bosh sahifa / Xavfsizlik / Firibgarlarni fosh qilish haqidagi top-5 ta video bloglar
Yangilanish sanasi: 17.05.2024

Firibgarlarni fosh qilish haqidagi top-5 ta video bloglar

Internetda va real hayotda bir necha kun ichida millionlar ishlash bo‘yicha takliflar ko‘p uchraydi. Bunday e’lonlarni yaratuvchilar chiroyli va’dalar orqasida firibgarlik sxemalarini yashiradilar, ular yordamida ishonuvchan odamlarning pul va shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlaydilar. Ba’zi sxemalarni hatto professional ham aniqlay olmaydi. Shuning uchun, firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun ularning hiyla va sxemalarini bilish kerak. Mashhur video bloglar yordamida firibgarlar qanday sxemalardan foydalanishini va ularning qurboni bo‘lib qolmaslikni bilib olamiz.

Internet va hayotda firibgarlar nimasi bilan xavfli

Firibgarlik sxemalari dastlabki odamlar bilan birga paydo bo‘ldi. Ilgari, firibgarlar odatda jabrlanuvchining pullari va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlashga yoki uning mulkini firibgarlik yo‘li bilan egallab olishga harakat qilishgan. Zamonaviy firibgarlarning imkoniyatlari doirasi ancha kengroq. Firibgarlar pul o‘g‘irlash yoki mulk hujjatlarini qalbakilashtirish bilan cheklanmaydi. Ular shaxsiy ma'lumotlarni og‘irlashi, badnom qiluvchi ma'lumotlarni nashr qilish orqali shantaj qilishlari yoki jabrlanuvchining hayotini kuzatishlari mumkin.

Firibgarlar nafaqat ko‘cha va bozorlarda harakat qiladi, balki Internetga ham kirib kelgan. Eng yirik firibgarlik sxemalari axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Internetda tashkil etiladi. Shu bilan birga, bunday shaxslarni ko‘pincha qo‘lga olish deyarli mumkin emas.

Vijdonsiz odamlar  o‘zlarining sxemalariga bolalar va qariyalarni jalb qilishni yaxshi ko‘radilar. Aynan shu aholi guruhlari firibgarlarning ta'siriga o‘ta beriluvchandir. Ayniqsa, Internetda. Shuning uchun farzandlaringiz va qarindoshlaringiz qiziqayotgan kontentni diqqat bilan kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz. Qaysi kontent xatarli ekanini aniqlashda, bizga o‘quv video bloglari yordam beradi.

Firibgarlarni fosh qiluvchi 5 ta video blog

YouTubeda firibgarlik sxemalari yordamida firibgarliklarni fosh qilishga bag‘ishlangan ko‘plab videolarni topish mumkin. Biz sizga va yaqinlaringizga firibgarlarning hiylalarini tushunishga yordam beradigan eng foydali va qiziqarli beshta kanalni tanladik. Bu jamlanmada rusiyzabon  bloglarni to‘pladik, ammo siz ko‘rish vaqtida o'zbekcha titrlarni yoqishingiz mumkin.

Ogohlantirish: ro‘yxatimizga kiritilgan ba'zi videolarda beadab so‘zlar mavjud. Shuning uchun, bolalar yoki qariyalarga tavsiya qilishdan avval ularning mazmuni bilan tanishib chiqing.

Xarchevnikov

YouTubedagi firibgarlarning sxemalarini fosh qilishga bag‘ishlangan eng yirik rus tilidagi kanallardan biri (1,4 million obunachi). Kanal muallifi va boshlovchisi Aleksandr Xarchevnikov turli holatlarda — messenjerlarda pul ishlashdan tortib, o‘quv kurslaridan o‘tishgacha — qanday qilib firibgarlarning qurboniga aylanmaslikni tushuntiradi. Kanalda chiqadigan videolar orasida quyidagilarni belgilab o‘tamiz:

Ushbu videolarda Aleksandr Internet foydalanuvchilarini aldash uchun eng keng tarqalgan sxemalarda firibgarlarning xatti-harakatlarini tasvirlaydi. Va tuzoqqa tushmaslik bo‘yicha maslahatlar beradi.

Alohida videolar seriyasi firibgarlarni fosh qilish va jazolash mavzusiga qaratilgan. Bloger kompyuterlarni ta'mirlash kabi xizmatlar bilan odamlarni aldashning mashhur sxemalarini ochib beradi. Aleksandrning videolari ayniqsa o‘smirlar uchun foydali bo‘ladi: kanal muallifi yoshlar tilida gapiradi va har doim eng so‘nggi voqealardan xabardor.

Железная ставка (Temir stavka)

Kanal pul tikish va kriptovalyuta bilan bogʻliq firibgarlik sxemalarini fosh etishga ixtisoslashgan blogger Andrey Alistarov tomonidan yaratilgan va yuritiladi. Andrey o‘z videolarida eng katta firibgarliklarni tahlil qiladi va ularning qurboni bo‘lmaslik bo‘yicha maslahatlar beradi. Alohida videolar seriyasi sport o‘yinlariga pul tikishni taklif qiladigan bukmekerlar va idoralarni fosh qilishga bag‘ishlangan. Kanal bilan tanishishni quyidagi videolardan boshlashingizni tavsiya qilamiz:

Andrey shuningdek, ikkita serial — «Кормушка» va «Игроман»ni  ishlab chiqaradi, unda internetdagi firibgarlarning sxemalari va ludomaniya (qimorbozlik) oqibatlari haqida badiiy shaklda hikoya qiladi. Videolar syujeti real voqealarga asoslangan. Ushbu seriallar moliya sohasida maxsus ma'lumotga ega bo‘lmagan odamlar uchun, masalan, keksa qarindoshlar uchun mos keladi. Ularda firibgarlarning hiylalari va bu hiylalar qurboni bo‘lishning oqibatlari misollar yordamida tushuntiriladi.

Ramy Zaycman

Aleksandr Xarchevnikov va Andrey Alistarovdan farqli o‘laroq, ushbu kanalning boshlovchisi Rami Zaytsman moliya sohasida haqiqiy tajriba va oliy ma'lumotga ega. Zaytsman investitsiya mavzusiga ixtisoslashadi va obunachilarga investitsiyalardan qanday qilib pul ishlash bo‘yicha maslahatlar beradi. «Инвестзашквар» deb nomlangan alohida rubrikada bloger moliyaviy piramidalar tamoyillarini tahlil qiladi, Telegramda daromad sxemalari va shubhali investitsiya takliflarini fosh qiladi. Zaytsmanning videolari orasida quyidagilarga e'tibor berishni tavsiya qilamiz:

Rami Zaytsmanning videolari hech bo‘lmaganda asosiy moliyaviy bilimlarga ega auditoriya uchun mo‘ljallangan. Analitik ko‘pincha maxsus atamalardan foydalanadi va investitsiya sxemalarining xususiyatlari haqida gapirib beradi.

Denis LeadER TV

Denis Yeroxin o‘z kanalida kulgili o‘quv video bloglarini chiqaradi va shubhali moliyaviy sxemalarning fosh etilishini tushunarli tarzda aytib beradi. Denis doimiy ravishda «Чёрный список» va«Лохотронология»  kabi rubrikalarda yangi videolar chiqaradi. Birinchisida bloger foydalanuvchilarni aldashga urinayotgan firibgar loyihalar ro‘yxatini tuzadi. Ikkinchi rubrikada Denis muayyan holatlarni ko‘rib chiqadi va qaysi loyihaga ishonish mumkinligini aniqlash bo‘yicha maslahatlar beradi. Quyidagi videolarni tomosha qilishni tavsiya qilamiz:

Shuningdek,  «Moliyaviy piramidalar haqida» video seriyasiga alohida e'tibor qaratamiz, ularda Denis zamonaviy moliyaviy piramidalar misollarini tahlil qiladi. Do‘stona muloqot  shakli va kulgili qo‘shimchalar tufayli Denisning videolari moliya sohasida deyarli hech qanday ma'lumotga ega bo‘lmaganlar uchun o‘quv videolari sifatida tavsiya etilishi mumkin. Denis maxsus atamalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanadi va firibgarlik sxemalarning barcha nyuanslarini batafsil tushuntiradi.

Dmitriy Kostin

Dmitriy Kostinning kanalida obunachilar ko‘p emas (taxminan 80 ming), ammo bu kontent sifati pastligini anglatmaydi. Aksincha, Dmitriy puxta ishlangan videolar chiqaradi,  Internetdagi foydalanuvchilarning pullaridan foydalangan holda aldash va firibgarlik sxemalari haqida gapiradi. Kanalda chiqadigan videolar orasida quyidagilarga e'tibor berishni tavsiya qilamiz:

Dmitriy firibgarlar sxemalarining har bir bosqichini fosh qiladi va ularning qaysilari Internet foydalanuvchilarida shubha uyg‘otishi kerakligi haqida izoh beradi. Bundan tashqari, Dmitriy real hayotda aldovlar mavzusida videolar chiqaradi — masalan, kompyuter ustalari qanday aldashlari haqida. Dmitriyning kanali keng foydalanuvchilar uchun —  moliyaviy sxemalar haqida tasavvurga ega bo‘lmaganlar uchun ham, moliya jihatidan tajribali odamlar uchun ham foydali bo‘ladi.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments