
Katta displey, yuqori sig'imli batareya va yorqin dizayn: Honor X6b bo‘yicha tahlil
2024-yil iyun oyida yangi Honor X6b sotuvga chiqarildi. Bu Honor X6 ning - kattaroq displey, ajoyib kamera va energiya tejovchi batareyaga ega bo'lgan takomillashtirilgan versiyasidir. Honor X6b ishda foydalanish uchun oddiy hamyonbop telefon izlayotganlar, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish, maqolalar o'qish va filmlarni tomosha qilish uchun juda mos keladi.
Honor X6b o'zidan oldingi safdoshi Honor X6a dan farqli o'laroq, yangilangan kuchli protsessor, tez zaryadlash imkoniyati va yangilangan dizayniga ega.
Displey
LCD turkimidagi HD formatli ruxsat etilgan imkoniyati 720x1612 piksel bo'lgan dioganali 6,56 dyumga ega display hisoblanadi. Bu esa yaxshi ko'rish burchaklariga ega IPS matritsasi bo'lib - suratlar, videolar va matnlarni hatto burchak ostida ham ko'rish imkonini beradi. Yorqinlikning yuqori 780 nits darajasi esa yorqin muhit yorug'ligida tasvirni tabiiy ranglarda ko'rish imkonini yaratadi. Ranglar va soyalar unchalik yorqin tuyilmaydi, shuning uchun smartfondan uzoq vaqt foydalanishda ko‘zlar charchamaydi.
90 Gers chastotali yangilanish tezligi dinamik tasvirlarni bir maromda ko'rinishiga imkon yaratadi va sensor ishlashini tezlashtiradi - bu ayniqsa mobil o'yinlarga qiziquvchilar va ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari uchun qo'l keladi.
Batareya va ishlash imkoniyatlari
Energiya tejamkor 8 - yadroli MediaTek Helio G85 protsessori tufayli telefon qizib ketmaydi, bir yo‘la ko‘p vazifalarni bajara oladi va asosiysi qotib qolmaydi. U bir nechta ilovalardan osongina foydalanib, bir vaqtning o'zida messenjerlarda suhbatlashish mumkin. 4 GB ega operativ xotira - zamonaviy o'yinlarni ham bir zumda yoqish uchun etarlidir.
O'rnatilgan 5200 mA/soat batareya energiyani sekin sarflaydi. Agar grafika talab qiladigan mobil video o‘yinlarga berilib ketmasangiz, smartfonning quvvati ikki kungacha xizmat qilishi mumkin. 35 Vt quvvatga ega super tez quvvatlash uskunasi batareyani 0 dan 100% gacha taxminan bir soatu 15 daqiqada to‘liq zaryad qilish imkonini beradi.
Kamera
f/1.8 diafragmali 50 megapikselga ega asosiy kamera real ranglarni uzatish orqali aniq va detallashgan suratlarni olishga imkonini beradi. Qo‘shimcha ichki 2 MP datchigiga ega portret kamerasi esa, effektli professional portretlar uchun mos keladi – u fonni xiralashtiradi va diqqatni obektga qaratadi.
5 megapikselli old kamera yorug'lik etarli darajada bo'lmagan taqdirda ham selfi olish va videoqo'ng'iroqlar orqali muloqot qilishda tasvir sifatini yo'qotmasdan muloqot qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, smartfonda bir nechta tasvirga olish rejimlari mavjud:
- Tabassum yordamida fokusni yuzga qaratish. Agar odam tabassum qilayotgan bo‘lsa, kamera avtomatik ravishda fokusni yuziga moslashtiradi.
- Vaqtli. Uzun videolarni tezlashtirilgan rejimda suratga olish imkonini beradi.
- HDR tasvir. Rejim tasvir juda yorug' yoki qorong'u bo'lib tushmasligi uchun yorug'likni avtomatik ravishda sozlaydi. Uning yordamida, odam yorug'likka qarshi turgan bo'lsa ham, aniq suratga olish mumkin.
- Panorama. Gorizontal yoki vertikal holatda kengaytirilgan ko'rinish bilan suratga olish imkonini beradi. Misol uchun, uzun qirg'oq bo'yini yoki baland binoni to'liq tasvirga olishingiz mumkin.
Asosiy kamerada 10 karra kattalashtirish mumkin bo'lgan raqamli zum ham mavjud, u esa tasvir sifatini yo‘qotmasdan uzoqdagi obyektlarni suratga olish imkonini beradi. Suratlar aniq va yorqin chiqadi. Orqa va old kameralar videoni yuqori aniqlikda - 1080p suratga oladi.
Operatsion tizim
Smartfon Android 14 asosida o'zining MagicOS 8.0 tizimida ishlaydi. U sun'iy intellekt bilan jihozlangan va sodda va intuitiv interfeysga ega bo'lib, uni didingizga qarab osongina sozlash mumkin. Masalan, blokirovka qilish ekraniga ramkali fotosurat kiritishingiz va animatsiya effektini qo'shishingiz mumkin. Shuningdek, sana, vaqt va habarnomalar uchun vizual dizaynni tanlashingiz yoki ilovalarni papka yoki ekrandagi istalgan qulay joyga joylashtirishingiz mumkin.
Magic AI yordamchisi ko'rinishidagi sun'iy intellekt savollarga javob beradi va keyingi harakatni "oldindan" aytib turadi. Misol uchun, messenjerdan manzil nusxasini olganingizda u kartalarni ochishni taklif qilib turadi.
Yana bir foydali xususiyati - Magic Capsule. Bu old kamera obektivi atrofida ochiladigan animatsiyalar. U qo'ng'iroqlar, audio yozuvlar yoki musiqa tinglash holatlarini kuzatish imkonini beradi. Belgini bosganingizda, vazifalarni tezkor boshqarish uchun qo'shimcha tugmalar paydo bo'ladi. Uning yordami bilan ekranga budilnik, taymer, diktafon va Honor qurilmalari bilan ma'lumot almashish uchun dasturni joylashtirishingiz mumkin.
Dizayn
Dumaloqlashtirilgan qirralari va ko'rkam plastik qirralari bo'lgan korpusni qo'lingizga juda qulay. Orqa sirti jilosiz, ammo biroz tovlanib, ko‘rish burchagiga qarab bir necha rangda tuslanadi. Telefonning 4 xil rangi ishlab chiqariladi: yashil, binafsha, ko'k va qora. Korpusining materiali tufayli deyarli unga barmoq izlari tushmaydi va toza ko'rinadi. Kamera tashqariga bo'rtib chiqmagan va sirtning qolgan qismi bilan deyarli bir xilda turadi.
Funktsional tugmalar standart joylashgan. O'ng tomonda – yoqish va ovoz balandligini sozlovchi tugmachalari joylashgan. Yuqori qismida nano SIM-karta va microSD xotira kartasi uchun ikkita bo'linmasi bor. Pastki qismida - katta dinamik, mikrofon va ulagichlar: simli quloqchinlar va Type-C.turidagi zaryadlash uyachalari joylashgan. O'ng tarafdagi quvvat tugmasida barmoq izi skaneri o'rnatilgan bo'lib, u foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishga yordam beradi.
Smartfonning o‘lchamlari - 163 x 75 x 8,39 mm va og‘irligi 192 g dan kamroq, U qo‘lda olib yurish uchun qulay va cho‘ntagingizda olib yurishda noqulayliklar keltirib chiqarmaydi. Yupqa ramkalar va tepadagi kichkina soyabon tufayli ekran kattaroq ko'rinadi.
Kafolatlar va yetkazib berish
Smartfonni Uzum Market da buyurtma berish mumkin. Ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolati - 1 yil. Barcha IMEIlar rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tgan, ro'yxatga olinganlikni faollashtirish 30 kun ichida amalga oshiriladi. Uzum tarqatish punktlari orqali - 1 kundan boshlab yoki kurer orqali tez yetkazib berishdan foydalanishingiz mumkin.
To'lovni o'zingizga qulay usulda amalga oshirishingiz mumkin: karta orqali, maxsulotni olgandan keyin naqd yoki bo'lib-bo'lib yo'li bilan.
Telefon bilan birga hujjatlar, zaryadlovchi adapter va USB Type-C kabelini qabul qilib olasiz.
Ekranga esa darhol himoya plyonkasi yopishtiriladi.
Izoh qo‘shish
Zoʻr
Zor
Zurrrrr
Хозирча менга узум маркет ва иловалари йокди
Хонор чиройли куринишга эга
WOW zo'r kuu🤩
Olganimga 13kun boldi endi telefon qilganimda ekran ochib qolopti bowida bunaqa emasdi telegramda ham xuddi wunaqa holat buni kimga korsatiwim kerak
Menda Honor X6B smartfoni bor yaqinda xarid qildim lekin oldi kamerasi xira va tiniq suratga olmaydi, ko'rinishi dizayn ajoyib lekin kamerasi juda xirraa
Zorrr
Menga yoqti bugunoq olaman
Judayam zo'r gap so'z yo'q umuman 👏👏👏