
Bank kartalari: ular nechta bo‘lishi kerak
Hozirgi kunda brorta ham bank kartasi bo‘lmagan odamni tasavvur qilish qiyin bo‘lgani sababli, ko‘pchilik bir vaqtning o‘zida bir nechta banklar va bir nechta to‘lov tizimlarining kartalarini olishadi. Bank mijozlari buni turli sabablarga ko‘ra qilishadi. Kimdir qo‘lida iloji boricha ko'proq to‘lov variantlari bo‘lishini xohlaydi, boshqalar uchun bankning sherik do‘konlarida to‘lash foydaliroq. Ammo birdaniga ko‘p kartalarga ega bo‘lish ularni saqlash xavflari va xarajatlarini oshiradi. Keling, bir kishida qancha bank kartasi bo‘lishi kerakligini aniqlaylik.
Nima uchun odamlarda bir nechta bank kartasi bo‘ladi
Bir odam bir nechta karta ochtirishining bir nechta sabablar bo‘lishi mumkin. Avvalo, qanday bank kartalari bo‘lishini aniqlash kerak. Ulardan eng keng tarqalgani — hisob yoki debet kartasi. Unda bank mijozining shaxsiy mablag‘larini saqlanadi, shuningdek xaridlarni to‘lash uchun ishlatiladi. Bunday kartalarga ish haqi va boshqa to‘lovlar tudhiriladi.
Ikkinchi turdagi kartalar — kredit kartalar. Ular mijozning bank mablag‘larining belgilangan miqdoridan kreditga foydalanishini nazarda tutadi. Odatda, karta egasi qarzni ma'lum vaqt ichida to‘lashi kerak. Bank mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar undirilishi mumkin. Biroq, bunday kartalar O‘zbekistonda keng tarqalmagan.
Uchinchi turdagi kartalar — muddatli to‘lov kartalari. Prinsipga ko‘ra, ular kreditga o‘xshaydi, ammo ular xaridlar va xizmatlarni to‘lash uchun sarflangan mablag‘ni to‘liq emas, balki ma'lum bir muddat ichida qismlarga bo‘lib qaytarishni o‘z ichiga oladi.
Ko‘p banklar mijozlari har bir turdagi kartadan ochtiradilar. Yana bir sabab — ma'lum bir bankning ish haqi kartasiga ega bo‘lish zarurati. Ko‘pincha ish beruvchi ma'lum bir moliya instituti bilan bank shartnomasini tuzadi. Shuning uchun, ishga joylashishda xodimlar ushbu bankning debet ish haqi kartasini olishadi, shu bilan birga o‘z banklarining debet kartasini saqlab qolishadi.
Bank kartasini mohirona boshqarish boʻyicha kurs
Har xil turdagi kartalar nima uchun kerak
Bir nechta bank kartasiga ega bo‘lishning boshqa foydali jihatlari ham bo‘lishi mumkin. Birinchidan, ba'zi bank mijozlari chet el valyutasida kartalar ochtiradilar — masalan, dollarlik Visa Classic va “Kapitalbank”ning yevrolik MasterCard Standard. Bunday kartalar chet elga sayohat qilishda yoki xorijiy xizmatlar va onlayn-do‘konlarda xarid qilishda hisob-kitoblarni yanada qulayroq qiladi.
Ikkinchidan, ba'zi kartalarda egalari uchun bonuslar va maxsus takliflar mavjud. Internet-do‘konda yoki uni chiqargan bankning sherik do‘konlarida xaridlar uchun to‘lashda foyda bo‘ladigan kartalar mavjud. Demak, vaziyatga qarab har biridan foyda olish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta kartalarni chiqargan qulayroq.
Uchinchidan, kartalarda naqd pul olish chegarasi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, har bir kartaning o‘ziga xos xususiyati bor. Agar biror kishi bir nechta kartani chiqarsa, u har bir kartaning limitidan foydalanishi va ko‘proq naqd pul olishi mumkin.
Va nihoyat, kartalar turli xil xizmat darajalariga ega. Shu sababli, ba'zi bank mijozlari nafaqat standart kartani, balki premium kartani ham berishni afzal ko‘rishadi.
Ko'p kartaga ega bo‘lishning kamchiliklari
Buning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Bir nechta karta sohibi bo‘lishdagi asosiy noqulaylik – ularni kuzatib borish, operatsiyalarni tekshirish va parollarni eslab qolishdir. Yana hammasini bir vaqtning o‘zida qilish. Kartalar soni ko‘p bo‘lsa, birortasini yo‘qotib qo‘yib, buni sezmay qolish yoki hisoblardan birida shubhali operatsiyani o‘tkazib yuborish xavfi bor.
Shuningdek, bir nechta kartalarga egalik qilish karta egasining shaxsiy va moliyaviy ma'lumotlari tarqalib ketish xavfini oshiradi. Axir, odamning kartalari qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p tashkilotlar va xodimlar ushbu ma'lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘ladilar.
Yana bir yoqimsiz joyi — bu kartalarga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshishi. O‘zbekistonda banklar mijozlarga beradigan kartalarning aksariyati qayta chiqarish uchun to‘lov oladi. Ba'zilaridan foydalanish uchun har yili bank xizmatlari uchun to‘lashingiz kerak. Kartaga bepul xizmat ko‘rsatish uchun bir nechta shartlarni bajarish kerak, ular odatda kartadan amalga oshirilgan ma'lum miqdordagi oylik xarajatlardan iborat. Bu haqida batafsil gapirib beramiz va hisob-kitoblarga misol keltiramiz.
Bir nechta karta ishlatish qanchaga tushadi
Shunday qilib, faraz qiling, sizda bir vaqtning o‘zida beshta bank kartasi bor. Buning gashti ancha qimmatga tushadi. Avval kartani chiqarish uchun bankka pul to‘lashingiz kerak. Standart debet kartani chiqarish qiymati bankka qarab 20-25 ming so‘mdan 35-40 ming so‘mgacha o‘zgaradi. Premium va valyuta kartalarini chiqarish qiymati 50 ming so‘mni tashkil etadi. Demak, agar mijozda ikkita standart, bitta premium va ikkita valyuta kartasi bo‘lsa, kartalarni chiqarish xarajatlari taxminan 200 ming so‘mni tashkil etadi.
Ko‘pgina standart kartalarda xizmat haqi ko‘zda tutilmagan, ammo premium kartalarga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lash kerak bo‘ladi. Premium kartaga yillik xizmat ko‘rsatish narxi MasterCard Gold va Visa Platinum uchun taxminan 1 $ , MasterCard World Elite va Visa Infinite uchun 15 $ . Shunday qilib, premium kartalarga xizmat ko‘rsatish uchun yiliga yana 1-2 dan 15-30 $ gacha pul sarflashga tayyorlaning.
Nechta bank kartasiga ega bo‘lish tavsiya etiladi
Ko‘p odamlarga bir vaqtning o‘zida "har ehtimolga qarshi" bir nechta kartani rasmiylashtirishiga hojat yo‘q. Tovarlar va xizmatlarga to‘lash yoki onlayn-do‘konlarda xaridlar uchun to‘lov qilish kabi oddiy moliyaviy harakatlar uchun 1-2 debet kartangiz bo‘lishi kifoya. Muhimi, soni emas, sifatiga e'tibor berish kerak. Yangi kartani chiqarishga borishdan oldin, u nima uchun kerakligini o‘ylab oling va eng maqbul – ya'ni, bepul xizmat ko‘rsatiladigan, chet elda va xorijiy to‘lov xizmatlarida xaridlar uchun to‘lash imkoniyati bo‘lgan, naqd pul olish va pul o‘tkazmalari uchun minimal komissiya oladigan kartani tanlang.
Izoh qo‘shish
Birinchi bolish zarur
5ta
Men Azimboyeva Xolisxon otimda nechta qaysi kartalar bor
Ajoib
Zo‘r
Ажойиб
4
Менда 3 та банк картаси бор
1ta
Juda ajoyib