bosh sahifa / Xaridlar / Uy uchun trenajyor tanlash: batafsil qo'llanma va 6 ta eng yaxshi model
Выбираем тренажёр для дома: подробный гид и 6 лучших моделей

Uy uchun trenajyor tanlash: batafsil qo'llanma va 6 ta eng yaxshi model

Uy mashg‘ulotlari uchun qaysi trenajyorlar eng mos kelishini aniqlaymiz va eng yaxshi modellarning reytingini tuzamiz.

Jismoniy holatni ushlab turish va sog'lig'ingizni nazorat qilish uchun mashg‘ulot kerak. To'laqonli mashq qilish uchun fitnes klublari mos keladi. Lekin hammada ham sport zaliga borish imkoniyati yo‘q. Bunday hollarda eng ma'qul tanlov uyga mashq mashinasini sotib olish hisoblanadi. Ulardan to'g'ri qo'llanilganda, mashg'ulot jarayonlari samarali va qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi. Sizga uyingiz uchun mashq mashinasini tanlashda qanday ko‘rsatkichlarni hisobga olish kerakligi va eng samarali modellari to‘grisida ma'lumot beramiz.

Uyda qanday maqsadlar uchun trenajerlar kerak

Trenajyorni xarid qilishdan oldin, u nima maqsadda kerakligini aniqlab olish lozim. Sotib olinayotgan uskunaning turi, o'lchami va konstruksiyasi mashqlarning maqsadiga bog'liq bo‘ladi. Trenajyor jismoniy faollikni ushlab turish, jarohatlar va operatsiyalardan keyin tiklanish uchun kerak bo'lishi mumkin. Shu bilan birga keksa odamlar uchun ham asqotadi. Bunday holda, haftada bir nechta past va o'rtacha intensivlikdagi mashg'ulotlarni amalga oshirish yetarli bo'ladi. Shunday maqsadlar uchun mashq velosipedlari mos keladi.

Agar maqsad vazningizni nazorat qilish va mushaklaringizni tonusda ushlab turish bo'lsa, mashg'ulotlarning intensivligi va chastotasi oshadi. Ko'pgina uskunalar shunday vazifalar uchun yaratiladi. Siz yugurish yo'lakchalari va elliptik trenajyorlardan birini tanlashingiz mumkin.

Nihoyat, mashq mashinalari mushaklarga ishlov berish yoki tezda vazn tashlashga yordam beradi. Buning uchun yuqori intensivlikdagi mashg'ulotlarni muntazam amalga oshirish lozim. Shuning uchun kuchli modellar va ma'lum mushak guruhlari uchun mini-trenajyorlar mos keladi.

Pullarni oqilona boshqarishni istaysizmi? Telegram kanalimizda — ish beradigan maslahatlar bor!

Qo‘shilish

Trenajyorlarning turlari

Trenajyorlar bir-biridan mashg‘ulotlarni bajarishdagi vazifalari, konstruksiya turi va ishlash prinsipi bilan farqlanadi. Uy uchun trenajyorlar asosiy toifalarini ko‘rib chiqamiz.

Kardiotrenajyorlar

Bunday turdagi trenajyorlar tananing yurak-qon tomir va nafas olish tizimlariga yuklama hosil qiladi. Mashg‘ulotlar natijasida chidamlilik kuchayadi, yurak va qon tomirlarining faoliyati yaxshilanadi. Kardiotrenajyor yordamida siz vazn tashlashingiz va turli mushak guruhlariga ishlov berishingiz mumkin. Trenajyorning bunday modellari ham sport mashg'ulotlari, ham reabilitatsiya davrlari uchun mos keladi. Ba'zi bir kasalliklarda, misol uchun, yurak, bo'g'imlar yoki oyoqlar bilan bog'liq muammolar uchun bunday qurilmalardan foydalanish ta'qiqlanadi.

Kardiotrenajyorlarning orasida quyidagi turlari eng ommabop hisoblanadi:

  • mashqlar velosipedlari - yurak va mushaklarga haqiqiy velosipedda mashqdagiga maksimal darajada yaqin yuklamani beradi. Qo'llab-quvvatlovchi va sport mashg'ulotlari uchun mos keladi;
  • yugurish yo'laklari - yugurish mashqini imitatsiya qiladi. Boshqaruv panelidan foydalanib, siz tiklanish va musobaqalarga tayyorgarlik uchun turli xil intensivlikdagi yuklamani tanlashingiz mumkin;
  • elliptik trenajyorlar - ishlash prinsipi chang'ida yurishga o'xshaydi. Tananing orqa qismi, oyoq va qo'llar mushaklari ishlov berish imkonini beradi.

Mashq velosipedlari eng hamyonbop turi hisoblanadi. Elliptik trenajyorlar esa o‘zining turli xildagi mashg'ulotlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, barcha turlari xonada ko‘p joyni egallaydi, shuning uchun ularni tanlashda joy o‘lchamini hisobga olish kerak bo‘ladi.

Quvvatlovchi trenajerlar

Quvvatlovchi trenajyorlar mushaklarni tarang qilish, sport ko‘rinishi va formasiga erishish uchun kerak bo‘ladi. Odatda, har bir trenajyor ma'lum bir mushaklar uchun tanlanadi. Quvvatlovchi trenajyorlarning eng mashhur turlarini ajratib olamiz.

  • quvvatlanish o‘rindig‘i - quvvatlanish trenajyorining eng universal turi hisoblanadi; uning konstruksiyasi qo‘lni, orqa tomonni, ko'krak va qorin mushaklarini press qilish imkonini beradi;
  • Press qilish o‘rindig‘i - quvvatlanish o‘rindig‘ini eslatib yuboradi, qorin mushaklarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun maxsus yaratilgan;
  • inversiya stoli - orqa va tos mushaklarga kuchaytirish imkonini beradi.

Bunday mashq uskunalari sportchilar va intensiv mashqlarni afzal ko'rgan odamlar uchun mos keladi. Quvvatlovchi trenajeyorlar kardiotrenajyorlarga qaraganda kam joyni egallaydi, shu bilan birga ularda boshqaruv panellari yo‘q. Shuning uchun ularning narxi arzonroq bo‘ladi.

Kichik trenajyorlar

Bu turdagi trenajyorlar ixcham va ko'chma bo‘lib, maydoni cheklangan joylarda, shuningdek, sayohat va ochiq havoda mashq qilish uchun qulay hisoblanadi. Ular mushaklarning ma'lum qismlarida oddiy va quvvatlantiruvchi mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mos keladi.

Kichik trenajyorlarni tanlashda quyidagi turlariga e'tibor bering:

  • qo'l ekspanderlari - qo'l va qo'llarning mushaklarini bir shaklda saqlashga imkon beradi;
  • “otjimaniye” mashqi taxtasi – yelka qismini mashq qilish uchun;
  • mini-steppers - oyoq va tananing pastki mushaklari uchun;
  • tebranish tayoqchalari - qorin bo'shlig'i tonusi, orqa va tos bo'shlig'i mashg‘ulotlari uchun;
  • press uchun g'ildiraklar - qorin bo'shlig'i mushaklarini shishirish uchun yordam beradi.

Kichik trenajyor hamyonbop sport uskunalari toifasiga kiradi. Shu bilan birga ulardan to‘g‘ri qo‘llanilganda to‘laqonli mashq uskunalarining o‘rnini bosadi.

Tanlovda nimalarga e'tibor berish kerak

Natijalarni umumlashtirgan holda uyda foydalanish uchun trenajerni tanlashda nimalarni etiborga olish kerakligini bo‘yicha maslahat beramiz:

  • xarid qilishdan oldin mashg‘ulot maqsadini aniq bilish lozim - agar siz o‘z formangizni saqlab qolish va tanangizning yurak-qon tomir tizimini rivojlantirishni istasangiz, yugurish yo‘lakchasi va trenajyor velosipediga o'xshash kardiotrenajyorni tanlang; agar siz mushaklaringizni shishirish uchun quvvat mashqlarini rejalashtirayotgan bo'lsangiz, unda qo‘l ekspanderlari, tortilish, press uchun o‘rindiq va otjimaniye mashqi platformalariga e'tibor qarating;
  • qaysi mushaklaringizni mashq qilmoqchi ekanligingizni bilib oling - qo'l, orqa va press mushaklarini rivojlantirish uchun alohida trenajyorlar mavjud;
  • trenajyorni o'rnatmoqchi bo'lgan joyning o‘lchamlarini hisobga oling - u erkin joylashishi va boshqa narsalarga tegmasligi kerak, yana shuni ham e'tiborga olish kerakki, uskunaning ba'zi bir turlari barqarorligi uchun tagiga kauchukli gilamcha solish tavsiya etiladi. Agar joyingiz cheklangan bo'lsa, kichik trenajerlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin.
  •  foydalanuvchilarning vazniga qarab modelni tanlang - ko'pchilik qurilmalarda 120–150 kg vazn chegarasi mavjud, ammo 80-100 kg gacha bo'lgan modellar ham mavjud; agar foydalanuvchining vazni ruxsat etilgan chegaralardan oshsa, uskuna tezda ishdan chiqishi mumkin.

Mashq velosipedini xarid qilishdan oldin, mutaxassislardan maslahat olish maqsadga muvofiq. Aks holda, siz uchun mos bo'lmagan modelni tanlash qo‘ysangiz, mashg‘ulotlardan kutgan natijangizni olmaysiz. Texnik uskunalarni ishlab chiqarishdagi nuqsoni bo'lmasa, ularni do'konga qaytarishning ilojisi bo'lmaydi.

Uy foydalanishga mo‘ljallangan trenajyorlar sharhi

Uy uchun trenajyorlarning eng yaxshi modellariga ko‘rib chiqamiz. Mashg‘ulotlar jarayonlarini fitnes zalidagi kabi o‘tkazishga imkon qadar yaqinlashtiradigan ko'p qirrali modellarni tanladik.

Biz mashg'ulot jarayonini fitnes zalida mashg'ulotlarga imkon qadar yaqinlashtiradigan ko'p qirrali universal modellarni tanladik.

Dreamfit DF-5005M Yugurish yo'lagi 

Vazni 140 kg gacha bo'lgan foydalanuvchilar uchun mos keladi. Uskuna xotirasidagi ko'plab dasturlar tufayli ko‘'rsatkichlarni sozlashingiz va foydalanuvchining maqsadi va vazifalariga mos ravishda yuklashingiz mumkin. Qurilma xotirasidagi ko'plab dasturlar tufayli siz parametrlarni sozlashingiz va ma'lum bir shaxsning maqsad va vazifalariga mos ravishda yuklashingiz mumkin. Yugurish yo'lakchasi qiyaligini yanada tezkor mashg'ulotlar uchun sozlash mumkin – uning eng yuqori ko'rsatgichi 15% gacha bo'ladi. Favqulodda to'xtashdan himoya qilish funktsiyasi foydalanuvchi xavfsizligini ta'minlaydi. O‘rnatilgan Hi-Fi tizimi esa mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli qiladi.

Inversiyaviy stol trenajerlari


Inversion stol trenajyorlari mushaklarning og'rig'ini engillashtirish va mushaklarning tonusini mustahkamlashni istaydigan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur model qon aylanishini yaxshilash, umurtqa pog'onasini cho'zish va umurtqaning oraliq disklari bosimini davolash imkonini beradi. Uskunaning 5 ta egilish holati qurilmani foydalanuvchi uchun moslashtirishga yordam beradi. Trenajer osongina egiladi va kam joy egallaydi.

Pro Sport 360B jismoniy mashqlar velosipedi


Tasmaga ega bu mexanik uskuna mashqlar velosipedi mashg'ulotlarni iloji boricha samarali amalga oshirishni ta'minlaydi. O'rnatilgan monitor orqali turli ko'rsatkichlarni ko'rishingiz mumkin yani - yurak urishi, mashg'ulot vaqti, tezlik, bosib o'tgan masofa shular jumlasidan. Qurilma undagi 8 darajali tortiluvchi kamarlar yordami bilan ma'lum bir mashg'ulotga moslashtirishi mumkin.

Press uchun g‘ildirak


Press uchun ixcham g'ildirak, mashg'ulot uchun ko'p joy ajrata olmaydigan foydalanuvchilar uchun mos keladi. Mazkur uskuna qorin bo'shlig'i mushaklarini shishirish, shuningdek, orqa, ko'krak, qo'llar va tanani kuchaytirishga imkon beradi. O'rnatilgan g'ildirakli tutqichlar va tirsak tayanchi muvozanatni saqlashga yordam beradi va ergonomikani yaxshilaydi.

Kichik jismoniy mashqlar velosipedi


Kichik jismoniy mashqlar velosipedi katta joy egallamaydi va uni yotoq ostida yoki shkafda saqlash mumkin. Uning ishlash jarayoni katta modellar bilan bir xilda. U mexanik pedallar va g‘ildirakka ega. O'rindig'i yoki tutqichlari mavjud emas, shuning uchun mashq qilish uchun stulga, kresloga yoki karavotga o'tirishingiz kerak bo'ladi. Uning yordamida qo'llaringizni shug'ullantirsangiz mumkin.

GF-120E velosiped chang'isi


Ushbu elliptik trenajyorda orqa tomon, oyoq va qo'l mushaklarini mashq qildirish uchun mo'ljallangan. Uning yordamida istalgan natijaga qarab har xil mashg'ulotlar orqali turli mushaklaringizni shishirishingiz mumkin. Yuklanishning magnit tizimi mashg'ulot jayonlarini engillashtirishga yordam beradi. Shuning uchun mazkur uskunadan hatto yangi boshlanuvchilar, yoshi kattalar yoki jarohatlar yoki jarrohlik amaliyotlaridan tuzalib ketayotgan foydalanuvchilar mashq qilishlari mumkin.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments