
"LUXVISAGE" zavod mahsulotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi rasmiy vakili "LUXVISAGE" — 2001-yildan beri dekorativ kosmetika ishlab chiqaruvchi Belarusning eng yirik kompaniyalaridan biridir. Brend mahsulotlari nafaqat Belarusda, balki MDH davlatlarida, Yevropa, Osiyo, AQSh va boshqa mintaqalarda ham ommalashgan. Brendning mahsulot assortimentiga 500 dan ortiq turli vositalar kiradi: yuz, ko‘z, lab, qosh va tirnoqlar uchun kosmetika, shuningdek, pardoz uchun mo‘ljallangan cho‘tka va aksessuarlar. Kompaniya 3000 kvadrat metr maydonni egallagan o‘z ishlab chiqarish bazasiga hamda ilmiy laboratoriyaga ega. Ushbu laboratoriyada noyob retsepturalar yaratiladi. Brendning eng mashhur mahsulotlari qatoriga XXL Superobem tush, PIN UP Ultra matt mat lab bo‘yoqlari va Metal hype suyuq ko‘z soyasi kiradi, ular dunyo bo‘ylab mashhur va talabgir. GMP sertifikati mahsulotlarning yuqori sifati, xavfsizligi va xalqaro standartlarga muvofiqligini kafolatlaydi. "LUXVISAGE" sizning o‘zg