
Hurmatli tashrif buyuruvchilar! ferkarniz.uz do‘koniga xush kelibsiz! Biz Sizga ko'rkam, lekin og'ir va keng pardalaringizni qulay va avtomatik ravishda boshqarishga mo'ljallangan turli xil aqlli karnizlarimizni taklif etamiz. Endi pardalaringizni ochish va yopish mashaqqatli tashvishdan yoqimli mashg'ulotga aylanadi! Chunki Siz ularni ochish va yopishning 6 xil usulidan foydalana olasiz! Siz o'zingizga kerakli aqlli karniz uzunligi, chidamlilik darajasi va boshqa xususiyatlariga ko'ra tanlash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizda relsli, trubali (tez kunda) va jalyuzi (tez kunda) pardalar uchun karnizlardan birini tanlash imkoniyati bo'ladi. Relsli karnizlar ham bir nechta variantlarda taqdim etiladi: 1) Zavod upakovkasida (kerakli o'lchamga keltirib yig'ish va o'rnatish xaridor zimmasida bo'ladi); 2) Yarim tayyor holda (sotuvchi karnizni 10 sm aniqligida xaridor tanlagan uzunlikka keltirib yetkazib beradi); 3) Teleskopsimon - uzunligini 1 sm gacha aniqlikda o'zgartirish mumkin.