Pardalarni 6 xil usulda ochib-yopish mumkin.
To'plam tarkibi: 1.3 mm qalinlikdagi alyuminiyli yo'lakchalar, 35W quvvatli dvigatel, RF433 radio-pulti, boshqa kerakli aksessuarlar.
Ushbu karnizdan xonadon, ofislarda (yoki parda salonlarida ko'rgazma maqsadlarida ham) foydalanish mumkin.
To'liq yig'ilgan holatdagi karniz uzunligini, shift yoki deraza kengligiga qarab, keltirilgan jadval yordamida oson tanlashingiz mumkin.
1) Tuya Smart yoki Smart Life mobil ilovasi (WiFi / Internet orqali);
2) RF433 radio-boshqaruv pulti;
3) Ovozli assistent (Alisa, Google);
4) Avtomatik ravishda - mobil ilovadagi taymer yoki turli aqlli qurilmalarning holati, datchiklarning ko'rsatkichlari va boshqa aqlli ssenariylar asosida;
5) Yarim avtomatik ravishda - parda qo'lda engil tortish orqali (keyin aqlli elektr karnizi o'rningizga boshqaruvni o'zi oxiriga yetkazib qo'yadi);
6) Qo'lda, odatdagidek - elektr energiyasida uzilish bo'lgan hollarda.
Elektr karnizlari va aksessuarlari mijozga bevosita sotuvchining omboridan yuboriladi (Uzum Market omboridan emas). Ushbu turdagi elektr karnizlar eng minimal uzunligi 210 sm ga teng ekanligi sababli, u faqat UzPost ("O'zbekiston Pochtasi"), EMU yoki BTS yetkazish xizmatlarining maxsus yuk transporti qatnaydigan, mijozga eng yaqin bo'lgan viloyat markazidagi asosiy filialigacha BEPUL yetkazib beriladi (ularning tumanlardagi yoki boshqa shaharlardagi "Buyurtmalarni tarqatish punkti"ga yoki Uzum Marketning shunday punktlarigacha emas).
Shuning uchun, buyurtma berishdan oldin (yoki buyurtma berilganidan keyin ham) batafsil ma'lumotlar hamda yetkazib beriladigan aniq manzilni kelishib olish uchun bizga chat orqali murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz (chat orqali murojaat qilinmagan taqdirda esa, buyurtma rasmiylashtirilganidan keyin sotuvchining o'zi Siz bilan aloqaga chiqadi).
Karnizni 2 ta usulda o'rnatish mumkin: yon devorlar oralig'i bo'ylab shiftga (potolokga) yoki deraza kengligi bo'ylab devorga.
Karnizni shiftga o'rnatish uchun, deraza tomonidagi yon devorlardan kamida 4-10 sm (har ikki tomondan 2-5 sm dan) bo'sh joy ham qoldirilishi zarur! Shuning uchun, ushbu karniz uzunligi (600 sm) uchun devorlar orasidagi masofa 604-610 sm bo'lishi mumkin.
Karnizni devorga o'rnatish uchun, uning uzunligi deraza kengligidan taxminan 120 smga (har ikki tomondan 60 smdan) uzunroq bo'lishi kerak. Ya'ni, ushbu parda uzunligi taxminan 480 sm kenglikdagi derazaga mos keladi.



Agar ushbu karnizlar uzunligi uyingizdagi xona yoki deraza o'lchamlariga mos kelmasa, do'konimizdan 114 smdan 614 smgacha uzunlikdagi boshqa karnizni tanlashingiz mumkin.
Agar Siz karniz uzunligini tanlashda ikkilansangiz, chat orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin. Biz o'zimiz to'g'ri o'lchamni tanlab beramiz.

