bosh sahifa / Xavfsizlik / Moliyaviy savodxonligini oshirishni istaganlar uchun 10 ta foydali manba
Yangilanish sanasi: 11.06.2024

Moliyaviy savodxonligini oshirishni istaganlar uchun 10 ta foydali manba

Har bir inson nafaqat pul ishlashni, balki uni to'g'ri sarflashni ham bilishi juda muhimdir. Biz byudjetingizni qanday kuzatib borish, investitsiya qilishni boshlash, moliyaviy maqsadlarni to'g'ri qo‘yishni o‘rganish, kreditlardan xalos bo'lish va moliyaviy jihatdan erkinroq bo'lishga yordam beradigan manbalar to'plamini tayyorladik.

Moliya va byudjetni boshqarish haqidagi kitoblar

Moliya va byudjetni rejalashtirish mavzusini o'rganishni moliyaviy savodxonlik asoslari, investitsiya va jamg'arma tamoyillari tushunchalarni beradigan kitoblardan boshlashingiz mumkin.

Сам себе финансист. Как тратить с умом и копить правильно

  • Muallif: Anastasiya Tarasova

Mazkur kitob pulingizni qanday nazorat qilish, xarajatlar va daromadlarni kuzatib borish, investitsiya qilishni boshlash, maqsadlaringiz uchun qanday qilib to'g'ri mablag‘ yig‘ishni o‘rganish, moliyaviy yostiqchani shakllantirish va barqarorlikka erishish haqida.

Kitob muallifi: - Anastasiya Tarasova – tajribali moliyaviy maslahatchi, tadbirkor, investor. Kitobda u aniq hayotiy misollardan foydalanib, har kim olayotgan maoshidan qat'i nazar, moliyaviy savodxonlik orqali moliyaviy ahvolini yaxshilashi mumkinligi haqida tushuntirishlar bergan.

Moliyaviy erkinlik sari yo'l

  • Muallif: Bodo Shefer

Bodo Shefer – Germaniyalik tadbirkor va moliyaviy maslahatchi bo'lib, u to'liq bankrotlikdan so'ng, murabbiy va moliyaviy reja yordamida o'zining muvaffaqiyatli kompaniyasini yaratishga muvaffaq bo'lgan.

U o'z kitobida, oddiy so'zlar bilan pulingizni qanday boshqarishni boshlash, samarali qayta moliyalashtirish, qarzlardan qutulish, maqsadlarni to'g'ri shakllantirish, birinchi millionni topish va moliyaviy erkinlikka erishishni tushuntirib o‘tgan.

Uorren Baffetning investitsiya qoidalari

  • Muallif: Jeremy Miller

Moliyaviy savodxonlikning majburiy bo‘g‘inlaridan biri bu investitsiyadir. Ayniqsa ko'pgina havaskor investorlarning kumiri misolida mavzuni o'rganish juda qiziqarli bo‘ladi. Uorren Baffet esa 100 milliard dollardan ortiq kapitalga ega dunyodagi eng mashhur investorlardan biridir.

Mazkur kitob Uorren Baffetning shaxsan o‘zi emas, balki investitsion tahlilchi Jeremi Miller tomonidan yozilgan. U 1965 yildan boshlab Baffet o‘z kompaniyasi aksiyadorlariga yozgan maktublarini o'rgangan. Ulardan mashhur investor hayotining asosiy tamoyillarini birlashtirilgan fikrlarni ajratib olgan.

Baffetning usullari o'z ahamiyatini yo'qotmaydi va hozirda, investitsiya texnologiyalarining rivojlanishiga qaramay, ular har qanday bozorda ishlashda davom etmoqda. Shunday qilib, kitob investitsiya qilishni boshlayotganlar uchun ham, professionallar uchun ham mos keladi.

Moliyaviy savodxonlikni oshiruvchi ilovalar

Moliyani nafaqat nazariy jihatdan, balki amalda ham boshqarishni o'rganish uchun, shaxsiy byudjetni hisobga olish uchun ilovalardan birini o'rnatishingiz kerak. Ilovalar yordamida siz xarajatlaringizni tez va oson nazorat qilishingiz va optimallashtirishingiz, shuningdek, kelgusi oylar uchun byudjetingizni rejalashtirishingiz ham mumkin.

Monefy

Intuitiv interfeysga ega oddiy byudjetni rejalashtirish ilovasi. Aksariyat shunga o'xshash xizmatlar singari, xarajatlar toifalarga bo'linadi, ammo siz o'zingiznikini faqat pullik versiyada qo'shishingiz mumkin. Daromad yoki xarajatlar miqdorini kiritish uchun qo‘shish va ayirish tugmalaridan foydalangan holda kiritiladi. Natijada oy yoki yil yakunida byudjet statistikangizni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Hisobotlarni so'mda va boshqa ko'plab valyutalarda yuritishingiz mumkin. Va bir nechta qurilmalar yordamida yozuvlarni kiritib, byudjetni rejalashtirish imkoni mavjud. Ba'zida ishda o‘tirgan holda noutbukdan, ba'zan esa uyga qaytayotganda telefondan xarajatlarni kiritib qo‘yish qulayroq.

Zen-money

"Zen Money" nafaqat kundalik daromad va xarajatlarni, balki bitta ilovada investitsiyalarni ham hisobga olishni istaganlar uchun juda mos keladi. Bundan tashqari, u orqali nafaqat bank kartalaridagi xarajatlarni, balki naqd pul xarajatlarini ko‘rish, kreditlarni to'lash, depozitlardan olingan daromadlar, shuningdek, jamg'armangiz va hatto kriptovalyutalarning o'sishini vizual tarzda kuzatib turish mumkin.

Shuningdek, cheksiz miqdordagi hisoblardan foydalanishingiz mumkin, bu bir nechta daromad manbalariga ega bo'lganlar va ularning har biri uchun alohida hisobot kerak bo'lganlar uchun juda qulay va yorqin ranglar va yoqimsiz animatsiyalarsiz minimal interfeysga ega.

Wallet (Hamyon)

Ushbu dastur nafaqat daromad va xarajatlarni kiritish, balki xaridlar ro'yxatini tuzish va hatto to'lov namunalarini yaratish imkonini ham beradi. Bundan tashqari, oylik byudjetni rejalashtirishingiz, bir nechta alohida hisoblarni ulashingiz, turli valyutalardagi mablag‘larni qo'shishingiz, shuningdek, turli xil qurilmalardagi ma'lumotlarni sinxronlashtirishingiz mumkin.

Shu bilan birga, batafsilroq tahliliy ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Misol uchun, xarajatlar ham grafiklar, ham foizlar nisbati toifalarida aks ettiriladi. Bu siz rejadan tashqari xaridlarga qancha va majburiy xarajatlarga qancha pul sarflashingizni aniq ko'rsatib beradi.

Veb-saytlar

CashGo

Agar siz kitoblar va hisoblar bo‘yicha ilovalar orqali moliya mavzusini o'rganishni xohlamasangiz, o'yin elementlari bilan moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish imkoniyati mavjud. CashGo - bu o'yinlar va investitsiya mashg'ulotlariga asoslangan trenajer hisoblanadi.

Dastlab, o'yinchi ya'ni foydalanuvchi moliyaviy savodxonlik tamoyillarini bepul o'rganadi va shundan so'ng haq to‘lab, to'liq o'ynashni boshlashi mumkin.

O'yin 6 kishigacha ishtirok etadigan bellashuvdan iborat. O'yindagi barchaning maqsadi bir xil — ya'ni daromadlar va orzular. Daromadni yaxshiroq boshqaradigan, jarayonni tahlil qiladigan va xarajatlarni kamaytiradigan kishi g'olib chiqadi.

Shuningdek, trenajerda virtual loyihalarga mablag‘ investitsiya qilishingiz, moliyaviy xavflarni baholashni va taqsimlashni o'rganish orqali orzularingizga pul yig‘ishni, bundan tashqari haqiqiy biznesmenlar va investorlar bilan chatlar orqali muloqot qilishingiz mumkin.

Uzum Media

Kamtarlik qilmaymiz: bizning blogimizda moliya, investitsiyalar va kiberxavfsizlik haqida juda ko'p foydali ma'lumotlar topishingiz mumkin. Biz murakkab atamalar va texnologiyalarni o'quvchilar tushunadigan oson va sodda tilda yozamiz.

Va bizning blogimiz imkon qadar real hayotga yaqin: unda biz sizga eng dolzarb muammolaringizni qanday hal qilishni, pulni tejash yoki yig‘ish va qulay stavkalarda tez kredit olish bo‘yicha ma'lumotlar beramiz.

Agar sizda, o'quvchilarimiz bilan bo‘lishmoqchi bo'lgan ma'lumotlaringiz bo'lsa,  media@uteam.uz. orqali yozing.

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bepul onlayn kurslar

Onlayn kurslar ham moliyaviy savodxonligingizni oshirishga juda yaxshi yordam berishi mumkin. Agar siz hali nomdor ta'lim platformalaridan qimmat kurslarni sotib olishga tayyor bo'lmasangiz, unda Internetda juda ko'p sifatli va mutlaqo bepul kurslar ham mavjud.

Moliya alifbosi

Misol uchun, “Lectorium” saytida Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universitetining bepul kursi mavjud.

Unda siz nafaqat shaxsiy moliyaviy rejalarni tuzish, balki investitsiya portfelini yaratish asoslari, o'zgarishlarni prognozlash, xavflar, strategiyalar va boshqalarni o'rganishingiz mumkin.

Shubhali info-ekspertlarning ko'plab kurslaridan farqli o'laroq, bu kursni iqtisod fanlari nomzodi Valeriya Sibulnikova o'qitadi.

Trening quyidagicha o‘tadi: videolarni tomosha qiling (kursda ulardan 29 tasi bor), qo'shimcha materiallarni o'rganing, o'z mahoratingizni oshirish uchun test va sinov topshiriqlarini bajaring. Agar xohlasangiz, sertifikat ham olishingiz mumkin.

Investor alifbosi

Tomsk texnika universitetidan yana bir kurs, u esa «Stepic» saytida. U yerda ma'ruzalarni i.f.n. Valeriya Sibulnikova amaliyotchi investorlar bilan birgalikda o'tadi.

Ushbu kursda moliyaviy bozorlarning xususiyatlari, moliyaviy aktivlarga investitsiyalar, ushbu operatsiyalarni soliqqa tortish, shuningdek, aksiyalar, obligatsiyalar, valyutalar, qimmatbaho metallar kabi investitsiya vositalari haqida batafsilroq bilib olishingiz mumkin.

Kurs jami 52 ta darsni o'z ichiga oladi, u 6 haftalik mashg'ulotlarga mo'ljallangan, haftada 6-8 soatdan to‘g‘ri keladi. Ammo kurs onlayn bo'lgani sababli o'zingiz uchun qulay bo'lgan istalgan vaqtda va istalgan tezlikda o'qishingiz, hatto kursni yakunlash natijalariga ko'ra Stepikdan sertifikat olishingiz ham mumkin.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments