bosh sahifa / Xaridlar / Tovani qanday tanlash kerak: 5 ta asosiy mezon
Yangilanish sanasi: 17.05.2024

Tovani qanday tanlash kerak: 5 ta asosiy mezon

Universal tova izlayapsizmi yoki har xil ovqatlar pishirish uchun bir nechtasi kerakmi? Asosiy parametrlarni ko‘rib chiqishga yordam beramiz.

Oshxona arsenalida kamida bitta yaxshi tova bo‘lishi kerak. Bu oshxona anjomi deyarli har qanday oshpazlik vazifasini bajara oladi: maxsus qovurish, yaxshilab qovurish, qizdirilgan yog‘da qovurish, dimlash va hatto toblash. Universalligi tufayli tovada nima xohlasangiz, tayyorlash mumkin – qovurilgan tuxumdan rizottogacha. Biroq, u yoki bu taom uchun ideal to‘g‘ri keladiganini tanlash kerak.

Ushbu maqolada har bir turdagi tovaning ijobiy va salbiy jihatlarini ko‘rib chiqamiz va sotib olayotganda qanday parametrlarga e'tibor berish kerakligini bilib olamiz.

Tovalarning asosiy turlari

Umumiy ma'noda, tova – bu chuqur bo‘lmagan (va juda keng) yassi tagli, uzun tutqichli va qiya devorlari burchak ostida kengayadigan cho‘michga o‘xshagan idish. Ushbu ta'rifga klassik tovalar va ularning kichik turlari ham mos keladi: soteynik (yonlari tik tova), blinnitsa (quymoqlar uchun tova), gril - va vok-qo‘ralar. Ularning bir-biridan farqi quyida keltirilgan:

Klassik. Odatda o‘rta yoki katta diametrli, devorlari o‘rtacha balandlikda. Asosiy ikkita vazifasi – qovurish va dimlash. Go‘sht, sabzavot va baliqdan oddiy “kundalik” taomlarni tayyorlash uchun mos keladi. Klassik tova oshxonada tez-tez ishlatish uchun mo‘ljallangan, shuning uchun uning qoplamasi iloji boricha xavfsiz bo‘lishi kerak (uni qanday tanlash kerakligini quyida aytib o‘tamiz).

Blinnitsa. Past devorli juda yengil tova, unda nafaqat quymoq, balki oladya, pankeyk va sirniklar ham juda yaxshi pishiriladi. Odatda qopqoqsiz bo‘ladi.

Gril. Nafaqat yumaloq, balki kvadrat shaklida ham bo‘lishi mumkin; yuzadagi tarnovlari bilan ajralib turadi, yog‘ oqishi va bug‘lanishi uchun mo‘ljallangan. Steyk va yengil, yog‘siz taomlarni xush ko‘ruvchilar uchun ajoyib tanlov.

Soteynik. Soteynikning yonlari ko‘pincha qiya emas, balki tekis bo‘ladi, chuqurligi, albatta qopqog‘i, qalinlashgan devorlari va yuzasi bilan ajralib turadi. Ba'zan yon tomonlarida bitta uzun tutqich o‘rniga ikkita tutqich bo‘ladi. Umuman olganda, bu tova va kastryulka o‘rtasidagi o‘rtacha idish. Soteyniklar ragu, pasta, sous va qayla tayyorlash uchun juda mos keladi.

Vok –  devorlari baland kichik o‘lchamdagi tova. O‘ziga xos konstruksiyasi tufayli, vok-tova juda tez qiziydi, shuning uchun unda mahsulotlar doimiy ravishda aralashtirib pishiriladi. Dastlab, bunday idishlar Janubi-Sharqiy Osiyo (o‘sha yerda ixtiro qilingan) taomlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan edi. Ammo tajriba shuni ko‘rsatdiki, vokda pasta ham, palov ham, paelya ham juda yaxshi pishadi.

Materiallar

Barcha turdagi tovalar asosiy materiallar bo‘yicha farqlanadi.

Alyuminiy. Kam vazni bilan ajralib turadi, tez qiziydi, shuning uchun biror narsani tezda qovurish kerak bo‘lgan variantlar uchun ko‘proq mos keladi. Masalan, tuxum yoki sho‘rva uchun sabzavotli qayla tayyorlash.

Afzalliklari: tez qiziydi, yengil, arzon narx.

Kamchiliklari: qizib ketishdan tova deformatsiyalanishi mumkin.

Cho‘yan tovalar. Agarda faqat bitta tovani tanlashimiz mumkin bo‘lganida, ehtimol u cho‘yan tova bo‘lar edi. Uning asosiy afzalliklari - o‘ta chidamlilik va universallik. Yaxshi qizdirilgan cho‘yan tovada tovuq, steyklarni qovurish; ragu, palov va turli xil toblamalarni tayyorlash uchun ishlatish mumkin. Hatto unda non pishirish ham mumkin!

Afzalliklari: chidamli, uzoq muddatga xizmat qiladi; gaz pechiga joylashtirish mumkin. Taomlarni uzoq vaqt issiq ushlab turadi.

Kamchiliklari: hidlarni o‘zida qoldirishi mumkin; og‘ir.

Zanglamaydigan po‘latdan ishlangan tovalar – alyuminiydan biroz og‘irroq, ammo cho‘yandan yengilroq. Zanglamaydigan po‘lat issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydi, shuning uchun ishlab chiqaruvchilar odatda metallning bir necha qatlamlaridan tovalar yasaydi. Bunday modellar go‘shtni qovurish yoki dimlash, souslarni qaynatish yoki pechda tez toblash uchun juda mos keladi.

Afzalliklari: chidamli, uzoq muddat xizmat qiladi; pech va idish yuvish mashinasi uchun mos keladi; tirnalmaydi.

Kamchiliklari: qimmat narx.

Mis tovalar. Chiroyli ko‘rinishga ega, issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Tez qovurish uchun mos.

Afzalliklari: tashqi ko‘rinishi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, uzoq muddatga xizmat qilishi.

Kamchiliklari: idish mashinasida yuvish mumkin emas.

Qoplama turlari

Cho‘yan yoki zanglamaydigan po‘latdan ishlangan tovalarga odatda qoplama kerak emas.  Boshqa turlariga esa kerak bo‘ladi. Kuydirmaydigan qoplama ovqatni yopishishdan va kanserogen “qobiq” hosil bo‘lishidan saqlaydi va asosiy material bilan birlashishiga yo‘l qo‘ymaydi (bu sog‘liq uchun juda zararli bo‘lishi mumkin – masalan, mis bilan bog‘liq holda). Mana eng keng tarqalgan variantlar.

Teflon qoplamasi. Eng ommabop va hamyonbopi. Yog‘siz pishirishga imkon beradi. Bunday tovalarni kuzatib borish kerak: agar qoplama shikastlangan yoki eskirgan bo‘lsa, teflon bo‘laklari ovqatga tushishi mumkin, bu esa sog‘liqqa salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, ko‘p va uzoq vaqt qizib ketganda (260 °C dan yuqori) teflon zararli bug‘larni chiqara boshlashi mumkin. Biroq, qoida tariqasida, ishlab chiqaruvchi harorat rejimi haqida ogohlantiradi va pishirish paytida sirtga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan metall buyumlardan foydalanmaslikni tavsiya qiladi.

Marmar (granit) qoplama. U toza marmar yoki granitdan emas, balki tosh urvoqlari va teflon aralashmasidan ishlab chiqariladi. Bunday idishlar teflondan qimmatroq, baquvvatroq va uzoqroq xizmat qiladi.

Keramika. Silikageldan tayyorlangan eko-qoplama (u o‘z navbatida qumdan olinadi). Keramika idishlari teflon va marmar kabi kuydirmaydigan effektga ega, ammo kimyoviy moddalar qo‘shilmagan holda ishlab chiqariladi. Unda pishirish uchun yog‘ kerak bo‘ladi, ammo oz miqdorda. Biroq, uni 450°C gacha qizdirish mumkin.

Hajmi

Tova hajmini tanlashda plitangiz qopqoqlari diametri va nechta oila a'zolari uchun ovqat pishirishingizni hisobga oling. Umuman olganda, bitta odam uchun diametri 18-20 sm bo‘lgan tova yetarli bo‘lishi kerak. Ikki yoki uch kishilik oila uchun 22-24 sm diametrli anjomni olish kerak. Diametri 28-32 sm esa katta kompaniya yoki ortig‘i bilan ovqat pishirishni xush ko‘ruvchilarga mos keladi.

Plitalar turi

Gaz plitalari uchun deyarli barcha turdagi tovalar mos keladi, ochiq olov ta'siri ostida deformatsiyalanishi mumkin bo‘lgan juda yupqalari bundan mustasno.

Elektr plitasi faqat diametri qopqoq parametriga iloji boricha yaqin bo‘lgan tekis yuzali tovarlar bilan “do‘st” bo‘ladi. Shunda tova haddan tashqari qizib ketmaydi yoki aksincha, juda sekin qizimaydi.

Induksion plitalar uchun ferromagnit yuzali maxsus idishlar kerak. Tanlashda idishlardagi Induksion belgilariga e'tibor bering - bu tovani induksiyali plitada ishlatish mumkinligini kafolatlaydi.

Tovani qanday tanlash kerak: qisqacha

Agar asosan nonushta tayyorlasangiz, kuydirmaydigan qoplamaga ega klassik katta bo‘lmagan tovani sotib olishingizni tavsiya qilamiz. Agar kam yog‘li parhezga rioya qilsangiz, bu juda mos keladi.

Universalrog‘i - cho‘yan tova. U barcha turdagi pishirishlarga mos keladi. Ammo unda qisqa tanaffus bilan turli xil taomlarni tayyorlash tavsiya etilmaydi (aytaylik, qovurilgan baliqdan so‘ng shirin quymoqlarni). Cho‘yan kuchli hidlarni o‘ziga singdirish xususiyatiga ega.

Agar tova yuzasi notekis bo‘lib qolgan va chuqur tirnalgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish vaqti keldi. Shuningdek, dastasi tushib ketgan bo‘lsa, bunday tovadan foydalanmaslik kerak, chunki bu nafaqat noqulay, balki pishirish paytida ham xavf tug‘dirishi mumkin. Foydalanish jarayonida tovani hech qanday muammosiz ushlab turishingiz yoki uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishingiz muhimdir.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments