
Oila uchun ichi keng avtomobil: Chery Tiggo 7 Pro haqida asosiy ma’lumotlar
Ushbu rubrikada turli rusumdagi avtomobillar haqiqiy egalarining tajribasini tahlil qilib asosiy afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz.
Bizning birinchi qahramonimiz — Chery Tiggo 7 Pro egasi Andrey, avtomobildan bir yildan sal ko‘proq vaqtdan beri foydalanadi.
Qanday mashina
Xarid tafsilotlari
Andreyga oilasi uchun ichi keng avtomobil kerak edi, shuningdek, u aynan benzin dvigatelli modelni sotib olmoqchi edi. Bungacha qahramon Chevrolet Nexia R3 avtomobilidan foydalangan — va unda orqa qatorda bola uchun joy yetishmasdi.
Yangi mashinani ADM Chery Rohat salonidan sotib oldi. Avtomobilni taxminan 3 oy kutdi. Garchi opsiyalarni sotib olishni faol taklif qilishgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha opsiyalarsiz sotishdi. Masalan, turli himoya vositalari, signalizatsiyalar, gilamchalar va boshqalarni o‘rnatishni maslahat berishgandi. Ammo bunday “qo‘shimchalar”ning narxi bozordagi o‘rtacha narxdan ikki baravar yuqori edi.
Foydalanishda
Mashinadan asosan shaharda foydalanildi. Tirbandliklarda AutoHold funksiyasi o‘zini yaxshi ko‘rsatdi: tormoz pedali bosilganda, avtomobil avtomat tarzda uni ushlab turishda davom etadi, gaz bosilganda esa — darhol harakatni boshlaydi.
Mashinada tabiat qo‘yniga ham chiqildi, faqat asfalt yo‘ldan yurdik. Trassada, toqqa chiqish yoki tushish joylarida noqulaylik tug‘dirmadi. Shuningdek, “Tog‘dan tushishda yordam” funksiyasi sinovdan o‘tkazildi. Bunday rejimda avtomobil tezligi mashinaning o‘zi tomonidan boshqarilishi qulay: haydovchiga tormoz pedalini doimo bosib pastga tushishga to‘g‘ri kelmaydi.
Andrey ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga amal qiladi va har 7 ming kilometr bosib o‘tilgandan so‘ng, servis markaziga boradi. Bir yildan sal ko‘proq vaqt ichida faqatgina 2 ta muammoga duch keldi: shinalarda ishdan chiqqan bosim datchigi va rulda eskirgan ekocharm qoplamasi. Na unisi, na bunisi haydash xususiyatlariga ta'sir qilmadi.
Avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish
Chery uchun Toshkentda rasmiy servis bor. Mashinaning kafolat muddati 5 yil yoki 150 ming km. Shu bilan birga, unga texnik xizmat ko‘rsatish arzon emas — oddiy TXK taxminan 1,2–1,3 mln so‘m.
Dilerdan ehtiyot qismlarining yetib kelishi uzoq vaqt talab qiladi. Masalan, Andrey shinalardagi bosim datchigini almashtirishni 4 oy kutgan bo‘lsa, hozir 2 oydan beri yangi rulni kutyapti.
Albatta, xususiy korxonalarga murojaat qilib, ta'mirlashda tejash mumkin. Ammo bunda kafolat bekor qilinadi, shuning uchun bu yerda tanlov mashina egasining ixtiyorida. Bozorda bunday mashinalarga detallar keltira boshlagan xususiy sotuvchilar paydo bo‘lgan. Ularning narxi, odatda, dilernikidan pastroq. Assortiment ham “joyida” kengroq.
Chery Tiggo 7 Pro: afzalliklari
Xarid paytida bozordagi takliflar assortimenti unchalik keng emas edi, shuning uchun mashina narx va opsiyalar nisbati bo‘yicha optimal bo‘lib tuyuldi. Umuman olganda, Andrey avtomobildan mamnun bo‘ldi, garchi bugungi kunda u ko‘proq gibrid modellarga e'tibor qaratgan bo‘lardi.
Afzalliklari:
- keng opsiyalar to‘plami,
- to‘liq qish paketi,
- yuqori klirens,
- keng salon,
- adekvat iqlim-nazorati.
Chery Tiggo 7 Pro: kamchiliklari
Boshqa har qanday avtomobil kabi ushbu modelning ham o‘z kamchiliklari bor. Ular ekspluatatsiya jarayonida aniqlangan.
Kamchiliklari:
- benzin baki kichikligi,
- benzin ko‘p sarflanishi (13 litr/100 km),
- ekocharmning qoniqarsiz sifati (rul yeyilishni boshladi),
- o‘rindiqlar ventilyatsiyasi va to‘liq uzatma, moslashuvchan kruiz-nazoratning yo‘qligi;
- shovqin izolyatsiyasi kuchsizligi.
Marka tanlash
Chery xarididan deyarli bir oy o‘tib, BYD gibrid modellarini taqdim qilivchi rasmiy diler bozorga chiqdi — ular ham ichki yonuv dvigateli, ham kuchli elektr uskunalaridan foydalanadi. Agar bugun tanlash imkoniyati bo‘lganida, Andrey shunday mashina olishga harakat qilgan bo‘lardi. To‘liq elektr variantini ko‘rib chiqmagan bo‘lardi — hech bo‘lmaganda zaryadlash infratuzilmasi bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli.
Izoh qo‘shish
Boʻladi
Yaxsh
Men ham xuddi Andrey kabi Nexia3 da yurardim. Endi esa menda ham Chery Arizo 6 pro bor. Juda qulay katta oila uchun.
Siz ruknimizda qahramon bo‘lib, Chery Arizo 6 Pro'ga egalik qilish tajribangiz haqida gapirib berishga tayyormisiz?