bosh sahifa / Xaridlar / Chillada zerikmaslik uchun bolalarni nima bilan band qilish mumkin: 10 ta g‘oya
Чем заняться с детьми в жару: 10 идей

Chillada zerikmaslik uchun bolalarni nima bilan band qilish mumkin: 10 ta g‘oya

Bolalar bilan jazirama yozni maroqli o‘tkazish uchun qiziqarli g‘oyalar to‘pladik: uyda, kvartirada, ko‘chada nima qilish va qayerga borish mumkin.

Ko‘pgina bolalar yozning jaziramasini kattalarga qaraganda osonroq o‘tkazadilar. Biroq, chilla davrida, kunduzgi sayrlardan voz kechish kerak bo‘lganda, kichkintoylar ham, yoshi kattaroq bolalar ham zerikishi mumkin. Oilangiz bilan birga shug‘ullanish va shu bilan birga biroz salqinlashish mumkin bo‘lgan g‘oyalarni taklif qilamiz.

Ko‘l bo‘yida dam oling

Safaringizni butun kunga rejalashtiring. Tog‘ yonbag‘ridagi ko‘lga borgan eng yaxshi variant — issiqda u yerda salqinroq bo‘ladi. Shuningdek, vaqtingizning bir qismini ko‘l atrofida sayr qilishga bag‘ishlash mumkin. Masalan, plyajlar va turli xil suv o‘yinlari bo‘lgan Chorvoq suv omboriga yoki Ugom-Chotqol milliy bog‘idagi Nefrit ko‘liga borishingiz mumkin.

Butun oila bilan akvapark yoki suv havzalarida cho‘miling

Bunday sayohat bolalar uchun biroz zerikarli  shahar plyajiga yoki eng yaqin suv havzasiga oddiy sayohatdan ko‘ra ko‘proq esda qoladi. Toshkentda Oasis, Aqualand yoki Atlantis akvaparklariga borish mumkin. Akvaparklarga ish kunlarida borgan ma'qul — odamlar kamroq va kirish dam olish kunlariga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Akvaparkni tanlayotganda, maroqli hordiq xavfsiz bo‘lishi va bolajon o‘zi uchun kichikroq sirpanchiq qiyalikda zerikib qolmasligi uchun attraksionlar qaysi yoshga mo‘ljallanganligiga e'tibor bering.

Yozgi dushni tashkil qiling

Bu variant hovlida yashaydiganlarga mos keladi. Buning uchun ochiq hammom yoki yozgi hovuz (eng oddiy puflanadigan hovuzdan foydalanish mumkin) va akkumulyatorda ishlaydigan portativ dush kerak bo‘ladi. Agar dushingiz bo‘lmasa, dush nasadkali plastmassa leykadan foydalanishingiz mumkin. U yengil bo‘lishi kerak, bola uni suv bilan to‘ldirishi va ko‘tara olishi uchun 1 litr hajmdagi leyka yetarli.

Baliq ovi bilan shug‘ullaning

Buning uchun ko‘lga yoki daryoga borishingiz shart emas. Uyingiz yoki kvartirangizda nafaqat baliq ovlashingiz mumkin. Vannani yoki katta tog‘orani sovuq suv bilan to‘ldirish va ichiga cho‘kmaydigan o‘yinchoqlarni solish kifoya. Kichkintoylarga o‘yinchoqlarni suvdan tutib olish uchun tutqichli plastmassa elak berishingiz mumkin. Yoshi kattaroq bolalar uchun — magnit qarmoq va magnitli o‘yinchoqlar to‘plami. Baliq ovlash uchun matrap ham mos keladi — uning yordamida suvdan magnitsiz o‘yinchoqlarni tutib olish mumkin. Kichkina narsalarni qisqich bilan “ushlash” mumkin — bu mashq qo‘l motorikasini yaxshi rivojlantiradi.

Suv to‘pponchasi bilan jang uyushtiring

Buni tabiat qo‘yniga sayohat qilganda kunning istalgan vaqtida, shahar parkida, xiyobonda, uyingiz hovlisida esa ertalab yoki kechqurun tashkil qilish mumkin. Haqiqatan ham vaqtni zavq bilan o‘tkazishning asosiy sharti — suv to‘pponchasi hammada, bollalarda ham, kattalarda ham bo‘lishi kerak. Yaqin atrofda suv havzasi yoki boshqa suv manbai bo‘lmasa, o‘zingiz bilan kanistr oling, suvni maxsus sumka yoki xaltaga quying.

Uyda pol o‘yinlarini o‘ynang

Issiq havo doimo yuqoriga ko‘tariladi. Uydagi o‘yinlarni polda o‘ynasangiz, salqinroq bo‘ladi. Bolalar va kattalar uchun har qanday stol o‘yini, pazllar va konstruktorlar  mos keladi. Birgalikda rasm chizishingiz yoki kitob o‘qishingiz mumkin. Bu planshetlar va boshqa gadjetlardan chalg‘ishning yaxshi usuli bo‘ladi. Bundan tashqari, barcha ishlaydigan elektron qurilmalar issiqlik hosil qiladi — bu chillada gadjetlardan tanaffus qilish yoki iloji boricha kamroq foydalanish uchun yana bir sababdir.

“Tetiklantiruvchi” o‘yinchoqlar yasang

Eng oddiy variant — bu yelpig‘ich. Qalin qog‘oz varag‘ini garmon kabi buklash va pastki qismidagi burmalarni yelim yoki stepler bilan mahkamlash kifoya. Kattaroq bolalar uchun bo‘lajak yelpig‘ichga rasm bilan bezashni taklif qilib, vazifani murakkablashtirish mumkin. Shuningdek, Internetda origami texnikasi bo‘yisha noodatiy yelpig‘ichlar yasash uchun ko‘plab g‘oyalar topish mumkin. Qog‘ozdan flyuger yasab, ventilyator oldiga qo‘yishingiz yoki kechqurun  shamol esayotganda u bilan ko‘chaga chiqishingiz mumkin.

Qizlar bilan katta kir bazmi uyushtiring…

Onajonlar kir yuvayotganda, qizlari ham xuddi shu ishni qilishlari mumkin. Tog‘oraga unchalik sovuq bo'lmagan suv soling, qizingizga sovun yoki bolalar shampunini bering (uning tarkibi maishiy kimyoviy kir yuvish vositalardan xavfsizroq) — va qo‘g‘irchog‘ining kiyimlarini yuvishni taklif qiling. Keyin uni chayish, siqish va quritish uchun osib qo‘yish kerak bo‘ladi — xuddi  kattalarning kirini yuvgan kabi.

...o‘g‘il bolalar bilan esa — mashina yuving

Plastmassa mashinalarni ham yuvib turish kerak. Farzandingizga sovunli suvda namlangan gubka va yuvilgan “texnikani” qo‘yish uchun patnis bering. So‘ng tog‘ora yoki vannada mashinalarni yuvishni topshiring. Keyin esa — quritish va kichik sochiq yoki mikrofibrali salfetka bilan “jilolashni”. Bunday o‘yin nafaqat bolani mashg‘ul qiladi, balki mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradi.

Qizlarga xuddi shu sxema bo‘yicha qo‘g‘irchoqlarni cho‘miltirishni taklif qilish mumkin.

Sovun pufakchalarini uchiring

Buni bolalaringiz yoki butun oilangiz bilan kechki sayrda bajarishingiz mumkin. Bunday o‘yin bolajonlarni befarq qoldirmaydi, kattalarga esa bolalik davrini eslashga imkon beradi. O‘zingizni an'anaviy variant — sovunli eritma va pufakchalarni puflash uchun mo‘ljallangan tayoq bilan cheklamang. Maxsus to‘pponcha yoki bir vaqtning o'zida 10 yoki undan ortiq sovun pufakchalarini puflaydigan boshqa o‘yinchoq sotib olish mumkin. Suyuqlik tugab qolsa, uni o‘zingiz uyda tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun yuvish vositasi (masalan, teri va shilliq pardalarni qichishtirmaydigan bolalar shampuni), shakar yoki glitserin va ichimlik suvi kerak bo‘ladi.

Proporsiyalar:

  • 125 ml shampun;
  • 500 ml suv;
  • 3 choy qoshiq shakar yoki 2 osh qoshiq glitserin.

Barcha mahsulotlarni aralashtirib, muzlatgichga qo‘ying — eritma bir kunda tayyor bo‘ladi.

Bu g‘oyalarning barchasi o‘z tasavvuringiz va bolalarning xohishlariga qarab o‘zgarishi va to‘ldirilishi mumkin. Vaqtni maroq va zavq bilan o‘tkazishning yangi usullarini bolajonlarning o‘zlari aytib berishadi!

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments