bosh sahifa / Xaridlar / Toshkentda geymer bo‘lish qanchaga tushadi: shaxsiy tajriba — 2-qism
Yangilanish sanasi: 12.08.2024

Toshkentda geymer bo‘lish qanchaga tushadi: shaxsiy tajriba — 2-qism

Biz Toshkentdagi geymerlar bilan sevimli konsollar va o‘yinlar, o‘yin kompyuterlari, obunalar va bozordagi yangiliklar haqidagi suhbatni davom ettiramiz. Va eng muhimi — o‘yinlarga bo‘lgan ishtiyoq necha pul turishini aniqlaymiz.

Ushbu materialda uchta qahramon o‘z fikrlarini bildiradi — O‘zbekistonda o‘yinlarga qancha pul ketishi haqidagi suhbatlarning birinchi qismini havola orqali o‘qishingiz mumkin.

“O‘yin ichidagi xarajatlarga nisbatan salbiy munosabatdaman: o‘zim ham foydalanmayman va bolamga ham ruxsat bermayman”

Sergey, 42 yosh. PlayStation 5, Steam Deck, Nintendo Switch va shaxsiy kompyutelarda o‘ynaydi. 

—  O‘yinlarga 1994-yili sinfdoshimning birinchi Dendy'sini ko‘rganimda qiziqa boshladim. Uni sotib olish imkoniyatim yo‘q edi, shuning uchun men faqat mehmonda o‘ynar edim. Keyin, 1998 yilda birinchi kompyuter paydo bo‘ldi — o‘sha paytda men o‘yin o‘ynash bilan shug‘ullana boshladim. Hozirda men bir kishilik o‘yinlarni afzal ko‘raman: ularni ish kunining oxirida bir-bir yarim soat davomida xotirjam o‘ynashingiz, odamlar bilan muloqot qilmasligingiz va shunchaki dam olishingiz mumkin. Odatda Nintendo eksklyuzivlarini — Zelda, Mario  —  yoki  eng so‘nggi “O‘rgimchak-odam”, Horizon, God of War kabi PlayStation eksklyuzivlarini tanlayman. Kompyuterda grafikani his qilmoqchi bo‘lgan yangi o‘yinlarni o‘ynayman, masalan, Hogwarts Legacy.

Men o‘zimga PlayStationni uning to‘rtinchi versiyasi chiqqanida oldim. Bunga 5-6 yil bo‘ldi. Beshinchisi chiqqanda, uni imkon qadar tezroq sotib oldim. Karantin paytida zerikmaslik uchun Nintendo Switchni sotib oldim. Nintendodan ikkita narsani kutgandim: eksklyuzivlarni tomosha qilish va sayohatlarda o‘zim bilan olib ketish mumkin bo‘lgan ixcham qurilmaga ega bo‘lish. O‘tgan yili Toshkentda Steam Deck sotib oldim, barcha holatlarda narxlar bozor narxlarida edi (hozirda Steam Deck narxi 399 dollardan boshlanadi, PS5 — taxminan 7 million so‘m, Nintendo Switch — taxminan 4,5 million so‘m).

Menda o‘yin kompyuteri bor, uni bu yil maxsus o‘yin platformasi sifatida sotib oldim. Menga tayyor yig‘ilgan holatda keldi, ammo komponentlarini buyurtma qildim va yetkazib beruvchini tanladim. Yig‘ish narxi — taxminan 3000 $.

Odatda mening qiziqishlarimga mos keladigan barcha yirik eksklyuzivlarni sotib olaman — bir kishilik katta byudjetli o‘yinlarni. Ularning narxi taxminan bir xil, har bir o‘yin 50–70 $ turadi. Agar o‘rtacha hisoblak, men oyiga bitta o‘yin sotib olaman deb o‘ylayman — bu 60 dollar atrofida. O‘yin ichidagi xarajatlarga nisbatan salbiy munosabatdaman: prinsip jihatdan, valyuta va xaridlardan o‘zim ham foydalanmayman, bolamga ham ruxsat bermayman.

Geymingda shunday yo‘nalish mavjud — VR, virtual borliq. Men ham buni boshdan kechirdim, bir vaqtlar men bir necha yuz dollarga PlayStation 4 uchun VR1 sotib olganman. Va bu men afsuslanmaydigan, lekin unchalik foydalanmagan yagona o‘yin qurilmasi xaridi. Boshida u qiziqarli va chiroyli edi, biroq keyinroq muammolar chiqa boshladi. Birinchidan, VR1 dagi tasvir yaxshi emas: to‘r ham ko‘rinadi, piksellar soni ham yomon. Eshitish vositasining o‘zi katta hajmli, simlar bilan osilgan va pristavka uchun qo‘shimcha kontroller kerak. Va eng muhimi, o‘yinlar, umuman olganda, ko‘p emas. Boks bor,  The Room — topishmoqlar yechadigan kvest  —  yoqdi va shu bilan qiziqishim tugadi.

Men O‘zbekistondagi o‘yinchilar hamjamiyati unchalik aloqaga ega emasman, chunki asosan bir kishilik o‘yinlar o‘ynayman. Lekin hamkasblarimning gaplariga ko‘ra bunday hamjamiyat bor: hamma joyda bo‘lgani kabi, odamlar kompyuter o‘yinlarini o‘ynaydi, nimadir sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun esa ikkilamchi bozor mavjud. Men geymer sifatida Toshkentda ko‘rishni istagan yagona narsa bu Nintendo uchun kartridjlar yoki PlayStation uchun disklar ko‘rinishidagi harakatli o‘yinlarning keng assortimenti bo‘lishi.

“Hozirda PlayStation Plus obunasidaman, biron bir yangi o‘yin sotib olmaganman”

Aleksey, 36 yosh. PlayStation 4 Slim'da o‘ynaydi.

— Steamda katta kutubxonam bor, men u yerda uzoq vaqtdan beri o‘yinlar to‘playman — lekin ularning yarmini sotib olib, hech qachon o‘ynamaganman. Uch yil avval konsolni sinab ko‘rishga qaror qildim: shaxsiy kompyuterni yangilash uchun juda ko‘p pul kerak bo‘ladi. Men ikkita geympadga ega PlayStation 4 ni 280 dollarga (bu yerda va keyingi o‘rinlarda joriy kurs bo‘yicha dollarga o‘girilgan – muharrir izohi) sotib oldim va shundan beri butunlay konsolga o‘tdim.

Menga aniq nashriyotlar va mualliflar yoqadi, Remedy, Rockstar o‘yinlarini yaxshi ko‘raman, Kojima loyihalari qiziqarli. Barcha davrlarning top-10 taligida Need for Speed ​​seriyasi poygalari ham, otishmalar ham va Call of Duty kabi jangovar oʻyinlar — boshqa turli xil o‘yinlar bor.

Oʻyin oʻynashda asosiy xarajat oʻyinlarni sotib olishdir. Bir necha yil oldin, PS uchun rus hisobdan foydalanganimda, oʻyinlarini arzon savdoda sotib oldim. PS Deals deb nomlangan ajoyib ilovadan foydalar edim: u PlayStation'dagi oʻyinlar narxlarini kuzatib borib,narxi pasaysa push-bildirishnoma yuborar edi. Eng qimmat oʻyinim diskdagi Mortal Kombat edi, uning narxi taxminan 35 dollarni tashkil qilardi. Qolganlari 6–7 $ atrofida, Controlni taxminan 11 dollarga sotib olganman.

Keyin ma'lum bir nashriyot — Electronic Arts'dan oʻyinlarga obuna borligini bilib qoldim. U oyiga arzimas 3-4 $ turadi. Men uni 21-dekabr kuni rasmiylashtirdim va ushbu obunada yashadim, chunki unda juda koʻp oʻyinlar mavjud. Yangi, premyera oʻyinlar paydo boʻlmasdi, lekin bu menga juda mos edi — prinsip jihatdan, sotuvlar boshida biron bir oʻyin sotib olmas edim. Natijada, oyiga xarajatlar taxminan 9-10 dollarni tashkil etardi — obuna va kutubxonaga toʻplash uchun bitta oʻyin.

Rossiya akkauntlarim oʻchirib qoʻyilganidan soʻng, Oʻzbekistonda konsol uchun qanday xaridlarni amalga oshirish haqida oʻylanib qoldim. Menga berilgan birinchi maslahat — disklarni sotib olish. OLX ga murojaat qildim, muvaffaqiyatli xaridlarni amalga oshira olmadim: suhbat natija bermadi, siz shunchaki kerakli odam bilan uchrashuv va savdo haqida kelishib ololmaysiz. Natijada men oʻzimga Polsha akkauntini yaratdim. Narxlar bo‘yicha hammasi boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi-unchalik qimmat emas, lekin arzon ham emas. Biroq, stor to‘ldirish kartalarini sotib olish oson va VPN qo‘yishning hojati yo‘q: shunchaki Polsha manzili bilan akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazasiz, uni pochta orqali tasdiqlaysiz, to‘ldirish kartasi orqali balansni to‘ldirasiz - va tamom. Oddiy bank kartasini ulashga harakat qildim, lekin ishlamayapti.

Hozirda PlayStation Plus obunasidaman va alohida yangi oʻyin sotib olmaganman. Obunada uchta tarif mavjud: eng qimmat Premium, Extra va Essential. Birinchi marta oʻrtacha Extra sotib olgandim, ikkita oʻyin oʻynaganimdan so'ng, yanglishganimni tushundim: obuna oʻzini qopladi, lekin men hech qanday foyda koʻrmadim —  undan foyda ko‘rish uchun oyiga beshta oʻyin oʻynashga ulgurish kerak. Qimmatbaho obuna uchun arzirli geymer emasligimni angladim va oyiga uchta oʻyin bilan Essential tarifiga oʻtishga qaror qildim. Hozir ushbu obunani birinchi navbatda kutubxonada mavjud boʻlgan oʻyinlarni oʻynash ; ikkinchidan, yangi oʻyinlarni sotib olish; uchinchidan, menda onlayn oʻyin ochiq boʻlishi uchun yangilayapman.

Oʻyinlarda xarid qilishga meni koʻndirish qiyin, men hech narsa sotib olmayman — qoʻshimcha xarajatlar yo'q. Faqat quloqchinlarim yangi. Avval oddiy quloqchinlar bilan to'p o‘ynardim, keyin bu juda noqulay ekanligini tushundim va 45 dollarga simli o‘yin quloqchinlarini sotib oldim. PlayStation Sony firmasinikidan boshqa simsiz quloqchinlarni ulashga ruxsat bermaydi. Lekin men rasmiy garnitura olmadim, unung oʻrniga simli quloqchinlarni sotib oldim va uni geympaddagi ulagich orqali ulayman.

Oʻzbekistonda kompyuter klublari mashhur va odamlar u yerga borishini bilaman. Bu yerda Counter-Strike, Dota va — meni juda xayron qoldirgani — hatto Mortal Kombat boʻyicha musobaqalar (va bizning kompaniyamiz ularda qatnashgan) boʻlib oʻtadi. Asosiy muammo — PS da oʻzining doʻkoni yoʻqligi: oʻyinlarni disklarda qidirish yoki boshqa mamlakatlarning akkauntlari bilan qiynalish kerak bo‘ladi.

“O‘yin uchun qo‘shimcha xarajatlar — joyni jihozlash ”

Stanislav, 39 yosh. 20 yildan beri shaxsiy kompyuterda o‘ynaydi.

— Kompyuter o‘yinlari bilan birinchi marta 1989 yilda tanishganman. Bu dadamning ishidagi Formula 1 Simulatorining 86-yil versiyasi edi. Besh yoshli bola uchun o‘yin juda qiziqarli edi, uch soat davomida monitordan uzoqlasha olmagandim. Keyin 90-yillarning boshlarida ota-onam, men va boshqalarga o‘yin o‘ynash uchun uncha vaqt yo‘q edi. 94-95 yillarda esa, Dendy deb nomlangan — Famicomning xitoy klonlari bozorda paydo bo‘la boshladi. Ulardan birini ko'p ko‘z yoshlar, yalinishlar va besh baholarimdan so‘ng olib berishdi. U 999 ta o‘yin kartriji uchun va Duck Hunt uchun “chiroqli to‘pponcha” bilan birga keldi. Bu davrdan shuni eslayman: ehtimol, tengdoshlarimning hammasi televizorga emas, balki qandilga otish mumkinligini bilar edi —  “to‘pponcha”dagi LED yorug‘likka ta'sir qilardi. Lampochkani nishonga olinganida, doimo o‘rdak urilardi — hamma bolaligida bunday chitlardan boshlagan.

Konsollardan menda Dendy, Sega, PlayStation 1 va 2 bor edi, asosan ularda arkada o‘yinlarini o‘ynardim. Konsollarda bitta katta muammoga duch kelardim: klaviatura va sichqonchaning yo‘qligi. Konsollar poyga, jangovar o‘yinlar uchun yaxshi, bu joyda geympadga teng keladigani yo‘q. Ammo aniq boshqaruvni talab qiladigan o‘yinlarni — strategiyalar va shunga o‘xshashlarni o‘ynash juda qiyin, bu keyinchalik kompyuterga o‘tishimning sabablaridan biri bo‘lgan. Ikkinchi sabab esa konsolda o‘yinlar sezilarli darajada qimmatlashgani.

O‘yin kompyuterini o‘zim yig‘ganman, to‘rt yil davomida u kuchaytirildi, yaxshilandi — natijada o‘yinga sho‘ng‘ish imkonini beradigan, uchta monitorga ega juda kuchli mashina paydo bo‘ldi. Misol uchun, agar aviatsiya simulyatorlari ishga tushirilsa,  ko‘rish qamrovi deyarli to‘liq bo‘ladi. Butun to‘plam menga 3000 dollardan sal kamroqqa tushdi.

Hozirgi kunda sevimli o‘yinlarimga strategiya ham, otishma o‘yinlari ham kiradi:  Apex Legends, Dead by Daylight, Civilization VI, Factorio, Oxygen Not Included, Microsoft Flight Simulator. O‘yinga oyiga 100 $ atrofida sarflayman, asosan o‘z kolleksiyam uchun arzon sotuvga qo‘yilgan o‘yinlarni sotib olish uchun (tabiiyki, men buni hech qachon tashlab qo‘ymayman; ular shunchaki bo‘lishlari uchun sotib olaman). Ikkinchi xarajat ustuni — o‘sha 100 dan taxminan 30 $ —  Apex Legends va boshqa o‘yinlar uchun premium akkauntlarga obuna. Ular Battle Pass deb ataladigan o‘yin ichidagi xaridlar bo‘lib, kichik bonuslarni olish va vaqtni tejash imkonini beradi.

O‘yin uchun qo‘shimcha xarajatlar — joyni jihozlash. Menda 2e Gamingdan kreslo bor, bazasiga elektr motor o‘rnatganman: boshqaruv paneli yordamida xona bo‘ylab uchish yoki kresloni oshxonaga muzlatgich yoniga yuborish mumkin. Quloqchinlar ham 2E Gaming, lekin  aniq ovoz kerak bo‘lsa, Sony firmasini tavsiya qilaman — ular ancha qimmat, taxminan 400$ turadi, lekin ovoz bunga arziydi.

Agar o‘yinga sho‘ng‘ishni istasangiz, VR dubulg‘asi va manipulyatorlarini (taxminan 600 $) sotib olish kerak. Ular bilan Phasmophobia o‘ynab, siz butunlay boshqacha hissiyotlarga ega bo‘lasiz. Poyga va tank muxlislari uchun taktil jelet mavjud: tankning orqa chap tomoniga urilganda, siz chap tomondan orqangizda “zarba”, kuchli tebranishni his qilasiz. Menda bunday qurilmalar bor, lekin ularni kamdan-kam ishlataman, chunki men ko‘proq “sinab ko‘rish” uchun sotib olgan edim.

O‘zbekistonda men uchun o‘yinlarda  bitta muammo bor va u “barcha onlayn o‘yinlarda juda, juda, juda yuqori ping” deb ataladi. Shuning uchun xalqaro chempionatlarda musobaqa rejimiga chiqish qiyin, biz oldindan mag'lubiyat holatidamiz. Menda shunday tajriba bor: Apex Legends bo‘yicha juda katta mukofot jamg‘armasiga ega turnir bo‘lib o‘tdi, biz ishtirok etishga harakat qildik, ammo, afsuski, ping muammosi yaxshi qatnashishimizga imkon bermadi. Umuman olganda, o‘yinchilar jamoasi Evropa mamlakatlari bilan solishtirganda juda kam rivojlangan. Deyarli barchamiz bir-birimizni taxminan 15 yildan beri bilamiz — bu juda kichik, do'stona jamoa.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments