
Yorilish va quruqshashsiz: kuzda qo'l terisini qanday parvarish qilish kerak
Sovuq kunlar boshlanishi bilan qo'llar alohida parvarishga muhtoj bo'ladi. Aks holda, sho‘ralash, qichishish va hatto mikroyoriqlar paydo bo'lishi mumkin. Qo'llarni yumshatish haqida batafsil gapirib o'tirmaymiz — lekin, krem har bir kosmetik qutida bo'lishi lozimligini eslatib ketamiz – shu bilan birga hamma ham ularni to'g'ri tozalash haqida bilavermaydi. Qaysi mahsulotni tanlash va undan qachon foydalanish kerakligini aytib o'tamiz.
Qo'l sovuni tarkibida nimalar bo‘lishi kerak
Glitserin. Ushbu komponent namlikni o'ziga tortadi va ushlab turadi, ayniqsa qo'l tez-tez yuvilganda quruqlik, tirnalish xususiyati va qichishishning oldini olishga yordam beradi. Glitserin terini namlaydi va yumshatadi, teginganda yoqimli qiladi. U ta'sirchan teriga ham mos keladi — tabiiy ingredient ko'pchilik odamlar tomonidan yaxshi qabul qilinadi, qarshi ko'rsatmalarga faqatgina individual ta'sirchanlik kiradi.
Mayeri All-Care suyuq sovuni tarkibida glitserin uchinchi o'rinda turadi — mahsulotdan foydalanganingiz tufayli teri nafaqat qurib qolmaydi, balki, aksincha, yumshaydi va silliqlashadi.
Kokamidopropil betain (Cocamidopropyl Betaine). Bu kokos moyidan olingan yumshoq sirtli faol moddadir — u ifloslanishlarni mayin, ammo yaxshilab tozalaydi. Agressiv SFM, masalan, SLS va SLES sulfatlaridan farqli o‘laroq, kokamidopropilbetain sezgir teri uchun mos keladi — bu ingredient hatto bolalar kosmetikasida ham qo‘llaniladi. Yumshoqligiga qaramay, u yaxshi ko'piradi va tezda quyuq ko'pik hosil qiladi. Qo‘llarni ushbu vosita bilan yuvish osonroq va kam vaqt sarflanadi.
Xushbo'y aramatizatorlar tarkibning boshida emas, balki oxirida turadi. Xushbo'y hidli qo'shimchalar qo'l yuvishni yanada yoqimli qiladi va mahsulotni yana va yana ishlatgingiz keladi. Lekin bir nozik jihati bor — ular qo‘llarni quritadi. Uyda isitish moslamalari yoqilganda, tashqarida esa kuchli shamol bo'lsa, birinchi navbatda bundan teri qiynaladi. Shuning uchun kuzda, qishda va erta bahorda qo'llarni tozalashga e'tiborli bo‘lishi kerak. Vositalarning tarkibini o‘rganib chiqqanimizda, Mayeri All-Care sovunida xushbo‘ylovchi modda oxiridan oldingi o‘rinda — ro‘yxatning eng so‘ngida turishini aniqladik. Shuning uchun mahsulotni barcha oila a'zolariga, hatto bolalarga ham tavsiya qilish mumkin.
Tozalik vositalarini qachon ishlatish kerak
Ko‘chadan kirganda va ovqatlanishdan oldin qo‘llarni yuvish — bolalikdan bizga o‘rgatiladigan odatdir. Ammo, qo‘llarimiz kamroq qurishini xohlasak, ularni yana bir necha holatlarda tozalashimiz kerak. Bu qaysi holatlar ekanligini aytib o‘tamiz.
Idishlarni yuvgandan keyin. Ovqat qoldiqlari, karash va zang bilan kurashish uchun mo‘ljallangan kuchli vositalar terini juda quritadi, bundan tashqari, ularni faqat suv bilan butunlay yuvib tashlash deyarli imkonsiz. Shuning uchun, rakovina yoniga faqat yuvish vositasini emas, balki Mayeri All-Care sovunini ham qo‘yishni tavsiya etamiz.
Yig‘ishtirish va tozalashdan so‘ng. Agar santexnika, oynalar, derazalar va boshqa yuzalarni tozalash paytida qo‘lqop kiymasangiz, albatta, undan keyin qo‘llaringizni yaxshilab yuvishingiz kerak. Bu, ayniqsa, tozalash vaqtida qo‘lqop yirtilib, kimyoviy moddalar teringizga tekkan bo‘lsa, juda muhim hisoblanadi. Santexnika uchun vositalar shunchalik kuchli ta'sir qiladiki, ular nafaqat terini quritadi, balki kuchli ta'sirlanishni ham keltirib chiqarishi mumkin. Ular hatto allergiya chaqirishi va teriga zarar yetkazishi mumkin — teri ko‘chishi juda kuchli bo‘ladi, hatto shilinishlar paydo bo‘lishigacha boradi.
Ertalab. Kechqurun kremni qo'llaringizga surtsangiz, mahsulotning asosiy qismi so'riladi va ertalab terida faqat ortiqcha va chang zarralari qoladi. Mahsulotni qayta qo'llash va undan maksimal ta'sirni olish uchun eskisini sovun bilan butunlay yuvib tashlash afzalroq hisoblanadi.
Mayeri All-Care suyuq sovuni
Yana nimaga e'tibor qaratish muhim
Qulay formatlarni tanlang. Oshxona va hammom uchun bir y'ola katta qadoqda sotib oling, shunda istalgan vaqtda qo'lingizni yuvishingiz mumkin bo'ladi. Kamida 500 ml hajmli dispenserlisini olishni tavsiya qilamiz — ular ko'p joy egallamaydi va rakovina atrofida tartibsizliklarni keltirib chiqarmaydi.
Dizayniga qarang. Bu unchalik muhim emas, ammo zavod tomonidan qadoqlangan oddiygina shaffof qadoqdan ko'ra chiroyli rasmlar tushirilgan qadoq ko'rinishi bilan kayfiyat bag'ishlaydi. Agar qadoq zamonaviy ko'rinishda bo'lsa, qo'shimcha ravishda qayta ishlatiladigan dispenser sotib olishga hojat qolmaydi. Estoniyaning Mayeri brendi suyuq sovunining dizayni bizni hayratda qoldirdi. Yorlig‘i jilosiz, ranglari jozibali va bezaklari uncha yorqin emas — bu mahsulotni oshxonada ham, hammomda ham joylashtirish uchun mos keladi.
Xushbo'ylikni yodda tuting. Kuz va qishda ko'pincha nordon yashil olma yoki ravoch kabi yozgi yangi lazzatlardan bahramand bo'lishni xohlaymiz. Hech qanday yoqimsizlik emas, faqatgina engil tetiklantiruvchi hid.
Izoh qo‘shish