyultirish kerak emas. Kerakli miqdorni kir yuvish mashinasining lotogi bo‘linmasiga yoki qo‘llaringiz bilan yuvadigan idishga quying.
  • Kir yuvish mashinasida yuvishda geldan to‘g‘ri foydalaning. Uni kukun quyiladigan lotokdagi bir xil bo‘limga quying,— eng chap tomonda. o‘rta bo‘limga kondisioner quyiladi, eng o‘ng tomondagisiga — oldindan yuvish vositasi (agar ular kerak bo‘lsa).
  • Qo‘llanmalarga muvofiq gelni to‘g‘ri dozalang. Ideal yuvish natijasini olish uchun vositadan yetarli miqdorda foydalanish kerak. Bu quyidagilarga bog‘liq:
    а) kirlarning og‘irligiga;
    b) ularning ifloslanish darajasiga;
    c) suvning qattiqligiga.

  • 4-5 kg kirni yumshoq yoki o‘rtacha qattiq suvda yuvish uchun sizga 65 ml Persil geli kerak.
  • Agar kiyimlar ko‘p miqdordagi dog‘lar bilan juda ifloslangan bo‘lsa  yuvish uchun gel miqdorini oshirish kerak. Shuning uchun kir yuvish mashinasining lotokiga 100 ml Persil gelini quying.
  • Agar suv qattiq bo‘lsa, ko‘rsatilgan miqdorga qo‘shimcha ravishda 35 ml vositadan qo‘shing.

Layfxak: agar kirlarda dog‘ va boshqa iflosliklar bo‘lsa, va siz ularni yaxshi yuvilmasligidan qo‘rqsangiz, yuvishdan oldin ularga qo‘shimcha Persil gelini surib chiqing. Keyin esa kiyimlarni odatdagidek yuving.

Uzum Market'da Persil sotib oling
Купить

Reklama huquqi asosida

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments