
O'zbekistonda YTT qanday ochiladi: yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish bo'yicha bosqichma-bosqich ko'rsatma
Yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) – bu yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs hisoblanadi. YTT sifatida qonuniy tarzda biznes yuritish uchun tadbirkorlar reestrida ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Qaysi hollarda YTT ochish afzalroq ekanligi, uni qanday amalga oshirish kerakligi va tadbirkorni ro'yxatdan o'tkazishda nimalarga e'tibor qaratish kerakligini aytib o‘tamiz.
O'zbekistonda kim YTT ochishi mumkin
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni ham jismoniy, ham yuridik shaxs ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Qonunchilikga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi yuzasidan majburiy talab mavjud emas.
Hukumat tadbirkorlarning mamlakatda biznes ochish va yuritishda o'zlarini qulay his qilishlarini ta'minlaydi. Doing Business butunjahon banki mamlakat ichida biznes yuritish shartlarini tahlil qiladi va ularni boshqalar bilan solishtiradi. Shunday qilib, O‘zbekiston kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish qulayligi bo‘yicha 190 mamlakat ichida sakkizinchi o‘rinni egallaydi.
Pullarni oqilona boshqarishni istaysizmi? Telegram kanalimizda — ish beradigan maslahatlar bor!
Qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak
Biznes muvaffaqiyatli bo'lishi uchun uning faoliyatini to'g'ri tashkil etish muhimdir. Ro'yxatdan o'tish uchun hujjatlarni topshirishdan oldin nimalarga e'tibor qaratish kerakligini ko'rib chiqamiz.
Faoliyat turini aniqlab olish
Yakka tartibdagi tadbirkor, qonun hujjatlarida belgilangan sohalardan birida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
- tovarlarning chakana savdosi: oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat;
- kimyoviy tozalash, sartaroshlik xizmatlari;
- poyabzal ta'mirlash, charm buyumlar yoki gilam tozalash;
- rieltorlik xizmatlari yoki repetitorlik;
- import qilinadigan tovarlarning qiymati 5000 AQSh dollarigacha bo'lgan taqdirda tovarlarni olib kirish va ularni sotish;
- yo'lovchi va yuk tashish;
- turizm.
Soliq tizimini tanlash
Yakka tartibdagi tadbirkor uchun soliq turlari u qanday biznes bilan shug'ullanayotganiga va uning daromadi qancha bo'lishiga bog'liq:
- JShDS - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, har oy deklaratsiyaga muvofiq to'lanadi, 12% stavkada qonun bilan har bir faoliyat turi uchun belgilangan miqdorda. Ushbu soliq to‘lovi yillik aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadi.
- Aylanma bo‘yicha soliqni daromadi 100 mln so'mdan 1 mlrd.gacha bo‘lganlar to‘laydi. Tarif biznes turiga, tadbirkor toifasiga va ish joyiga bog'liq. U 0% dan 4% gacha bo'lishi mumkin. Masalan, 100 ming va undan ortiq aholiga ega yirik shaharlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor 4% soliq stavkasida to'laydi.
- Agar soliq davrida tovarlarni sotishdan olingan daromad 1 milliard so‘mdan oshsa, daromad solig‘i to‘lanadi. Tarif faoliyat turiga bog'liq bo‘lib, 0% dan 20% gacha o'zgarib turadi.
- QQS (qo'shilgan qiymat solig'i) – O‘R SK 237 moddasiga asosan daromadi 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar to‘laydi. 0% yoki 12% tarif – operatsiyalarning alohida toifalari uchun qo‘llaniladi, masalan, xalqaro tashish bilan bevosita bog'liq xizmatlar ko‘rsatuvchilar uchun.
Shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq to'lashdan ozod qilingan faoliyat turlari ham mavjud. O‘R SK 243 moddasiga asosan, agar YTT dafn marosimi xizmatlarini ko'rsatish, keksalar va qariyalarga g'amxo'rlik qilish yoki nogironlar uchun mahsulot sotish bilan shug'ullansa, soliq to'lamaydi.
Kerakli hujjatlarni to'plash
YTTni ro'yxatdan o'tkazish uchun qanday hujjatlarni taqdim etish kerak:
- pasport;
- JShShIR ko‘rsatilgan arizani to‘ldirish – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, ariza beruvchining pasport ma'lumotlari, tanlangan faoliyat turi va joylashuv manzili;
- davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat, masalan, to‘lov kvitansiyasi.
Bank kartasini mohirona boshqarish boʻyicha kurs
O'zbekistonda YTT qanday ochiladi
O‘zbekistonda qonunchilikga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazishning ikki yo‘li mavjud. Ular tadbirkorni reestrda ro'yxatdan o'tkazadigan davlat organi bilan o'zaro munosabatlarida farqlanadi.
Onlayn murojaat qilish
YTTni YIDXP – yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali masofadan turib roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin. Lekin buning uchun elektron raqamli imzoni olishingiz kerak bo'ladi – u qo‘lda qo‘yiladigan imzoning elektron kalit shaklidagi analogi hisoblanadi. Uni flesh-diskga yozib berishadi.
Endi, ro'yxatdan o'tish shaklini bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz:
- kompyuteringizga ERI ni aniqlash uchun maxsus dasturni o'rnatib oling. Dastur yordamida u imzoni "ko'radi" va hujjatlarni imzolash uchun unga kiradi;
- davlat xizmatlari menyusida “Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandini tanlang;
- tizim tomonidan so‘ralgan ma'lumotlarni to‘ldirish: arizachining pasport ma'lumotlari, ro‘yxatdan o‘tish manzili va yaratilayotgan YTT haqidagi ma'lumotlar;
- to‘ldirilgan arizani elektron raqamli imzo bilan imzolang va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuboring.
Arizani to'ldirgandan so'ng, xizmat sizni davlat bojini bojini to'lashga yo'naltiradi. 2024-yilda bu 1 BHM (340 000 so‘m), elektron ro‘yxatdan o‘tganda 10% chegirma ham mavjud.
Operatsiyadan so'ng dastur arizani to'liq shakllantiriadi va avtomatik ravishda ro'yxatdan o'tish uchun yuboriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorni ro'yxatdan o'tkazish muddati 30 daqiqagacha, lekin odatda qaror bir zumda qabul qilinadi.
Shaxsan murojaat qilish
YTT ochish uchun arizani Davlat xizmatlari markazi ofislaridan biri orqali shaxsan topshirishingiz mumkin.
Murojaat qilganda, murojaat etuvchi markaz xodimiga pasport va davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat – kvitansiya yoki to‘lov topshiriqnomasining nusxasini taqdim etadi. Xodim arizani to'ldiradi, uni chop etadi, mijozga ko'rib chiqish uchun beradi va arizachi tomonidan imzolanadi.
YTTni shaxsan ro'yxatdan o'tkazish muddati ham bir xil - 30 daqiqagacha.
Tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi shunday guvohnomani oladi: shaxsan murojaat qilganda qog'oz shaklida yoki YIDXP orqali ariza topshirgan bo‘lsangiz, shaxsiy kabinetingizga elektron shaklda olasiz.
YTTni ro'yxatdan o'tkazgandan keyin nima qilish kerak
Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, tadbirkor hisobvaraq ochish uchun bankka murojaat qiladi, hisobvaraq yordamida u yetkazib beruvchilar yoki kontragentlar bilan ish olib boradi.
Hisobni ochish uchun banklar tadbirkorning ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasini yoki aslini talab qilmaydi. Hoziroq “Kapitalbank” xizmatlaridan foydalaning va biznes yuritish uchun hisob raqami oching.
O'zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorni qanday ochiladi: bosqichma-bosqich ko'rsatma
- Yakka tartibdagi tadbirkorlikni har qanday jismoniy shaxs, ya'ni mahalliy fuqaro yoki chet ellik ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
- Ochishdan oldin faoliyat turini aniqlab olish va uning YTT uchun ruxsat etilgan faoliyat turiga kiritilganligini tekshirib olish kerak.
- Soliq tizimini tanlab olish. Buning uchun kelgusida olinishi kutilayotgan daromadni hisoblab chiqish kerak.
- Hujjatlarni jamlash: pasport va davlat bojini to'lash bo‘yicha kvitansiya.
- YTTni ro'yxatdan o'tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish: davlat xizmatlari markazida shaxsan yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinet orqali onlayn tarzda. Ikkinchi variant oddiyroq va arzonroq: davlat bojidan 34 000 so‘m tejash mumkin, lekin buning uchun ERI rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.
- Bankda hisob raqami ochish.
Izoh qo‘shish
1
Zur gap yuq
Zur
Yaxshi zoʻr
Juda ajoyib
Juda ajoyib