
Uzum kartasi: oldindan buyurtmani rasmiylashtiring va 100 million so‘mgacha komissiyasiz o‘tkazing
Uzum Bankning yangi bepul kartasi, uning afzalliklari va hoziroq oldindan buyurtma berishning foydasi haqida.
1 avgustdan boshlab yangi Uzum Bank kartasiga oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Buyurtma qilishga ulgurib qolganlar Uzcard va Humo kartalari oʻrtasida oy davomida 100 million so'mgacha bepul pul oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladilar – va hech qanday komissiya to'lamaydilar.
Yangi Uzum Bank kartasining barcha afzalliklari haqida batafsil ma'lumot beramiz.
Yangi Uzum kartasi qanday imkoniyatlarga ega
Karta Uzum Bankning VISA xalqaro to‘lov tizimining debet kartasi hisoblanadi. Kartani chiqarish va texnik xizmat ko'rsatish mutlaqo bepul. Hozirda virtual versiya mavjud, plastik kartasi esa tez orada taqdim etiladi. Kartaga 1 avgustdan buyurtma berish mumkin.
Uzum kartasi yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- 25 mln so‘mgacha mikroqarzlarni o‘ttiz kunga foizsiz rasmiylashtirish. Buning uchun bankka borish va hujjatlarni yig‘ish shart emas – mikroqarzni istalgan joyda va istalgan vaqtda Uzum Bank mobil ilovasi yordamida rasmiylashtirish va olish mumkin;
- Uzum kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini bepul amalga oshirish;
- har qanday tovar va xizmatlar uchun to'lov;
- boshqa kartalarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
- plastik karta chiqarilganidan so‘ng hisobdan naqd pul yechib olish;
- Uzum Market va Uzum Tezkordagi maxsus takliflardan va Uzum ekotizimi xizmatlarining boshqa bonuslaridan foydalanish, bu esa o‘z navbatida xaridlarni yanada foydali qilish imkonini beradi.
Uzum Bank ilovasidagi boshqa kartalardan Uzum kartasini bepul to‘ldirish mumkin.
Bank kartasini mohirona boshqarish boʻyicha kurs
Yangi Uzum plastik kartasiga buyurtma berish qanday afzalliklar beradi
Uzum kartasiga oldindan buyurtma berib, karta chiqarilgandan so‘ng birinchilardan bo‘lib nafaqat barcha bonuslaridan foydalanishingiz, balki darhol Uzum Bank ilovasida bepul pul o‘tkazmalaridan foydalanishni boshlashingiz mumkin. Bir oy davomida, ya'ni 1-avgustdan 31-avgustgacha oldindan buyurtma bergan barcha foydalanuvchilar uchun istalgan Uzcard va Humo kartalari oʻrtasida 100 million soʻmgacha pul oʻtkazmalari bepul boʻladi.
Kartaga qanday va qayerda oldindan buyurtma qilish mumkin
Kartaga uyingizdan chiqmagan holda oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Shunchaki Uzum Bank mobil ilovasiga kiring. Bosh sahifada “Uzum kartasiga oldindan buyurtma berish” yozuvli bannerni ko‘rasiz, shunchaki “Buyurtma berish” tugmasinining ustiga bosing.
Agar siz hali Uzum bank mijozi bo‘lmasangiz, ilovani Google Play yoki App Store dan yuklab oling, oching va mobil telefon raqamingizni kiriting – ro‘yxatdan o‘tish uchun SMS keladi. Shundan so'ng, akkauntingizga kirish uchun parol va ilovaga kirish uchun PIN kodni o'rnatish kerak bo'ladi.
So‘ng, bosh ekranning yuqori chap burchagidagi shaxs profili ko‘rinishidagi belgini bosib, profil menyusiga kiring, “Identifikatsiya” bo‘limiga o‘ting va Uzum Bankni tanlang. Identifikatsiyadan o'tgandan so'ng kartaga oldindan buyurtma berish mumkin bo'ladi.
Izoh qo‘shish
Энтересна
Карта олиш
Baho 5
Karta olish
Zo'r ekan
Yahshi
Zoʻr
Жуда зур
🌟