
Shaxsiy byudjetingizni tartibga solishga yordam beradigan 10 ta ilova
Otabek o‘z xarajatlarini nazorat qilish uchun moliyaviy ilovadan foydalanishga qaror qildi: uning bir nechta daromad manbalari bor, oylik to‘lovlari ko‘p, bo‘sh vaqti esa kam. Tanlash oson bo‘lmadi: har bir ilovaning o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari bor — ular haqida so‘zlab beramiz.
Monefy
- Ilova havolasi: Google Play, App Store
Byudjetni rejalashtirish uchun oddiy dastur, unda xarajatlar toifalarga bo‘linadi, ammo o‘zingiznikini faqat pulli versiyada qo‘shishingiz mumkin. Plyus va minus tugmachalari orqali daromad yoki xarajatlar miqdori kiritiladi. Oy yoki yil oxirida siz byudjet statistikasini ko‘rishingiz mumkin.
Hisobotlarni so‘mda ham, boshqa valyutalarda ham yuritish mumkin. Yozuvlarni kiritish va byudjetni rejalashtirishni bir nechta qurilmalardan bajarsa bo‘ladi. Bu Otabek uchun juda qulay, chunki sarf-xarajatlarni ba'zida ishda o‘tirganingizda noutbukdan, ba'zan esa uyga ketayotganda telefoningizdan kiritish osonroq bo‘ladi.
CoinKeeper
- Ilova havolasi: Google Play, App Store
Bu yerda mustaqil ravishda xarajatlar toifalarini yaratish va ular uchun limitlarni belgilash mumkin. Xarajatlar oshgani sayin toifadagi piktogrammalar rangini o‘zgartiradi. Odat ular yashil rangda, xarajatlar limitga yaqinlashganda, belgi sarg‘ayadi va agar ular oshib ketsa, qizil rangga kiradi. Hammasi aniq-tiniq va raqamlarga qarashning hojati yo‘q. Xarajatlarni to‘lash uchun siz tangani kerakli hisob belgisidan kategoriya belgisiga sudrab olib kelib, summani kiritish kerak.
Ilovada shunisi qulayki, ijara va kommunal to‘lovlardan tortib, striming xizmatlari va uyali aloqa operatori to‘lovigacha bo‘lgan muntazam to‘lovlar haqida eslatmalarni o‘rnatish mumkin.
Money Flow
- Ilova havolasi: App Store
Muayyan davr uchun byudjetni rejalashtirish qulay bo‘lgan dastur. Masalan, xarajatlar limitini toifalar bo‘yicha belgilash orqali ish haqini bir oyga taqsimlash. Shu bilan birga, agar xarajatlar bu cheklovlarga sig‘mayotgan va toifalardan biri bo‘yicha limitga yaqinlashayotgan bo‘lsangiz, xizmat pulni qanday qilib yaxshiroq taqsimlash haqida maslahat beradi. Sozlamalarda xarajatlarni ustuvorlik asosida tartibga solish mumkin: masalan, agar Internet-to‘lovni to‘lash uchun mablag‘ yetmayotgan bo‘lsa, taksi xarajatlarini kamaytirish mumkin.
Xarajatlarga masalan, cheklar, sotib olingan tovarlarning paketlari fotosurati, shuningdek xarajat joylari biriktirib qo‘yish ham qulaydir.
«Дзен-мани»
- Ilova havolasi: Google Play, App Store
Bu dastur, Otabek singari, bitta dasturda nafaqat kundalik daromad va xarajatlarni, balki investitsiyalarni ham hisobga olishni istaganlar uchun juda mos keladi. Bu yerda siz bank kartalaridagi xarajatlarni, naqd xarajatlarni, kreditlarni to‘lashni, omonatlardan olingan daromadlarni, shuningdek jamg‘armalar va hatto kriptovalyutalarining o‘sishini aniq kuzatishingiz mumkin.
Bundan tashqari, Otabek uchun qulay bo‘lgan cheksiz miqdordagi hisoblarni kiritish mumkin, chunki uning bir nechta daromad manbai bor va har biri uchun alohida hisob kerak.
«Тяжеловато»
- Ilova havolasi: Google Play, App Store
Shaxsiy moliya nazorati uchun mutlaqo bepul dastur, ammo nisbatan kam imkoniyatlarga ega. Bu juda cheklangan byudjetga ega bo‘lganlar va shuning uchun kunlik xarajatlarni nazorat qilishi xohlovchilar uchun to‘gri keladi.
Ilovada ishlash maksimal darajada sodda: oylik byudjetni kiriting — va dasturning o‘zi kuniga qancha pul sarflashingiz mumkinligini hisoblab chiqadi. Shu bilan birga, unda xarajatlar toifalari yo‘q va interfeysda keraksiz tugmalar mavjud emas. Agar siz kunlik limitdan ko‘proq yoki kamroq mablag‘ sarflasangiz, ilova qolgan kunlar uchun yangi kunlik byudjetni qayta hisoblab chiqadi.
Otabek uchun bu variant uncha mos emas, lekin universitetda tahsil olayotgan, stipendiya asosida yashaydigan va kundalik xarajatlarni diqqat bilan kuzatib boradigan akasi Sardor uchun ayni muddao.
Moneon
- Ilova havolasi: Google Play, App Store
Unda daromadlar va xarajatlar osongina kiritiladi, yangi toifalar qo‘shiladi, oylik cheklovlar qo‘yiladi va muntazam to‘lovlar to‘g‘risida bildirishnomalar o‘rnatiladi.
Noodatiy narsalardan — ovozli ma'lumotlarni kiritish va Apple Watchga ulanish imkoniyati mavjud. Otabek uchun bu boshqa dasturlarga nisbatan muhim ustunlikka aylandi, chunki hayotining tez tempi tufayli dasturga sarf-xarajatlarni ovozli kiritish smartfon klaviaturasida yozishdan ko‘ra qulayroqdir.
Money Lover
- Ilova havolasi: Google Play, App Store
Har bir tiyinni hisobga olishni istaganlar uchun ilova, chunki unda turli toifalar juda ko‘p. Avtomobil egalari uchun to‘xtash joyi, yonilg‘i quyish va ta'mirlash xarajatlarini alohida to‘lash ayniqsa qulaydir. Kategoriyalarni qo‘shish va o‘chirish mumkin.
Shuningdek, ilovada eslatmalarni sozlash, hisobotlarni tuzish, rasmlarni biriktirish, qo‘shma hisoblarni saqlash va shu bilan birga turli odamlarga xarajatlarni bog‘lash mumkin.
«Деньги ОК»
- Ilova havolasi: Google Play, App Store
Shaxsiy byudjetni rejalashtirish va tahlil qilish uchun vositalarga ega yaxshi dastur. Unda siz xarajatlarni toifalar bo‘yicha ajratish va turli valyutalarda summalarni kiritish, kreditlar hisobini yu ritish, jamg‘armalarni nazorat qilish va batafsil hisobotlarni tuzish, va hatto Excel'da saqlash mumkin.
Siz tahlilni chuqur o‘rganmaysiz, lekin oyiga o‘rtacha qancha pul sarflayotganingizni ko‘rishingiz mumkin.
Buddy
- Ilova havolasi: App Store
Otabekning rejalarida — qarindoshlarining katta jamoasi bilan ta'til bor. Bir vaqtning o‘zida bir nechta do‘stlarning xarajatlarini saqlash mumkin bo‘lgan dastur juda foydali bo‘lib chiqdi. Buddy shuning uchun yaratilgan. Unda, masalan, "Ta'til" byudjet toifasini yaratish mumkin, unda esa "Yo‘l", "Turar joy", "Ovqatlanish" va boshqa kichik toifalar mavjud. Va har bir kichik toifadagi xarajatlarni barcha oila a'zolariga teng taqsimlash mumkin. Shunday qilib, hamma kim qancha pul sarflaganini va kim kimga pul qaytarishi kerakligini halol va aniq ko‘radi.
Wallet
- Ilova havolasi: Google Play, App Store
Ushbu ilovada nafaqat daromad va xarajatlarni kiritish, balki xaridlar ro‘yxatini tuzish va hatto to‘lov shablonlarini yaratish ham qulay. Bundan tashqari, bir oy davomida byudjetni rejalashtirish, bir nechta alohida hisoblarni ulash, turli valyutalarda summalarni kiritish, shuningdek ma'lumotlarni turli qurilmalar o‘rtasida sinxronlashtirish mumkin.
Bunday holda siz batafsilroq tahlillarni olishingiz mumkin. Masalan, xarajatlar jadvallarda ham, foizlarda ham toifalar bo‘yicha bo‘ladi. Bu sizga rejadan tashqari xaridlarga qancha pul sarflayotganingizni, majburiy xarajatlarga esa — qancha pul sarflayotganingizni aniq ko‘rsatib beradi.
Izoh qo‘shish