bosh sahifa / Sarflash va tejash / Moliyaviy odatlar: toshkentlik HR-mutaxassis pulini qanday sarflaydi va kvartira uchun qanday yig‘adi
Финансовые привычки HR-специалиста из Ташкента: как накопить на квартиру и управлять бюджетом
Yangilanish sanasi: 16.07.2024

Moliyaviy odatlar: toshkentlik HR-mutaxassis pulini qanday sarflaydi va kvartira uchun qanday yig‘adi

“Moliyaviy odatlar” rubrikasida O‘zbekiston aholisi shaxsiy yoki oilaviy byudjetni qanday shakllantirishi, bank mahsulotlaridan qanday foydalanishlari va pulni qanday boshqarishlari haqida hikoya qiladilar.

Veronika, 26 yosh

Raqamli xizmatlar ekotizimida HRBP (xodimlarni boshqarish, biznes-rejalashtirish va kadrlar strategiyasi bo‘yicha mutaxassis).

Toshkentda sevgan insoni bilan ijarada yashaydi.

Budjetni shakllantirish

Biz sevgan insonim bilan ishlaymiz, ikkalamiz ham Toshkent bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan ko‘proq maosh olamiz (shahar uchun o‘rtacha ish haqi 8,1 million so‘mni tashkil etadi — muharrir eslatmasi). Yigitim kvartira ijarasi, oziq-ovqat va taomlar yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarning katta qismini to‘laydi. Men ham ba'zan uyga xaridlar qilaman, lekin asosan maoshimni o‘zimga sarflayman.

Qo‘shimcha daromaddan: ikkalamizning ham bankda depozitimiz bor, har oy omonatlar bo‘yicha foiz pul olamiz, undan bemalol foydalanishimiz mumkin. Bu pulni maishiy xarajatlarga: taksi, oziq-ovqat, tushlik va hokazoga sarflaymiz.

Xarajatlarni tahlil qilish uchun sabrim yetmaydi, shuning uchun bu bilan yigitim shug‘ullanadi. U budjetni «Kapitalbank» bilan integratsiyasi bor “Dzen money” yordamida boshqaradi, unda turli bank kartalari orqali tranzaksiyalar amalga oshiriladi. Ilovada xarajatlarni toifalar bo‘yicha taqsimlash va nimaga qancha mablag‘ sarflayotganimiz statistikasini ko‘rish mumkin.

Oylik va kunlik harajatlar 

Oziq-ovqat. Biz har oy oziq-ovqat yetkazib berish xarajatlari uchun mablag‘ ajratamiz, chunki uyda ovqat tayyorlashga ko‘pincha vaqtimiz bo‘lmaydi. Tushlikni ofisda yoki ishxonamiz yonidagi kafeda qilamiz, kechki ovqatni esa buyurtma qilamiz. Buyurtmalarni Uzum Tezkordan qilamiz, u yerda promokodlar, keshbek va ko‘plab aksiyalar qilishadi: bitta taom olasiz, ikkinchisi – sovg‘a.

Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olayotganda, asosan uyga yetkazib berish xizmatidan foydalanamiz. Do‘konlar vaqti-vaqti bilan aksiyalarni taklif qiladi: 150 ming so‘mdan ortiq xarid qilsangiz, yetkazib berish bepul.

Kvartira. Ijara uchun oyiga 700 dollar va kommunal to‘lovlar uchun qo‘shimcha 250 ming so‘m to‘laymiz. UJKX haqini o‘zimiz to‘lamaymiz, kvartira egalari nima uchun va qachon to‘lash kerakligini kuzatib boradilar.

Transport. Katta muntazam xarajatlardan biri bu taksi, jamoat transportidan foydalanmaslikni afzal ko‘ramiz. Bunda ko‘p ham tejab bo‘lmaydi, faqat ba'zida biroz ko‘proq piyoda yurishimiz yoki taksiga talab kamayguncha kutib, arzonroq ketishimiz mumkin.

Go‘zallik va salomatlik. Yigitim bilan muntazam ravishda psixoterapevtlarga qatnaymiz. Shaxsan mening har oyda pul sarflaydigan protseduralarim bor: manikyur, epilyatsiya, sochni bo‘yash, kosmetolog — bularning barchasiga katta summa sarflayman.

Aksiya va o‘yinlarda qatnashish pul tejashning bir usuli. Misol uchun, yaqinda men boradigan manikyur saloni tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘yin o‘tkazdi — men bepul manikyur yutib oldim. Epilyatsiyaga esa aksiya o‘tkazilayotganda borishni boshladim: salonda narxlar butun protseduralar kursi uchun belgilab qo‘yildi . Ya'ni men kursni bir yarim yil oldin boshlagan bo‘lsam, o‘shandan beri men uchun narx o‘zgarmadi.

Kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari. Kiyimlarni ko‘pincha oflayn do‘konlarda sotib olaman, ularni kiyib ko‘rish, mos kelishini va yaxshi o‘tirishini tekshirish juda muhimdir. Uy uchun barcha kerakli buyumlarni Uzum Marketdan buyurtma qilaman. Bu hayotni ancha osonlashtiradi: bozorga borish, qidirish, taksiga pul sarflash kerak emas.

Ilgari menda kutilmagan va beixtiyor xarajatlar bo‘lib turardi. Hozir xarid qilayotganimda, aynan nima kerakligini yodda tutishga va bu rejadan chetga chiqmaslikka harakat qilaman. Agar biror narsani sotib olish istagi kuchli bo‘lib, ikkilanayotgan bo‘lsam, ikki kun o‘ylab ko‘rishga vaqt olaman. Agar shu vaqt ichida buyum haqida eslasam, sotib olaman. Esimdan chiqib ketsa, demak u menga kerak emas.

Ta'lim. Yana bir muntazam xarajatlarimga ta'lim kiradi: repetitorda ingliz tilini o‘rganish shuningdek, malaka oshirish kursi. O‘qishga to‘lash uchun  muddatli to‘lovdan foydalanaman. Misol uchun, o‘qish narxi 1000 dollar, ammo bu miqdor 6 ta to‘lovga bo‘linadi va men har oy 150 dollar to‘layman — bu juda qulay, butun summani birdaniga to‘lashingiz shart emas. Ingliz tilida ham xuddi shunday: 64 yoki 128 ta dars sotib olaman va har oy bo‘lib-bo‘lib to‘layman. Bu haqiqatan ham foydaliroq bo‘ladi, farq taxminan bir yarim barobar.

Veronikaning taxminiy shaxsiy xarajatlari — uy va oziq-ovqat bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini sevgan insoni qoplaydi.

Katta va yillik xarajatlar

Yillik xarajatlarimizda ikkita asosiy guruh bor: sayohat va chek-uplar, yilda yoki olti oyda bir marta ko‘riklardan o‘tishga harakat qilamiz.

Sayohat. Sayohatlarimizni oldindan, taxminan 4-5 oy oldin rejalashtiramiz. Bir oy chipta sotib olamiz, keyingi oyda mehmonxonaga to‘lov qilamiz, uchinchi oyda pul yig‘amiz: yoki o‘zimiz bilan olib ketish uchun naqd dollar sotib olamiz yoki kartada so‘mni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilamiz. Sayohatlarda kartadan foydalanish qulayroq, ammo turli mamlakatlarda o‘ziga xos xususiyatlar bor. Misol uchun, Tailandda hamma yoqda ham karta bilan to‘lay olmaysiz, shuning uchun milliy valyutasiga almashtirishga dollaringiz bo‘lishi kerak.

Sayohatda pulni tejash uchun juda ko‘p layfxaklar bor. Masalan, Uzbekistan Airways tug'ilgan kunida 30% chegirmalar taqdim etadi. Bir marta shunday chegirma olganmiz, Dubayga chiptalarni haqiqatan ham ancha arzonroq sotib olishga ulgurganmiz.

Sayohat uchun hamma narsani — chiptalar, mehmonxonani — o‘zimiz bron qilishga harakat qilamiz. Bir marta Booking orqali Gruziyada mehmonxona bron qildik, ketayotganimizda mehmonxona egasi: “Keyingi safar menga to‘g‘ridan-to‘g‘ri WhatsApp orqali yozing, turar joyingizni siz uchun arzonroq qilib beraman” - dedi. Bu ham yaxshi variant: tarmoqli mehmonxonalarni emas, balki egalarining o‘zlari ijaraga beradigan yoki mehmonxonaga aylantirgan uylarni bron qilsangiz — narxni kelishib olishingiz yoki keyingi safar egalari chegirma qilib berishlari mumkin.

Mobil aloqa uchun layfxak: ko‘plab mamlakatlarga sayohat qilish uchun ilova orqali mahalliy elektron sim-kartani sotib olishingiz mumkin. Bu arzonroq yoki qulayroq bo‘lishi mumkin.

Chek-uplar. Men kompleks dasturlarni tanlayman, chunki poliklinikaga borish va navbatda o‘tirish uchun bir necha kun ajrata olmayman. Chek-up, albatta, barcha ko‘riklardan poliklinikada bepul o‘tishdan ko‘ra qimmatroq. Ammo xususiy klinikada barcha xizmatlarni alohida to‘lashdan ko‘ra bir yarim-ikki barobar arzonroq bo‘ladi.

Dam olish va oʻyin-kulgi xarajatlari

Xobbi. Men ot minish bilan shug‘ullanaman, yana bir kichik xobbiyim bor: sham yasashni yaxshi ko‘raman. Buning uchun vaqti-vaqti bilan mum, pilik, qo‘shimcha kerakli narsalarni sotib olaman. Bularning barchasini Uzum Marketdan, O‘zbekistonda meni qiziqtirgan narsalar bo‘lmasa, xorijiy marketleyslardan buyurtma qilaman. Daromadning 10-12% sevimli mashg‘ulotlarimga sarflanadi.

Dam olish. Biz kinoga, hamkasblarimiz yoki do‘stlarimiz bilan kafega borib turamiz. Do‘stlarimiz davrasi bilan dachaga chiqishimiz mumkin: o‘rtada pul yig‘ib, bir uyni ijaraga olamiz. Necha safardan beri bir xil joyga boramiz, shuning uchun uyni biz uchun biroz arzonroq narxda berishadi.

Jamg‘armalar va bank mahsulotlari

Bank kartalari. Biz doimo bank kartalaridan foydalanamiz. Taksiga, Spotifydagi musiqa kabi obunalarga, xorijiy malaka oshirish kursimga kartadan to‘lash mumkinligi juda qulay.

Uzum xizmatlarida kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshiramiz va keshback olamiz. Yaqinda tekshirib ko‘rgan edim: kartadan foydalanganim uchun 500 ming so‘m hisobimga tushgan. Hozir, masalan, “UzumTezkor”da keshbek bilan aksiya o‘tkazilmoqda. Juda ko‘p buyurtma berganimiz sababli, ko‘plab bonuslarga ega bo‘lamiz.

Bank omonati. Omonatlarda so‘m va dollarda naqd pul jamg‘armalarimiz bor. Omonat milliy valyutada bo‘lgani uchun qulay, hech qayerda hech narsani konvertatsiya qilishingiz kerak emas. Shuningdek, har oy depozit bo‘yicha foizlar olamiz. Bankni tanlayotganda foiz stavkasiga e'tibor berdik va eng yuqori stavkaga ega bankda omonat ochdik. Biz depozitdan pul yechmaymiz, har oyda to‘ldirib turamiz. Ish haqini olganimizda, darhol bir qismini depozitga qo‘shamiz: yigitim — ish haqining katta qismini, men — 25% gacha.

Kvartira sotib olish. Yil oxirida muddatli to‘lovga kvartiraning boshlang‘ich to‘lovini qilish uchun depozitda pul yig‘yapmiz. Ko‘chmas mulkni qazish bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri imorat quruvchidan minimal qiymatga sotib olmoqchimiz.

Yirik imorat quruvchilar ko‘pincha ipoteka va muddatli to‘lov taklif qiladilar. Birinchisi, odatda, 20 yilga, ikkinchisi esa 30% boshlang‘ich to‘lov bilan 3 yilgacha beriladi. Nasiya bilan kvartiraning umumiy qiymati arzonroq bo‘ladi va foizlar bo‘yicha ortiqcha to‘lov ham kamayadi.

Xulosa

Quyida qahramonimiz bilan suhbatimizning qisqacha mazmuni keltirilgan. Veronika va sevgan insoni pulni tejash va yig‘ish uchun foydalanadigan qoida va odatlar bilan bo‘lishamiz.

  1. Maxsus ilovalar yordamida xarajatlarni tahlil qilish va rejalashtirish.
  2. Bankda depozit ochish, pul yig‘ish va foizlar olish.
  3. Daromadning bir qismini dollarda saqlash.
  4. Bank kartalari va ularning afzalliklaridan foydalanish: chet elda pulni almashtirmasdan to‘lash imkoniyati, keshbek va hokazo.
  5. Uzum ekotizim xizmatlaridan foydalanish, aksiyalarni kuzatib borish va keshbek olish.
  6. Do‘konlar, salonlar va boshqa savdo nuqtalarida aksiya va o‘yinlarni kuzatib borish, chegirmalar bilan xarid qilish.
  7. Dam olish uylarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mulk egalaridan ijaraga olish, ishonchli mehmonxonalar/dachalarga qaytish va arzonroq narxda olish.
  8. Pul sarflashdan oldin xaridni o‘ylab ko‘rish uchun vaqt berish.
  9. Ko‘proq foyda olish uchun o‘quv kurslarini paketlarda sotib olish va nasiyaga to‘lash.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
4 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Fazliddin
Fazliddin
8 months ago

Zor

Fazliddin
Fazliddin
8 months ago

Zor

Zilola
Zilola
8 months ago

Zo'r

TM
TM
8 months ago

Yaxshi