bosh sahifa / Xaridlar / Eksklyuziv narxdan tortib sun'iy idrokli kameragacha: HUAWEI nova Y61 ga buyurtma berish uchun 5 ta sabab
От эксклюзивной цены до камеры с искусственным интеллектом: 5 причин заказать HUAWEI nova Y61
Yangilanish sanasi: 17.10.2024

Eksklyuziv narxdan tortib sun'iy idrokli kameragacha: HUAWEI nova Y61 ga buyurtma berish uchun 5 ta sabab

HUAWEI nova Y61 — miltillovchi dizaynli chiroyli gadjet hamda ishda, sayohatda va kundalik hayotda haqiqiy yordamchi. Smartfonda 50 Mp kamera, 8 yadroli protsessor va maqbul narxga ega. Nima uchun Uzum Marketdan hoziroq sotib olish kerakligi haqida ma’lumot beramiz.

200 000 so'm chegirma — faqat Uzum Marketda

Hozirda HUAWEI nova Y61 ni 200 000 so‘m foyda bilan xarid qilishning noyob imkoniyati mavjud. Qurilmaning odatiy narxi 1 690 000 so‘m, lekin Uzum Marketda maxsus taklif bilan 28 oktyabrgacha 1 490 000 so‘mga buyurtma berish mumkin. Bu zamonaviy xususiyatlarga ega yuqori sifatli smartfon olib, pulni tejashning ajoyib imkoniyatdir.

Huawei nova Y61 ni sinab ko‘rish

Sinab ko‘rish

Tez quvvatlanadigan kuchli batareya

HUAWEI nova Y61 ning asosiy xususiyatlaridan biri — yuqori sig'imli 5000 mA/soatli batareya, bu qurilmadan kun bo'yi qayta quvvatlamasdan foydalanish imkonini beradi. Bunday akkumulyator bilan batareya noqulay paytda tugab qolishidan xavotirlanmasa ham bo‘ladi — bu ish, messenjerlardan yozishma, sayohat yoki shahardagi faol kun bo‘ladimi, farqi yo‘q.

Shuningdek, smartfonni 22,5 Vt quvvatga ega HUAWEI SuperCharge qurilmasi yordamida quvvatlantirish mumkin — gadjet ekranida 100% bo‘lganini oddiy telefonga qaraganda 4 barobar tezroq ko‘rasiz va tezda ishingizni davom ettirishingiz mumkin.

Yuqori unumdorlik

HUAWEI nova Y61 8 yadroli Kirin 710A protsessori bilan jihozlangan, ma'lumotlarni uzatish chastotasi 2,0 GGs. Bu, hatto katta resursli vazifalarni bajarayotganda ham, qurilmaning ravon va tez ishlashini ta'minlaydi. Videolar ko'rish, o'yinlar yoki ilovalarni ishga tushirish — bularning barchasi smartfonning yuqori quvvati tufayli amalga oshadi.

Hatto katta hajmdagi fayllarni yuklab olishni kutishning hojati yo'q yoki gadjet har qanday kundalik vazifalarni osongina bajarishi mumkin. Shuningdek, bir vaqtning o'zida 2 ta SIM-kartani o'rnatish imkonini beradi va VoLTE ovozni yaxshilash texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi.

Maslahat: Tizimning unumdorligi va ravon ishlashini oshirish uchun "Dispetcher" ilovasida HUAWEI qurilmasining o‘rnatilgan optimallashtirish funksiyalaridan foydalaning.

Noodatiy yaltiroq dizayn

HUAWEI nova Y61 nafaqat kuchliligi, balki zamonaviy dizayni bilan ham ajralib turadi.

Korpus antiqa yorqin jilvalanish effektiga ega bo‘lib, bu smartfonga elegantlik baxsh etadi. U qo‘lda mukammal joylashadi va qaysi rangni tanlashingizdan qat'i nazar — to‘q yashil, an'anaviy qora yoki nafis ko‘k bo‘ladimi — zamonaviy ko‘rinish aks ettiradi.

Ushbu smartfon nafaqat sizning yordamchingiz, balki individuallikni bildirib turadigan zamonaviy aksessuarga aylanadi. Undan hatto g‘ilofsiz ham foydalanish mumkin — mustahkam plastik korpus tirnalish va qirralardan qo'rqmaydi.

Sun'iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi 50 Mpli uch kamera

Smartfon 50 Mp li asosiy sensorli uch kamerali tizim bilan jihozlangan bo‘lib, bu tizim har qanday yorug‘lik sharoitida yuqori sifatli tasvirlar olish imkonini beradi. Sun'iy intellekt rasmlarni iloji boricha aniq va jonli chiqishi uchun sozlamalarni avtomatik ravishda optimallashtiradi.

Katta diafragma tufayli yon effektli suratlar olish imkoniyati mavjud — tasvirlardagi orqa fon asosiy suratga olinayotgan obyektni ta'kidlab ko‘rsatgan holda chiroyli tarzda xiralashadi. Tungi suratga olish va makro rejimlari ham mavjud. Smartfon professional effektlar bilan badiiy fotosuratlarni yaratishni yaxshi ko‘radigan, lekin qo‘lda sozlash uchun ko‘p vaqt sarflashni xohlamaydiganlar uchun juda mos keladi.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments