
Har kuni pul yig‘ishning oson usullari
Barcha xaridlarni bir maoshning o‘zidan amalga oshirish mumkin emas. Kredit olmaslik uchun kerakli mablag‘ni to'plamaguningizcha, oz-ozdan pul yig‘ishingiz mumkin. Buni yaxshiroq amalga oshirish bo'yicha maslahatlar bilan bo’lishamiz.
Hamma ham pul yig‘a olmaydi – ba'zilar qanday pul yig‘ishni bilishmaydi yoki pul orttirib qolishni unutishadi, ba'zan esa to'plab qo‘yilgan pulni sarflashadi. Pul yig‘ishga yordam beradigan ba'zi amaliy maslahatlar bizning maqolamizda.
Ish haqidan ma'lum bir foiz olib qo'yish
Jamg'arma to‘plashning eng mashhur usullaridan biri bu ish haqining 10 foizini olib qo‘yishdir. Masalan, pulni alohida hisob raqamiga o'tkazish orqali. Iloji bo'lsa, foizni ko‘tarib, maoshning 15-20 foizini olib qo‘yish mumkin. Imkoniyat bo‘lmasa – 5% dan boshlang.
Agar siz oy oxirida bir martalik maosh emas, oy davomida bir nechta har xil daromadingiz bo'lsa, unda har bir pul tushumidan ma'lum foizni hisob raqamiga o'tkazish o‘rinli.
Ammo buni hisob to'ldirilgandan so'ng darhol qilsa yaxshiroq, aks holda esingizdan chiqib ketishi yoki bor pulni bir pasda sovurib yuborish xavfi bor.
Bank hisob raqamiga "Avtokopilka"ni ulang
Daromadning 10 foizini tejash g'oyasi juda yaxshi, ammo buni qo'lda qilish har doim ham qulay emas. Bunday holda, kartadan avtomatik o‘tkazish funktsiyasini sozlash mumkin.
Ko‘plab banklarda muntazam to‘lovni rasmiylashtirib qo‘yishingiz mumkin: masalan, mobil telefon hisobingizni to'ldirish uchun. Ammo kompaniyalarga to'lash shart emas – to'lovni bir hisobin¹gizdan boshqasiga o'tkazishni sozlab qo‘ying. Shunday qilib, ma'lum bir miqdor avtomatik ravishda sizning jamg'arma hisobingizga tushadi. Oylik pul o'tkazmasini odatda ish haqi tushadigan sanaga o'rnatish qulay.
Agar har bir kredit kartasidan pul o'tkazmasini o'rnatish imkoniyati bo'lsa, undan ham yaxshiroq. Ushbu parametr oyiga bir marta ish haqidan emas, balki oy davomida bir nechta to'lovlardan daromad oladiganlar uchun ayni muddao.
Bankda omonat oching
To'ldirib borish imkoniyatiga ega omonat ham "aqchadon" vazifasini o‘tashi mumkin — masalan, "Kapitalbank" dan "Maksimal kapital". Prinsip oddiy: siz depozit hisob raqamiga ma'lum mablag'ni ajratasiz va depozitni yopmaguningizcha bu pul sarflanmaydi. Shunday qilib, siz nafaqat yig‘ishingiz, balki kichik daromad ham olishingiz mumkin.
Hamma depozitlarni ham to'ldirib bo‘lmaydi, agar bu usuldan foydalanmoqchi bo'lsangiz, buni hisobga oling.
Estafeta tashkil qiling
Agar daromadingizning foizini tejashdan zeriksangiz, o'zingizga estafeta tashkil qilishingiz mumkin. Shartlarni o‘zingiz uchun har qanaqasiga qulay bo'lishi kerak.
Ommabop variant – 365 kun. Mohiyat shundan iboratki, har kuni kalendardagi tartib kuniga bog'liq bo'lgan miqdorni ajratishdir. Masalan, yilning birinchi kunida siz 10 so'm, ikkinchi kunida 20 so'm va shu tartibda pul yig‘asiz. Maksimal badal 31-dekabrga to'g'ri keladi – 3650 so'm. Va yil oxiriga kelib, byudjetga zarar yetkazmasdan 667 950 so'mni tejaysiz.
Siz summalarni tartibga qarab emas, balki hozirgi moliyaviy ahvolingizdan kelib chiqib ajratishingiz mumkin. Masalan, maosh olgan kuningiz maksimal badalni 3650 so'mga, daromadsiz kunlarda esa 200-300 so'mga o'zgartiring. Asosiysi, badallar miqdori takrorlanmasligi kerak. Qulaylik uchun ularni jadvalga joylashtiring, chop eting va to'langanlarni oʻchirib tashlang.
Vazifani murakkablashtirishingiz mumkin va har kuni oldingisiga qaraganda 1000 so'mga ko'proq pul tashlashingiz mumkin. Agar butun yil uzoq bo'lsa, masalan, estafetani 100 kunda to‘xtatishingiz mumkin.
Agar siz har kuni aqchadonga mablag' o'tkazishni xohlamasangiz, haftada bir marta (jami 52 hafta) badal kiritadigan estafeta qiling. Ya'ni, birinchi haftada 500 so'm, ikkinchi haftada 1000 so'm, uchinchi haftada 1500 so'm va shu tariqa pul yig‘ishingiz mumkin. Oxirgi badal 26 000 so'm bo'ladi. Jami 689 000 so'm yig'iladi.
Hisob balansini yaxlitlash
Har kuni byudjetingizga jiddiy zarar yetkazmasdan pul yig‘ishning yana bir varianti – hisob balansini kichik birlikkacha yaxlitlab, ortiqcha mablag'ni jamg'arma hisob raqamiga o'tkazishdir.
O'zingiz uchun qulay bo'lgan yaxlitlash bosqichini tanlang: 100, 1000 so'mgacha. Asosiysi, kartadagi qoldiq kamida bitta nol bilan tugashi kerak. Masalan, kun oxirida kartangizda 75 287 so'm qoldi – 87 yoki 287 so'mni aqchadonga o'tkazishingiz mumkin.
Kartadagi qoldiqni har kuni ham, haftada bir marta ham yaxlitlashingiz mumkin.
Ammo shuni tushunish kerakki, ushbu to'plash usuli bilan jamg‘armangiz hajmi turlicha bo'ladi: bugun 830 so'm, ertaga esa 120 so'm. Shuning uchun, bir, ikki oy yoki bir yil ichida qancha pul to'plashingizni aniq hisoblashning iloji yo'q. Ammo baribir asta-sekin biron jamg'arma qilib qo‘yishingiz mumkin bo'ladi.
Pullik bonuslar kartasi
Agar siz pulni bank kartasida saqlasangiz va undan faol foydalansangiz, nega bundan qo'shimcha foyda ko'rmaysiz? Shuning uchun, bankingiz karta egalari uchun taqdim etadigan pul bonuslari haqida bilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Masalan, xaridlardan keshbek, ya'ni bankdan sarflangan pulning bir qismini qaytarish. Bu barcha operatsiyalar uchun kichik foiz yoki xarajatlarning ayrim toifalari uchun kattaroq foiz bo'lishi mumkin. Bularning barchasi bank shartlariga bog'liq.
Yoki bu karta qoldig'ining foizi bo'lishi mumkin. Bank shartlariga qarab, uni har oy oxirida ham, yil oxirida ham hisoblash mumkin. Agar siz kartada katta miqdordagi mablag'ni saqlasangiz, bunday foizdan olinadigan daromad juda sezilarli bo'lishi mumkin.
Izoh qo‘shish