
Uzum Marketda turk brendlari: e'tibor qaratishga arzigulik 9 ta marka
Siz uchun Uzum Marketda taqdim etilgan ommabop ishlab chiqaruvchilar va alohida kiyim-kechaklar liniyasini tanladik.
Butun dunyo bo‘ylab turk to‘qimachilik sanoati o‘zining sifati bilan mashhur. Bunga yana bir dalil bor. Brendlarni baholash bo‘yicha dunyodagi yetakchi konsalting kompaniyasi Brand Finance Turkiyaning eng qimmat top-100 brendlar ro‘yxatini e'lon qildi. Reytingga nafaqat Turkish Airlines aviakompaniyasi, Ziraat banki va Istanbul xalqaro aeroporti, balki kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari ham kiritildi: LC Waikiki (topda 12-o‘rin), Mavi (26-o‘rin) va KOTON (42-o‘rin).
Ushbu brendlarning kiyimlarini Uzum Marketda xarid qilish mumkinligini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. Nima uchun ular bu qadar yaxshi ekanligini va yana qanday turk brendlari sizning e'tiboringizga loyiqligini (va buyurtma berish mumkinligini) aytib beramiz.
LC Waikiki
Turkiyaning eng yirik moda brendi bo‘lib, uning butiklarini mamlakatning deyarli har qanday savdo markazida topish mumkin. Qizig‘i shundaki, kompaniya 1988 yilda Fransiyada tashkil etilgan. Faqat 1997 yilda u o‘z joylashuvini o‘zgartirib, LC Waikiki Mağazacılık Hizmetleri Ticaret A. Ş savdo belgisiga aylandi. Bugungi kunda brend nomi LC Waikiki'ga qisqartirildi, ammo do‘konlar soni mingdan oshdi.
“Har bir inson yaxshi kiyinishga loyiqdir”, deydi brend falsafasi. Mahsulot ushbu ishonchni to‘liq oqlaydi. LC Waikiki sifatli va zamonaviy buyumlarni hamyonbop narxlarda taklif etadi (o‘rtacha hisob — 300 000 so‘m). Trikotaj kiyimlari ayniqsa yaxshi: longslivlar, kundalik jemperlar va svitshotlar, bolalar tovarlari va uy kiyimlari.
Samarali o‘qish uchun Uzum Marketdan nimalar sotib olish mumkin?
Mavi
Mavi so‘zi turkchada “ko‘k” degan ma'noni anglatadi, ya'ni denim rangidir. Brend 1991 yilda Istanbulda tashkil etilgan va 30 yil ichida turk jinsi kiyimlarining flagmani bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Mavi kolleksiyalari har doim abadiy qoladigan klassik dizayn va uslubi bilan ajralib turadi. Brendning reklama kampaniyalarida muntazam ravishda taniqli shaxslar ishtirok etadilar va oflayn do‘konlari Turkiyaning har bir shahrida (va dunyoning yana 50 mamlakatida) ishlaydi. Mavi nafaqat denim, balki paxta trikotaj va aksessuarlar ham ishlab chiqaradi.
Umuman olganda, bu narx va sifat jihatidan eng maqbul brendlardan biridir. 200-300 ming so‘mga bir mavsumdan ortiq xizmat qiladigan va muvaffaqiyatli andazalar tufayli har qanday figuraga yaxshi mos keladigan buyumni sotib olish mumkin. Mavida, birinchi navbatda, jinsi shim va jinsi ko‘ylaklarga e'tibor berishni tavsiya qilamiz.
KOTON
Brend deyarli 35 yoshda va shu yillar davomida erkaklar, ayollar va bolalar uchun kiyimlarning keng assortimentini ishlab chiqaradi. KOTON liniyalariga kundalik buyumlar, maxsus holatlar uchun liboslar, sport kiyimlari va aksessuarlar (sumkalar, zargarlik buyumlari, ro‘mollar va sharflar) kiradi. Brend juda quvnoq va universal dizaynga ega, u yoshlar auditoriyasiga ham, katta yoshli mijozlarga ham mos keladi. Deyarli hamma narsani topish mumkin: oddiy futbolkalardan kokteyl va kechki liboslargacha. Shuningdek, KOTON da ofis uchun hamyonbop va shu bilan birga juda munosib variantlarni ko‘rish mumkin: ayollar bluzkalari (150 000 so‘mdan), pidjaklar (taxminan 400 000 so‘m), shim va yubkalar (har biri o‘rtacha 300 000 so‘m).
Trendyol
Ushbu brenddan juda kam summa to‘lab, boshdan oyoq kiyinish mumkin. Trendyol buyumlari butun dunyoda keng assortimenti (burkini cho‘milish kiyimlaridan tortib bolalar kombinezonlari va erkaklar paltolarigacha hamma narsa bor), yuqori sifatli mato va tikilishi, shuningdek, trendlarga mosligi uchun tanlanadi. Xaridorlar Curve liniyasidagi modellashtirish effektiga ega shimlar va butun oila uchun yozgi buyumlar: toplar, sarafanlar, tunikalar, futbolkalar, shortilarga e'tibor qaratishlari kerak. Uzum Marketda savdo davrida brend buyumlarini katta chegirmalar bilan xarid qilish mumkin.
Colin's
Ushbu mashhur jinsi brendi ham Turkiyada paydo bo‘lganini hamma ham bilmaydi. Colin's bozorda 1995 yildan beri mavjud bo‘lib, shu vaqt ichida nafaqat denim, balki trikotaj kiyimlari tufayli ham xalqning sevgisini qozondi. Sizga futbolkalar va longslivlar (ular har qanday figuraga mos keladi va uzoq vaqt davomida rangi va shaklini saqlab qoladi), shuningdek, issiq kiyimlar — xudi, svitshotlar va kardiganlarga e'tibor berishni tavsiya qilamiz. Brend keng o‘lchamlar qatori, yoqimli narx siyosati va har qanday garderobga mos keladigan dizaynga ega.
DeFacto
Dastlab, ushbu kompaniya arzon narxdagi bazaviy ayollar kiyimlariga ixtisoslashgan edi, ammo keyinchalik erkaklar kolleksiyalari, ichki kiyimlari va aksessuarlarini ishlab chiqarishni boshladi. So‘nggi yillarda esa DeFacto mijozlarni hatto atirlar bilan xursand qilmoqda. Kompaniya rivojlanishda va o‘z assortimentini yangi mahsulotlar bilan kengaytirishda davom etmoqda. Bir narsa o‘zgarishsiz qolmoqda: arzon narxlar. Katta savdo davrida shusiz ham hamyonbop bo‘lgan DeFacto mahsulotlarini yanada arzon harid qilish mumkin.
U.S. POLO ASSN
Ha, bu ham turk brendi. Uning asoschilari eng aristokratik sport turlaridan biri — polodan ilhomlangan bo‘lib, uning estetikasi U.S. POLO ASSN mahsulotlarida aks etgan. Brendning tashrif qog‘ozi erkaklar polo futbolkasi bo‘lib, ikkita siluetda mavjud: tekis va tor. Biroq, brend kolleksiyalarida jinsi shimlar, liboslar, ustki kiyimlar va poyabzallar ham mavjud. Barcha buyumlar yuqori sifati va qulayligi bilan ajralib turadi. Ranglar palitrasi — olijanob bosiq. Umuman olganda, bu faol turmush tarzini olib boradigan odamlar uchun ko‘rkam va shu bilan birga qulay kiyimdir.
Dilvin
Sho‘x-shaddod va yosh qizlarbop kiyim. Dilvin 2000-yillarning boshlarida bozorda muvaffaqiyatli debyut qildi, munchoqli jinsi shimlari, shnurli toplar va g‘ayrioddiy bosma futbolkalari tezda mashhur bo‘ldi. Bugungi kunda brend boshqa joyda topa olmaydigan original buyumlar bilan xursand qilishda davom etmoqda. Misol uchun, Dilvinda turli ranglardagi flis kargo-shimlarini, yelkasi ochiq liboslar, batik rangli sport shimlari va pidjak yoqali ayollar ko‘ylaklarini kiyib ko‘rish mumkin. Narxlar 100 000 so‘mdan 300 000 so‘mgacha.
Donella
Donella savdo belgisi LARA TEKSTIL SAN. TIC. A.S. kompaniyasiga tegishli (shuningdek, Doni, Desna va Emperador brendlariga ega). Ushbu nom ostida turk zavodi erkaklar, ayollar va bolalar ichki kiyimlarining keng assortimentini ishlab chiqaradi. Mahsulotlar kiyish uchun juda qulay, qayta-qayta yuvishga chidamli va terini ichki choki bilan ishqalamaydi. Ishlab chiqaruvchi model liniyasini oyiga bir necha marta yangilaydi va shu bilan birga byudjetli narxlar segmentida qoladi. Bolalar ichki kiyimlari narxi 20 000 so‘mdan boshlanadi. 150 000 so‘mga esa Donelladan alohida e'tiborga loyiq bo‘lgan ajoyib pijamalarni sotib olish mumkin.
Maqolada ko‘rsatilgan narxlar material e'lon qilingan paytda amal qiladi.
Reklama materiali hisoblanmaydi.
Izoh qo‘shish