• Qaymoqsimon tekstura
• sadafga oid
• porlash; oziqlanish; namlanish
Tarkibidagi marvaridli sadaflar, turli xil jozibali shimmerlar va glitterlar lablarga ajoyib hajm baxsh etadi va ularni ko‘zni qamashtiruvchi darajada porlatadi.
Lab bo‘yog‘i tarkibida pigmentlar va jozibador sadaflarning yuqori konsentratsiyasi tufayli rangni mukammal darajada yetkazib beradi va zich qoplama hosil qiladi.
Yumshoq va oziqlantiruvchi teksturasi lablarga osongina surtiladi, yorqin sadafli jilo va nam glyansli effekt bilan qulay kremli qoplama yaratadi.
Labda yumaloqlanib qolmaydi va chetlariga oqib ketmaydi. Qatlam-qatlam qilib surtishga juda mos keladi va labdagi ko‘chishlarni (shelusheniye) bo‘rttirib ko‘rsatmaydi.
Lab bo‘yog‘ining oziqlantiruvchi formulasi labning nozik terisini yumshatadi va parvarish qiladi, ularga silliqlik hamda ipakdek mayinlik baxsh etadi. Noqulay ob-havo sharoitida lablarni yorilishdan va shamol urishidan samarali himoya qiladi.
Lab bo‘yog‘ining mayin va yoqimli hidi hatto hid bilish qobiliyati juda sezgir bo‘lgan xonimlar va qizlarga ham hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi.
Minglab sadafli zarrachalar va hashamatli ranglar har qanday obraz uchun osongina tanlov qilish imkonini beradi va sizga a'lo kayfiyat ulashadi!

