
Shovqinni so‘ndiruvchi quloqchinlar: Uzum Marketdagi eng yaxshi modellar sharhi
Shovqinni so‘ndiruvchi quloqchinlar foydali va qulay gadjetdir. Ular har qanday joyda: ofisda, ko‘chada yoki transportda shaxsiy makon yaratishga yordam beradi. Ammo mos modelni tanlashga kelganda, adashish oson. Variantlar ko‘p, har biri boshqalaridan afzalroq bo‘lishini va’da qiladi. Maqolada shovqinni so‘ndiruvchi quloqchinlarni qanday tanlash va xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligini ko‘rib chiqamiz.
Quloqchinlar turi
To‘liq o‘lchamli (over-ear) — bu quloqlarni to‘liq qoplaydigan modellar bo‘lib, tashqi shovqindan maksimal izolyatsiya effektini yaratadi. Katta dinamiklari tufayli chuqur va hajmli ovozni ta'minlaydi, bu esa ularni uyda yoki ofisda musiqa tinglash uchun juda qulay qiladi. Bunday quloqchinlarning afzalliklari — hatto uzoq vaqt taqib yurganda ham noqulaylik sezmaysiz va aktiv shovqinni so‘ndirishning yuqori sifati. Biroq, o‘lchami va og‘irligi tufayli kundalik hayotda, ayniqsa harakatlanayotganda bulardan foydalanish unchalik qulay emas.
Yostiqchali quloqchinlar (on-ear) quloq suprasida joylashib, to‘liq o‘lchamdagi quloqchinlarga qaraganda ixchamroq bo‘ladi. Yengilroq va ixchamroq bo‘lganligi tufayli safarda birga olib yurish qulay. Ammo quloqni to‘liq qoplamaganligi sababli, passiv shovqin izolyatsiyasi unchalik samarali emas. Bundan tashqari, uzoq vaqt ishlatilganda, quloqlarga bosim berishi va noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
Vakuumli (in-ear) yoki o‘rnatiladigan quloqchinlar quloq kanaliga o‘rnatilib, tashqi shovqindan yaxshi passiv izolyatsiyani ta'minlaydi. Ixcham, yengil va faol hayot tarzi uchun qulay hisoblanadi — sport bilan shug‘ullanish yoki metroda yurish bo‘lsin, o‘zingiz bilan olib yurish va har qanday sharoitda foydalanish mumkin. Biroq, bunday format hammaga ham mos kelmaydi: kimdir uzoq vaqt foydalanishda noqulaylik sezishi mumkin. Shuningdek, bunday quloqchinlardagi ovoz sifati va aktiv shovqinni so‘ndirish ko‘pincha to‘liq o‘lchamli modellardan yomonroq bo‘ladi.
Shovqinni so‘ndiruvchi simsiz quloqchinlar harakat erkinligi tufayli ommalashgan. Simlar yo‘q, demak, hech qanday chigallik va cheklovlar ham bo‘lmaydi. Bunday quloqchinlar to‘liq o‘lchamli ham, vakuumli ham bo‘lishi mumkin. Simsiz modellardan, ayniqsa, yo‘lda yoki sport mashg‘ulotlarida foydalanish qulay. Ammo kamchiliklari ham bor: avtonom ishlash vaqti cheklangan, shuning uchun uzoq vaqt foydalanishda qayta zaryadlash talab qilinishi mumkin.
Aktiv va passiv shovqinni so‘ndirish
Shovqin so‘ndirish passiv yoki faol bo‘lishi mumkin. Passiv — bu quloqchinlarning tuzilishi va materiallari tufayli tashqi tovushlarni tabiiy bloklash xususiyati. Bunga to‘liq o‘lchamli va yostiqchali modellarda mahkam qoplaydigan yostiqchalar yoki vakuumli quloqchinlarni quloq kanaliga zich joylashtirish orqali erishiladi. Passiv shovqinni kamaytirish odamlar suhbati yoki klaviatura shovqini kabi o‘rta va yuqori diapazondagi shovqinlarni samarali so‘ndiradi. U qo‘shimcha energiya talab qilmaydi, chunki faqat quloqlarning tashqi muhitdan jismoniy izolyatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Aktiv shovqinni so‘ndirish (ANC) — bu tashqi shovqinni qabul qilish va bu tovushlarni “so‘ndirish” uchun qarama-qarshi fazada tovush to‘lqinlarini yaratish uchun mikrofonlardan foydalanadigan ilg‘or texnologiya. Natijada, ANC texnologiyasi fon shovqinini, ayniqsa, samolyot dvigatelining shovqini yoki ko‘cha shovqini kabi past chastotali tovushlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Bu texnologiya energiya talab qiladi, shuning uchun akkumulyatordan quvvatlanadigan quloqchinlarda ishlatiladi. Aktiv shovqinni kamaytirish texnologiyasi kuchli shovqin sharoitida, masalan, transportda yoki shovqinli ofislarda foydalanish uchun mos keladi.
Har qanday sport turiga mos quloqchinlarni qanday tanlash mumkin: asosiy parametrlar
Tanlash uchun muhim xususiyatlar
Sifatli shovqinni so‘ndiruvchi quloqchinlarni tanlash uchun bir nechta asosiy xususiyatlarni hisobga olish kerak:
- Ovoz sifati. Chastota diapazoniga, foydalanuvchilar va mutaxassislarning fikrlariga e'tibor bering. Barcha chastotalarda — chuqur bassdan tortib, tiniq yuqori notalargacha — toza va muvozanatli ovoz beradigan modellarni tanlang. Bu, ayniqsa, musiqa, filmlar yoki podkastlarda detallarga ahamiyat beradiganlar uchun muhimdir.
- Qulaylik va o‘rnashishi. Quloqchinlarning boshda qanchalik qulay joylashishini va uzoq vaqt foydalanishda noqulaylik tug‘dirmasligini tekshiring. To‘liq o‘lchamli modellarda yumshoq yostiqchalar bo‘lishi, yostiqchalilari barqaror bo‘lishi, vakuumlilari esa turli o‘lchamdagi uchliklar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, shunda siz o‘ziga mos variantni tanlay olasiz.
- Batareyadan ishlash vaqti. Simsiz modellar uchun avtonom ishlash vaqtini baholash muhimdir. Quloqchinlar shovqinni kamaytirish funksiyasi faollashtirilgan holda 15-30 soat ishlasa, yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Tez zaryadlash funksiyasining mavjudligi ko‘pincha harakatda bo‘lganlar uchun foydali qo‘shimcha bo‘ladi.
- Boshqaruv va qo‘shimcha funksiyalar. Sensorli boshqaruv, ovozli yordamchilarni qo‘llash va shaffoflik rejimiga e'tibor bering. Bu funksiyalar quloqchinlardan foydalanishni sezilarli darajada osonlashtirishi va qurilma bilan ishlash tajribangizni yaxshilashi mumkin.
- Narx va brendlar. Narx va sifat nisbatini baholang. Sony, Bose yoki Sennheiser kabi taniqli brendlarning qimmat modellari odatda yuqori sifatni taklif qiladi, biroq bozorda munosib xususiyatlarga ega arzonroq variantlarni ham topish mumkin. Optimal variantni topish uchun quloqchinlarni byudjetingiz va ehtiyojlaringizdan kelib chiqib tanlang.
Shovqinni so‘ndiruvchi quloqchinlarning TOP-6 modeli
Bu bo‘limda sifat, funksionallik va foydalanish qulayligini o‘zida mujassam etgan shovqinni so‘ndiruvchi quloqchinlarning oltita modelini to‘pladik.
Sony WH-1000XM5
Shovqin so‘ndirishning moslashuvchan tizimi tufayli WH-1000XM5 avtomatik ravishda atrof-muhitga moslashadi va hatto eng shovqinli sharoitlarda ham tinchlikni ta'minlaydi. Bu quloqchinlar audio tiniqligini ta'minlaydi va musiqa tinglashni yanada yoqimli qilish uchun tovushni yaxshilash funksiyasi bilan jihozlangan. Ergonomik dizayn va yumshoq yostiqchalar uzoq vaqt davomida qulay foydalanishni ta'minlaydi, 30 soatgacha ish vaqti esa kun bo‘yi tanaffussiz musiqadan zavqlanish imkonini beradi.
Bose QuietComfort 35 II
Model tashqi shovqinlarni samarali bartaraf etuvchi aktiv shovqinni so‘ndirish texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, atrof-muhitdan qat'i nazar, musiqaga to‘liq sho‘ng‘ishga yoki diqqatni ish uchun jamlashga imkon beradi. QuietComfort 35 II har qanday sharoitga oson moslashtirish mumkin bo‘lgan uchta shovqinni kamaytirish darajasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ergonomik dizayn va yumshoq yostiqchalar uzoq vaqt davomida qulay foydalanishni ta'minlaydi, yengil konstruksiya tufayli sayohat uchun ideal variant hisoblanadi. Google Assistent va Amazon Alexa kabi o‘rnatilgan ovozli yordamchilar quloqchin funksiyalarini boshqarishni osonlashtiradi.
HyperX Cloud 3 Wireless
Modelda ishonchli shovqinni kamaytirish texnoligiyasi mavjud bo‘lib, bu geymerlar va musiqa ishqibozlari uchun ajoyib tanlov hisoblanadi. Yengil konstruksiya va yumshoq yostiqchalar uzoq vaqt foydalanish qulayligini ta'minlaydi, 1200 soatgacha ishlash vaqti esa tez-tez zaryadlamasdan tovushdan zavqlanish imkonini beradi. HyperX Cloud 3 Wireless ishonchli mikrofon va sodda boshqaruv elementlari bilan jihozlangan.
Anker Soundcore Life Q35
Ajoyib ovoz sifati va 40 soatgacha bo‘lgan ish vaqtini taqdim etuvchi aktiv shovqinni so‘ndirish funksiyasi bo‘lgan to‘liq o‘lchamli quloqchinlar. Yumshoq yostiqchalari va yengil dizayni tufayli uzoq muddat foydalanish uchun mos keladi. Bu quloqchinlar, shuningdek, yuqori sifatli audioni qo‘llab-quvvatlaydi va quloqchinlarni yechmasdan qulay muloqot qilish uchun o‘rnatilgan shaffoflik rejimiga ega. Narx va sifat o‘rtasidagi mutanosiblikni izlayotganlar uchun yaxshi tanlov.
Marshall Monitor II ANC
Aktiv shovqinni so‘ndiruvchi quloqchinlar bo‘lib, retro dizayni va chuqur baslarga qaratilgan kuchli ovozi bilan ajralib turadi. Model foydalanishda qulaylik va zamonaviylikni ta'minlab, shovqinni so‘ndirish yoqilgan holda 30 soatgacha avtonom ishlashni taqdim etadi. Quloqchinlar musiqa va qo‘ng‘iroqlarni boshqarish uchun qulay ko‘p funksiyali joystik bilan jihozlangan, shuningdek, ovozni maxsus ilova orqali sozlash imkoniyatini qo‘llaydi.
BEATS Studio Pro, Dolby Atmos, ANC
Model aktiv shovqinni so‘ndirish (ANC) va hajmli tovush yaratish uchun Dolby Atmos texnologiyasini o‘zida mujassam etgan. Bu quloqchinlar kuchli bass va muvozanatli ovozni ta'minlab, ayniqsa zamonaviy musiqa muxlislarining e'tiborini tortadi. Shovqinni so‘ndirish yoqilgan holda 24 soatgacha avtonom rejimda ishlash va tez quvvat olish imkoniyatini taqdim etadi, bu kundalik foydalanishni qulay qiladi.
Optimal modelni tanlab, qayerda bo‘lishingizdan qat'i nazar — ofisda, ko‘chada yoki sayohatda — shaxsiy makoningizni yaratishingiz mumkin. Sifati va qulayligi bilan quvontiradigan ideal quloqchinlarni topish uchun maqolada tavsiya etilgan variantlarni ko‘rib chiqing.
Izoh qo‘shish