bosh sahifa / Xaridlar / Ijod va dizayn uchun grafik planshetlar: Uzum Marketda 6 ta muvaffaqiyatli model
Yangilanish sanasi: 06.06.2024

Ijod va dizayn uchun grafik planshetlar: Uzum Marketda 6 ta muvaffaqiyatli model

Oltingulning ukasi Umid kuzda universitetga o‘qishga kirishi kerak. Umid dizayner bo‘lishni va san’at fakultetiga kirishni xohlaydi. Shuning uchun qiz ukasiga grafik planshet sovg‘a qilmoqchi. Umidning ko‘plab do‘stlarida allaqachon bunday gadjet bor. Bu nafaqat chizish uchun, balki shunchaki yozuvlar uchun ham qulaydir. Oltingul bozorni o‘rganishga va ukasi uchun eng mos planshetni tanlashga qaror qildi.

Yaxshi grafik planshetni qanday tanlash mumkin: asosiy mezonlar

Eng yaxshi modellarni tanlash uchun xaridorlarning fikr-mulohazalariga va quyidagi xususiyatlarga e'tibor beramiz:

  • ekran turi va o‘lchamlari: qanchalik yuqori bo‘lsa, tasvir sifati shunchalik yaxshiroq bo‘ladi;
  • qalamni bosish sezgirligi: chizmalar aniqroq bo‘lishi uchun sizga yuqori sezuvchanlik kerak;
  • ekran o‘lchami: qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik katta tasvirlar paydo bo‘ladi;
  • operatsion tizimlar bilan mosligi: planshetni kompyuterga ulash va rasmlarni uzatish uchun;
  • ulanish turi: boshqa qurilmalar bilan tizimlar yaratish uchun.

Oltingul grafik planshetlarning mana bu modellari ko‘proq yoqdi.

Xiaomi Mi Writing Tablet

Asosiy xususiyatlari:

  • narxi: 484 000 so‘m
  • ekran turi: LCD
  • ekran o‘lchami: 13,5 dyuym
  • ulanish turi: simsiz

Model xususiyatlari va afzalliklari

Xiaomi so‘nggi yillarda nafaqat hamyonbop smartfon va noutbuklarning yoqimli modellari, balki kichikroq gadjetlar bilan ham xursand qilyapti. Xiaomi Mi Writing Tablet grafik plansheti ham bundan mustasno bo‘lmadi. Modelni o‘z narx toifasidagi “narx — sifat” nisbati bo‘yicha bozordagi eng yaxshilaridan biri deb atash mumkin. Yuqori aniqlikdagi 13,5 dyuym diagonalli katta ekran aniq va yorqin tasvirni beradi. Batareya quvvati almashtirishsiz butun yil davomida ishlashga yetadi. To‘plamda planshet bilan birga stilus ham mavjud. Tugmani bir bosishda yozilganlarni o‘chirib tashlash mumkin. Gadget atigi 345 gramm og‘irlikda. U bolalar va yangi boshlang‘ich foydalanuvchilar uchun ham, rassomlar va ofis ishchilari uchun ham mos keladi.

Nimaga e'tibor berish kerak

Planshet korpusi oq rangda, shuning uchun unda kir va yog‘li qo‘llar bilan ishlamaslik yaxshiroqdir.

XP-Pen Deco mini 4

Asosiy xususiyatlari:

  • narxi: 900 000 so‘m
  • ekran turi: LCD
  • qalam bosishga sezgirligi: 8192 daraja
  • operatsion tizimlar bilan mosligi: Android, Windows, Linux и macOS
  • ulanish turi: USB Type-A, USB Type-C

Model xususiyatlari va afzalliklari

Ushbu planshet katta o‘lchamlari bilan maqtana olmasa ham, uning xususiyatlari taassurotli. Qurilmaning ekrani bosishga juda sezgir bo‘lib, turli xil aniqlik va qalinlikdagi shtrix va chiziqlar yaratishga imkon beradi. Gadget bilan to‘plamda rasm va eskizlarni yanada sifatliroq qiladigan yengil stilus mavjud. USB-C portining mavjudligi qurilmani Android, Windows, Linux va macOS OTdagi boshqa devayslarga ulash imkonini beradi. Shuningdek, planshet grafik muharrirlar bilan ishlashni qo‘llaydi. Planshet ixchamligi, ayniqsa, yo‘lda eskiz chizishni yoqtiradiganlar uchun juda mos keladi.

Nimaga e'tibor berish kerak

Planshet kichik ekrani hammaga ham mos kelmasligi mumkin.

Huion Inspiroy RTE-100

Asosiy xususiyatlari:

  • narxi: 560 000 so‘m
  • ekran turi: LCD
  • qalam bosishga sezgirligi: 8192 daraja
  • operatsion tizimlar bilan mosligi: Android, Windows, Linux и macOS
  • ulanish turi: microUSB, USB

Model xususiyatlari va afzalliklari

Planshet 8192 tagacha bosish darajasini qo‘llaydi, ya'ni chizma va homaki rasmlarni yanada o‘ylangan va detallashtirilgan qilish imkonini beradi. To‘plamda ishni yanada sodda va yoqimli qiladigan yengil va ergonomik stilus mavjud. Gadget turli xil mashhur operatsion tizimlar qurilmalari bilan mos keladi, bu esa fayllar yaratilgandan so‘ng darhol ular bilan bo‘lishish imkonini beradi. Qurilma asosiy grafik dasturlar bilan ishlashni qo‘llaydi, shuningdek, sumkaga osongina joylashadi va qo‘lda qulay ushlanadi. Planshet boshlang‘ich rassomlar, shuningdek, sifatli eskizlar qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun optimal tanlov bo‘ladi.

Nimaga e'tibor berish kerak

Planshet stilusi nishablikka sezgir — bu shtrixlarni yanada aniqroq va to‘g‘riroq qilish imkonini beradi.

XPPen Star G960S Plus

Asosiy xususiyatlari:

  • narxi: 1 400 000 so‘m
  • ekran turi: LCD
  • qalam bosishga sezgirligi: 8192 daraja
  • operatsion tizimlar bilan mosligi: Android, Windows, Linux и macOS
  • ulanish turi: USB

Model xususiyatlari va afzalliklari

Endi e'tiborni professional modellarga qaratamiz. XPPen Star G960S Plus grafik planshetdan boshlaymiz. Ushbu model katta va juda sezgir ekranga ega gadjetni o‘zida mujassam etadi. Uchida o‘chirg‘ichi bo‘lgan stilus oddiy kantselyariya qalami printsipi asosida yaratilgan va shtrixlarni tezda o‘chirish imkonini beradi. Stilus 8192 tagacha stilus bosish darajasini taniydi, bu esa rasmlarni yanada aniqroq va batafsilroq qiladi. Planshet grafik muharrirlarga mos keladi, shuningdek shaxsiy kompyuterga ulanish uchun USB Type-C va microUSB ulagichlariga ega. Planshet asosiy grafik masalalarni yechish uchun mos keladi, silliq va tez ishlashdan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Nimaga e'tibor berish kerak

Ba'zi foydalanuvchilar uchun og‘ir tuyulishi mumkin.

Huion Kamvas Pro 20

Asosiy xususiyatlari:

  • narxi: 9 027 000 so‘m
  • ekran o‘lchami: 19,5 dyuym
  • qalam bosishga sezgirligi: 8192 daraja
  • operatsion tizimlar bilan mosligi: Android, Windows, Linux и macOS
  • ulanish turi: USB, HDMI

Model xususiyatlari va afzalliklari

Ushbu planshet professional rassomlar, illyustratorlar va dizaynerlar uchun tasvirga bo‘lgan eng yuqori talablarni hisobga olgan holda yaratilgan. 19,5-dyuymli ekran ijodkorlik uchun katta ish yuzasini beradi. Planshet displeyi ko‘zlarni charchoqdan himoya qiladigan bir nechta chiroqfiltrlar bilan FHD+ sig‘imida ishlangan. Ekranda birdaniga 16,7 million rang ko‘rsatilishi mumkin va devays stilusi 8192 bosish darajasini qo‘llaydi. Monitorda 16 ta dasturlashtiriladigan ekspress-tugmacha va ishni yanada qulayroq qilib beradigan ikkita sensorli panel bor.

Nimaga e'tibor berish kerak

To‘plamda 10 ta qalam uchi mavjud.

XPPen Artist 22R PRO

Asosiy xususiyatlari:

  • narxi: 10 200 000 so‘m
  • ekran o‘lchami: 21,5 dyuym
  • qalam bosishga sezgirligi: 8192 daraja
  • operatsion tizimlar bilan mosligi: Android, Windows, Linux и macOS
  • ulanish turi: USB, HDMI

Model xususiyatlari va afzalliklari

To‘plamimizdagi so‘nggi va eng qimmat namuna, xuddi shu tarzda, professional foydalanish uchun bo‘lgan devayslarga kiradi. Gadget Full HD ruxsati bilan 21,5 dyuym diagonal displeyga ega, bu esa g‘oyat yuqori sifatga ega mahsulotni yaratishga imkon beradi. Type-C va USB standart portlari orqali ulanishdan tashqari, qurilma HDMI kabeli orqali ulanishni ham qo‘llaydi. Gadget quvvatlanishi tarmoqdan keladi. Stilusning bosimga sezgirligi 8192 darajani tashkil qiladi. Qurilmada eng ko‘p detalli va murakkab ishlarni bajarish mumkin. Qalam nishab burchagi 60 gradusni tashkil qiladi. Planshet ishni tezroq va qulayroq qiladigan maxsus “tezkor” tugmalar uchun 20 tagacha dasturni qo‘llaydi.

Nimaga e'tibor berish kerak

Ishlash uchun tarmoqqa ulanish talab qilinadi.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments