bosh sahifa / Xavfsizlik / Tranzaksiya nima: sodda qilib tushuntiramiz

Tranzaksiya nima: sodda qilib tushuntiramiz

Bank tranzaksiyasi nima ekanligini sizlarga tushuntirib beramiz va bank nima uchun uni rad etishi mumkinligini aniqlaymiz.

"Tranzaksiya" atamasi ko'pincha bank kartasidan foydalanilganda uchraydi va hisob balansiga ta'sir qiluvchi har qanday operatsiyani tavsiflaydi. Tranzaksiya jarayonini toʻlov terminaliga kartani qo‘yish bilan boshlash mumkin. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra, bank operatsiyani amalga oshirishni rad etishi mumkin. Ushbu maqolamizda  tranzaktsiya qanday amalga oshirilishini, tranzaksiyalaringizni xavfsiz amalga oshirish uchun qanday choralar ko'rishingiz mumkinligini ko'rib chiqamiz.

Tranzaksiya nima?

Lotin tilidan tarjima qilganda, tranzaksiya (transactio)  so‘zi “shartnoma, kelishuv” ma'nosini anglatadi. Bank va to‘lov sohasida tranzaksiya tugallangan bank operatsiyasini bildiradi, buning natijasida bank hisob raqamidagi qoldiq ikki tomonning birida o‘zgaradi. Tranzaksiya hisobingizdagi qoldiqni tekshirish yoki internet-bank tizimiga kirishni  bajarmaydi.

Tranzaksiya jarayonida  operatsiyaning ikki yoki undan ortiq ishtirokchilari o'rtasida tarmoq orqali ma'lumotlar almashinuvi amalga oshiriladi. Avvalo, tranzaksiya deganda bank kartasi orqali to'lov esga keladi. Bundan tashqari, ish haqining kartaga tushishi, boshqa hisob raqamiga pul o'tkazish, bankomatdan naqd pul yechib olish va bank hisobini to'ldirish ham tranzaksiya bo‘la oladi. Har bir tranzaksiyaga alohida unikal raqami beriladi, bu raqam tranzaksiyani identifikatsiya qilish va nazorat qilish uchun zarur.

Qanday tranzaksiyalar mavjud?

Tranzaksiyaning asosiy ikkita turi mavjud. Birinchisi – onlayn ko‘rinishi. Bu - tranzaksiyaning keng tarqalgan turi. Jarayon quyidagicha: bank kartasining egasi uni to'lov terminaliga qo'yadi yoki pul o'tkazmasini amalga oshirish uchun “buyruq” beradi.

Tranzaksiyaning ikkinchi turi - oflayn ko‘rinishi. Bunday operatsiyalar kamroq amalga oshiriladi, lekin ba'zi hollarda boshqa usulni qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, samolyotda uchish paytida karta bilan to'lamoqchi bo‘lsangiz. Onlayn- tranzaksiyadan farqi shundaki, pul real vaqt rejimida emas, balki kechikish bilan yechiladi – terminal tarmoqqa ulanib, ma'lumotlarni bankka uzatish imkoniyatiga ega bo'lganda amalga oshiriladi.

Tranzaktsiya qanday amalga oshiriladi?

Karta egasi uni terminalga qo'yganidan so'ng, terminal kartadagi ma'lumotlarni qayta ishlaydi va shu joyga xizmat ko'rsatadigan bankka yuboradi. Bank, o'z navbatida, ma'lumotlarni kartani chop etgan to'lov tizimiga o'tkazadi. Tekshiruvdan so'ng to'lov tizimi barcha tranzaksiya ma'lumotlarini operatsion markazga yuboradi. Markaz tasdiqlanganidan so'ng, operatsiya to'g'risidagi ma'lumotlar karta egasining hisob raqami mavjud bankka uzatiladi. Bank yakuniy tekshiruvni amalga oshiradi, shu jumladan bitimning qonuniyligini, mijozning hisobraqamida mablag' mavjudligini va barcha to'lov ma'lumotlarini tekshiradi.

Agar tekshiruv muvaffaqiyatli o'tsa, bank tranzaksiyaga roziligini beradi va jarayon teskari tartibda amalga oshiriladi. Barcha ma'lumotlar yana terminalga qaytariladi, natijada pul mablag'lari xaridorning hisobraqamidan sotuvchining hisobiga o‘tkaziladi. Tranzaksiya murakkab operatsiyaday ko‘rinsa-da, bu jarayon bir necha soniya davom etadi, xolos. Operatsiya bir necha daqiqada amalga oshiriladi.

Oflayn-tranzaksiyada harakatlar sxemasi biroz boshqacharoq. Xaridor kartasini  terminalga qo'yganidan so'ng, zanjir bo'ylab ma'lumotlar almashinuvi amalga oshirilmaydi. Terminal xaridorning hisobraqamida kerakli miqdorda mablag‘ borligini, PIN-kodning to‘g‘ri kiritilishini tekshiradi. Terminal egasi esa bitimning qonuniyligiga ishonch hosil qiladi. Shundan so'ng terminal barcha tranzaksiya harakatini eslab qoladi va tarmoqqa ulanganidan keyin ma'lumotlarni bankka uzatadi. Xuddi shu tartib sovg'a kartalari uchun ham amal qiladi.

Nima uchun bank tranzaksiyani bekor qildi?

Ba'zan tranzaksiya amalga oshmay qoladi. Chunki bank bunga rozilik bermagan bo‘ladi. Bunday holat turli sabablarga ko'ra sodir bo'ladi, masalan:

  • tranzaksiyani bajarish uchun karta egasida yetarlicha mablag‘ bo‘lmagan;
  • karta egasi parolni uch marta noto‘g‘ri kiritgan, shundan so‘ng karta bloklangan;
  • sarflangan mablag' limitdan oshib ketgan - bu band kredit kartalari yoki bo'lib-bo'lib to'lash kartalariga tegishli;
  • karta egasining bank hisobraqami xatlab qo‘yilgan va sud jarayoni qo‘zg‘atilgan;
  • bank tranzaksiyani shubhali deb hisoblagan. Masalan, karta egasi juda katta miqdorda naqd pul yechib olishga uringan yoki bir xil shaxslarga bir xil miqdorda tez-tez pul o'tkazgan.

Banklar jismoniy shaxslarga pul o'tkazmalari bilan bog'liq tranzaksiyalarni diqqat bilan kuzatib boradi. Bu holat ayniqsa xorijiy hisoblarga pul o'tkazmalariga tegishli. Bunday hollarda bank odatda mablag'ning kelib chiqish manbasini yana bir bor tasdiqlashni  va operatsiya sababini so'raydi.  Mijoz tranzaksiya zarurligini asoslab, uning qonuniyligini hujjatlar bilan tasdiqlaganidan so'ng, bank tranzaksiyani amalga oshirishga rozi bo'ladi.

Tranzaktsiya paytida o'zingizni qanday himoya qilishingiz kerak?

Barcha tranzaksiyalar ko'p faktorli xavfsizlik tizimi bilan himoyalangan bo'lib, himoya tranzaksiyada ishtirok etuvchi bank va to'lov tizimlari tomonidan kafolatlanadi. Bank kartalarining xavfsizligini maxsus xavfsizlik tizimlari, shuningdek, ko'p pog‘onali tekshiruv tizimi  kafolatlaydi. Shunga qaramay, ba'zan firibgarlar karta egalarining ishonuvchanligidan foydalanib, ularni aldashadi.

Har qanday tranzaksiya paytida uchinchi shaxslarga, hatto bank xodimlariga ham shaxsiy yoki to'lov ma'lumotlarini oshkor qilmang. Shuningdek, bank kartangiz ma'lumotlari, PIN-kod yoki CVV-kodingizni ayta ko‘rmang. Tranzaksiyani tasdiqlash uchun SMS orqali olingan ma'lumotlarni oshkor qilmang. To'lovlarni faqat ishonchli joylarda amalga oshiring va to'lov terminallarini diqqat bilan kuzatib turing: ba'zan firibgarlar terminaldan PIN-kodni kartadan o'g'irlash uchun foydalanishadi. Agar biron-bir karta tranzaksiyasi roziligingizsiz amalga oshirilgan, deb gumon qilsangiz, darhol bankka va militsiyaga murojaat qiling.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments