
Oddiy, ishonchli va chidamli sedan: Chevrolet Lacetti haqida asosiy ma’lumot
Ushbu ruknda biz turli rusumdagi avtomobillarning haqiqiy egalari tajribasini tahlil qilgan holda, ulardagi asosiy afzallik va kamchiliklarni ko‘rib chiqamiz.
Bizning yangi qahramonimiz — Dilshod, Chevrolet Lacetti egasi, avtomobildan 5 yildan buyon foydalanadi.
Bu qanday mashina:
- Chevrolet Lacetti, sedan
- Dvigatel — 1,6 litr, 109 ot kuchi.
- Besh yil foydalanilgan, 270 ming km yo‘l bosgan
Xarid tafsilotlari
Dilshod avtomobil tanlovida uchta asosiy ko‘rsatkichni hisobga olgan: dvigatel hajmi, ot kuchi soni va sig‘imli bagaj bo‘lmasining mavjudligi. Avtoni shahar ichida to‘xtash joyiga qo‘yish qulayligi masalani Lacetti foydasiga hal qilgan.
Dilshod mashinani “qo‘ldan” sotib olgan bo‘lib, 2012-yilda ishlab chiqarilgan avtomobilning ikkinchi egasiga aylangan.
Foydalanish xususiyatlari
Dilshod mashinadan asosan shahar ichida foydalanadi, ammo zaruratga qarab unda yo‘lsiz shahar chekassiga ham chiqish mumkin. “Avtomat” uzatishlar qutisi zich tirbandlik va trassada qulay harakatlanish imkonini beradi.
Avtoga xizmat ko‘rsatish
Mashina xarid qilinishidan oldin ishlatilgan va kafolat muddati allaqachon tugab bo‘lgan. Shunga qaramay, Dilshod Chevrolet dilerlik markazlarining xizmatlaridan foydalanishda davom etadi. Uning fikricha, “xususiy” ta'mirlovchilarga murojaat qilish yaxshi fikr emas, chunki ular doim ham yetarlicha mas'uliyatli bo‘lmaydi.
Dilshod har 6 ming km masofadan so‘ng moy va filtrlarni, shuningdek har 20 ming km yo‘l bosishda quti moyini almashtiradi. Dilerlik markazlariga bir yilda 4-5 marta tashrif buyuradi, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rtacha chek qiymati 400-500 ming so‘mni tashkil qiladi.
Model bozorda ancha vaqtdan buyon mavjudligi sababli, ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar va asboblarni topish bilan bog‘liq muammolar odatda bo‘lmaydi. Bu haqida forumlardagi ko‘p sonli xabarlarda ham aytiladi.
Chevrolet Lacetti: afzalliklar
Dilshod o‘zi uchun shu modelni sotib olganidan afsuslanmagan va unda asosan faqat afzalliklarni ko‘radi:
- Ixcham hajmi,
- Kuchli dvigatel,
- Yo‘lsizlikdan yetarlicha o‘tish qobiliyati,
- Ishonchlilik va xizmat ko‘rsatishdagi oddiylik.
Sedanning boshqa egalari ham Lacetti bilan bog‘liq jiddiy muammolar yo‘qligini ta'kidlaydilar.
Chevrolet Lacetti: kamchiliklar
Dilshodning o‘zi mashinani sotib olganidan so‘ng uni bir oz qayta ishlashga to‘g‘ri kelgan bo‘lishiga qaramay, unda jiddiy kamchiliklarni ko‘rmaydi: masalan, yanada qiziqarliroq tovush uchun “akustikani” almashtirish. Kamchiliklarni faqat mayda narsalarda topish mumkin:
- Tashqari va ichkaridan oddiy ko‘rinish;
- Sezilarli ko‘p yoqilg‘i sarfi (10 litr / 100 km, “shumaxerlarda” 13 litrgacha);
- Minimal darajada jihozlanish: diler sifatli mediatizim yoki rul isitilishi kabi ko‘p sonli “afzalliklarni” taqdim etmaydi.
Chevrolet Lacetti: narxi*
Bugungi kunda O‘zbekistonda Chevrolet Lacetti avtomobilining narxi dilerlarda 168 342 000 so‘mdan boshlanadi, mashinaning qiymati komplektatsiyasiga qarab farqlanishi mumkin. Foydalanilgan modellarni 2007-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun 62 000 000 so‘mdan boshlanadigan narxda topish mumkin.
Rusum tanlovi
Dilshod mashinani tanlashda faqat Chevrolet brendini mo‘ljalga olgan va shu tomonga qarashda davom etadi. U yangi avto sifatida Chevrolet Tracker sotib olishni xohlaydi, chunki bu model unga yanada chiroyli va amaliy bo‘lib ko‘rinadi.
*Maqolada ko‘rsatilgan narxlar material joylashtirilgan vaqtda amal qiladi.
Maqola faqat axborot xususiyatiga ega bo‘lib, reklama hisoblanmaydi.
Izoh qo‘shish