
O'zbekistonda MChJ qanday ochiladi: bosqichma-bosqich ko'rsatma
Mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) – o'z huquq va majburiyatlariga ega bo'lgan yuridik tashkilot bo'lib, bular uchun jamiyat ta'sischilari javobgar bo'lmaydi. MChJ odatda kichik va o'rta biznesni yuritish uchun tashkil etiladi.
MChJni kim ro'yxatdan o'tkazishi, jarayon qanday amalga oshirilishi va biznesning bu shakli qanday xususiyatlarga ega ekanligini aytib o‘tamiz.
MChJni kim ochishi mumkin
O'zbekistonda MChJ ochishdan oldin mazkur biznesni tashkil etishda kim ishtirok etishini hal qilish lozim. Qonunchilikga asosan, MChJni ham jismoniy, ham yuridik shaxslar ochishi mumkin. Ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham, xorijliklar ham bo‘lishi mumkin.
MChJ bitta ta'sischi yoki bir nechta ishtirokchilar tomonidan tuzilishi mumkin, lekin ularning soni 50 kishidan oshmasligi kerak. Boshqa MChJ ham ta'sischi bo'lishi mumkin, ammo u bir nechta ta'sischilardan iborat bo'lishi shart.
Shu bilan birga, fuqarolarning ayrim toifalari, masalan, hukumat idoralari xodimlarining MChJni ro'yxatdan o'tkazishi va u yerda ishlashi taqiqlangan.
MChJ ochishga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak
Soliq idorasidan jarimaga tortilmaslik uchun ro'yxatdan o'tishdan oldin nima qilish kerakligini ko'rib chiqamiz.
Faoliyat turini aniqlab olish
MChJ uchun faoliyat turlari bo'yicha cheklovlar mavjud emas, biznesning har qanday qonuniy yo'nalishini amalga oshirish mumkin. Hatto shunday yo‘nalishlar borki, ular bilan faqat mas'uliyati cheklangan jamiyat shug'ullanishi mumkin. Masalan, lombardlar tashkil etish yoki turar-joy binolarini qurish bilan shug'ullanishi ham mumkin.
Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash
Ushbu biznes shaklini ikki turda ochishingiz mumkin:
- Mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) – O‘R FK 62-moddasiga asosan, shu turdagi yuridik shaxsning barcha ishtirokchilari yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar, lekin ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush doirasida xavflarni qabul qiladilar;
- Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar (QMJ) - O‘R FK 63-moddasiga asosan, bunday jamiyatda har bir ishtirokchi yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha barcha ta'sischilar uchun bir xil miqdorda o‘z mol-mulki bilan javob beradilar.
Soliq tizimini tanlash
O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun soliqlar ularning faoliyat turlariga bog‘liq:
- QQS - qo'shilgan qiymat solig'i. O‘R SK 237-moddasiga muvofiq,xizmatlar yoki tovarlarni sotuvchi barcha jamiyatlar tomonidan to'lanadi. Tarif 12% ni tashkil etadi.
- Foydadan. Olingan daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi farq bo'yicha jamiyatlar 0% dan 20% gacha soliq to'laydilar – bu jamiyat qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi va uning rahbariga bog‘liq. Masalan, banklar 20%, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari esa 0% stavka to‘laydilar.
- Aylanmadan. Korxonalar yillik daromadi bir milliard so‘mdan oshmasa, shunday turdagi soliqni to‘laydilar. 0% dan 4% gacha bo'lgan tarif – korxonaning joylashgan joyiga va biznes turiga bog'liq bo'ladi.
- JShDS - Jismoniy shaxslarning daromad solig'i, bu ish beruvchilar xodimlar uchun to'laydigan soliq hisoblanadi. Tarif 12%.
- Ijtimoiy. Korxonaning xodimlarga to‘laydigan ish haqi xarajatlari kiradi. Tarif 1-25%.
Shu bilan birga, korxona boshqa soliqlarni ham to'lashi mumkin. Masalan, agar korxona tamaki yoki neft mahsulotlari kabi aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqarsa, аksiz solig‘i to‘laydi. Agar yuridik shaxs yer uchastkasidan ijara yoki mulk huquqi asosida foydalansa, yer solig‘i to‘laydi. Shuningdek, agar MChJ faoliyatida nazarda tutilgan bo'lsa, suv resurslaridan (445-modda) va yer qa'ridan foydalanganlik uchun ham soliq (452-modda) to‘lanadi. Tariflar tadbirkorlik faoliyati turiga va u nima uchun ishlatilishiga bog'liq.
Hujjatlarni tayyorlash
MChJni ro'yxatdan o'tkazish uchun zarur hujjatlar:
- jamiyat direktori va hisobchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi;
- jamiyat Ustavi. Unda ustav kapitalini shakllantirish tartibi va miqdori, majburiyatlar va foyda va zararni jamiyat ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash tartibi belgilanadi. Shuningdek, jamiyatning to'liq va qisqartirilgan nomi, manzili, rekvizitlari, jamiyat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ko'rsatiladi. MChJ manzili jamiyat egalikdagi yoki ijaraga olingan noturar joyning manzili bo'lishi mumkin;
- direktorning pasporti. Agar jamiyatning bir nechta ta'sischilar bo'lsa, jamiyat barcha ishtirokchilarining pasportlaridan nusxalari talab qilinadi;
- davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat, masalan, bankdan kvitansiya yoki to‘lov topshirig‘i.
- nomi va muhrning eskizi. Hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun topshirishdan oldin, tadbirkor avvaldan jamiyat nomini o'ylab qo‘ygani yaxshi. Uni 60 kunga bron qilib qo‘yish mumkin;
- bank hisob raqami.
Bank kartasini mohirona boshqarish boʻyicha kurs
MChJni ro'yxatdan o'tkazish tartibi
Jamiyatni onlayn yoki shaxsan Davlat xizmatlari markaziga borib ochishingiz mumkin.
YIDX veb-sayti orqali
Roʻyxatdan oʻtish uchun hujjatlarini YIDXP veb-saytida masofadan turib yuborishingiz mumkin. Ariza topshirish uchun elektron raqamli imzo kerak bo'ladi.
Amalga oshirish jarayon quyidagicha:
- YIDXP veb-saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali tizimga kirish;
- MChJ ochish uchun ariza to'ldirish va unga ta'sis hujjatlarini ilova qilish;
- 1 BHM (2024 yilda 340 000 so'm) davlat boji to'lash, lekin onlayn ro'yxatdan o'tishda 10% chegirma mavjud, ya'ni 306 000 so'm to'lash kerak bo'ladi;
- ERI yordamida arizani imzolash;
- To‘lov to‘langanligi tasdiqlangach, ariza ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazida
Jamiyat ochish uchun arizani Davlat xizmatlari markazida to‘ldirishingiz mumkin. Bu holda, barcha kerakli hujjatlar qog'oz shaklida ko'rsatilishi kerak.
Amalga oshirish jarayon quyidagicha:
- ta'sis hujjatlarini tayyorlash;
- 340 000 so‘m davlat bojini to‘lash (chegirmasiz);
- Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
- MChJ tashkil etish uchun ariza topshirish.
Yuridik tashkilotlarda
Agar tadbirkor ta'sis hujjatlarini mustaqil ravishda tayyorlay olmasa, MChJni ro'yxatdan o'tkazishga ixtisoslashgan korxonalarga – yuridik yoki buxgalteriya firmasini yollashi mumkin. Bunday xizmatning narxi MChJ ta'sischilari soniga va ular orasida chet elliklar bor-yo'qligiga bog'liq. O'rtacha 1 500 000 -7 500 000 so'm bo‘ladi. Shunda firma topshirish uchun hujjatlar to'plamini yig‘ishga yordam beradi. Ammo MChJni ro'yxatdan o'tkazish uchun ta'sischi shaxsan davlat organiga murojaat qilishi kerak.
O'zbekistonda MChJni qanday ochish mumkin: chek-list
- MChJni istagan shaxs ochishi mumkin: jismoniy yoki yuridik shaxs, O‘zbekiston fuqarosi yoki chet el fuqarosi.
- Jamiyatni ochishdan oldin quyidagilarni tayyorlash kerak: kompaniya nomi, faoliyat turlari va soliqqa tortilish tizimi to'g'risida bir to'xtamga keling.
- Jamiyatning ustav kapitali va ishtirokchilarining miqdorini belgilab oling, ta'sis hujjatlarini tayyorlang, manzili va joriy hisob raqamini oching, nomi va muhri bo‘yicha bir to‘xtamga keling.
- Ro'yxatdan o'tish uchun hujjatlarni topshiring: Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib yoki YIDXP veb-saytida masofadan turib.
- Ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi guvohnomani olish.
Izoh qo‘shish
Zur