bosh sahifa / Sarflash va tejash / Pulni qanday tejash mumkin: 20 ta foydali maslahat

Pulni qanday tejash mumkin: 20 ta foydali maslahat

Kamroq pul sarflashni xohlasangiz, kichik zavqlardan voz kechish shart emas. Pul tejashning boshqa usullari ham bor: tavsiyalarimizni keltiramiz.

Ba'zilari juda oddiy bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin ular ham yordam beradi. Asosiysi, maqsad qo‘ying va u tomon qanday borayotganingizni kuzatib boring.

Do‘konlardagi narxlarni o‘rganing

Ba'zan eng yaqin do‘kondan xarid qilish qulay, lekin bir  mahalla narida arzonroq olishingiz mumkin. Mahalladagi savdo nuqtalarini aylanib, narxlarni solishtirib chiqing. Albatta, hamma mahsulotlarni emas, lekin ba'zilarini arzonroq narxda topishingiz aniq.

Doimiy mijozga aylaning

Do‘konlarda sodiqlik kartalari mavjud bo‘lib, ularga ballar yoki boshqa bonuslarni olish mumkin. Bu pulni tejash uchun ajoyib imkoniyat. Hatto bozorda ham, sotuvchining doimiy xaridori bo‘lsangiz, arzonroq narx taklif qiladi. Axir, u bir martalik “qimmat” savdodan ko‘ra sizdan ko‘proq foyda oladi.

Aksiya va chegirmalarga e'tibor bering

Har doim sotib oladigan mahsulot yoki buyumlaringizni arzonroq narxda xarid qilishning ajoyib usuli. Chegirmalar muntazam yoki ma'lum bir kunga,  masalan «Black Friday» (“Qora Juma”)ga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin.

Do‘konga och qorin bilan bormang

Och bo‘lganingizda ko‘proq mahsulot sotib olasiz, bu – faktdir. Qolaversa, hamma mahsulotlarning ham saqlash muddati uzoq emas: masalan, pishloq yoki tvorog tez aynib qolishi mumkin. Xulosa: do‘konga ovqatlangandan keyin boring.

Xaridlar ro‘yxatini tuzing

Oziq-ovqat do‘koniga yoki bozorga borganingizda foydali bo‘ladi. Agar xaridlar ro‘yxati bo‘lsa va unga rioya qilsangiz, ehtimol ortiqcha mahsulot sotib olmaysiz. Demak, pulingizni tejaysiz.

Naqdsiz to‘lovlardan foydalaning

Bir tomondan, ko‘pchilik naqd pulda to‘lashni qulayroq deb biladi — har doim qancha pulingiz qolganini ko‘rib turasiz. Ammo naqdsiz to‘lovda keshbek, ya'ni sarflangan summaning kichik foizini qaytarib olishingiz mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda do‘konning sodiqlik kartalari bo‘yicha bonuslar ham olish mumkin — ikki baravar foydali bo‘ladi.

O‘zingiz bilan ko‘p naqd pul olib yurmang

Agar bank kartalarini yoqtirmasangiz, hech bo‘lmaganda o‘zingiz bilan ko‘p naqd pul olib yurmang. Bu xavfli bo‘lish birga biron nima xarid qilish istagi uyg‘onib qolishi mumkin. Kundalik xarajatlar va “jamg‘arma” uchun zarur pullarni darhol ajratib qo‘ygan ma'qul.

“Mavsum bo‘lmagan davrda” sotib oling

Agar sizga qishki etik kerak bo‘lsa, bahorda sotib olgan yaxshi. Yozda bu modellar sotuvdan olinadi, kuz va qishda eng qimmat narxda sotiladi. Bahorda bo‘lsa kamida yana olti oy bir joyda turishi kerak bo‘lgan assortimentdan xalos bo‘lishga harakat qilishadi. Boshqa mavsumiy tovarlarni ham mavsum oxirida sotib olishga harakat qiling.

Xarajatlaringizni tahlil qiling

Oyning oxirida nima sotib olganingizni va qanday tovarlarga sarf qilinganingizni eslash foydalidir. Buning eng oson yo‘li naqdsiz to‘lovlar — xaridlaringiz tarixi bankdagi shaxsiy kabinetingizda turadi.

Ehtimol, uydan tashqarida ovqatlanish yoki taksi uchun juda ko‘p pul sarflayotgan bo‘lishingiz mumkin. Agar pulni tejashni maqsad qilgan bo‘lsangiz, bunga yaxshiroq e'tibor berib, odatlaringizni o‘zgartirish mumkin. Misol uchun, uydan tushlik olib keting yoki ko‘proq jamoat transportidan foydalaning.

Qarz olmaslikka harakat qiling

Qarzlar faqatgina kelajakda yanada ko‘proq pul ishlash imkoniyatini beruvchi vaziyatlarda foydali bo‘lishi mumkin. Ammo boshqa hollarda, qarz olish katta miqdordagi ortiqcha to‘lovlarga olib keladi. Qarz olmasdan o‘z moliyaviy imkoniyatlaringiz doirasida yashashga harakat qiling.

Marketpleyslarda xarid qiling

Marketpleyslarning assortimenti juda katta — masalan, Uzum Market'da turli xildagi 1 milliondan ortiq mahsulot bo‘lib, atigi bir kunda yetkazib beriladi. O‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan yoki turli brendlarning bir nechta mahsulotlarni solishtirishingiz mumkin. Narxlar odatda oflayn do‘konlarga qaraganda ancha past bo‘ladi.

Yomon odatlardan voz keching

Agar kuniga bir pachka sigaret cheksangiz yoki tushlik paytida gazlangan ichimlik ichishni yaxshi ko‘rsangiz, oyiga bu odatlarga qancha pul sarflayotganingizni hisoblab chiqing. Ulardan voz kechish nafaqat tejashga, balki sog‘lig‘ingizni saqlashga ham yordam beradi. Darhol tashlashingiz shart emas, iste'molni kamaytirishdan boshlashingiz mumkin.

Keraksiz narsalarni sotib olmang

Bu oddiy maslahat bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha qizimizga bitiruv oqshomi uchun libos yoki shirin paxta ishlab chiqaruvchi biron antiqa oshxona jihozini sotib olib, kamdan-kam foydalanamiz. Ikkalasi ham javonlarda chang bosib yotadi. Buning o‘rniga ko‘ylakni ijaraga olish, shirin paxtani esa parkda sotib olish mumkin (buni yiliga bir necha marta qilishingiz dargumon).

Keraksiz narsalarni soting

Ha, buni ham hisobga olish kerak. Ayniqsa, farzandlaringiz bo‘lsa, kiyimlari tez kichkina bo‘lib qoladi. Sifatli bolalar kiyimi qimmat turadi, shuning uchun ota-onalar kiyilganini sotib olishadi (ayniqsa, holati yaxshi bo‘lsa). Qolaversa, uzoq vaqt kiymagan bo‘lsangiz, kattalar kiyimlarini ham sotishingiz mumkin.

Texnikadan oqilona foydalaning

Har qanday texnikaning o‘z resursi bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan buziladi. Unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish o‘z qo‘lingizda. Misol uchun, kir yuvish mashinasini faqatgina jinsi shim, idish yuvish mashinasini esa bir nechta likopchalarni yuvish uchun ishlatmang. Maishiy texnikangiz qanchalik kam buzilsa, ta'mirlash uchun shunchalik kam pul sarflashingiz kerak bo‘ladi.

Ta'tilingizni rejalashtiring

Agar poyezd yoki samolyot chiptalarini ta'tildan bir necha hafta oldin sotib olsangiz, ehtimol ortiqcha pul to‘larsiz. Bundan tashqari, hamyonbop mehmonxonalarni tanlash cheklangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, chet elga sayohatlarni oldindan rejalashtirgan ma'qul.

Obunalarni diqqat bilan kuzatib boring

Aksariyat oylik obunalar arzon bo‘lib ko‘rinadi. Ammo bu obunalar ko‘p bo‘lsa, ularga katta mablag‘ sarflanadi. Nimaga obuna bo‘lganingizni tahlil qilasizmi? Ehtimol, rafiqangiz bilan har xil onlayn kinoteatrlarda ikkita akkauntingiz bo‘lishingiz mumkin, ammo bittasi ham yetarli. Yoki uzoq vaqtdan beri foydalanmayotgan uyali aloqa operatori xizmatiga obuna bo‘lgansiz. Bunday xizmatlarni bekor qilish, odatda qiyin emas.

Muzlatish va konservalashdan foydalaning

Bunday tarzda  mahsulotlarni uzoq vaqt saqlashingiz mumkin. Masalan, mavsumiy sabzavotlarni arzonroq narxda sotib olish, qismlarga bo‘lib, muzlatgichga qo‘yish mumkin. Mevalarni quritish mumkin — deyarli barcha foydali moddalari ham saqlanib qoladi.

Ko‘proq sotib olish takliflariga rozi bo‘lmang

Do‘konlarda ko‘pincha, masalan, ikkita narsani sotib olsangiz, uchinchisini sovg‘aga berishni taklif qiladilar. Bu foydali bo‘lib tuyuladi, lekin bitta ko‘ylak yoki shim sotib olmoqchi bo‘lsangiz, yana ikkita narsa tanlab, bittasi uchun qo‘shimcha pul ham to‘lashingiz kerak bo‘ladi. O‘ylab ko‘ring, bu sizga haqiqatan ham kerakmi?

Uzum Mediani o‘qing

Biz siz uchun pulni qanday to‘g‘ri sarflash, ularni qayerga investitsiya qilish yaxshiligi va xarajatlaringizni qanday nazorat qilish haqida foydali ma'lumotlar yetkasizhga harakat qilamiz. Yangi maqolalarni o‘qish uchun saytimizga tez-tez kirib turing.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
3 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Laylo
Laylo
8 months ago

Assalomu alaykum hayrli kun. Bu maslahatlar biz uchun foydali boʻldi. Rostdan ham oddiy narsalarga e'tibor bermas ekanmiz. Ma'lumot uchun katta rahmat

Sevara
Sevara
8 months ago

Shaxrizoda
Shaxrizoda
8 months ago

Assalomu alaykum juda ajoyib maslahat o'ylaymanki ko'pchilikka foydasi tegadigan maslahat